Metallga egovlash yo‘li bilan ishlov berishda xavfsizlik qoidalari
Dastasiz ѐki dastasi ѐrilgan egov bilan ishlamaslik kerak, dastalar yaroqli
vajilolangan tashqi yuzaga hamda halqaga ega bo‘lishi lozim.
Dasta chiqib ketmasligi va qo‘lni jarohatlamasligi uchun ish yurishi oxirida
egov dastasining halqasi bilan plastinaga urilmaydi.
Ko‘zni ehtiѐt qilish uchun qirindi og‘iz bilan puflanmaydi.
Egovning ish yuzasiga va plastinalarning egovlangan joylariga qo‘l tekkizilmaydi, chunki bu egov sirpanib ketib, jarohat yetkazishga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |