20-вариант
1. Режалаштириш ва башорат қилиш тушунчалари.
2. Ишлаб чиқаришда нодавлат секторнинг тутган ўрни.
3. Таваккалчиликдаги моддий йўқотишлар.
1. Biznesda asosiy o’rin tutadigan ikki narsa shundan iboratki, ular rejalashtirish hamda bashorat qilishni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarish yoki biznesdagi bu bo’g’imlarning qanday darajada mukammal tuzilganiga qarab shu kichik biznes xoh u ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish sohalarida yotadimi rivojlanish suratlari judayam tez boladi, aks xolatda bu negative tasir etishi mumkin. Hozir qisqacha tarzda rejalashtirish va bashorat qilishga berilgan tuhunchalarni bersak:
Bashorat qilish – kichik korxona, tarmoq yoki sohalar, mamlakat va hattoki butun jahon iqtisodiy tizimlaridagi o’zgarishlarni hamda tasiralrni ilmiy asoslangan xolda oldindan ko’ra bilishdir.
Rejalashtirish- o’z nomi bilan ham ko’rinib turibdiki uning asosida reja yotadi. U korxona xatti xarakatlarining modellashtirilgan ko’rinishi bolib xizmat qiladi, shuningdek, u yuqorida keltirilgandek iqtisodiy muhit va qoyilgan maqsadlarni bashorat qilishga yordam beradi.
Bu ikki qism biznes yoki ishlab chiqarishni rivojlantirishda o’z vazifalariga egadir.
Rejalashtirish asosan raqamli asoslangan yoki detallashtirilgan hisob kitoblarga asoslangan xolda amalga oshiriladi va ikki tarafga foyda keltiradi.
U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko‘rsatmalarni (korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish lozim) belgilab beradi.
Ishlab chiqarishdagi rejalashtirishda quyidagi savollarga javob olingan bo’lishi lozim.
birinchidan, nimani, qachon va qancha miqdorda ishlab chiqarish;
ikkinchidan, tanlangan muqobillikni aniqlangan hisob-kitoblar asosida amalga oshirish lozim;
uchinchidan, mahsulot sifati, uning raqobatbardoshligi qanday va u iste'molchilik talabiga ega bo‘ladimi;
to‘rtinchidan, mahsulot chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa sarf-xarajatlar qoplanadimi;
beshinchidan, kutilayotgan rentabellik darajasi, foyda hajmi va boshqa pul tushumlari ta'minlanadimi.
Bashorat qilishga kelsak unda ehtimoliy harakter boladi. Unda odatda kelgusida turli hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar ta'siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi.
2. Nodavlat sector - mamlakat iqtisodiyotning bu bo’ginining ikkinchi nomi xususiy sector deb ham nomlanadi,sababi xususiy sector bu nodavlat sectorning asosiy qisminin tashkil etadi. O’z nomidan ham ko’rinib turibiki bunga davlatga tegishli bolmagan mulklar yoki sohalar kiradi. U xususiy mulkning ustuvorligi bilan ajralib turadi va uning milliy iqtisodiyotdagi hissasi turli mamlakatlarda turlicha. Oʻzbekistonda xususiy korxonalar, qoʻshma korxonalar, shirkatlar, kooperativlar, xoʻjalik uyushmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, fermer va dehqon xoʻjaliklari Nodavlat sektoriga kiritilgan. Ammo aslida esa bularning ko’chlikida asosiy xissa davlatniki.))
Nodavlat sektori iqtisodiyotning erkin, davlat arala-shuvidan xoli sohasi sifatida bozor qoidalariga binoan rivojlanadi. Bu yerda ishlab chiqarish strategiyasini bozordagi talab va taklif nisbati belgilab beradi. Nodavlat sektorida daromadlar erkin taqsimlanib oʻzlashtiriladi. Nodavlat sektori oʻz tovarlarini davlat buyurtmalariga binoan (bozor narxini hisobga olib), davlat sektoriga sotadi, davlat sektoridan esa kerakli tovar va xizmatlarni kelishilgan narxda sotib oladi.
Nodavlat sectorning ishlab chiqarish sohadiga tasiri judayam katta sababi ishlab chiqarishdagi ko’plab bosqichlarning rivojlanishi shu sectorga bog’liq. Bu sector orqali ishlab chiqarishlar uchun shart sharoitlar yaratiladi, davlatga tegishlilaridan farq qilgan xolda bu sectorda o’zgarishlarga moslashish hamda yangiliklarni qabul etish va joriy etish davriyligi tez boladi. Shu sababli ishlab chiqarish tez rivojlanadi. Bugungi kunda dunyo bo’yicha 90% foiz ishchi shu sohada o’z ish joyiga ega.
3. Tavakkalchilik tadbirkorlik va biznesning ajralmas bir bo’lagi hisoblanadi. Uni qo’llash hammaning ham qo’lidan kelavermaydi sababi unda katta risk kerak boladi va albatta katta “dux” ham. Biznes yoki har qanday iqtisodiy faoliyat turida tavakkalchilikka qo’l urish uchun katta tajriba hamda bilimga asoslangan xolda boladi, sababi esa har qamday tavakkalchilik ortida hech qachon 100% lik natija kafolatlanmagan va uni rivojlanishi, retsessiya bolishi yoki umuman qulashi ham mumkin. Asosan biznesda tavakkalchilikkka qo’l urilganda moliyaviy yoqotishlar ko’proq kuzatiladi bundan tashqari yana korxona brendining ham yoqotilishi mumkun.
Moliyaviy yoqotishlarda asosan biznesga tikilgan pul, qimmatli qog’oz yoki biror bir kapital ko’rinishidagi finansiviy yoqotishlar kuzatilishi mumkin. Bularni oldini olish uchun albatta chuqur o’ylangan tavakkalchilik rejasi bo’lishi lozim va har qanday amalga oshishi mumkin bolgan tavakkalchilikda moliyaviy yoqotishlar bolishi mumkin garchi siz tavakkalchilikda yutib chiqgan bo’lsangiz ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |