107. Chekish va spirtli ichimlik ichishning yurak va qon-tomir sistemasiga qanday ta’siri mavjud?
Alkogolizm – tibbiyot nuqtai na-zaridan spirtli ichimliklarni mu-dom ichaverish oqibatida ro‘y beradigan surunkali kasallik; ashaddiy
ichkilik-bozlik. Keng ma’noda – spirtli ichimliklarni me’yoridan ortiq ichishning kishilar sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatiga, ma’naviy va
maishiy hayotiga, shuning-dek jamiyat farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. A. individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga
ta’sir ko‘rsatadi. Ichkilik ta’sirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’-uliyat sezish hissini yo‘qotib qo‘yadi, bezorilik va qonunni buzishga
aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mum-kin. A. ishlab chiqarishga zarar yetkazadi, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining
pasayishi, odamlarning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok bo‘lishiga olib keladi. Mastliqda odamning muvozanatni yaxshi saqlay ol-
masligi, diqqati chalg‘ib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi baxtsiz hodisalarga sabab bo‘ladi.A. rivojlanishida boshlang‘ich, o‘rta va
so‘nggi bosqich alomatlari kuzatiladi. Boshlang‘ich bosqich – asosan alkogolga nisbatan haddan ortiqroq maylning paydo bo‘lishi va unga
bo‘lgan chidamlilik (tolerantlik)ning oshishi, qusish himoya refleksining yo‘qolishi, yashirin yoki yolg‘iz ichib mast bo‘lish, ichayotgan
alkogol miqdorini nazorat qila olmay qolishi, perforatsion amneziya, faqat ichaverish to‘g‘risidagi istakning miyaga o‘rnashib qolishi,
alkogoldan o‘zni tiyganda holsizlanish (asteniya) holatining yuzaga chiqishi bilan ifodalanadi. O‘rta bosqichda – alkogolga bo‘lgan
chidamlilik juda oshadi, "alkogol ochligi" – humor (ab-stinent) holatining yuzaga kelishi, al-kogolga bog‘lanib qolish, soxta mayzada-348lik
(psevdozapoy), alkogol psixozlari va shaxsning ruhiy jihatdan tubanlashuvi kuzatiladi. So‘nggi bosqich esa alkogolga chidamsizlik
(intolerantlik), muttasil ichishning davriy tuye olishi, chin mayzadalik, ruhiy va jismoniy zaiflashish, nerv va ichki a’zolar faoliyatining izdan
chiqishi, dispeptik holat, o‘tkir va surunkali alkogol psixozlari, xotira va es-hushning aynishi bilan ifodalanadi. A. odam organizmidagi
hamma sistemalar va a’zolar faoliyatiga putur yetkazadi. Ichkilikboz odam o‘zi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qo‘yadi, markaziy va
periferik nerv sistemasi faoliyati bu-zilib (psixik kasalliklar, nevritlar va boshqa paydo bo‘ladi), ichki a’zolar funksiyasi izdan chiqadi.
Ichkilikning zaharli ta’siri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ichkilikboz odam qo‘l
barmoqlari, ko‘z qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni ba-jarib yurgan odatdagi ishini bajara ol-may qolishi mumkin.
Ko‘p ichadigan odamda ko‘z xiralashib, ba’zan quloq ham og‘ir tortib qoladi. Ichkilikning me’daga ta’siri natijasida shu a’zoning barcha
funksiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli ta’sir ko‘rsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. A. pankreatit, kand kasalligi, stenokardiya
va miokard infarqti kasalliklariga ham sabab bo‘ladi. Ichkilik ichki sekresiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz
susayib, jinsiy zaiflik paydo bo‘ladi. Ayollar ichkilik ta’sirida tez so‘lib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asoratlar ko‘proq
uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron bo‘lib qolishiga olib keladi.A.ning oldini olish. A. belgilari paydo bo‘lganda,
ichkilikbozni narkologiya shifoxonalariga yotqizib, uzoq vaqt davomida narkolog vrach kuzatuvida mun-tazam davolanishni tashkil qilish
kerak.
Tamaki Chekish keng tarqalgan zararli odatlardan boʻlib, chekuvchi va uning atrofidagi odamlar sogʻligʻiga yomon taʼsir etadi; yuraktomir,
meʼda, oʻpka kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Tamaki chekkan odam unga oʻrganib, chekmasdan turolmaydigan boʻlib qoladi. Tamaki
tarkibidagi nikotin odam organizmiga kuchli taʼsir etib, u markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qoʻzgʻatuvchi taʼsir koʻrsatadi,
arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni tezlashtiradi va h.k. Nikotin bilan birga tamaki tutunidagi yonish
mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Tamaki tutunida kanserogen moddalar boʻladi. Tamaki tutunidan tish emali shikastlanadi, kariyes,
stomatit, gingivit kabi kasalliklar vujudga keladi, u bronxlar shilliq pardasiga taʼsir etib, surunkali bronxit va oʻpka emfizemasiga,
keyinchalik tuzatib boʻlmaydigan xavfli oʻsmalar rivojlanishiga olib keladi. Ch. homiladorlik davrida ayniqsa, zararlidir, bunda nikotin ona
qoniga oʻtib, homilani zaharlaydi.
CH. irsiyatni ham zaharlab, nimjon, nuqsonli farzandlar tugʻilishiga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |