57. Shikastlanishlar, kelib chiqish sabablari, turlari.
Tashqi muhitning kishi organizimiga ta'siri natijasida to'qima va organlarda anatomik va funksional o'zgarishlar paydo bo'lishi
shikastlanish deyiladi. Grekchada "trauma"- shikastlanish degan ma'noni anglatadi. Organizmga ta'sir qilish omiliga ko'ra
shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi.
1) Mexanik shikastlanishlar (kuchli zarb tegishi, ezilish, cho’zilish).
2) Fizikaviy shikastlanishlar (issiq va sovuq ta'siri, elektr toki ta'siri, radioaktiv
nurlanishlar)
3) Kimyoviy shikastlanishlar (kislotalar, ishqorlar ta'siri).
4) Ruhiy shikastlanishlar (qattiq qo’rqish, vahima qilish).
Shikastlanishlarning og'ir-yengilligi bu omillarning kuchiga va ta'sir qilish vaqtiga bog'liq. Shikastlanishlar bo'yicha quyidagi tasnif qabul
qilingan.
l.Ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan shikastlanishlar. Bular o’z navbatida transport shikasti, temir yo’l, avtomobil, tramvay va
hokoza, piyoda ketayotganda, sport shikasti, sport bilan shug’ullanganda, tabiiy ofatlar ta'sirida shikastlanishlar, yer qimirlash, sel kelish
va hokazo, turmushda urush-janjallar oqibatida uchraydigan shikastlanishlarga bo'linadi.
2.Ishlab chiqarish bilan bogliq bo'lgan shikastlanishlar, ko'pincha sanoat korxonalarida va qishloq xo’jaligida ko'proq uchraydi.
3.Qasddan qilingan shikastlanishlar; harbiy holatlarda, o'z-o'zini o'ldirish, birovni qasddan o’ldirish va hakazo farqlanadi.
Mexanik kuchlarning ta'siriga qarab shikastlanishlar: bevosita va bilvosita shikastlanishlarga bo'linadi:
bevosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri shikastlanishlar (og'riq, qon quyilishi, shishlar)
bilvosita ya'ni to'g'ridan-to'g'ri bo'lmagan shikastlanishlar.
Teri va shilliq pardalarning jarohatlanishiga qarab shikastlanishning quyidagi turlari farqlanadi:
Ochiq va yopiq shikastlanishlar.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilishi bilan kechadigan shikastlanishga ochiq shikastlanish deyiladi.
Teri qoplamlari va shilliq pardalarning butunligi buzilmaydigan shikastlanishga yopiq shikastlanish deyiladi. (lat yeyish, cho’zilish,
suyaklar chiqishi, yumshoq to’qimalar ya'ni muskullar, paylar, tomirlar, nervlarning teri ostida uzilishi kiradi).
Sababi: o'tmas to’mtoq predmetlar, musht, tayoq, tosh bilan urish, yiqilish. yuqoridan tushgan narsalarning qattiq urilishi natijasida kelib
chiqadi.
Yopiq shikastlanishlarga to'qimalarning lat yeyish, cho’zilishi, uzilishi, chayqalishi, qisilishi, suyaklarning chiqishi va suyaklarnning yopiq
sinishi kiradi.
Lat yeyish. A'zo va to'qimalarning bevosita biror to’mtoq narsa bilan urilishi natijasida teri butunligining buzilmay zararlanishi lat yeyish
deyiladi. Odamga zarb tekkanda yoki biror qattiq narsa ustiga yiqilib tushganda badani lat yeydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |