166-variant
1. Quyidagi rasmda ko’rsatilgan shaxs haqida to’g’ri ma’lumot berilgan qatorni toping
A) «hokimiyatni bo‘lish»-ijro hokimiyatini qonun chiqaruv-chi hokimiyatdan ajratish haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi
B) mexanika va astronomiya-
ning nazariy asoslarini yaratdi
C) 30 yil davomida osmon jismlarini kuzatib, Yer Quyosh atrofida va o‘z o‘qi atrofida aylanadi, degan xulosaga keldi
D) yevropalik olimlar orasida birinchi bo‘lib osmon jismlarini teleskop yordamida kuzatdi
2. XVIII asrda qaysi davlat deklaratsiyasining mohiyati «Ozodlik, Tenglik, Birodarlik!» degan uchta so‘zda o‘z ifodasini topdi?
A) Buyuk Britaniya B) Fransiya
C) Gollandiya D) AQSH
3. Jadvalni moslashtiring
Yili
|
O’zbekiston tarixi
|
Jahon tarixi
|
1991-yil
|
A
|
b
|
c
|
D
|
Matteo Rensi Italiya huku-mati boshqa-ruviga keldi
|
e
|
Davlat test markazi tashkil etildi
|
f
|
1. Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tashkil etildi
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
3. Italiya kommunistik partiyasi tarqab ketdi
4. Lyuksemburgning Shengen shahrida Fransiya hukumati Shengen kelishuvini imzoladi
5. 2013-yil 6. 2014-yil 7. Toshkent davlat stomatologiya instituti ta’sis qilindi 8. Yuridik instituti universitet maqomida qayta tashkil etildi
9. 1992-yil 10. 1994-yil 11. Tolibonlar yangi siyosiy kuch sifatida Afg’oniston hokimiyati uchun kurashga qo’shildi 12. Peruda «Oydin yo‘l» qo‘zg‘olonchi-
terrorchilik tashkiloti faollashdi
A) a-1,b-3, c-5, d-7, e-10, f-12
B) a-2,b-3, c-6, d-8, e-9, f-11
C) a-2,b-4, c-6, d-7, e-10, f-12
D) a-2,b-3, c-6, d-7, e-10, f-11
4. Shimoliy Amerikada birinchi manufakturalar qachon paydo bo’lgan?
A) XV asr B) XVI asr C) XVII asr D) XVIII asr
5. XVII asrdagi Habash sulton qaysi davlat shahzodasi bo’lgan?
A) Buxoro xonligi B) Buxoro amirligi
C) Xiva xonligi D) Qo’qon xonligi
6. Bir asrda bo’lgan voqealar berilgan qatorni toping.
1) Yunon-makedonlarni sharqda hukmronligi o’rnatildi
2) Xorazm Ahamoniylar davlati tarkibidan ajralib chiqdi
3) Mauriya davlatiga asos solindi
4) Budda diniga asos solindi
5) Rim imperiya ikkiga bo’linib ketdi
6) Shoh yo’li o’z ahamiyatini yo’qotdi
A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,5 C) 1,2,3,6 D) 2,3,4,5
7. Xiva xonligining qaysi hukmdori davrida bojxona xizmati va zarbxona tashkil qilingan?
A) Eltuzar B) Elbarsxon
C) Abulg’ozixon D) Muhammad Rahimxon I
8. 1745-yilda minglar, yuzlar, qipchoqlar va qirg’izlar birlashib kimlarga qarshi kurash olib brogan?
A) Boshqirdlarga B) Jung’orlarga
C) Afg’onlarga D) Uyg’urlarga
9. 1970 –1978-yillarda kim O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan?
A) Yodgor Nasriddinova B) Nazar Matchonov
C) Inomjon Usmonxo‘jayev D) Orif Alimov
10. Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Qo‘mitasini 1922–1924-yillarda kim boshqargan?
A) Porso Xo’jayev B) Usmon Xo’ja
C) Muhiddin Mansurov D) Abduqodir Muihiddinov
11. O‘zbekistondagi dehqonlarni g‘oyaviy jihatdan birlashtirib turgan tash-kilotlardan biri “Qo‘shchi” ittifoqi nechanchi yillarda faoliyat ko’rsatgan?
A) 1920-1933-yillar B) 1921-1932-yillar
C) 1919-1931-yillar D) 1921-1933-yillar
12. 1937-yil dekabrda qaysi davlat Millatlar Ligasidan chiqqan?
A) Italiya B) Ispaniya C) SSSR D) Yaponiya
13. 1923-yil qaysi qaysi davlat konstitutsiyasi qabul qilingan?
A) Iroq B) Fransiya C) Misr D) Jazoir
14. Vestminster kolleji AQSHning qaysi shahrida joylashgan?
A) Dallas B) Fulton C) Ogayo D) Vashington
15. Quyidagi bosqinchilardan qaysi biri O’rta Osiyoni nisbatan qisqa muddatlarda bosib ololgan?
A) Makedoniylik Aleksandr
B) Kir II C) Qutayba D) Aleksandr II
16. O’rta Osiyoda qaysi sulola tomonidan hukmron sulola namoyandalaridan tashqari oily darajali harbiylar, davlat ma’murlari va mahalliy zodagonlarga ham katta-katta yer maydonlari iqto tarzida hadya qilinadi?
A) Somoniylar B) Qoraxoniylar
C) G’aznaviylar D) Saljuqiylar
17. Chig’atoy ulusiga qayerlar kirgan?
1. Movarounnahr 2. Yettisuv 3. Xitoy 4. Sharqiy Turkiston 5. Mo’g’uliston
A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,2,5 D) 1,3,5
18. Quyidagi hukmdorlardan qaysi biri “tamg’a” solig’ini bekor qilgan?
A) Amir Temur B) Mirzo Ulug’bek
C) Shoxrux Mirzo D) Abdulatif
19. Faqat dehqonchilik bilan shug’ullangan Amerikaning qadimgi qabilalaridan qaysilari o'z davlatlarini barpo etganlar?
A) mayya, atstek va kechualar
B) mayya, atstek va olmeklar
C) olmek, toltek va mayyalar
D) barbar, sidamo va asteklar
20. Xitoyda qachondan boshlab paxtadan gazlama tayyorlash yo’lga qo’yiladi?
A)XI asrda B)XII asrda
C)XIII asrda D)XIV asrda
21. Mulkiy tabaqalanish sharoitida hayotning o’zi mo’g’ullarni harbiy qabila ittifoqlari tuzishga majbur etgan. Ularni kimlar boshqagan?
A) no’yonlar B) Ulusbegi
C) Xonlar D) tumanboshilar
22. Sitoai Mohi Xossaning Oq zali Buxoro ganch o‘ymakorligi san’atining eng so‘nggi yutuqlari asosida usta Shirin Murodov rahbarligidagi ustalar tomonidan qancha vaqt davomida ishlangan?
A) 1 yil B) 2 yil C) 3 yil D) 4 yil
23. Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari qachon tugallandi?
A) 1911 B) 1912 C) 1913 D) 1910
24. Tillakori madrasasi qaysi Buxoro xoni davrida qurilgan?
A) Nodir Muhammad B) Imomqulixon
C) Abdulazizxon D) Subhonqulixon
25. Nechanchi yil FATX bilan Isroil o’rtasida muvaqqat kelishuv imzolangan?
A) 1993-yil B) 1994-yil C) 1995-yil D) 1997-yil
26. “Xurshid” gazetasi kim tomonidan qachon chop etilgan?
A) 1906-yil Ahmadjon Bektemirov
B) 1907-yil Abdulla Avloniy
C) 1906-yil Munavvar qori
D) 1907-yil Ismoil Obidov
27. Belgiyalik L. Bakelanda qachon plastmassa olish yo’lini topdi?
A) XIX asr o’rtalari B) XIX asr oxirlari
C) XX asr boshlari D) XX asr o’rtalari
28. XIX asr ikkinchi yarmida Fransiya Milliy majlisda ko’pchilikni tashkil etgan monarxiyachilar o’z nomzodlarini necha marta prezidentlikka saylagan bo’lsalarda monarxiyani tiklay olmadilar?
A) 2 B) 3 C) 4 D)5
29. Fransiyaning Tunisni bosib olishi uni qaysi davlat bilan munosabatlarini yomonlashtiradi?
A) Germaniya B) Ispaniya
C) Italiya D) Britaniya
30. 1885-1889-yil qaysi Afrika davlatlari o’rtasida urush bo’lib o’tgan?
A) Misr va Sudan B) Trasilvaniya va Oranj
C) Tunis va Jazoir D) Efiopiya va Sudan