Muskullarning turlari. Birinchi bobda muskul to`qimasi bayon etilganda, ular uch turga bo`linishi haqida tushuncha berilgan edi, ya`ni
ichki organlar va qon tomirlari devorini tashkil etuvchi silliq muskullar, o`ziga xos tuzilishga ega bo`lgan ko`ndalang yo`lli yurak muskullari
va ko`ndalang yo`lli skelet muskullari. Mazkur mavzuda tayanch-harakatlanish sistemasining, tarkibiy qismi bo`lgan ko`ndalang yo`lli skelet
muskullari va ularning funktsiyasi haqida tushuncha beriladi. Odam tanasi skelet muskullarining oldingi va orqa tomonidan ko`rinishi 18
Skelet muskullari tayanch-harakatlanish sistemasi tayanch harakatlanish sistemasining faol qismi hisoblanadi. Muskul qisqarishi suyaklarni
harakatga keltiradi va odamning qo`l-oyoklari ma`lum ishni bajaradi (yurish, yugurish, sakrash, yuk ko`tarish, ovqatlanish, so`zlash, yozish
va xokazo). Muskullar harakatini nerv sistemasi boshqaradi. Muskullar harakatini ta`minlovchi nerv hujayralari motoneyron deynladi. Ular
harakatlanuvchn nerv hujayralarn bo`lib, orqa miyada hamda bosh miyannng uzunchoq va o`rta miya qismlarnda joylashgan. Miya
markazlaridagi motoneyronlarnnng uzun tolalari, ya`ni aksonlarn tanannng turln qismlarndagn muskul tolalarn bilan tutashadn. Bitta nerv
hujayrasining uzun o`simtasi bir nechta mayda tolalarga bo`linib, yuzlab muskul tolalari bilan bog`langan. Ana shu bntta nerv hujayrasi uzun
o`simtasnnnng mayda tolalarn bilan tutashgan yuzlab muskul tolalarnnnng jamn nerv-muskul harakat birligi deb ataladi.
38
Muskullar harakatini ta`minlovchi motoneyronlarnnng orqa miya, uzunchoq va o`rta miyadagn markazlarining funktsiyasi bosh miya
yarim sharlari po`stloq qismining oldingi markaziy egatida joylashgan nerv hujayralari harakatlanish oliy nerv markazlari tomonndan
boshqariladi.
Agar bosh miya po`stlog`idagi nerv markazlarining ishi buznlsa, u markaz boshqaradngan muskullarda markaziy shol yuzaga keladi. Bunda
ularnnng tarangligi ortadn, shol bo`lgan qo`l-oyoq tarashadek qotib qoladn. Bu bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon quynlganda
yuzaga keladi. Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buznlganda, ular boshqaradngan muskullarda pernfernk shol yuzaga keladn.
Bunda ularnnng tonusn pasaynb, shol bo`lgan qo`l yoki oyoq harakatsnzlanib, osilib qoladi.
Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo`lnb, ular tana massasnnnng o`rtacha 40% ni tashkil etadi. Jismoniy mehnat va sport
bilan shug`ullanuvchilarda muskullar yaxshi rivojlangan bo`lib, ular tana massasining 50% ni va undan ko`prog`ini tashkil etadi. U Skelet
muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng, rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak, tishsimon, duksimon, patsimon
va yarim patsimon, ikki boshli, ikki qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo bo`ladi (20-rasm). Uzun muskullar asosan qo`l va oyoqlarda,
kalta muskullar qovurg`alar orasida, keng muskullar ko`krakda, qorin devorlarida, aylana muskullar og`iz , ko`z atrofida joylashadi. Har
bir muskulning paylardan tashkil topgan bosh va dum qism i bo`ladi.
Muskul tashqi tomondan biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o`ralgan bo`lib, bu parda fastsiya deb ataladi. Fastsiya bilan
muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan sinovial suyuqlik bo`ladi.
Bo`yin va gavda muskullari. Bo`yin muskullariga bo`yinning teri osti muskuli, tush-o`mrov so`rg`ichsimon muskuli, narvonsimon muskullar
va til osti suyagi sohasidagi-muskullar kirib , ular boshning turli harakatlarini ta`minlaydi. Gavda muskullari joylashishiga qarab. ko`krak
qafasi, qorin va orqa muskullaridan iborat.
Ko`krak qafasi muskullariga ko`krakning katta va kichik muskullari, o`mrov osti muskuli, ko`krak qafasining yon-tomonida joylashgan
tishsimon muskullar, qovurg`alararo (tashqi va ichki) muskullar hamda ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i o`rtasida joylashgan diafragma
muskuli kiradi. Bu muskullar nafas olish, nafas chiqarishda, qo`llarni harakatlantirishda ishtirok etadi.
Qorin muskullariga qorinning tashqi va ichki qiyshiq to`g`ri, ko`ndalang muskullari, belning kvadratsimon muskuli, oraliq chov kanali
muskullari kiradi. Bu muskullar qorin devorini hosil qilishda, nafas harakatlarida, umurtqa pog`onasini bukishda, qorin bo`shlig`idagi ichki
organlar bosimini saqlashda, kuchanish jarayonida ishtirok etadi. Qorin muskullari ayollarda yaxshi rivojlanganligi tg`gish jarayoni oson
o`tishida muhim rol o`ynaydi.
Orqa muskullariga trapetsiyasimon, orqaning serbar muskuli, rombsimon, ko`krakning ko`taruvchi, yuqorigi va pastki tishsimon, umurtqa
pog`onasini tiklovchi (yozuvchi) muskullar kiradi. Orqa muskullari umurtqa pog`onasi va kurak suyagi harakatlarini ta`minlaydi. Ular
gavdani rostlab turadi.
Qo`l muskullari elka kamari va qo`lning erkin muskullaridan iborat. Elka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar
kiradi. Qo`liing erkin muskullari elka, bilak va qo`l panjasi sohasidagi muskullarga bo`linadi. Elkaning oldingi yuzasida elkaning ikki boshli,
orqa qismida uch boshli muskuli bo`lib, ular tirsak bo`g`imida bukish va yozish harakatlarini bajaradi. Bilak sohasidagi muskullar ham
bilakning oldingi va orqa qismidagi muskullarga bo`linib, oldingi qismdagilari qisqarganda qo`l panjasi bo`g`imlarida bukilish, orqa
qismdagilar qisqarganda esa yozilish harakatlari bajariladi.
Oyoq muskullari tanani tutib turganligi va turli-tuman harakatlarni bajarganligi uchun qo`l muskullariga nisbatan kuchli rivojlangan. Ular
son, boldir va oyoq panjasi muskullariga bo`linadi. Sonning oldingi sohasida joylashgan to`rt boshli muskul organizmdagi eng yirik, kuchli
muskullardan bo`lib, son-chanoq bo`g`imida bukilish, tizza bo`g`imida yozilish harakatini bajaradi. Sonning orqa tomonida sonning ikki
boshli, yarim nay, yarim pardasimon muskullari joylashgan. Ular chanoq bo`g`imini yozishda, tizza bo`g`imini bukishda ishtirok etadi.
Boldirning oldingi yuzasida katta boldirning oldingi muskuli, 2-5-barmoqlarni yozuvchi uzun muskul, bosh barmoqni yozuvchi uzun
muskullar bo`lib, ular oyoq-panja bo`g`imlarida yozish harakatlarini bajaradi. Boldirning orqa yuzasidagi uch boshli, tizza osti, katta
boldirning orqa yuzasidagi bosh barmoqni bukuvchi uzun, 2-5-barmoqlarni bukuvchi uzun muskullar, oyoqpanja bo`g`imlarida bukish
harakatlarini bajaradi. Boldirning en tomonida kichik boldirning uzun va kalta muskullari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: