A) 2,8 B) 14 C) 6,6 D) 10
114. 2H2S· 3SO3· CH4 dan iborat gazlar aralashmasi konsentrlangan kaliy gidroksid eritmasidan o'tkazilganda aralashma og'irligi 30,8 g ga kamaydi. Metanning hajmini aniqlang.
A) 1,6 B) 2,24 C) 6,8 D) 4,48
115. 3H2S· S03 ·2CH4 dan iborat gazlar aralashmasi konsentrlangan kaliy gidroksid eritmasidan o'tkazilganda aralashma og'irligi 36,4 g ga kamaydi. Boshlang'ich aralashmadagi vodorod atomlari sonini aniqlang.
A) 16,856·1023 В) 7,224 ·1023 C) 9,632· 1023 D) 15,56·1023
116. Metan, kuldiruvchi gaz va noma’lum gazdan iborat aralashmaning zichligi 1,375 g/l bo’lib, ushbu aralashmadagi ma’lum gazlarning hajmi teng. Kuldiruvchi gaz va noma’lum gaz teng massada bo’lsa, noma’lum gazni aniqlang. A) kislorod B) vodorod C) ammiak D) geliy
117. Vodorod, karbonat angidrid va noma’lum gazdan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 11,334 ga teng bo’lib, ushbu aralashmadagi ma’lum gazlarning hajmi teng. Vodorod va noma’lum gaz teng massada bo’lsa, noma’lum gazni aniqlang. A) kislorod B) azot C) ammiak D) geliy
118. Is gazi, argon va noma’lum gazdan iborat aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 6 ga teng bo’lib, ushbu aralashmadagi ma’lum gazlarning hajmi teng. Argon va noma’lum gaz teng massada bo’lsa, noma’lum gazni aniqlang. A) kislorod B) metan C) ammiak D) azot
119. Is gazi, karbonat angidrid va noma’lum gazdan iborat aralashmaning vodorodga nisbatan zichligi 18,8 ga teng. Shu aralashmada ma’lum gazlar teng hajmda, noma’lum gaz massasi “quruq muz” hosil qiluvchi gaz massasidan ikki marta kam bo’lsa, noma’lum gazni aniqlang. A) kislorod B) metan C) propan D) ammiak
120. Hajmi 4 l bo’lgan NO va NO2 aralashmasiga 4 l kislorod qo’shilib, hosil bo’lgan aralashma KOH eritmasi orqali o’tkazildi. Ishqordan o’tgandan keyin 1,5 l gaz qolib, u toza kislorod ekanligi ma’lum bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi gazlar hajmiy ulushlarini aniqlang. A) 0,75; 0,25 B) 0,4; 0,6 C) 0,5; 0,5 D) 0,2; 0,8
121. Hajmi 4 l bo’lgan NO va NO2 aralashmasiga 3 l kislorod qo’shilib, hosil bo’lgan aralashma KOH eritmasi orqali o’tkazildi. Ishqordan o’tgandan keyin 1 l gaz qolib, u toza kislorod ekanligi ma’lum bo’lsa, boshlang’ich aralashmadagi gazlar hajmiy ulushlarini aniqlang. A) 0,75; 0,25 B) 0,4; 0,6 C) 0,5; 0,5 D) 0,2; 0,8
122. Neonga nisbatan zichligi 1,81 bo’lgan propin, etan va propan aralashmasining 22,4 l hajmi 320 g 20 % li bromli suvni rangsizlantirdi. Qolgan gazlar aralashmasiga metan qo’shilganda aralashmaning azot (II) oksidga nisbatan zichligi 0,79 bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan aralashmadagi metanning hajmiy ulushini aniqlang. A) 0,25 B) 0,15 C) 0,4 D) 0,6 .
123. Neonga nisbatan zichligi 2,25 bo’lgan sulfit angidrid, karbonat angidrid va azot aralashmasining 17,92 l hajmi 320 g 10 % li bromli suvni rangsizlantirdi. Qolgan gazlar aralashmasiga metan qo’shilganda aralashmaning kislorodga nisbatan zichligi 0,925 bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan aralashmadagi azotning hajmiy ulushini aniqlang. A) 0,25 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,6
124. Argonga nisbatan zichligi 0,5 bo’lgan sulfit angidrid, karbonat angidrid va azot aralashmasining 8,96 l hajmi 200 g 16 % li bromli suvni rangsizlantirdi. Qolgan gazlar aralashmasiga neon qo’shilganda aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 6,6 bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan aralashmadagi azotning hajmiy ulushini aniqlang. A) 0,2 B) 0,1 C) 0,4 D) 0,6
125. Argonga nisbatan zichligi 1,09 bo’lgan 22,4 l sulfit angidrid, karbonat angidrid va azot aralashmasi 200 g 24 % li bromli suvni rangsizlantirdi. Qolgan gazlar aralashmasiga neon qo’shilganda aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 6,3 bo’lib qoldi. Hosil bo’lgan aralashmadagi azotning hajmiy ulushini aniqlang. A) 0,2 B) 0,15 C) 0,4 D) 0,3
126. Propan, vodorod va azotdan iborat 80 ml aralashmaga 250 ml kislorod qo’shildi. Reaksiyadan keyin aralashma hajmi 180 ml bo’lib qoldi. Reaksiya mahsulotlari natriy gidroksid eritmasi orqali o’tkazilganda uning hajmi 60 ml gacha kamaydi. Dastlabki aralashmadagi azot hajmiy ulushini (%) toping. A) 20 B) 25 C) 30 D) 40
127. Atomlari soni teng bo’lgan is gazi va fosfin gazlari aralashmasi 18 litr keladi. Unga shu sharoitda necha litr argon qo’shsak, hosil bo’lgan aralashmaning geliyga nisbatan zichligi 8,5 ga teng bo’ladi ? A) 12 B) 6 C) 8 D) 16
128. Ozon va etandan iborat aralashmadagi ozonning elektron, proton va neytronlari yig'indisi shu aralashmadagi etanning proton va neytronlari yig'indisidan 1,2 marta ko'p bo'lsa, aralashmadagi ozonning massa ulushini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |