Toshkent moliya insituti SBIA-80 guruh talabasi Nuriddinov Sanjar
1-savol
savol:
Ishlab chiqarishning moddiy mazmunini mehnat jarayoni tashkil etadi. Mehnat jarayonida inson o`zining maqsadiga muvofiq ongli faoliyati orqali (bu mehnat deb ataladi) tabiat moddalari yoki ashyolarni jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur mahsulotlarga (yoki xizmatlarga) aylantiradi. Mehnatni amalga oshirish uchun inson muayyan jismoniy va aqliy qobiliyatlarga, bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`lishi lozim. Insonning mehnat qila olish qobiliyati ishchi kuchi deb ataladi. Mehnat insonning ajralmas xususiyati bo`lganligi uchun nazariyada va amaliyotda mehnat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan kishilar yig`indisini mehnat resurslari deb yuritiladi. Mehnat resurslari ishlab chiqarishning shaxsiy omili yoki inson omilini tashkil etadi.
Ma’lumki, pul doimo iqtisodchilarning diqqat markazida bo’lgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul muomolasiga ahamiyat yanada kuchaydi. (Hozirgi paytda o’zbek tilida ishlatilayotgan pul1 so’zi asli forscha-tojikcha bo’lib, O’rta Osiyo xondiklari, Yaqin Sharqdagi ayrim davlatlarda qo’llanilgan naqd chaqa pul. Masalan, XVIII, XIX asrda Qo’qon xonligida 1/45, - 1/30 tangaga teng bo’lgan. Eronda 1/40 qironga, Afg’onistonda 1932 yilgacha 1/100 afg’onga teng bo’lgan. Fikrimizcha, oltin tangalar o’rnida qog’ozning ishlatilishi uning qadri past, ya’ni oltin tanga bo’la olmasligini ta’kidlab, muomalada umumiy nom pul deb atala boshlagan bo’lishi kerak. Umumiy nom ham taraqqiyotning ma’lum bir yuqori bosqichida paydo bo’ladi.) Pulning kelib chiqishi, tabiatiga nazariy jihatdan ikki xil: ratsionalistik va evolyutsion yondashuv mavjud. Ratsionalistik yondashuv asoschilari pulning kelib chiqishini kishilar o’rtasida kelishuv tufayli yuz bergan deb tushuntirishadi. Bu yondashuv XVIII asr oxirlarigacha hukm surgan. Bu sub’ektiv psixologik yondashuv hozirgi paytda ham ayrim iqtisodchilar tomonidan qo’llaquvvatlanadi. Evolyutsion yondashuvda esa pul jamiyatning ijtimoiy – iktisodiy taraqqiyoti mahsuli deb qaraladi. Pul ob’ektiv zaruriyat tufayli turli-tuman tovarlar ichidan barcha tovarlarga ayirboshlanadigan maxsus tovar sifatida ajralib chiqqan.
abstraksiya usuli, u ko’pincha soxta tasavvur berib yuzaga chiquvchi iqtisodiy hodisalar tub mohiyati va yo’nalishini ochish uchun turli-tuman murakkab hodisalar orasidan eng asosiysini sof holda ajratib olib, ilmiy tekshirishni qiyinlashtiruvchi hodisalarni yo’k, deb faraz qilishdir; — deduktiv usul gipotezani (faraz yoki tahlil) ilgari surish, keyin uni faktlar bilan solishtiriщdir; — induktiv usul birinchi faktlarni tahlil etish va undan so’ng, unga asoslanib gipotezani ilgari surishni nazarda tutadi.
Ishlab chiqarish jarayoni - bu kishilarni o’zlarining iste’moli uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar ko’rsatish jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. Kishilar o’zlarining ongli maqsadga muvofiq unumli mehnati bilan tabiat moddalarining shakllarini o’zgartiradilar va iste’moli uchun zarur bo’lgan mahsulotni vujudga keltiradilar. Mehnat jarayonida kishilar bilan tabiat o’rtasida moddalar almashinuvi bilan birga insonning o’zi ham har tomonlama kamol topib boradi, ya’ni kishilar o’zining mehnatga bo’lgan qobiliyatini, bilimini oshiradi va ularni amalda qo’llashni kengaytirib boradi. Boshqacha qilib aytganimizda, ishlab chiqarish jarayoni iste’mol qiymatlarni vujudga keltirish uchun maqsadga muvofiq qilinadigan harakatdir, tabiat yaratgan narsalarni kishi iste’moli uchun o’zlashtirib olishdir, kishi bilan tabiat o’rtasidagi modda almashuvining umumiy shartidir, kishi hayotining abadiy tabiiy sharoitidir. Ishlab chiqarish jarayoni insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlariga,hamma mamlakatlarga el-yurtlarga va xalqlarga xos bo’lib, umuminsoniy kategoriyadir (tushunchadir).
Hozirgi iqtisodiy hayot, xususan, bozor iqtisodiyoti pul bilan bog’liq. Respublikamiz siyosiy jihatdan mustaqillikka erishganidan so’ng, bir qator muammolarni hal qilish kerak edi. Shulardan biri, iqtisodiy muomala vositasi bo’lgan milliy valyutani joriy etish bo’lib, 1992 yil noyabr oyidan boshlab muomalaga avval so’m-kuponlar kiritib, so’ng milliy valyutaga asta-sekin, bosqichma-bosqich o’tilishi amalga oshirildi. Chunki: 1. Bozor tarmoqlari, ayniqsa pul-kredit muomalasi sohadagi munosabatlar hali mukammal emas edi. 2. MDH doirasida har xil valyutalar muomalada bo’lgan bir paytda pulning bu sharoitga moslashishi va uning qiymatini aniqlaydigan vaziyat vujudga kelishi zarur edi. 3. Milliy pulga bosqichma-bosqich o’tish ijtimoiy talofatlarni kamaytiradi. 1994 yil 1 iyuldan boshlab, milliy pulimiz so’m muomalaga kirib keldi. Endi u milliy valyuta – o’zbek puli sifatida dollaru, evro, funt sterling kabi iqtisodiy hayotga mustaqil qadam qo’yishi, ular bilan tenglashishi va dunyodagi qudratli valyutalardan biriga aylanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |