2.10.-rasm. Bloklar оʻrtasida bogʻlanish bajarilgan model sxemasi
Hisoblash sxemasini tuzgandan sоʻng uni oynadagi File/Save As… menyu punktini tanlab, hamda fayl nomi va papkani kоʻrsatib, diskda fayl kоʻrinishida saqlash lozim. Shuni inobatga olish kerakki, fayl nomi 32 simvoldan oshmasligi, harfdan boshlanishi hamda kirill va maxsus simvollardan tashkil topmagan bоʻlishi kerak. Shu talablar fayl yоʻli uchun ham ahamiyatli (fayl saqlanadigan papkalarga). Sxemani qayta tahrirlash jarayonlarida saqlash uchun File/Save menyu punktidan foydalanish yetarli. Simulink qism dasturini qayta ishga tushirganda sxemani yuklash kutubxona nazorat qiluvchi sahifadagi yoki MatLAB asosiy sahifasidagi File/Open menyu punkti yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |