Manbalarda reabilitatsiyaning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
- Turli kasallik tufayli me’yordagi morfofunksional statusning buzilishi natijasida amalga oshiriladigan tibbiy-biologik reabilitatsiya
- Shaxsning mehnat qobiliyatini susayishi natijasida amalga oshiriladigan kasbiy reabilitatsiya.
- Ijtimoiy moslashmaganlik natijasida yuzaga keladigan muammolar bilan ishlashdagi ijtimoiy reabilitatsiya.
Reabilitatsiya olib borishda quyidagi bosqchilarning ahamiyatiga e’tibor beriladi: etiologiya – patologiya – namoyon bo‘lish.
Aynan mana shu mexanizm shaxsda reabilitatsiyani tashkil etishni taqazo etadi. Reabilitatsiyaga muhtoj shaxsning belgilari: psixik buzilish, hayot faoliyatining cheklanishi, ijtimoiy kemtiklik. Shaxsdagi mazkur belgilarni reabilitatsiya qilish uchun quyidagi faoliyatni aniq amalga oshirish darkor:
-Aniq psixodiagnostika
-Shaxsning funksionaal qobiliyatlarini aniqlashtirish
-Psixotexnologiyalarni ta’sir darajasini aniqlashtirish lozim.
K.Renner va G.Yumashevga ko‘ra reabilitatsiya-bu kasal va invalidlar (bolalar va kattalar)ning funksional va ijtimoiy mehnatini tiklovchi jamoat zaruratidir. Bular davlat, jamiyat, tibbiyot, psixologik, pedagogik, yuridik va boshqa tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy reabilitatsiya - bu insonni ijtimoiy mavqei, sog‘ligi, ishga layoqatlilik huquqini tiklashga qaratilgan kompleks choralardir. Ijtimoiy reabilitatsion faoliyatni turli darajalari farqlanadi: ijtimoiy-tibbiy, kasbiy-mehnat, ijtimoiy- psixologik, ijtimoiy- rolli, ijtimoiy-huquqiy.
Ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya mijoz (nogirin va boshqalarjga jamiyatda va atrof muhitda adaptasiya jarayoni samarali kechishiga, ma’naviy-psixologik muvozanatga erishishga, o‘ziga ishonishga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga, to‘liq hayot bilan yashab ketishga yordam beradi.
Shunday qilib reabilitatsiyaning umumiy mazmuni quyidagilardan iborat:
- Kasallar, nogironlar, hamda boshqalaming qobiliyatini funksional tiklash;
- Mehnatga moslashish (mehnat terapiya);
3. Uzluksiz ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya shaxsni har kunlik hayot faoliyatiga psixik funksiyalarini va kommunikativ qobiliyatlarini qayta tiklash asosida qo‘shiluvchi.
Ijtimoiy-psixologik reabilitatsiya ob’ektini umumlashtirib 3 guruhga ajratish mumkin:
1.Ijtimoiy kam himoyalangan guruhlar (etimlar, nogironlar va boshqalar);
2.Marginallar guruhi (daydilar, bomjlar);
3.Xulqi og‘ishgan shaxslar (xukm qilinganlar, alkogoliklar, giyohvandlar va boshqalar
Mutaxassislar ijtimoiy reabilitatsiyaning quyidagi tamoyillarini ajratib ko‘satganlar:
1) Ijtimoiy-reabilitatsiyaning bosqichma –bosqichliligi tamoyili.
2) Ijtimoiy reabilitatsiyaning differensialliligi, tizimliligi, kompleksliligi tamoyili.
3) Ijtimoiy reabilitatsiyaning tizimliligi, ichki imkoniyatlarning realizatsiyasi
4) Ijtimoiy reabilitatsiyaning individualligi
5) Ijtimoiy reabilitatsiyaning ochiqligi
Ijtimoiy reabilitatsiya bosqichlari:
1) Diagnostikaga asoslangan prognostik bosqich
2) Ijtimoiy reabilitatsiya texnologiyalarini saralash bosqichi.
3) Bevosita ijtimoiy reabilitatsiyani amalga oshirish bosqichi
4) Amaliy imkoniyatlarni realizatsiyalash bosqichi
5) Ekspert baholash bosqichi.
Ijtimoiy ish – bu odamlarga insonlar orasidagi munosabatlarni hal qilish va jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlarda ko‘maklashishga yo‘naltirilgan, ularning hayotiy farovonligini oshirish maqsadida yordam ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kasbiy faoliyatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |