Qishloq xo‘jaligida turli mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllariga asoslangan sub'ektlar o‘rtasidagi nomukammal va oligopol raqobat qishloq xo‘jaligi bozorlarida mahsulotni (xizmat) sotish jarayonida vujudga keladi.Raqobat mahsulotni ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida bozorda vujudga keladi. Ushbu bozorga, o‘z navbatida yer munosabatlari, mehnat va moddiy-texnika resurslari, xizmat ko‘rsatish va moliya bozorlari ta'sir ko‘rsatadi. Bular oligopol bozorlar hisoblanib ular tarkibiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi sof raqobat, paxta va g‘alla mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar o‘rtasidagi monopol raqobat hamda chakana va ulgurji bozorlardagi mukammal raqobat kiradi. Shunday qilib raqobat muhitini yaratilishida bozor mexanizmlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etib, uning ilmiy asosi quyidagi bir qator tadbirlarni amalga oshirilishiga bog‘liq:
- ma'muriy boshqaruvga asoslangan tizimni qayta tashkil qilish, ayniqsa uni monopolizmga asoslangan bo‘g‘inlarini; - ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish, ayniqsa undagi taqsimot tizimini kichiklashtirish (maydalashtirish) va diversifikatsiyalash; - yaratilayotgan tashkiliy-huquqiy mexanizmda monopolistik intilishlar va yo‘nalishlarni hisobga olish; - ilmiy tadqiqot ishlarini undagi yangiliklar bilan uyg‘unlashtirish; - ishlab chiqarishning barcha majmualarini bozor mexanizmi asos bo‘lgan raqobatga moslashtirish. Raqobatchilik muhiti bu raqobat uzluksiz va cheklanmagan holda borishi uchun kerakli shart-sharoitning mavjudligidir.
Bunday muhit mukammal raqobatli bozorga xos bo‘ladi. Uning asosiy belgilari quyidagicha: xususiy mulk erkinligining mavjudligi; iqtisodiy tanlov erkinligining bo‘lishi; narxlarning erkin shakllanishi; iqtisodiy bellashuv usullarining, erkin tanlab olish imkoniyatining borligi. Bir so‘z bilan aytganda, raqobatchilik muhiti — bu liberal (erkin) iqtisodiy sharoitning bo‘lishidir. Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o‘z-o‘zidan, evolyusion yo‘l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan. Raqobat—xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama tartibda ta'sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
1. Monitoring o‘tkazish: -kuzatuv tizimi tashkil etish; -raqobatchining faoliyati haqida axborot to‘plash 2. Raqobatli ustunliklarni aniqlash: -tarmoq kengligi va chuqurligi; -tarmoq mahsulotlarini taqdim etishning to‘liqligi va ishonchliligi; -boyitilgan rasmiy tadbirlar dasturi, hokimiyat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash, professional uyushmalarga a'zolik; -bozor infratuzilmasining mavjudligi; -personalning mahoratliligini, mijozlarga individual yondashuv . 3. Raqobatli muhitni tasniflash va segmentlash: -tahdidlar manbasi va harakteri bo‘yicha; -strategik maqsadlar bo‘yicha: -raqobat ta'siriga javob harakatlari bo‘yicha; -miqyosi, mijozlari, geografiyasi va ixtisoslashuvi bo‘yicha; -mahalliy bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan kompaniyalarning strategik guruhlarga mansubligi bo‘yicha. 4. Rakobatli muxit sharoitlariga moslashish: -Shshozlar bilan o‘zaro munosabatlarni tashomillashtirish; -raqobatlixulk-atvor strategiyasini tanlash; -qo‘shimcha raqobatli ustunliklarini belgilab beruvchi omillarni hisobga olish.