3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rejalar tizimi
Ma`lumki, milliy iqtisodiyot, jumladan, Industrial iqtisodiyotini rivojlantirish uchun aniq topshiriqlar, yahni xo`jalik vazifalari va amaliy chora-tadbirlar belgilanadi. Ular reja shaklida namoyon bo`ladi.
Reja – bu davlat ijtimoiy–iqtisodiy siyosatini, jamoa va shaxs o`z ishlarini amalga oshirishning asosiy vositasi hisoblanadi. SHu sababli reja va rejalashtirish masalasiga alohida ehtibor beriladi va ularning mohiyati, ahamiyati, mazmuni va vazifalarini chuqur bilish zaruriyati yuzaga keladi.
Reja – bu biror ish, dastur, tadbir va shu kabilarni amalga oshirishning oldindan belgilangan tartibi, loyihasi. Ko`pincha uni topshiriq deb ham ataydilar.
Ishlab chiqarish rejasi har xil bo`lishi mumkin. Masalan, ijtimoiy ishlab chiqarish rejasi yoki yagona xalq xo`jaligi kompleksining, ya`ni mamlakat xalq xo`jaligi rejasi, milliy iqtisodiyot va uning real tarmog`I rejasi (Industrial, qishloq xo`jaligi, qurilish, transport va h.k.lar rejasi).
Rejaning bir qancha shakllari mavjud:
vaqti va muddatiga qarab har qanday reja soatlik,
kunlik,
haftalik,
o`n kunlik,
bir oylik,
bir kvartallik,
bir yillik
bir necha yillik bo`lishi mumkin.
rejalashtirishning maqsadi va vazifasiga ko`ra reja ikki turga:
operativ reja
texnik-iqtisodiy rejaga bo`linadi.
Bu rejaning ikkinchi turi o`z navbatida ikki shaklda, yahni joriy (taktik) reja va istiqbolli (strategik) reja shakllarida bo`ladi.
Reja tuzish va uni ro`yobga chiqarish, yahni reja bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish jarayoni «Rejalashtirish» deb ataladi.
«Rejalashtirish» atamasi haqida so`z borganda shuni tahkidlash kerakki, turli ilmiy asarlar, darslik va o`quv qo`llanmalari, entsiklopediya va lug`atlarda turlicha tahriflar berilgan va ular o`zbek tiliga tarjima qilingan. Lekin O`zbekiston SSR ensiklopediyasida «Reja» va «Rejalashtirish» terminlari umuman keltirilmagan, uning o`rniga «Plan» va «Planlashtirish» terminlari ishlatilgan.
Mustaqillik, istiqlol va ular tufayli yuzaga kelgan keskin o`zgarishlar bu kategoriyaning mohiyati, ahamiyati, mazmuni, maqsadi va vazifalarini tubdan tadqiq qilishni talab etadi. Ayniqsa markazlashgan rejalashtirishning tubdan o`zgarganligi va tarmoqlar, korxonalar kata erkinlik olganliklari muammolari o`z yechimini topishi kerak.
Bozor va rejalashtirish bir birini taqozo etadi va ularni bir biridan ajratib bo`lmaydi. Bu yerda shuni aytish kerakki, mustaqillikning birinchi yillarida «Reja» va «Rejalashtirish» so`zlaridan qo`rqa boshlagan edik. Buni anglagan Respublika Prezidenti 1995 yil yakunlari va 1996 yil vazifalariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida taajublanib shunday degan edi: «Xorijiy mamlakatlarda, agar fermer foyda olishga ishonmasa unda umuman ishga qo`l urmaydi. Bizda-chi? Hech kim iqtisodiy tahlil bilan shug`ullanmaydi, hech kim yil boshida hisob qilmaydi». Bundan ko`rinib turibdiki, yil boshida rejalar aniqlanmaydi.
R eja va rejalashtirish mahlum ko`rsatkichlar tizimi, ya`ni topshiriqlar majmui tariqasida aks ettiriladi. Ular rejaning asosiy g`oyasi, maqsadi va vazifalarini ifodalaydi hamda natijalarini tavsiflaydi. Ko`rsatikichlar yordamida bir qator funktsiyalarni baholash, hisob-kitob qilish va topshiriqlarning mutanosibligini tahminlash mumkin.
a
Reja tuzish jarayonida qo`llaniladigan barcha ko`rsatkichlarning belgilanish tartibi, ishlab chiqarish xodimlarining xo`jalik faoliyatida qo`llanish miqyosi va vazifasiga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin.
Belgilanish tartibiga ko`ra ular tasdiqlanadigan va hisoblanadigan ko`rsatkichlarga bo`linadi.
Tasdiqlanadigan ko`rsatkichlar yuqori tashkilot tomonidan belgilanadi va tasdiqlanadi. Hisoblanadigan ko`rsatkichlar esa boshqarishning ma`lum bo`g`ini tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Qo`llanish miqyosiga binoan ko`rsatkichlar umumiy va differentsiyalashgan turlarga bo`linadi. Umumiy ko`rsatkichlar Industrial tarmog`ining barcha bo`g`inlari uchun taalluqli bo`lib, ular xalq xo`jaligi va uning tarmoqlari bo`yicha ko`rsatkichlarni o`zaro taqqoslashni ta`minlash maqsadida belgilanadi. Differentsiyalashgan ko`rsatkichlar ham Industrialda amalga oshiriladigan ko`pgina jarayonlarni aniq ifodalashga yordam berib, ularni takomillashtirishga olib keladi.
Ishlab chiqarishning xo`jalik faoliyatidagi vazifasiga qarab, plan ko`rsatkichlarini miqdor va sifat ko`rsatkichlariga ajratish mumkin. Miqdor ko`rsatkichlari ishlab chiqarish hajmi, ish haqi fondi, xomashyoga bo`lgan ehtiyojlardan iborat. Sifat ko`rsatikichlari moddiy resurslar va ishchi kuchidan foydalanish darajasini ifodalaydi.
Sifat ko`rsatkichlari o`z navbatida sintetik va texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarga bo`linadi. Sintetik ko`rsatkichlar (masalan, mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mahsulot birligining tannarxi, foyda yoki daromad) korxona faoliyatini har tomonlama aks ettiradi.
Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar esa ayrim ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini ifodalaydi. Masalan, uskunalardan foydalanish, mahsulot birligiga sarflanadigan xomashyo, yoqilg`i va elektr energiya, ko`p mehnat talab etadigan jarayonlarni mexanizatsiyalash, eng mukammallashgan texnologik jarayonlarni qo`llash shular jumlasidandir.
Ko`rsatkichlar rejalashtirish tajribasida eng ko`p ishlatiladigan, belgilanadigan va hisoblanadigan, umumiy va xususiy, miqdoriy va sifat ko`rsatkichlaridan iborat bo`lishi mumkin.
Natura ko`rsatkichlar ishlab chiqarishning moddiy buyum nisbatlarini, mahsulotni tayyorlovchi va istehmol etuvchilar orasidagi aloqalarni belgilab, mahsulotning turlari yoki ish hajmining o`lchov birliklari (dona, metr, kubometr, tonna, kilovat-soat va hokazolar) ifodalanadi.
Tovar-pul munosabatlari sharoitida qiymat ko`rsatkichlari alohida o`rin egallaydi. Bu ko`rsatkichlar ishlab chiqarishning hajmini, sarflarini va moliyaviy natijalarini aniqlash uchun keng qo`llaniladi.
O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta`minlash yo`llaridan biri – Industrialni yuqori surhatlar bilan rivojlantirishdir. Bunga erishish uchun, dastavval, uning ahvolini va imkoniyatlarini bilish lozim. Buning uchun har xil ko`rsatkichlardan foydalanish kerak bo`ladi. Bir tomondan, qo`llaniladigan ko`rsatkichlar Industrialning umumiy taraqqiyotini ifoda etsa, ikkinchidan, Industrialning o`zining shart-sharoitlarini ifodalovchi ko`rsatkichlar ham mavjud bo`lishi mumkin.
Bunday ko`rsatkichlarga asoslanib Industrialning texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoitlari aniqlanadi.
Industrial taraqqiyotini ifodalaydigan ko`rsatkichlar Industrial tarmoqlarining korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmini natural o`lchov birligida, qiymat birligida ifoda etadigan ko`rsatkichlaridir.
Industrial mahsulotlarining hajmini aniqlashda qo`llaniladigan natural birliklar bo`lib kilovat-soat, tonna, kubometr, kvadratmetr, diko-litr, dona va boshqalar hisoblanadi.
Bu o`lchovlarga tayangan holda ishlab chiqariladigan Industrial mahsulotlarining miqdorini aniqlash mumkin. Masalan, O`zbekistonda 2001 yilda 47,9 mlrd. kilovat-soat elektr energiya, 7,3 mln. tonna neftg’, 57,4 mlrd. kubmetr gaz, 428,3 mln. kvadrat metr gazlama va 38,2 mln. dona trikotaj kiyimlari ishlab chiqarish mo`ljallangan edi.
Industrial mahsulotlarining natural o`lchov birliklari orqali barcha Industrial tarmoqlarining rivojlanishini solishtirib bo`lmaydi, chunki bir tarmoqning mahsuloti kilovat-soatda o`lchansa, ikkinchisiniki tonnada, uchinchisiniki kubmetrda o`lchanadi va h.k. SHuning uchun barcha Industrial tamoqlarining ishlab chiqaradigan mahsulotlarini va bajaradigan ishlarini hisoblashda yagona o`lchov birligi bo`lishi lozim. Bu o`lchov birligi har tomonlama bo`lishi kerak. Bunday vazifalarni qiymat ko`rsatkichlari bajaradi. Qiymat ko`rsatkichlari baholar yordamida Industrialning umumiy rivojlanishini, o`sish surhatlari va uning strukturasini aniqlashga imkoniyat yaratadi.
Qiymat ko`rsatkichlarini ishlatishning yana bir afzal tomoni borki, bu har xil tarmoqlar ish faoliyatini bir biriga solishtirish imkoniyatini yaratib beradi.
Hozirgi davrda Industrial rejasini tuzishda qo`llaniladigan qiymat ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat: yalpi ichki mahsulot, tovar mahsuloti, realizatsiya qilingan mahsulot, normativ sof mahsulot, sof mahsulot.
Industrial tarmoqlarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar uchta katta guruhga bo`linadi: mehnat buyumlari, mehnat qurollari va xalq istehmol mollari.
Mehnat buyumlariga xomashyo, materiallar, yoqilg`i, elektroenergiya va boshqa ishlab chiqarishda qo`llaniladigan buyumlar kiradi. Bu buyumlar Industrialni yuqori surhatlar bilan va samarali rivojlantirish uchun ko`p miqdorda talab qilinadi.
R ejalashtirish qanchalik mukammal bo`lsa, taraqqiyot shunchalik muvaffaqiyatli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |