1. Sarkodalilar kenja tipi Ildizoyoqlilar (Rhizopoda) sinfi Xivchinlilar (Mastigophora) kenja tipiga



Download 3,68 Mb.
bet8/23
Sana20.06.2022
Hajmi3,68 Mb.
#685980
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
1493867820 68221

7- rasm. Ichak lyambliyasi (Lamblia intestinalis) ning tuzilishi: a) yon tomondan, b) qorin tomondan ko’rinishi, v) epiteliy to’qimasiga yopishgan lyambliya: 1-xivchin; 2-bazal tanacha; 3-so’rg’ich;
4-yadro; 5-parabazal tanacha; 6-aksostil.


Vegetativ shakli noksimon bo'lib, uzunligi 12-15 mkm, eni esa 8-10 mkm gacha bo'ladi.Tanasining oldingi tomonida disk bo'lib, ichak epiteliysiga yopishish uchun xizmat qiladi. Tanasining o'rtasida ikkita tayanch ipi - aksostillar o'tadi. Aksostillar yordamida parazitning tanasi ikki simmetriyali nimtalarga bo'lingan bo'lib, har qaysisida bittadan yadro bo'ladi.
Aksostillarning oldingi qismida bir qancha blefaroplastlar bo'lib, ular 3 juft xivchinlarni energiya bilan ta'minlaydi. To'rtinchi juft xivchinlar aksostillarning orqa qismida yotadi. Parazitning hazm organoidlari bo'lmaydi. Shuning uchun osmatik yo'l bilan oziqlanadi. Ko'payish usuli jinssiz, uzunasiga bo'linish (mitoz) yo'li bilan amalga osha-di. Lyambliyalarning sistalari oval shaklida bo'lib, uzunligi 10-14 mkm gacha yetadi. Ikki qavat po'stlog'i aniq ko'rinib turadi. Yetilmagan sistalarda 2 ta yadro, yetilganlarida esa 4 ta yadro bo'ladi.
Lyambliyalarning taraqqiyoti oddiy bo'lib, hayot davri parazitning vegetativ va sistaga o'ralgan shakllarining almashinib turishidan iborat. Vegetativ shakllari odamlarning 12 barmoqli ichagida yashaydi va ko'payadi. Tajriba yo'li bilan zarar-langan hayvonlarda lyambliyalar ingichka ichakning yuqori qismlarida topilgan. Ularning ba'zilari sistaga o'ralib, tashqi muhitga chiqadi va odamga lyamblioz kasalligini yuqtiradigan manba bo'lib qoladi. Lyambliozni yuqtiradigan manba kasal odam va parazit tashuvchilardir.
Lyamblioz hamma yerda tarqalgan bo'lib, aholining taxminan 10 % ida parazitlarnj topish mumkin. Lyamblioz bilan, asosan, yosh bolalar ko'proq kasal-lanadi. Parazitlar odamning 12 barmoqli ichagida yashashi bilan birga, ayrim ma'lumotlarga qaraganda, o't pufagida ham yashashi mumkin. Ammo sun'iy usulda o'stirilgan lyambliya o't suyuqligi pufagida yashamaydi. Hozirgacha ham lyambliyalarning o't yo'llarida, o't pufagida yashashi noaniq. L.I. Rogova va N.A. Dehqonxo'jayevalarning (1960) ma'lumotlari bo'yicha, olib tashlangan o't pufaklar hamda tajriba yo'li bilan zararlangan hayvonlarning o't pufagida lyamb­liyalar topilmagan.
XX asrning 20-yillarida lyamblioz yer yuzida deyarli barcha mamlakatlarda keng tarqalgan edi. Ko'pchilik shifokorlarning fikri bo'yicha, lyambliyalar odamga o'tishi bilan lyamblioz kasalligini qo'zg'atadi. Ular ichak, o't yo'llarini jarohatlaydi, degan nkr hozir ham mavjud. Lekin ayrim olimlar lyambliyalarni shartli ravish-agi patogen deb hisoblashadi. Chunki parazitlar sog'lom odamlarda ham uchrab turadi, ularning soni ichakda ko'payib ketgandagina ichak faoliyatini o'zgartiradi. Shu sababli moddalarning so'rilishi susayadi.Professor N.A. Dehqonxo'jayeva tabiiy va tajriba yo'li bilan zararlangan hayvonlarning ingichka ichagini tekshirib, parazitlarni shilliq parda va shilliq osti qatlamida hamda ichak tukchalarida topgan. Bunda ichak devorining shilliq pardasi yaliig'langan, ammo yaralar hosil bo'lmagan. Shifokorning fikriga qaraganda, ichakning shilliq pardasidagi o'zgarishlar darajasi kasallikning muddatiga bog'liq bo'ladi.Kasallikning belgilari boshqa ichak kasalliklarining belgilariga o'xshash bo'ladi. Shuning uchun ham lyambliozga tashxis qo'yishning asosiy ko'rsatkichi parazitlarni aniqlashdan iborat bo'lishi kerak. Lekin bu ancha mushkul ish. 12 barmoqli ichak suyuqligida parazitning vegetativ shakllari bo'ladi. Bemorning axlat surtmalarini yod bilan bo'yab tekshirish orqali parazit sistalarining bor-yo'qligi aniqlanadi. Ularning axlatlari bilan lyambliya sistalari tashqi muhitga chiqib turadi va haftalab tirik qolishi mumkin. Sog'lom odamga parazit sistalar bilan ifloslangan oziq-ovqat, ichiladigan suv yoki iflos qo'llar orqali yuqadi. Sistalar hazm yo'liga tushganidan keyin o'n ikki barmoqli ichakda vegetativ shaklga aylanadi.
Kasallikning oldini olish uchun profilaktik qoidalarga amal qilish zarur. Buning uchun meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvish, suvni qaynatib ichish, pishirilgan ovqatni va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, chivin va pashshalarga qarshi kurashish, ovqatdan oldin va hojatdan keyin qo'lni yuvish, parazit tashuvchilarni, ayniqsa, oziq-ovqat korxonalarida, bolalar bog'chalarida ishlaydiganlarni o'z vaqtida tekshirib, kasallangan odamlarni davolash, hojatxonalarni dorilab turish kabi ishlarni amalga oshirish lozim.

Download 3,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish