Shaberlarni charxlash va qirovini to‘kish
1.Uch ѐqli shaberni charxlash va qirovini to‘kish.
|
1.Charxlash stanogini ishga tayѐrlashda uning himoya ekranchasi tekshiriladi, charxtoshga mahkam va aniq o‘rnatilganligi, charxtosh va podruchnik orasidagi tirqish (2-3mm); podruchnikning puxta mahkamlanganligi mahalliy ѐritishning qoniqarli ekanligi aniqlanadi va so‘ngra himoya ekranchasi tushirilib, uskuna ishga tayѐrlanadi. O‘ng qo‘l bilan shaberning dastasidan, chap qo‘l barmoqlari bilan esa uning ѐe chekkalarida joylashgan ariqchalar (novlar)dan ushlab turiladi, shaber ravon, yengil bosilib, charxtosh chetiga 450 ga yaqin burchak hosil qilib yaqinlashtiriladi. Shaber charxtoshning chetida siljitilib, kesuvchi qismining butun uch tomoni navbat bilan charxlanib, yumaloqlangan o‘tkir qirrali yuza hosil qilinadi.
|
Shaberlashda xavfsizlik qoidalari
Egov va shaberlarning dastalari tig‘iz o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Shaberlarni abraziv charxtoshda charxlashda himoya ko‘zoynagi ѐki ekranchalardan foydalanish kerak. Charxtoshda charxlanaѐtgan shaberni sovitib turish lozim.
Talabalar duch keladigan qiyinchiliklar va yo‘l qo‘yadigan xatolar hamda ularning oldini olish
Talabalar shaberlashda uchraydigan qiyinchiliklarning sabablari quyidagilardan iborat:
tekshirish taxtalarining sifatli emasligi (ish boshlashdan oldin taxtalarni nazorat taxtasiga binoan tekshirish lozim);
yakka tartibda ishlash uchun faqat bitta shaber bo‘lganligi sababli shaberlash unumdorligining pastligi (har bir talabaga xomaki va tozalab shaberlash uchun ikkitadan shaber bo‘lganligi ma’qul:
birinchi holda shaberning ish qismi keng, kesuvchi qirrasining egriligi esa kam bo‘lishi, ikkinchi holda shaber ensiz, uning egriligi esa katta bo‘lishi kerak); qayroqtoshlar yo‘qligi ѐki ularning sifati pastligi oqibatida yaxshi qayralmagan shaberda ishlov beriladigan yuzada chiziqchalar va tirnalishlar hosil bo‘lishi (shu bois shaberlarni abraziv materiallardan foydalanib, ishqalagichlar bilan qayrash maqbuldir).
Quyidagilar ham talabalarning xatolari jumlasiga kiradi: shaberlash faqat bir yo‘nalishda harakatlantirish bilan bajariladi, buning oqibatida talab etilgan aniqlikka erishib bo‘lmaydi va detalga bo‘ѐq, yuritilganda dog‘lar cho‘ziq bo‘lib chiqadi; bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun dog‘larni ko‘ndalang yo‘nalishda shaberlashga harakat qilish kerak;
ishlov beriladigan yuzaga taxtada bo‘ѐq, yuqtirishda faqat taxtaning o‘rta qismidan foydalanadilar, bu esa taxtaning yeyilishini tezlatadi. Shuning uchun ishlov beriladigan yuzaga bo‘ѐq, tortishda tekshirish taxtasining butun yuzasidan foydalanish zarur; shaberlashda e’tiborsizlikka yo‘l qo‘yadilar - buning oqibatida qirralar va burchaklardagi dog‘lar shaberlanmasdan qoladi, bu hol detalga bo‘ѐq yuqtirilgandan keyin uning o‘rta qismiga bo‘ѐq tegmasligiga olib keladi (talabalar bo‘ѐq yuqaѐtganini ko‘rib, zagotovkaga qattiq bosish bilan taxtaning yeyilishini tezlatadilar);
taxtaga ortiqcha bo‘ѐq surkaladi, bu zagotovkada normal bo‘ѐq qatlamiga o‘xshash katta yuzali dog‘lar hosil bo‘lishiga olib keladi. Bunday shaberlashda faqat chiziqlarnigina emas, balki chegaradosh botiqlarni shaberlash ham cho‘zilib ketadi; talabalar, shuningdek, uzil-kesil (tozalab) shaberlashda xatoga yo‘l qo‘yadilar; bundan tashqari, tozalab shaberlashda bo‘ѐq qatlami iloji boricha kamrok, bo‘lishiga erishishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |