1.Ritorik soʻroq gap qatnashgan qatorni toping. A)Endi maktabga qachon kelasiz? B)Shu yoshimda qayerga ham borardim? C)Ukangizning ismi nima? D)Bayram kuni qayerga borasiz? 2.Bajarmoq soʻzining
nisbatan eskirgan, kam qoʻllanadigan maʼnodoshi qaysi? A)bitirmoq B)bajo qilmoq C)doʻndirmoq D)oʻrinlatmoq 3.Gapda soʻzlarning odatdagi tartibi oʻzgarga,inversiyaga uchragan qatorni toping. A)Azimjon doʻstining gaplariga eʼtibor qilmadi. B)Hali bahor kelmagan boʻlsa-da,daraxtlar gullagan edi. C)Hayron qoldi xaloyiq ,hayron edi olomon. D) Xayriyat,endi hammasi ortda qoldi. 4.Asil soʻzining
kitobiy uslubga xos,shaxsga nisbatan qoʻllanadigan maʼnodoshini toping. A)mumtoz B)poshshaxon C)zupta D)sarxil 5.Qatʼiy tasdiq maʼnosi ifodalangan gapni toping A)Bu ishning oxiriga yetmay qoʻymaydi. B) Savolning javobini topa olmadi. C)Topshiriqlarni vaqtida bajarmagansan. D)Bugun bayram boʻlmaydi,hamma uyiga ketadi. 6.Ayyor soʻzining folklor asarlaridan va ayrim shevalarda uchraydigan maʼnodoshini toping. A)shayton B)makkor C)xirpa D)maston 7. -siz qoʻshimchasi bir kishiga nisbatan hurmat maʼnosida ishlatilgan gapni toping. A)Assalomu alaykum ,janoblar! Xush kelibsiz. B)Anvar aka ,siz
ham gapiring,axir siz ham koʻp narsani bilasiz-ku. C) Albatta , bu haqida ancha oldin eshitgansiz. D)Shu
kungacha kutdingiz,endi yana biroz sabr qilasiz. 8.Tantanavorlik va koʻtarinkilikni ifodalovchi kelasi zamon qoʻshimchasi qaysi? A)-ajak B)-yotir C)-moqda D)-moqchi 9.Oʻtgan zamon qoʻshimchasi kelasi zamon maʼnosida qoʻllangan gapni toping. A)Daraxtlarning bargi toʻkildi. B)Endi men nima qildim? C)Nazirjon yoʻlgʻon gapirdi. D)Yakshanba kuni sizni ikki kishi izlab keldi. 10.Kichraytirish-erkalash qoʻshimchasi qoʻllanmagan gapni toping. A)Bazmda ikki-uch yigitcha yelib-yugurib hammaga xizmat koʻrsatmoqda. B)Umidaxon mushukchaga gʻamxoʼrlik qildi. C)Urushda mardlarcha halok boʻldi. D)Bolakayning injiqligidan hamma bezor boʻldi. 11.Koshin soʻzining maʼnosi nima? A)Chinniga oʻxshatib ishlangan,yaltiroq,naqshli gʻisht plastinkasi. B)Qalʼa devorlari yoki imoratlar aylanasiga tishga oʻxshatib ishlangan meʼmoriy bezak. C)Bir-biriga zich qilib yopishtirilgan
rang-barang shisha, marmar,tosh,yogʻoch va shu kabilardan yasalgan surat yoki naqsh. D) A va C 12.Suyurgʻol soʻzining maʼnosini toping. A)Moʻgʻul va turkiy xalqlarda qadimdan mavjud boʻlgan turli harbiy kengashlar va majlislarning umumiy nomi. B)Shoh ,xon,amir tomonidan amaldor va sarkardalarga saltanat oldida koʻrsatgan alohida xizmatlari uchun inʼom qilingan yer-suv,mol-mulk. C)Oʻzbekistonda hozir: biror soha vakillari ishtirokida respublika miqyosida oʻtkaziladigan katta yigʻilish. D)A va C 13.Koʻplik qoʻshimchasi hurmat maʼnosini ifodalagan qatorni toping. A)Boshlarim ogʻrib ketdi. B)Biznikiga bobom keldilar. C)Qalbimiz quvonchlarga toʻldi. D)Oybeklarning toʻdasi bizning oʻzimizga tushgan. 14.Bogʻlovchisiz qoʻshma gap qatorini toping. A)Ishlaringda
biror muammoga duch kelsang,oʻzim yordamlashaman. B)Hamma narsa oʻzgaradi,hech narsa abadiy emas. C)Uzoqdan koʻrdim-u ,hech narsa demadim. D)Yaxshidan bogʻ qoladi,yomondan esa dogʻ qoladi. 15.Qadimgi turklarda ona va hosildorlik xudosining nomi nima? A)Shad B)Umay C)Shantung D)Koʻgman 16.Tabgʻach turklarning qaysi tarafida va necha marta yurish qilishgan? A)sharqda, 7 marta B)gʻarbda, 7 marta C)sharqda , 17 marta D)gʻarbda , 17 marta 17."Xoʻja Ahmad Yassaviy —Turkiston mulkining shayx ul-mashoyixidir.Maqomati oliy,va mashhur,karomati matavoliy va nomahsur ermish. Yusuf Hamadoniyning asʼhobidindur". Ahmad Yassaviy haqidagi ushbu taʼrif qaysi asardan olingan? A)"Nazm ul-javohir" B)"Navodir un-nihoya" C)"Navodir ush-shabob" D)"Nasoyim ul-muhabbat" 18. "Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizardi gul uyottin anjumanda". Ushbu baytda qaysi sheʼriy san'atlar qoʻllangan? A)tajnis va talmeh B)husni taʼlil va tashxis C)tazod va tashbeh D)tajohil ul-orif va kitobat 19.Navoiyning maktublari toʻplangan asari qaysi? A)"Sabat-u abhur" B)"Mezon ul-avzon" C)"Munshaot" D)"Majolis un-nafois" 20."Bobur bunyod etgan davlat garchi bobolariniki singari bepoyon mintaqalarga yoyilmagan boʻlsa-da, u oʻz
saltanatining sultoni ,buyuk imperatori darajasiga koʻtarildi.Oʻz mulkida boshqaruv tizimini mahkam tutib,uni mohirlik bilan idora qildi.Bu oʻlknai 332 yil davomida mahorat bilan boshqargan buyuk sulolaga asos soldi". Bobur haqidagi ushbu taʼrif kimga tegishli? A)Javoharlaʼl Neru B)Irving Stoun C)Monstyuart Elfinston D)Rumer Goden