1. Rossiyaning Turkistonni bosib olishi. Turkistonda mustamlakachilik boshqaruvi tizimining vujudga keltirilishi


Oltinchi rejada quyidagilar yoritiladi



Download 301,78 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana20.08.2021
Hajmi301,78 Kb.
#152135
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
9-семинар

Oltinchi rejada quyidagilar yoritiladi. XIX asrning 80-yillarida xalqqa ma’rifat va ziyo tarqatish 

uni  dunyoviy  bilimlar  asosida  savodli  qilish  va  madaniyatni  ko’tarish  g’oyasi  sifatida  vujudga  kelgan 

jadidchilik harakati asrimiz boshlariga kelib siyosiy kuch sifatida tashkiliy sifatga ega bo’ldi. Turkistonni 

Rusiyaning mustamlakachilik iskanjasidan xalos bo’lishi mustaqillikka erishish va uni ma’rifatli, farovon 

hamda  obod  Vatanga  aylantirish  maqsadida jadidlar madaniy-ma’rifiy  va  ijtimoiy-siyosiy  kurashda  faol 

qatnashdilar. 

Jadidlarning barcha gazeta va jurnallarida Turkistonda zulm va istibdodga qarshi erk va ma’rifat, 

madaniyat, milliy ozodlik va adolat uchun kurashish zarurligi haqidagi ko’plab maqolalar e’lon qilindi. 

Matbaachilik  yo’lga  qo’yildi.  Turkistonning  ko’pgina  shaharlarida  bosmaxonalar  ishga  tushdi. 

“Musulmoncha” kitob va jurnallar chop etila boshlandi. Bu haqda Abdulla Avloniy shunday yozadi: “1905 

yildagi  Rossiyada  boshlangan  inqilob to’lqini  bizga  ham  zo’r  ta’sir qildi.  Bizning  tashkilotimiz  siyosiy 

maslaklarga  tushunib,  birinchi  navbatda  qora  xalqni  oqartirmoq  va  ko’zin  ochmoq  chorasiga  kirishdi. 

Bunga  erishmoq  uchun  gazit  chiqarmoqni  munosib  ko’rib,  uyushmaning  harakati  bilan  o’zbek  tilida 

gazetalar chiqarildi. 

Jadidlarning asosiy g’oyaviy yul-yuriqlari ana shu tashkil etilgan matbuoti sahifalarida o’z yorkin 

ifodasini topdi. Publistika shiddat bilan rivojlandi. Birgina Behbudiyning matbuotda bosilgan maqolalarini 

mutaxassislar  300  dan  ortiq  chamalaydilar.  Abdurauf  Fitratning  “Hind  sayyohi”,  (“Bayonoti  sayyohi 

hindiy”), Turkiyada chiqqan “Munozara” asari, “Sayha” she’rlar to’plami e’lon qilinishida Behbudiy va 

boshqa jadidlarni yordami katta bo’ldi. Mirmuxsin Mirmuhamedov, CHo’lpon, Qodiriy, Munavvar Qori, 

Hamza,  Tavallo,  Azjiy  va  boshqalar  o’z  asarlarida  taraqqiyparvarlik  g’oyalari  o’z  ifodasini  topdi. 

Dramaturgiyaga  asos  solindi.  Behbudiy  birinchi  bo’lib  1911  yilda  “Padarkush”  dramasini  yozib 

tsenzuradan o’tkazdi, hamda 1919 yili nashr etdi. O’sha yili pьesa sahnalashtirilib, Samarqanddagi “Xalq 

uyida” o’ynaldi. “Padarkush” tez orada shuxrat topib, Toshkent, Qo’qon, Andijonda tashkil topgan teatr 

truppalari  tomonidan  sahnaga  olib  chiqildi.  Behbudiy  chorizmning  mustamlakachilik  siyosati  oqibatida 

kirib  kelgan  ichkilikbozlik  va  ma’naviy  ahloqiy  buzuqliklarni  fosh  etadi.  SHuningdek,  Turkistondagi 

hamma balolar yoshlar o’rtasida ma’rifatga ahamiyat bermaslikdan, odamlar tabiatini unga ilm berish bilan 

tuzatish  mumkin.  “Padarkush”  pesasi  o’zidan  keyingi  pesalarning  sahnalashtirilishi  uchun  bir  tajriba 

namunasi  bo’lib  xizmat  qildi.  Jadidlar  asarning  dramatik  shaklining  afzalliklarini  tez  tushunib  yetdilar. 

Ularning  ko’pchiligi  siyosiy  jihatdan  savodsiz  bo’lgan  vatandoshlarning  keng  ommasiga  o’z  maslak  va 

g’oyalarini  ta’sirli  hamda  tushunarli  holda  yetkazish  uchun  sahnaviy  harakat  va  ko’rinishlardan 

foydalanishga  urindilar.  Keyinchalik  “Ko’hna  Turkiya”,  “Qotil  kim?”,  “Baxtsiz  kuyov”  kabi  pьesalar 

sahnaga  qo’yildi.  Toshkent,  Samarqand,  Qo’qon,  Andijondan  tashqari  Buxoro  va  Qarshi  shaharlarida 

jadidlar tomonidan xavaskorlar guruhi, teatri tashkil qilindi. 

Turkiston jadidlarining qardosh xalqlar, birinchi navbatda, usmonli turklar, ozor, tatar, boshqird va 

boshqa turkiyzabon jadidlar bilan hamkorligi ko’chaydi. Bir so’z bilan aytganda adabiy madaniy, ijtimoiy-

siyosiy turmushning hamma qatlamlarida jadidchilik harakatidagi kutarilish yaqqol ko’zga tashlandi. 

Mustamlakachi chor hukumati jadidlarning harakatlari bilan Turkistondagi milliy uyg’onish sodir 

bo’layotganidan, istilochilarning siyosiy nayranglariga fahm farosati yetadigan xalqni ozodlik kurashiga 

ko’tarishga,  mohirlik  bilan  boshqarishga  qurbi  yetadigan  ma’rifatli  va  millatparvar  butun  bir  avlod 

shakllanayotganidan  taxlikaga  tushadi.  Turkiston  general-gubernatorligi  mahkamasida  1908  yilda 




“Turkiston  o’lkasida  va  undan  chetda  josuslik  qilish  masalasi”  buyicha  ishlaydigan  komissiya  tuzildi. 

Komissiya  asosan jadidchilik  harakatini  yo’q  qilishdan  bordi.  U Turkistondagi maktab  va  madrasalarni 

barchasini jadidlar ta’siriga berilmasligi uchun jon-jahdi bilan kurash olib bordilar. Birinchi jahon urushi 

boshlanib ketib, istilochi chor hukumati chekka o’lkalardagi millatparvarlar bilan jiddiy shug’ullanishga 

imkon topolmay qoldilar. SHunda ham maxfiy idoralari, mustamlaka siyosatining bu o’lkaga yuborilgan 

mafkurachilari ularni hamisha ko’z ostida saqlab turar, ham ma’nan, ham jismonan ezib tashlashi qulay 

mavridini poylash edi. 

Umuman olganda Turkiston jadidlarining ijtimoiy-siyosiy jamiyatida avvalo yangi usul maktablarini 

ochishga katta e’tibor berildi. SHuningdek, ular millatni savodli qilish va shu orqali millatga davrni talab 

va  muammolarini  tushuntirish,  xalqni  ko’p  asrli  g’aflatdan uyg’otish  yo’lida juda  katta ishlarni amalga 

oshirdilar.  Ular  Turkiston  kelajagini,  ravnaqini  ta’minlaydigan  fuqarolarni  yetkazishni  maqsad  qilib 

qo’yadilar  va  bu  maqsadni  amalga  oshirish  uchun  o’zlari  ochgan  yangi  ishidagi  maktablarda  millat 

farzandlarini o’qita boshlaydilar. 


Download 301,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish