6. Roman- fantastikaning yangicha talqini.
Shunday qilib Potter Woldemort bilan to`qnashadi. Shu payt Harry ota-onasining va Woldemort
o`sha qabristonda(Harry bilan Woldemort qabristonda urishadi. Baxtga qarshi uning Sedric ismli
do`sti ham shu yerga tushib qoladi va urushning begunoh qurboniga aylanadi) o`ldirgan Harry
do`stining ruhi paydo bo`lib, Harry qochishi uchun imkon yaratishadi. Nihoyat qayg`u va nafratlarga
to`la bir yil ham nihoyasiga yetadi. Hammaning ko`ngli cho`kkan, hamma qo`rqqan, hammaning
og`zida bitta gap: “Nahotki Woldemort qaytgan bo`lsa!”
Potter yana xayollarga chulg`anib, uyiga qaytadi. Axir uni deb begunoh do`sti olamdan ko`z yumgan
edi.
J.Rouling kitobining beshinchi qismi “Harry Potter va Feniks ordeni” deb nomlanadi. Harry Potter
maktabning 5-kursiga qadam qo`yadi. Harry uchun eng ayanchlisi ham shu yil bo`ladi.
Potter maktabga qadam qo`ymasdanoq uning ismi gazetalarning 1-sahifasida chiqa boshlaydi.
Chunki u maktab tashqarisida sehr ishlatgani uchun sud qilinadi. Ammo sud natijalari Harryning
foydasiga hal bo`ladi va u maktabga qaytadi. Ammo maktabda hamma o`quvchilar uni yomon ko`rib
qolishadi. Sehr jodu ministrligi Hogwarts ustidan o`z tazyiqini o`tqaza boshlaydi. Ular maktabga
yangi o`qituvchilar yuborish orqali, maktabni o`zlaricha boshqarmoqchi bo`lishadi. Kelgan
o`qituvchilar faqat nazariy bilim berishib, amaliy mashg`ulotlar o`tkazishmaydi. Bu esa
o`quvchilarning o`zlari mustaqil shug`ullanishlariga olib keladi. Bu o`quvchilarni Harry o`qita
boshlaydi. Chunki u boshqalardan ko`ra ko`p sehrlarni bilar va aqlliroq edi. Ammo bundan shu
maktabga yuborilgan o`qituvchi xabar topib, ularni jazolaydi. Endi Woldemort qaytdi, degan gap
hamma orasida tarqalgan edi. Ha, u qaytgan edi, juda kuchga to`lib qaytgan edi. Uning yo`liga
tushadigan hech qanday mard topilmasdi. Faqatgina Dambldor unga teng kela olardi.
Harry o`zining beshta do`sti bilan Woldemortni qidirib, yo`lga tushishadi. Ammo ular ham
Woldemortning tarafdorlariga tutqun bo`ladilar va ularga Feniks ordeni sehrgarlari yordamga
kelishadi. Bu orden boshqaruvchisi Sirius Black edi. Biroq Sirius Black shu yerda halok bo`ladi.
Harry bir yo`la ham otasidan, ham eng yaqin do`stidan judo bo`ladi. U yana hech kimsiz yetim bo`lib
qoladi. Shu urushda Woldemort ham Harryni o`ldirish uchun paydo bo`ladi. Ular orasida jang
bo`layotgan bir paytda Dambldor kelib, Harryni qutqaradi va Woldemortni qochishga majbur qiladi.
Ammo bu qochish uzoqqa cho`zilmasligini Dambldorning o`zi ham bilar edi. Ular vaqtincha bo`lsa
ham undan qutulishdi. Harry va Dambldor yangi jangga tayyorgarlik ko`ra boshlashdi. Yana bir yil
o`z nihoyasiga yetadi.
J.Rouling kitobining oltinchi va so`nggi qismi “Harry Potter va qonli shahzoda” deb
nomlanadi. Mazkur yil butun sehrgarlik olami uchun va asosan, Harry Potter uchun oxirgi yil bo`lib
qoladi.
Woldemort qochib ketganidan so`ng u o`z jonini 7 bo`lakka bo`lib yashiradi. Dambldor va Harry
shu narsalarni topish uchun hamma joyni aylanib chiqib, shu orqali Woldemortni o`ldirmoqchi
bo`lishadi. Yangi o`quv yili boshlangach, maktabga yangi o`qituvchilar kelishadi. Harry maktabdagi
kuchli sehrgarga aylanadi. Uning nomi hammaning tilida yuradi. Potter 16 yoshga kirib, ancha katta
yigitga aylanadi, o`ziga o`qituvchilardan do`stlar orttiradi.
Shuningdek, shu maktabda ishlab yurgan o`qituvchilardan biri Severus Sneip Woldemortga
bo`ysunadigan odam bo`ladi. Qisqa vaqt ichida maktab o`quvchilaridan bo`lgan Draco Malfoy ismli
bolani ham Woldemort tomonga o`tishga majbur qiladi. Ammo Dambldor 5 yildan buyon shu
o`qituvchiga ishonib kelgan. Yovuz kuchlar kundan-kunga maktabga kirishni boshlaydilar.
Dambldor va Harry bu paytda Woldemort bilan mashg`ul bo`lib buni sezishmaydi. Ammo qaytib
kelishganda, maktabda Woldemortning tarafdorlari to`lib ketganini ko`rishadi. Lekin endi qandaydir
chora ko`rishga kech edi. Shu payt Dambldor Harryga tezda ketishini, nima bo`lganda ham
qaytmasligi kerakligini uqtiradi. Harry ketishi bilanoq Dambldorni bosqinchilar o`rab olishib, uni
o`ldirishadi. Bu ishni Dambldor ishongan odam Severus Sneip amalga oshiradi.
Eng ulug` va eng buyuk sehrgar olamdan o`tadi. Bu ishlar Harryning ko`z oldida yuz beradi. Ular
Dambldorni o`ldirishgach, butun Hogwartsni ostun-ustun qilishadi. Maktab qaytib tiklab bo`lmas
holga keladi. Biroq, Harry Dambldor boshlagan ishni oxiriga yetkazishga so`z berdi. U ustozining
o`limi uchun albatta, qasd oladi.
Ha, yana bir narsani aytib o`tish joizki, shu yillar ichida Harryning 2 do`sti uni doim qo`llab-
quvvatlab kelishdi. Ularning ismini bilasiz. Qonli shahzoda esa Severus Sneip ekanligi,
Woldemortni faqatgina Harry Potter o`ldira olishi ham asarning so`nggi qismida batafsil aytib
o`tilgan. Yozuvchi ham o`z asaridan ta’sirlangan bo`lsa kerak. Asosiy qahromonimizning hayoti esa
har bir o`quvchini qiziqtirishi turgan gap. Biz esa yozuvchidan bundan-da, qiziqroq asarlar, Harry
Potterdan esa yangi qahramonliklar kutib qolamiz. Shu asar asosida ajoyib filmlar ishlangan bo`lib
ular xuddi shunday nomlar bilan ataladi. Bu nomdagi filmlar hozir katta ekranlarga chiqqan hamda
yuqorida keltirilgan olti qism kattayu kichik tomoshabinlarga takror-takror havola etilayotir. Filmda
yosh Harry Potter
rol
ini Daniel Radclife o`ynagan. Nazarimizda, ingliz xalqining bu asari butun
dunyo bolalarining sevib o`qiydigan kitoblari qatoridan o`rin egallashga ulgurgan.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |