A) 3:2:2:1 B) 2:1:2:3 C) 1:1:3:3 D) 1:3:1:3
25. Aluminiy, magniy, temir va misdan iborat 1 mol aralashma ishqorda eritilganda 3,36 litr gaz ajraldi. Xuddi shunday metallar aralashmasi xlorid kislotada eritilganda 14,56 litr gaz ajraldi. Shunday aralashmani xlorlash uchun 26,88 litr xlor sarflandi. Boshlang'ich aralashmadagi metallar mol nisbatini aniqlang.
A) 3:2:1:4 B) 2:1:2:5 C) 1:3:3:3 D) 1:2:3:4
26. Aluminiy, magniy, temir va misdan iborat 1 mol aralashma ishqorda eritilganda
3,36 litr gaz ajraldi. Xuddi shunday metallar aralashmasi xlorid kislotada eritilganda 16,8 litr gaz ajraldi. Shunday aralashmani xlorlash uchun 26,88 litr xlor sarflandi. Boshlang'ich aralashmadagi metallar mol nisbatini aniqlang. A) 3:2:1:4 B) 2:1:2:5 C) 1:3:3:3 D) 1:2:3:4
27. Massasi 60 g bo'lgan kumush, temir va aluminiy aralashmasining yarmiga NaOH eritmasi ta'sir ettirilganda hajmi 10,08 l bo'lgan gaz olindi. Aralashmaning boshqa yarmiga mo'l miqdor xlorid kislota ta'sir ettirilganda 15,68 l hajm gaz olindi. Aralashmadagi kumushning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 26,33 B) 13,17 C) 42,5 D) 21,25
28. Massasi 57,7 g bo'lgan kumush, temir va alyuminiy aralashmasining yarmiga NaOH eritmasi ta'sir ettirilganda hajmi 5,04 l bo'lgan gaz olindi. Aralashmaning 1/4 qismiga mo'l miqdor xlorid kislota ta'sir ettirilganda 5,32 l gaz olindi. Aralashmadagi kumushning massa ulushini (%) hisoblang.
A) 14,03 B) 37,43 C) 48,54 D) 21,25
29. Massasi 60 g bo'lgan jez tarkibida misdan tashqari rux va ozroq temir mavjud. Uning 10 grammli bo'lagi NaOH eritmasiga tushirilganda hajmi 1,12 litr bo'lgan gaz olindi. Aralashmaning qolgan qismiga mo'l midorda xlorid kislota ta'sir ettirilganda 6,72 litr gaz olindi. Aralashmadagi misning massa ulushini aniqlang.
A) 74,3 B) 37,5 C) 72,5 D) 61,9
30. Aluminiy va temir qotishmasi teng ikkiga bo'lindi va birinchi yarmi ishqorda eritilganda 11,2 litr gaz ajraldi. Ikkinchi yarmi xlorid kislotada eritilganda esa 28 litr gaz ajralgan. Dastlabki aralashmadagi aluminiyning massa ulushini aniqlang.
A) 13,33 B) 41,25 C) 17,65 D) 51,67
31. Uglerod va kremniydan iborat aralashma teng miqdorda ikki qismga bo’lindi. Birinchi qismiga natriy gidroksid eritmasi ta'sir ettirilganda 8,96 litr gaz ajraldi. Ikkinchi qismi to'liq yondirilganda 25,2 g oksidlar aralashmasi olindi. Dastlabki aralashmadagi uglerodning massasini aniqlang.
A) 7,2 B) 18,4 C) 9,2 D) 3,6
32. Massasi 16 g bo'lgan temir, aluminiy va mis aralashmasi bor. Aralashmaning yarmiga mo'l miqdorda konsentrlangan kaliy gidroksid eritmasini ta'sir ettirib, hajmi 3,36 l bo'lgan gaz olindi. Aralashmaning boshqa yarmiga mo'l miqdorda xlorid kislota eritmasi qo'shildi. Bunda 4,48 litr hajmli gaz ajralib chiqdi. Aralashmadagi misning massa ulushini aniqlang.
A) 33,75 B) 35 C) 31,25 D) 37,5
33. Massasi 8,9 g bo'lgan magniy, aluminiy va temir aralashmasi bor. Aralashmaga sovuqda mo'l miqdorda konsentrlangan nitrat kislota bilan ishlov berilgandan keyin reaksiyaga kirishmagan qoldiqning massasi 4,1 g ni tashkil etdi. Shu qoldiqqa konsentrlangan ishqor eritmasi bilan ishlov berilganda, massasi 1,4 g bo'lgan aralashmaning bir qismi erimay qoldi. Aralashmadagi metallarning massa ulushlarini aniqlang.
A) 53,93; 33,84; 12,23
B) 24,48; 32,35; 43,17
C) 53,93; 30,34; 15,73
D) 15,73; 52,86; 31,41
34. Nikel, rux va kumush metallari kukunlarining aralashmasi bor. Bu aralashmaning massasi 4,58 g bo'lgan bir qismiga konsentrlangan ishqor eritmasi bilan ishlov berildi va 224 ml hajm gaz olindi. Aralashmaning massasi 11,45 g bo'lgan yana bir qismiga suyultirilgan sulfat kislota bilan ishlov berildi. Bunda 2,24 l hajmni egallagan gaz ajralib chiqdi. Aralashmadagi metallarning massa ulushini aniqlang.
A) 38,45; 14,19; 47,36
B) 36,45; 22,35; 41,2
C) 43,48; 28,56; 27,96
D) 38,54; 33,46; 28
35. Aluminiy, rux va mis qirindilari aralashmasi bor. Massasi 8 g bo'lgan aralashma namunasiga mo'l miqdorda konsentrlangan nitrat kislota bilan ishlov berilgandan so'ng, qattiq qoldiq massasi 1,52 g ni tashkil etdi. Massasi 3 g bo’lgan shu aralashma namunasini mo'l miqdor konsentrlangan ishqor namunasiga solindi. Erimaydigan qoldiqning massasi 0,6 g ni tashkil etdi. Aralashmadagi metallarning massa ulushlarini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |