Qonning qon tomirlar sistemasi bo`ylab harakatlanishi gemodinamika qonuniyatiga asoslangan. Shunga ko`ra, tomirlardagi qonning oqish
tezligi ikkita kuchga bog`liq. Ularning birinchisi qon tomirlar sistemasining boshlanish qismidagi va oxiridagi bosimning har xil bo`lishi; bu
43
kuch qonning harakatlanish tezligini ta`minlaydi. Ikkinchisi tomirlardagi qarshilik kuchi, ya`ni qonning quyuqligi, yopishqoqligi va uning
tomirlar devoriga ishqalanishidir. Bu kuch qonning harakatlanish tezligiga qarshilik ko`rsatadi. Gemodinamika qonuniga muvofiq, arteriya
qon tomirlari sistemasining yuqori qismida, ya`ni yurakka yaqin tomonida bosim baland va qonning oqish tezligi yuqori bo`ladi . Quyi
qismida esa bosim past va qonning oqish tezligi ham past bo`ladi. Bunga sabab, birinchidan, yurakning chap qorinchasi qisqargan vaqtda
qon katta bosim bilan aortaga chiqariladi; ikkinchidan, tomirlar sistemasining bo`yi qismida aorta va arteriya tomirlari mayda tarmoqlarga
(kichik arteriolalar va kapillyarlarga) bo`linishi natijasida qon tomirlar devorining umumiy kengligi ortadi. Bu esa ularda bosimning
pasayishiga, qon tomirlari devorining qarshilik kuchi ortishiga sabab bo`ladi, qonning oqish tezligini sekinlashtiradi, ya`ni arteriya qon
tomirlari sistemasining eng tor qismi aorta bo`lib hisoblanadi. Aorta odam tanasidagi tomirlarning eng yirigi bo`lsa ham, undan tarmoqlangan
arteriya tomirlari kengligining umumiy yig`indisi aorta kengligidan bir necha marta ko`pdir. Tanadagi barcha 150 milliard kapillyar aortaning
bo`yi qismi tarmoqlanishidan hosil bo`ladi va ularning umumiy kengligi aortaning keiglishdan 600 - 800 marta ko`pdir. Shuning uchun
aortada bosim baland va qon oqish tezligi kapillyarlardagiga nisbatan yuqori bo`ladi.
Yurakning chap qorinchasidan aortaga qon eng yuqori, ya`ni 130 - 140 mm simob ustuniga teng bo`lgan bosim bilan chiqariladi va sekundiga
25 m tezlikda oqadi. Yirik arteriyalarda,masalan, elka arteriyasida bosim 120 — 110 mm simob ustunigacha pasayadi, shunga ko`ra qonning
oqish tezligi ham aortadagiga nisbatan sekinlashadi. Kapillyarlarda esa 25 - 33 mm gacha pasayib, qonning oqish tezligi sekundiga 0,3 - 0,5
mm gacha sekinlashadi. Kapillyarlarda qon sekin oqishi uning tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod to`qimalarga, ulardagi
moddalar almashinuvi mahsulotlarini qonga o`tishiga imkon beradi.
Tinch holatda katta odam tanasi bo`ylab qon bir marta aylanib chiqishi uchun 25-30 sek vaqt ketadi. Jismoniy mehnat va sport bilan
shug`ullanganda yurakning qisqarish soni ko`payadi, qon oqishi tezlashadi va uning odam tanasini aylanib chiqishiga sarflanadigan vaqt
qisqaradi.
Tananing pastki qismlaridagi vena qon tomirlarida bosim 5-9 mm simob ustuni atrofida bo`lib, ularda qonning oqish tezligi sekundiga 6-14
sm ga etadi. Vena tomirlarining yurakka yaninlashgan qismida esa bosim tobora pasayib, yuqorigi va pastki kovak venalar yurakning o`ng
bo`lmasiga quyilishi qismida nolga yaqin bo`ladi. Vena tomirlarining bo`yi qismida yuqori qismiga nisbatan bosimning baland bo`lishi
qonning to`qimalardan yurakka tomon oqishiga imkon beradi. Muskullar qisqarganda, nafas olganda ko`krak qafasi kengayib, uning nasos
sifatida surish kuchining ortishi vena tomirlaridagi qonning ko`krak qafasi, ya`ni yurakka tomon oqishini ta`minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: