8.Darsda foydalaniladigan jihozlar: texnik vositalar ,darslik , davriy jadval , mavzuga doir tarqatmalar , slaydlar , bor , doska.
9. Darsni tashkil qilish(3 minut)
- salomlashish
- sinf davomatini aniqlash
- o’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish
- doskaning darsga tayyorligini kuzatish
- sinfda jonli muhit yaratish
Dars shiori: “Ekilgan ilm urug’i xalqqa hosil beradi”
“Tabiat sirlarin o’rganar kimyo , kimyoni sevib o’qing doimo”.
Darsimizning oltin qoidalari:
- faollik
- “bir yoqadan bosh chiqarish”
- aytilgan fikrni takrorlamaslik
- to’gri javob uchun rag’bat
- o’zaro hurmat
- o’ng qo’l qoidasi
- vaqtga rioya qilish
- intizom
10.Dars jarayoni:
Dars jarayonini boshlashdan oldin o’quvchilar 3ta guruhga ajratiladi va guruhlar quyidagicha nomlanadi:
1-guruh:”Kislorod”
2-guruh:”Mendeleev”
3-guruh” Davriy jadval”
Guruhlarni baholash uchun “OFARIN” ,“TASANNO”, “BARAKALLA”(5 ball), “YAXSHI”(4 ball), “IZLAN”(3 ball) kabi kartochkalardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |