• Hacimsel sug'orish hal yuzalar, eritmasiga namlangan mato yoki shimgichni yordamida yuzasi davolash.
21
37. Kimyoviy dezinfeksiyalovchi moddalarni sanab bering.
Kimyoviy dezinfeksiyalaydigan moddalar mikrob hujayrasiga ta`sir qilganda paydo bo’ladigan va kechadigan jarayonlar dezin-feksiya
qiladigan moddalarning ta`sir mexanizmi deyiladi. Òurl
xil dezinfeksiyalovchi preparatlar mikroblarga tanlab ta`sir qiladi va ularni har xil kuch va faollik bilan yo’qotish xususiyatiga ega.
Dezinfeksiya qiladigan moddalar eritmada bo’lganda, ularning hujayra ichiga kirish xususiyati oshadi. Aksincha, ular qattiq holatd mikrob
hujayrasining pardasi orqali o»tish xossalaridan mahrum bo’ladi. Masalan, xloraminning suvli eritmalari, lizol, fenol va boshqa preparatlar
suvli eritmalari birmuncha kuchli dezinfeksiya-laydigan ta`sir qiladi. Dezinfeksiya qiladigan moddaning mikrob
hujayrasiga uni nobud qiladigan darajada emas, balki hayot fao-liyatining so’nishiga olib keladigan qayta ta`sirini bakteriostatik ta`sir,
moddaning o’zi esa, bakteriostatik modda deyiladi. Agar dezinfeksiya qiladigan modda mikrob hujayrasiga ta`sir qilganda, uning uzil-kesil
nobud bo’lishiga olib keladigan qaytmas o’zgarishlarni yuzaga chiqarsa, bunday ta`sirni bakteritsid ta`sir, modda esa, bakteritsid deyiladi.
Sporalarni o’ldiradigan kimyoviy dezinfeksiyalovchi vositalar sporotsidlar deyiladi. Filtrlanuvchi viruslarni o’ldiradigan vositalar
virulitsidlar deyiladi. Zamburug’- larga ta`sir qiladigan vositalar fungitsidlar deb ataladi.
Dezinfeksiya qiluvchi vositalar sifatida foydalaniladigan kimyoviy moddalarning asosiy guruhlari Oksidlovchilar. Faol ta`sir etadigan
modda molekulasining kimyoviy strukturasi bo’yicha bir-biridan farq qiladigan dezin-feksiyalovchi moddalar hujayra ichiga kirib, uning
tarkibiy qism-lariga tanlab ta`sir qiladi va uning ta`siri bir xil bo’lmaydi. Ok-sidlovchilar hujayralar proteinlari bilan o’zaro ta`sirga
kirishib,oksidlanish reaksiyasini keltirib chiqaradi. Oksidlovchilar gu-ruhi xlor va xlor saqlaydigan preparatlarni, vodorod peroksidiva
boshqa preparatlarni o’z ichiga oladi.Xlor sarg’ish yashil rangli, bo’g’uvchi hidli gaz, nafas yo’llarishilliq pardalarini qattiq achishtiradi,
metall buyumlarga vagazmollarga yemiradigan ta`sir ko’rsatadi. Xlor mikrob hujayrasiga,uning hayotiy muhim funksiyalariga to’g’ridan
to’g’ri ta`sir qilibo’ldiradi, shuningdek, dezinfeksion va deratizatsion ta`sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: