Model strukturasini tuzish
Simulink muhitida model tuzish uchun quyidagi punktlar ketma – ketligini bajarish kerak:
File/New/Model buyrugʻi yordamida yoki instrumentlar panelidagi tugmani qоʻllash yordamida yangi model faylini tuzish (bu yerda va keyinchalik, «/» belgisi yordamida ketma-ket bajarish uchun tanlash lozim bоʻlgan programma menyusi punktlari kоʻrsatiladi). (2.7. -rasm)
2.7- rasm. Model tuzish oynasi
Model oynasiga bloklarni qоʻyish. Buning uchun mos keluvchi kutubxona bоʻlimini ochish kerak (Masalan, Sources – Istochniki). Keyin esa kursor bilan kerakli blok tanlanadi va sichqonchaning chap tugmachasini bosib quyib yubormagan holda, blokni tuzilgan sahifaga «kоʻchirib оʻtkaziladi». 2.8-rasmda bloklardan tashkil topgan model sahifasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |