1. Salavka davlatining tarkibiga kirgan davlatlar nomini belgilang.
A. Mesopotamiya, Hindiston, Eron, Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona
B. Hindiston, Eron, Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm
C. Makedoniya, Hindiston, Eron, Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm
D. Mesopotamiya, Eron, Parfiya, Baqtriya, So‘g‘diyona, Marg‘iyona
2. Yunon-makedon istilolaridan keyin O‘rta Osiyodagi qaysi davlatda yunon yozuvi, yunon og‘irlik o‘lchov birliklari, pul munosabatlari, hunarmandchilik va san’at buyumlari tarqaldi?
A. Parfiyada B. Baqtriyada C. So`g`diyonada D. Marg‘iyonada
3. Qadimgi Xorazm (mil.avv. VII asrdan milodiy III asrgacha) aholisi kimlar bilan yaqindan savdo munosabatlarini
o‘rnatgan?
A. So‘g‘diyona, Marg‘iyona, Baqtriya va dasht ko‘chmanchilari
B. So‘g‘diyona, Marg‘iyona va saklar va dasht ko‘chmanchilari
C. Marg‘iyona, Baqtriya, Eron va dasht ko‘chmanchilari
D. Marg‘iyona, Baqtriya, Parfiya va dasht ko‘chmanchilari
4. Mil. avv. I asrda va milodiy dastlabki asrlarda Xorazm madaniyatida qanday o`zgarishlar ro`y bergan?
A. O‘rta Osiyodagi eng qadimgi yozuv Xorazm hududidan topilgan
B. oltin va bronzadan tangalar zarb etilgan
C. kumush va mis tangalar zarb qilingan
D. O`rta Osiyodagi eng yirik savdo markaziga aylangan
5. Qadimgi dunyo tarixiga oid temir pichoq nechanchi asrga oid?
A. Mil. avv. VI –V asrlar
B. Mil. avv. VII –VI asrlar
C. Mil. avv. VIII –VII asrlar
D. Mil. avv. IV –III asrlar
6. Qadimgi dunyo tarixiga oid bronzadan yasalgan qozon nechanchi asrga oid?
A. Mil. avv. IV –III asrlar
B. Mil. avv.VI–V asr
C. Mil. avv. VIII –VII asrlar
D. Mil. avv. VII –VI asrlar
7. Qadim o‘tgan zamonlarda Nil vodiysi qanday yer bo`lgan?
A. sahro
B. suv bosgan ko`lmaklar
C. tog` oldi adirlari
D. papirus butalari bir biriga chirmashib ketgan botqoqlik
8. Qadimgi Misrda qaysi xudo peshanasi va belida oq qashqasi bo‘lgan qora ho‘kiz timsolida tasavvur etilgan?
A. Amon-Ra B. Ptax C. Maat D. Osiris
9. Kushon davlati yodgorliklari Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa va boshqalar qaysi hududdan topilgan?
A. Afg`oniston hududidan
B. Samarqand yaqinidan
C. Surxon vohasidan
D. Qashqadaryodan
10. Ilk davlatchilikka o‘tish davrida qabilalar ittifoqlariga saylab qo‘yilgan harbiy sardorlar boshchilik qilgan boshqaruv shakli bu...
A. davlat B. qabilalar ittifoqi
C. hududiy qo`shnichilik jamasi
D. harbiy demokratiya
11. Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini qanday hujjat tasdiqlaydi?
A. Dalvarzintepa yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari
B. Surxko‘tal yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari
C. Xolchayon yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari
D. Ayritom yodgorligidan topilgan yunon alifbosidagi kushon bitiklari
12. Buyuk Ipak yo‘lining yo`nalishini to`g`ri belgilang?
A. Himolay tog` yonbag`rlaridan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi sohillarigacha borgan.
B. Sharqiy Turkistondan boshlanib, O‘rta Osiyo,Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi sohillarigacha borgan
C. Sariq dengiz sohilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali O‘rtayer dengizi
sohillarigacha borgan
D. Xitoydan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Mesopotamiya orqali Qora dengizi sohillariga borgan
13. Buyuk ipak yo‘li qaysi shaharlardan o`tgan?
A. Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv
B. Piken, Dunxuan, Toshkent, Xorazm, Buxoro, Termiz, Marv
C. Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Persepol
D. Sian, Szi, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Persepol
14.Sezar Rim davlati imperatori va diktatori bo`lishiga qaysi omil hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi?
A. Pompey qo‘shinlari Ispaniyada ekanligi B. Senatning qo`llab quvatlashi
C. Do`sti Brutning qo`llab quvatlashi D. Rim aholisining qo‘llab-quvatlashi
15. Oktavianning davrida Rimda nimalar bunyod etilgan?
A. Ko`priklar va saroylar
B. Saroylar va ibodatxonalar
C. Bozorlar va akveduklar
D. Akveduklar va hammomlar
16. Marafon jangiga shaylangan fors suvoriylari va piyoda jangchilari qanday qurollar bilan quollanganlar?
A. kamon, nayza va jangavor bolta
B. qilich, o‘q-yoylar va xanjar
C. nayza, xanjar va o‘q-yoylar
D. jangovar arava va o‘q-yoylar
17. Uch yuz spartaliklar qachon va qaysi jangda jasorat ko`rsatadilar?
A. Mil. avv. 490-yilda Marafon
B. Mil. avv. 480-yilda Fermopil
C. Mil. avv. 479-yilda Plateya
D. Mil. avv. 480-yilda Salamin
18. Fors shohi dastlab Marafon jangidan oldin qayerlarni bosib olgan?
A. Sparta B. Kichik Osiyodagi yunon shaharlarni
C. Afina va Fermopil D. Miken
19. Rim imperiyasining sharqiy qismiga qaysi hududlar kirgan?
A. Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Misr
B. Italiya, Yevropa va Shimoliy Afrikadagi viloyatlar
C. Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Makedoniya
D. Bolqon yarimoroli, Kichik Osiyo va Suriya
20. Javoblar orasidan to`g`risini toping?
1.terma 2.grammatika 3.ritorikani
a.o`rta maktab, b.hammom c.chiroyli so`zlash san`ati
A. 1a, 2b, 3c B. 1a, 2c, 3b C.1b, 2c, 3a D. 1b, 2a, 3c
21.Milodiy III asrda Rimliklar «varvarlar» deb laqab berishgan jangovar qabilalar imperiya chegaralarining qaysi tarafidan paydo bo‘ldilar?
A. shimoliy-sharqiy B. shimoli-g‘arbiy C. janubdan D. janubi sharqdan
22. Yunonlar nima maqsadda sportni rivojlantirish va yoshlarni Olimpiya o‘yinlariga qiziqishga katta e`tibor qaratganlar?
A. faol fuqarolar va davlat himoyachilarini tarbiyalash uchun
B. janchilarni tarbiyalash
C. qaddi-qomatinitik bo`lishi
D. baquvvat bo’lishi uchun
23. Rimda mamlakatni mudofaa qilish zarurati yuzaga kelgan taqdirda necha yoshgacha bo`lgan erkaklarning barchasi qurol-yarog‘lari va harbiy kiyim-kechaklari bilan ko‘rikka yetib kelishi shart bo‘lgan?
A. 20 B. 30 C. 18 D. 25
24. Old Osiyoda tashkil topgan davlatlarning hozirgi o`rnini aniqlang.
1. Ossuriya 2. Xettlar 3. Mitanni podsholigi
4.Urartu 5. Isroil va Yahudiy 6.Finikiya
a.Iroq b.Suriya c.Turkiya d. Turkiya sharqiy qismida va Armaniston e. Livan hududida va Suriyaning bir qismida f. Falastin
A. 1a, 2c, 3b, 4d, 5f, 6e
B. 1a, 2b, 3c, 4d, 5f, 6e
C. 1a, 2c, 3b, 4f, 5d, 6e
D. 1e, 2c, 3b, 4d, 5f, 6a
25. Yunon va makedonlar o’rtasida urush qachon va qayerda bo`lgan?
A. Mil. avv. 338- yilda Beotiyadagi Xeroniya shahri yaqinida
B. Mil. avv. 479-yilda Plateya
C. Mil. avv. 480-yilda Salamin
D. Mil. avv. 338-yilda Marafon tekisligida to‘qnashadilar.
26. Olimpiya o‘yinlari musobaqalarda uch karra g‘alaba qozongan sportchiga qanday mukofot berilgan?
A. “Beshyuzlar kengashining” faxriy a`zosi
B. Olimp tog‘ida o‘z haykalini o‘rnattirish
C. muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to‘qilgan gulchambar bilan taqdirlangan D. Barcha soliqlardan ozod etilgan.
27. Sezar Rim taxtini egallagandan 20 yil o’tib…
A) Yunoniston qirg’og’i yaqinida Oktavian va Mark Antoniy flotlari o’rtasida jang bo’lib o’tdi
B) Mark Antoniy halok bo’ldi va Oktavian butun Rimning hukmdoriga aylandi
C) Oktavian Senatdan imperator unvonini va Avgust laqabini oladi.
D) Sezar Senat yig’ilishga borganida fitna
oqibatida o’ldirildi
28. Quyidagi qaysi madaniy yodgorlikdagi saroy devorlari shohlar, lashkarlar, mug’anniylar, hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan?
A) Qalaliqir B) Qo’yqirilganqala
C) Tuproqqal’a D) Ko’zaliqir
29. Quyidagilardan m.a. IX-VIII asrlarda bo’lib
o’tgan voqeani aniqlang?
A) Avestoning ilk qismi paydo bo’ladi
B) Sak qabilalari harbiy qabila ittifoqiga birlashdi
C) O’rta Osiyodagi eng qadimiy davlatlar vujudga keldi
D) Kichik Osiyoda ilk temir buyumlaridan foydalanish boshlandi
30. Quyidagi shaharlarning qaysilari davlat poytaxti bo’lganligini to’g’ri belgilang?
1. Ershi 2. Suza 3. Tushpa 4. Bityan
A) Elam B) Dovon C) Qang’ D) Urartu
A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c D) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c
32. Korinf kongresidan 10 yil keyin yuz bergan voqeani belgilang?
A) Spitamen yunon-makedonlar bilan bo’lib o’tgan hal qiluvchi jangda yengilib, cho’lga chekindi
B) makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari Hindistonga bostirib kirdi
C) Salavkiylar imperiyasi tashkil topdi
D) Mauriya podsholigiga asos solindi
33. Qaysi Kushon podshosi davrida Afg’oniston va Kashmir hududlari qo’shib olingan?
A) Kudzula Kadfiz B) Vima Kadfiz
C) Kanishka D) Demetriy
34. Fors shohi Kir II davrida bosib olingan hududlar quyidagi qaysi javobda noto’g’ri berilgan?
A) Parfiya va Marg’iyona B) Baqtriya va So’g’diyona
C) Falastin va Finikiya D) Lidiya va Bobil
35. Quyidagi qadimiy xalqlardan qaysi birining asosiy mashg’uloti dehqonchilik va savdo-sotiq bo’lgan?
A) xettlar B) baqtriyaliklar C) etrusklar D) ossurlar
36. Quyidagi memorchilik uslublaridan qaysi biri qadimgi Rim davlati davriga taaluqli emas?
A) Ion uslubi B) Korinf uslubi C) Gotika uslubi D) Doriy uslubi
37. Quyidagi tarixiy voqealardan ayni bir asrga taaluqlarini belgilang?
1. Xitoyda Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni yuz berdi 2. tarixchi Poliyen yashab ijod qildi
3. Rim imperiyasi tarixida oltin asr yuz berdi
4. Dovon davlati barham topdi
5. Xorazmda mahalliy taqvim ixtiro qilindi
6. tarixchi Arrian yashagan
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 6 C) 1, 3, 6 D) 1, 4, 5
38. Bir-biriga to’g’ri keladigan qadimgi dunyo tarixiga oid xudolar qatori ko’rsatilgan javobni ko’rsating.
A) Tot, Sina, Ganesha, Afina
B) Neptun, Poseydon, Anaxita,Ishtar,Indra
C) Apis, Ishtar, Anaxita, Demetra
D) Ares, Mars, Ishtar, Xatxor
39. Quyidagi yunon faylasuflari qaysi o’lka yoki shaharlik ekanligini to’g’ri belgilang.
1. Demokrit 2. Arximed 3. Sokrat
A) Afinalik B) Frakiyalik C) Sirakuzalik
A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a
C) 1-a,2-c, 3-b D) 1-a,2-b, 3-c
40. Xorazm hududida joylashgan qadimiy shaharlarni va ularga oid malumotlarni to’g’ri muvofiqlashtiring
1. Qo’yqirilganqala 2. Tuproqqala 3. Oybo’yirqala 4. Qalaliqir
A) O’rta Osiyodagi eng qadimiy yozuv namunalari topilgan
B) M.a.I minyillik o’rtalarida mahalliy hukmdorning qarorgohi bo’lgan ulkan qala bunyod etilgan
C) Aylana shaklida qurilgan mustahkam ibodatxona qoldiqlari topilgan
D) Qasrdagi saroy devorlari shohlar,lashkarlar,sozandalar,shuningdek,hayvonlar va qushlar tasviri bilan bezatilgan
A) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, D) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b
41. Quyidagi sanalarda ro’y bergan voqealarni to’g’ri belgilang.
1. 313-yil 2. 330-yil 3. 395-yil 4. 452-yil 5.455-yil 6.476-yil
A) So’nggi Rim imperatori taxtdan ag’darildi
B) xristianlik dini boshqa dinlar bilan teng deb elon qilindi
C) Rim imperiyasi 2 ga bo’linib ketgan
D) Rim imperiyasi poytaxti Konstantinopolga ko’chirildi
E) Rimni vandallar bosib oldi
F) Rimga xunnlar hujum qiladi
A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-e, 5-f, 6-a B) 1-c, 2-d, 3-b, 4-f, 5-e, 6-a
C) 1-b, 2-c, 3-d, 4-f, 5-e, 6-a D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-f, 5-e, 6-a
42. Quyidagi fikrlarning qaysi birida xatolik mavjud.
A) Qadimgi Xorazmda hunarmandchilik, binokorlik va savdo-sotiq yuksak darajada rivojlangan
B) Afrikaning shimoliy sohilida joylashgan Karfagen shahar-davlati Finikiya kaloniyasi bo’ladi
C) Filosofiya so’zi yunoncha bo’lib, donishmandlikni sevish manosini anglatadi
D) Ellinlar – Rimliklar o’zlarini shunday atagan
43. Quyidagi atamalarning qaysilari qadimgi dunyo tarixida xorijiy o’lkalardan ko’chib kelgan kishilar va ularning avlodlariga nisbatan qo’llanilgan.
1. ilotlar 2. Pontifiklar 3. Meteklar 4. patrisiylar 5. plebeylar
A) 4, 5 B) 3, 5 C) 2, 4 D) 2, 3
44. Qadimgi Misr podsholigi davrida…
A) Janubiy Falastin yerlari va Nubiyaning shimoli zabt etildi
B) Deyarli butun Nubiya va Falastin yerlari zabt etildi, Liviya qabilalari o’lpon to’lay boshladi
C) Old Osiyo va Liviya zabt etildi, Sinay yarim oroli aholisi o’lpon to’lay boshladi
D) Sinay yarim oroli bosib olindi, Nubiya va Liviyaga yurishlar qilindi
45. Quyidagi shaxslarga oid to’g’ri tarifni aniqlang?
1. Skunxa 2. Bess 3. Diodot 4. Miltiad
A) Makedoniyalik Aleksandr bosqini davrida Baqtriya satrapi
B) Marafon jangida yunon qo’shinlari sarkardasi
C) Doro I ga qarshi kurashgan saklar sardori
D) Yunon-Baqtriya davlati asoschisi
a) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b b) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
c) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b d) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b
46. IV asrning oxirida Rim imperiyasi 2 ga bo’linib ketgach, Sharqiy Rim imperiyasiga qaysi hududlar kirgan?
1. Yevropa 2. Kichik Osiyo 3. Shimoliy Afrika 4. Misr 5. Italiya 6. Bolqon yarimoroli
a) 1, 3, 5 b) 2, 4, 5 c) 2, 4, 6 d) 1, 3, 6
47. M.a.II asr oxirida…?
a) Buyuk Xitoy devorini barpo etish ishlari boshlab yuborildi
b) Xitoyda Sin sulolasi hukmronligiga asos olindi
c) Qang’ qudratli davlat birlashmasiga aylandi
d) Rimliklar Karfagenni qamal qiladilar
48. Qadimgi hindlarning diniy etiqodiga oid quyidagi firklardan qaysi birida xatolik mavjud?
a) Hindlar ayrim xudolarni yovvoyi hayvonlar timsolida tasavvur qilganlar
b)Bosh xudolaridan biri-Ganesha donishmandlik xudosi bo’lgan
c) Buddaviylik dini oldingilaridan insonning mavqei tabaqalarga ham,jamiyatdagi maqomiga ham bog’liq bo’lmasligi bilan farqlanadi
d) Quyosh xudosi osmondagi suvni tutqunlikdan xalos aylagach yer yuzida qurg’oqchilik tugadi
49. Rim imperiyasining eng mazlum aholisini aniqlang?
a) qullar va kolonlar b) qullar va meteklar
c) qullar va ilotlar d) qullar va plebeylar
50. Dovon davlati tarixiga oid shaharlarni aniqlang?
1. Dalvarzintepa 2. Uchqo’rg’on 3. Yerqo’rg’on 4. Sho’rabashat 5. Ershi 6. Ansi 7. Bityan
a) 2, 3, 4 b)1, 3, 7 c) 1, 2, 6 d) 2, 4, 5
51. Qadimgi Hindistonda ilm-fan, xususan, qaysi sohalarida yuksak darajaga erishadi?
a) tibbiyot va matematika b) tarix va geografiya
c) geografiya va astronomiya d) astronomiya va matematika
52. Quyidagi insoniyat hayotidagi o’zgarish va ixtirolardan qaysi birlari neolit davriga oid ekanligini aniqlang?
1.chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiq boshladi
2.o’troq turmush tarziga o’tilib,doimiy turar joylar qurila boshlandi
3.O’rta Osiyo janubidan suniy sug’orishga asoslangan dehqonchilikning vujudga kelishi
4.tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash tarmog’I to’quvchilik hunarmandchiligi vujudga kelis 5.sopol idishlar hayvonlarning ,qushlarning tasvirlari va o’simlik naqshlari bilan bezatila boshlandi
6.metalldan dastlabki mehnat qurollari yasashga o’tilishi
a) 2, 4, 6 b) 1, 3, 5 c) 2, 4, 5 d) 1, 2, 4
53. Kushonlar davriga oid Surxko’tal yodgorligini o’rganish natijasida qanday yozuv namunalari topilgan?
a) oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari
b) kushon shaklli yozuv namunalari
c) yunon alifbosidagi kushon yozuvi namunalari
d) oromiy yozuvi asosidagi so’g’d va xorazm yozuvi namunalari
54. M.a.VIII-VII asrlarda Chjou davlatida markaziy hokimiyat zaiflasha boshlagan.Shu davrda qaysi omildan foydalanib qolgan chekka viloyatlar aholisi ajralib chiqib,o’z davlatlarini tashkil eta boshladi?
a) Xitoyga ko’chmanchi qabilalarhujum qila boshlaganidan foydalanib
b) Chjou va Xan sulolalari o’rtasidagi hokimiyat uchun kurashlardan foydalanib
c) Sariq ro’mollilar qo’zg’oloni oqibatida yuz bergan tartibsizliklardan foydalanib
d) Xitoyga Turk xoqonligi hujum qilganligidan foydalanib
55. Nineviya qaysi qadimiy davlatning poytaxti bo’lgan?
a) Ossuriya podsholigi b) Isroil podsholigi
c) Midiya podsholigi d) Urartu podsholigi
56. Etrusklar qaysi mintaqada yashagan?
a) Pireniy yarim oroli b) Kichik Osiyo
c) Apennin yarim oroli d) Krit oroli
57. Qaysi qadimiy davlatning hududi Hindiston va Xo’tandan O’zbekistonning janubiy viloyatlari va Afg’onistongacha bo’lgan hududlarni qamrab olgan edi?
a) Qadimgi Baqtriya davlati b) Yunon-Baqtriya podsholigi
c) Salavkiylar imperiyasi d) Kushon podsholigi
58. Trayan hukmronligi davrida Rim imperiyasi tarkibiga quyidagi qaysi hududlar kiritilgan?
a) Suriya va Mesopotamiya b) Suriya va Makedoniya
c) Armaniston va Dunaybo’yi d) Galliya va Mesopotamiya
59. Troya urushi nihoyasiga yetadi. Yunonlar Troyani talaydilar va mo’l-ko’l o’lja ilinjida yurtiga qaytmoqchi bo’ladilar. Ular ……… dengizi orqali uzoq va xatarli yo’ldan o’tishlari kerak edi?
a) Egey b) O’rta yer c) Boltiq d) Qora
60. Zama shahri yaqinidagi jangda Karfagen armiyasini tor-mor keltirgan Rim sarkardasini aniqlang?
a) Yuliy Sezar b) Ssipion c) Mark Krass d) Gannibal
61. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato ekanligini aniqlang?
a) Misrda Yangi podsholik davrida firavnlar Nubiya va Old Osiyo mamlakatlariga yurish qiladi
b) Xorazm hududida Jonbosqala shahriga asos solingan asrlarda O’rta Osiyo hududida dastlabki tanga pullar tarqalgan
c) So’nggi paleolit davri odami manzilgohlari Samarqand shahri hududi,Toshkent viloyati hamda Farg’ona vodiysidan topilgan
d) ”Avesto”ning ilk qismi paydo bo’lgan asrlarda O’zbekiston hududida ilk temir asriga o’tish boshlangan
62. Ro’zett bitiktoshi hozir qayerda saqlanadi?
a) Britaniya muzeyida b) Luvr muzeyida
c) Prado muzeyida d) Samarqandda
63. ,,Qizil qoshlilar’’ qo’zg’aloni qaysi davlatda sodir bo’ladi?
a) Rimda b) Eronda c) Xitoyda d) Hindistonda
Do'stlaringiz bilan baham: |