Xarakterli xususiyatlari
|
Raqobat modellari
|
Sof raqobat
|
Mono-
polistik
|
Oligopoliya
|
Sof monopoliya
|
Firmalar soni
|
Juda ko‘p
|
Ko‘p
|
Bir necha
|
Bitta
|
Mahsulot turi
|
Standartlangan
|
Tabaqalash gan
|
Ixtisoslash- gan yoki tabaqalashga n
|
Noyob o‘rin bosuvchi tovar yo‘q
|
Narx ustidan nazorat
|
Yo‘q
|
Tor doirada bor
|
O‘zaro birbiriga bog‘liq
tufayli cheklangan yashirin kelishuvda sezilarli
|
Sezilarli
|
Tarmoqqa
kirish
|
Juda oson
|
Nisbatan oson
|
Sezilarli to’siqlar mavjud
|
O‘tib bo‘lmaydigan to‘siqlar mavjud
|
Ma’lumot
olish imkoniyati
|
Ma’lumo
t olish
imkoniya ti hamma uchun teng
|
Ma’lum
cheklashlar mavjud
|
Ma’lum
cheklashlar mavjud
|
Ma’lum
cheklashlar mavjud
|
Misollar
|
Qishloq xo‘jaligi
|
Chakana savdo, kiyimkechak, poyafzal ishlab chiqarish
|
Po‘lat, avtomobil, qishloq xo‘jaligi inventarlari, magnit, elektr asboblari ishlab chiqarish
|
Jamoat xizmatini qiluvchi mahalliy korxonalar
|
Bozor raqobati tarixan 4 bosqichdan o‘tadi.
Birinchi bosqich – bu natural xo‘jalikdan bozor iqtisodiyotining dastlabki shakllariga o‘tish bo‘lib, bu davrda raqobat mayda tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida boradi.
Ikkinchi bosqich – bu kapitalistik erkin raqobat bosqichidir. Bu bosqich tovar xo‘jaligining ommaviy tus olishi bilan, mayda tovar ishlab chiqarish o‘rniga yirik mashinalar tizimiga va yollangan mehnatga tayangan tovar ishlab chiqarishning kelishi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi bosqich – bu monopol raqobat bosqichi bo‘lib, u yakka hokimlikka intiluvchi yirik korxonalarning kurashidir. Raqobat iqtisodning monopollashgan va monopollashmagan sohalarida alohida boradi, ammo bu sohalar o‘rtasida ham kurash ketadi.
To‘rtinchi bosqich – yangicha erkin raqobat bosqichi bo‘lib, u aralash iqtisodiyotga xosdir. Bu bosqichda raqobatchilar g‘oyat ko‘pchilik bo‘lib, ular yirik korporatsiyalar, o‘rtacha, mayda va o‘ta mayda korxonalardan iborat bo’ladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim xususiyati. U amal qilishi uchun ma‘lum shart-sharoit muhayyo bo‘lishi talab qilinadi. Raqobat faqat bozor iqtisodiyoti muhitida bo‘lishi mumkin, chunki undagina u zarurat bo‘ladi, shuningdek, unga yo‘l ham ochiladi. Shunday ekan bozor munosabatlarining yuzaga kelishi ayni bir vaqtda raqobatchilikning shakllanishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotining shakllanishidagi klassik yo‘l G‘arb mamlakatlarida bo‘lib, u yerda raqobatchilik muhiti uzoq yillar mobaynida, davlatning ishtirokisiz, o‘z-o‘zidan, ya’ni stixiyali yuz bergan. Shu yo‘sinda erkin raqobat paydo bo‘lgan. Iqtisodiyotda monopollashuv tendenstiyalari paydo bo‘lish munosabati bilan erkin raqobat cheklanadi, shu sababdan sog‘lom raqobatchilik muhitini yaratishda davlat ham qatnashadi. Buni davlatning antimonopol siyosatida ko‘rish mumkin. Bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratishga emas, balki uni saqlab qolishga, kezi kelganda qaytadan tiklashga, raqobatning madaniylashgan usullarini qaror toptirishga qaratiladi.
Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’muriy choralar boshqa mamlakatlarda ham ular sharoitlari taqozo etgan shakllarda amal qiladi.
Antimonopol qonunchilik asosan quyidagi uch yo‘nalish bo‘yicha shakllanadi.
1.Ishlab chiqarish tizimi (tarkibi)ni boshqaruvchi qonunlar yoki ular moddalarini aniq belgilash. Ularga ko‘ra odatda hech bir korporatsiya u yoki bu turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig‘ini nazorat qilishga haqqi bo‘lmaydi..
2.Barcha yirik korporatsiyalarning ishtirokchilari boshqa korporatsiyalarning akstiyalarini ma’lum cheklangan miqdordan ortig‘iga ega bo‘la olmasliklari kerak.
3.Narxlarni talab va taklif muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx xususida kelishib olishni man qiluvchi antikartel qonunlarni joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |