1-savol qo'shimcha



Download 10,5 Kb.
Sana22.02.2022
Hajmi10,5 Kb.
#100420
Bog'liq
2 5377661206234401910


1-savol qo'shimcha
Sharq
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyoj lariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy qatlamlarini o’rgandi. Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda «siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi
Xoldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. U o‘zining 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bo‘lib tovarning ikki xil xususiyatini - iste’mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qo‘shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‘shimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi.
Фаробий бугунги кунда ҳам ўз аҳамиятини йўқотмаган моддий еҳтиёжлар тўғрисида таълимот яратди. Унинг фикрича, одамларнинг еҳтиёжи жамият шаклланишининг асосий сабабидир. «Табиатан ҳар бир одам шундай яралганки, у яшаши ва камол топиши учун кўп нарсаларга еҳтиёж сезади. Уларни у бир ўзи топа олмайди ва уларга эришиш учун кишилар жамоасига муҳтож бўладики, унинг ҳар бири у эҳтиёж сезаётган нарсалардан бирон-бирини беради.
Берунийда кишилик эҳтиёжларининг пайдо бўлиши ва уни қондириш асослари, меҳнат ва ҳунарга муносабатлари уйғунлашиб кетади. Унинг фикрига кўра, кишилар ўз зарурий еҳтиёжларини қондириш учун уюшган ҳолда яшаш ва ишлашга мажбурдирлар. Эҳтиёжлар турли-туман ва кўп бўлганлиги учун инсонлар бирлашган ҳолда турар жой ва шаҳарлар яратишга интиладилар, деб ҳисоблайди. Шунингдек, у давлатнинг пайдо бўлишини ҳам эҳтиёж туфайли деб ўйлаган. Энг муҳим ғоя шуки, барча қимматли нарсалар инсон меҳнати билан яратилади ва инсоннинг қадр-қиммати унинг авлод-аждодларининг ким бўлганлиги емас, балки унинг меҳнати, ақлий ва жисмоний маҳорати билан белгиланади

G’arb
Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.


Merkantlizmning Angliyadagi asosiy nazariyachisi Tomas Men (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtai nazdida davlatning ichki va tashqi siyosati asoslanadi. Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm siyosatiga tayanadi, ya’ni davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan yuqori bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta’minlashi zarurligiga e’tibor qaratadi.
Fiziokratiya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib tarjimasi “tabiat hukmronligi” degan ma’noni anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694-1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha “sof mahsulot” vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi.
Qiymatning o‘zini tovar ishlab chiqaruvchi xodimlar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, ular boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi.

2-savol
«Merkantilizm» iborasi birinchi bo'lib Adam Smitning asarlarida uchraydi. Lug'aviy ma 'nosiga ko'ra bu so'z italyancha bo'lib, savdogar mazmuniga ega. Bu so'z yangi ta'limotning mazmun va mohiyatini o'zida aks ettiradi. jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bolib, u savdoda, asosan tashqi savdoda paydo boladi va kopayadi, deb tushuntiradi. Merkantilizm – italyancha―mercante‖ sozidan olingan bolib, ―savdogar‖ degan ma‘noni anglatadi. Bu oqimning namoyondalari: V.Staffod, T.Man, A.Monkreten, Jon Lou, G.Skaruffi va boshqalar.


Fiziokratlar (lotincha physio - tabiat va kratos - hokimiyat) XVIII asrda Fransiyada ijod etgan klassik iqtisodiy maktab namoyandalaridir. Fiziokratlar maktabi feodalizmdan kapitalizmga o'tish davrida rivojlandi, bu iqtisodiy yo'nalish Fransiyada vujudga keldi
Agrar masalani hal etish fIziokratlarning asosiy vazifasi bo'lib qoldi. Ular qishloq xo'jaligini mamlakat boyligining asosi deb tushundilar. Fiziokratlar merkantilistlardan farq qilib, o'z tadqiqotlarini iqtisodiyotning muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga ko'chirdilar. Olimlar iborasi bilan aytganda, ular «zamonaviy siyosiy iqtisodning haqiqiy otalari» edilar. Ularning xizmati shundaki, o'sha davr dunyoqarashi doirasida kapitalning dastlabki tahlilini berishdi. Bu ularni boshqalardan ajratib turuvchi asosiy masala edi. Ammo fIziokratlar ishlab chiqarish sohasini faqat qishloq xo'jaligi sohasi bilan cheklab qo'ygan edilar (Fransiyaning ta'siri), ular sanoat (hunarmandchilik)ni samarasiz soha deb bilganlar.
Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» to'g'risidagi ta'limot markaziy o'rin egallaydi. F.Kene yalpi ijtimoiy mahsulot vaishlab chiqarish xarajatlari o'rtasidagi farqni sof mahsulot deb bilgan, boshqacha qilib aytganda, bu ishlab chiqarish chiqimlaridan oshiqcha mahsulotdir. F.Kene «sof mahsulot»' fa qat qishloq xo'jaligida,dehqonchilikda yaratiladi, bu sohada tabiat kuchlari ta'sirida iste'mol qiymatlari miqdori ko'payishini ta'kidlaydi.
F.Kene «sof mahsulot» to'g'risidagi o'z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo'ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo'jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya'ni «sof mahsulot» yaratuvchilarning hammasi kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste'molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to'lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiZ» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar.
Klassik maktab g'oyalari hozirgi davrda ham turli shakllarda qayta namoyon bo'lmoqda (neoklassik, liberal, neoliberal...).
Umumiy bahoga ko'ra, klassik maktab XVII asr oxiri - XVIII asr boshlarida V.Petti (Angliya) va P.Buagilber (Fransiya) asarlarida yaratildi.
V.Petti XVII asrdagi eng taniqli shaxslar qatoridan o'rin oladi (Mak-Kulloxning 1845-yilda bergan bahosi). U iqtisodiyotni o'rganishda yangi usul qo'lladi, ko'rinib turgan voqealarni sharhlashdan ularning mohiya-tini tahlil etishga o'tdi. V.Petti tadqiqot predmeti sifatida ishlab chiqarish sohasi muammolarini tahlil etdi. Uning ftkricha, boylik paydo bo'lishi va ko'payishi faqat moddiy ne'matlar yaratish sohasida ro'y beradi, bujarayon savdo va savdo kapitalining hech qanday ishtirokisiz bo'ladi. Olimning tadqiqot usulida empirizm elementlari (unsurlari) bo'lishi-ga qaramasdan (bu masalan, yer bahosini talqin etishda ko'rinadi), davlatning iqtisodiy faoliyatga aralashuvini qisman qo'llaydi (mamlakat-dagi savdogarlar sonini qisqartirishni talab etadi), u asosan erkin iqtisodiyot (laisser faire) prinsiplarini qo'l1aydi vamerkantilistlardan farqli ravishda pul muomalasi va savdoni erkinlashtirish tarafdori bo'lgan. U o'z tadqiqotlarida bir qancha metodik (shartli) soddalashtirishlardan foydalanadi:
• muomala sohasining ishlab chiqarishga teskari ta'siri inkor etiladi;
• pul va tovar bozodarining o'zaro bog'liqIigi ko'zda tutilmaydi;
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlarga salbiy munosabatda bo'ldi, shuningdek, u sotuvchilar sonini ham keskin kamaytirish tarafdori edi. Tadbirkorlar va yer egalarining daromadlarini belgilash uchun umumiy bo'lgan «Renta» tushunchasi kiritiladi.
Agar Angliyada klassik iqtisodiy g'oyalarning boshlanishi V.Petti nomi bilan bog'liq bo'lsa, Fransiyada P.Buagilber bilan boshlanadi, bu g'oyalar Angliyada Rikardo bilan intihosiga etgan bo'lsa, Fransiyada Sismondi bilan yakunlanadi.
Hozirgi davrda klassik maktab asosida neoklassik (yangi klassik) qarashlar mavjud bo'lib, o'sha davrdagi asosiy g'oyalar saqlangan holda ulaming ayrim tomonlari zamonga mos ravishda to'ldiriladi.
Download 10,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish