1 Salqin saharlarda bodom gulida, Binafsha labida,yerlarda bahor. Qushlarning parvozi,yellarnig nozi Baxmal vodiylarda,qirlarda bahor



Download 20,54 Kb.
Sana16.06.2022
Hajmi20,54 Kb.
#677993
Bog'liq
1 Salom berib sehr bilan


1 Salqin saharlarda bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi,yellarnig nozi
Baxmal vodiylarda,qirlarda bahor.
2 Salom sizga yurak to’ridan,
Davramizga yig’ilgan do’stlar.
Ko’ksimizga qo’limiz qo’yib,
Deymiz sizga xush kelibsiz.
1 Assalomu alaykum aziz ustozlar,qadrli o’quvchilar! Barchangiz bugungi “ ” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar.
2 Ayol,qizlarni bahor fasliga qiyoslashadi.Go’zallik,nafosat,yangilanish, hayot davomiyligi bahor va ayol tushunchalarida uyg’unlashib ketgan.
1.Davramizga yig’ilgan muhtaram ustozlar,lobar, dilbar opa-singillar, bugungi 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”bayrami bilan sizlarni chin dildan muborakbot etamiz.
2.Sizlarga uzoq umr,baxt-saodat,ishlaringizga katta muvaffaqiyat tilaymiz.
1.Bugungi 36-maktab yigitlari tomonidan tayyorlangan “ ” deb nomlangan tadbirimizni ochi berish uchun sahnaga………..taklif qilamz.
2 Sendan taraladi ambar ifori,
Sadoqatda tengsiz hurdirsan, Ayol,
Sen butun olamning nuri,Bahori
Mo’tabar,muattar,munissan,Ayol!

  1. Qalbingiz hamisha quvonchga to’lsin,

Shodlik baxt doim hamrohingiz bo’lsin.
Har bir kuningizga Alloh fayz bersin
8-mart muborak bo’lsin!

  1. Mo’tabar opa-singillarimizni tabriklash uchun sahnamizga 5-sinf o’quvchilarini taklif qilamiz.Ular sizlar uchun ajoyib raqs tayyorlab kelishgan. (5-s “xorazmcha” raqs)

  1. Husn-u malohatning tengsiz timsoli’

Farzand baxtin ko’rish o’y-u hayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz muqaddassan- o’zbek ayoli!

  1. Ayol butun jamiyatdagi muvozanatni,poklik,halollikni saqlab turadi.Ulug’ donishmandlar Vatanga eng munosib ta’rif izlaganda,uni Ona siymosiga qiyos etganlarida katta ma’no bor. Dunyoda “muqaddas “ degan so’zga munosib zot ham Onadir.

  1. Shunday ekan bugungi tadbirimizda onalarimiz va barcha ayol-qizlarni bayram bilan tabriklash uchun sahnamiz markaziga 8 va 9-sinf yigitlarini chorlasak.(8-9-s she’r va tabrik)

  2. Erta bahor gullagan binafsha misol,

Ko’nglingiz doim beg’ubor bo’lsin.
Yangi ochilgan gul-lola misol,
Labingizda doim tabassum b’lsin.

  1. Kelinlar qo’zg’oloni” sipektaklini ko’p ko’rgansiz.Lekin, yigitlar talqinida ko’rmagansiz.Hozir Sizlarga tabassum ulashish uchun 6-sinfning eng quvnoq yigitlaridan ekskuluzif sahna ko’rinish,marhamat!

2.Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon ustozlar,lobar,dilbar opa-singillar!Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling.

  1. Maktabimizning faol qizlarini taqdirlash uchun maktabimizning xotin-qizlar qo’mitasi raisi Ibragimova Zohidaxon va ijodiy-madaniy masalalar bo’yicha targ’ibotchisi Najmiddinova Muattar opalarga beramiz.

  2. Siz, azizlar, yuraklarga quvonch, shodlik ulasharsiz, shuning uchun biz sizlarni yaxshi ko’ramiz, ardoqlaymiz, ko’klarga ko’taramiz

  1. Hozir siz azizlarni bayram bilan tabriklash uchun sahnamizga 10-sinf o’quvchisi Siddiqjonov Asadbekka beramiz.

  2. Ko’zidan chiqarmang hech qachon ko’z yosh!

Alamdan yonsa ham bermoqda bardosh!
Go’zallardan go’zal kamon qalamqosh!
Onamiz,singlimiz,opamiz AYOL!

  1. Bayramimizning fayziga fayz qo’shish uchun sahnamiz markaziga 7-sinf yigitlarini taklif qilamiz.(7-sinf o’g’il bolalari)

  2. Bugungi bayramimizda nafaqat kuy-qoshiqlar ,balki kulguli sahnalar ham joy olgan.

  1. Hozirgi navbatni maktabimizning quvnoq yigitlariga bersak.Marhamat!

  2. Sen uchun boshimiz egikdir mudom,

Sen uchun yurakda,dilda ehtirom
Noming aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan –o’zbek ayoli

  1. Ayol haqida qancha gapirmayli, qancha e’zozlasak ham ozdir.

Bayramigiz muborak bo’lsin aziz opa-singillar! .Oilaingizga,bizning baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling,yuzingizdan tabassum,mehr to’la ko’zingizdan baxt shodlik yog’ilib tursin.

  1. Shuning bilan tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.E’tiboringiz uchun rahmat!

Download 20,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish