davlat iqtisodiy dasturlari hisoblanadi. Uning vazifasi tartibga solishning barcha usuli va vositalaridan kompleks foydalanishdan iborat.
Iqtisodiy dasturlar o‘rta muddatli, favquloddagi va maqsadli bo‘lishi mumkin. O‘rta muddatli umumiqtisodiy dasturlar odatda besh yilga tuziladi. Favquloddagi dasturlar tig‘iz vaziyatlarda, masalan, inqiroz, ommaviy ishsizlik va kuchli inflyasiya sharoitlarida ishlab chiqilib, qisqa muddatli xususiyatga ega bo‘ladi.
Bunday maqsadli dasturlarning ob’ekti tarmoqlar, mintaqalar, ijtimoiy sohalar va ilmiy tadqiqotlarning har xil yo‘nalishlari bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish tashqi iqtisodiy usullar yordamida ham amalga oshiriladi. Bunda maxsus vosita va dastaklar orqali mamlakatning tashqi dunyo bilan amalga oshiriladigan xo‘jalik aloqalariga bevosita ta’sir ko‘rsatiladi.
Tovarlar, xizmatlar, kapital va fan-texnika yutuqlari eksportini rag‘batlantirish tadbirlari, eksportni kreditlash, chet ellardan investitsiyalar va eksport kreditlarini kafolatlash, tashqi iqtisodiy aloqalarga cheklashlar kiritish yoki bekor qilish, tashqi savdoda boj to‘lovlarini o‘zgartirish, mamlakat iqtisodiyotiga chet el kapitalini jalb qilish yoki cheklash bo‘yicha tadbirlar, mamlakatga chetdan ishchi kuchini jalb qilish, xalqaro iqtisodiy tashkilotlarda va davlatlararo uyushmalarda qatnashish mamlakatlarning tashqi iqtisodiy aloqalarini tartibga solishning asosiy vositalaridir.
Shunday qilib, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning qarab chiqilgan barcha ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyotdagi takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun – qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi.
Bozor – ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar (sotuvchilar va xaridorlar) o‘rtasida pul orqali ayirboshlash jarayonida bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisidir.
Bozor ob’ekti – bozorga, ayirboshlash munosabatlariga jalb qilingan iktisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.
Bozor sub’ekti – bozorning, ayirboshlash munosabatlarining qatnashchilaridir.
Bozor infratuzilmasi – ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
Talab – iste’molchi ma’lum vaqtda narxlarning har bir darajasida sotib olishga qodir bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori.
Talab qonuni – tovarlar narxi bilan uning sotib olinadigan miqdori o‘rtasidagi teskari yoki qarama-qarshi bog‘liqlik.
Engel qonuni – iste’molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
. Soliq - bu davlatning o‘z vazifalarini amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni shakllantirish maqsadida jismoniy va huquqiy shaxslardan budjetga majburiy to‘lovlarni undirish shakli.
Milliy iqtisodiyotda soliqlar quyidagi uchta muhim vazifani bajaradi:
davlat xarajatlarini moliyalashtirish (fiskal vazifasi);
ijtimoiy tanglikni yumshatish (ijtimoiy vazifasi);
iqtisodiyotni tartibga solish (tartibga solish vazifasi).
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni pulga muhtoj bo‘lib turgan huquqiy va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun ma’lum muddatga, foiz to‘lovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |