1. Quyidagi manzilgohlarni qadimiyligiga ko’ra to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring.
1. Maykop qo’rg’on 2. Obishir manzilgohi; 3. Kapovo g’ori; 4. Teshiktosh g’ori; 5. Selung’ur
manzilgohi; 6. Sopollitepa manzilgohi.
a) 5.3.4.2.1.6. b) 4.5.2.3.6.1.
c) 5.4.1.2.6.3. d) 5.4.3.2.6.1.
2. So'nggi paleolit davri odamlarining muhim ixtirosini aniqlang?
1. Тurar- joylar qurilishi. 2. Ancha takomillashgan kesuvchi mehnat qurollari. 3. O'q-yoy, hayvonlarni qo'lga o'rgatish. 4. Kulolchilik, parmalovchi mehnat qurollari. 5. Munchoq , tumorlar va uzuklar yasash.
a) 1.3.5. b) 1.2.5.
c) 2.3.4. d) 1.4.5.
3. Quyidagilar orasidan hindlar haqida hikoya qiluvchi manbani aniqlang?
a) “Rigveda” b) “Bibliya” c) “Marhumlar kitobi” d) “Avesto”
4. Kulolchilik sohasidagi ixtirolarning kashf etilgan davrini to’g’ri belgilang.
1. Kulolchilik vujudga keldi; 2. Kulolchilik charxi ixtiro qilindi; 3. Kulolchilik xumdoni ixtiro qilindi.
A) Mezolit davri; B) Neolit davri;
C) Eneolit davri; D) Bronza davri.
a) 1-B; 2-C; 3-D. b) 1-A; 2-D; 3-C.
c) 1-B; 2-D; 3-C. d) 1-A; 2-C; 3-D.
5. Kirmonshoh shahri qaysi davlat hududida joylashgan?
a) Iroq b) Suriya c) Misr d) Eron
6. Quyidagilardan milodiy II asrda yashagan yunon tarixchisini aniqlang?
a) Arrian b) Strabon c) Ktesiy d) Kvint Kursiy Ruf
7. Quyidagi manzilgohlarni ularga oid ma’lumotlar bilan to’g’ri muvofiqlashtiring.
1. Kapova g’ori; 2. Maykop qo’rg’oni; 3. Teshiktosh g’ori; 4. Sopollitepa.
A- zeb-ziynatlar yasaladigan ustaxona qoldiqlari topilgan; B- dastlabki diniy e’tiqod bilan bog’liq dafn
marosimi tartiblari mavjudligi aniqlangan;
C- g’or devorlaridagi suratlarning eng qadimiylaridan biri topilgan; D- temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari
topilgan.
a) 1-C; 2-D; 3-B; 4-A. b) 1-D; 2-C; 3-B; 4-A.
c) 1-C; 2-D; 3-A; 4-B. d) 1-B; 2-A; 3-D; 4-C.
8. Chorvachilik va dehqonchilik qaysi davrning eng katta ixtirosi hisoblanadi ?
a) neolit b) mezolit c) eneolit d) bronza
9. So'nggi paleolit davri manzilgohlari qayerlardan topilgan?
a) Xorazm, Buxoro, Surxondaryo
b) Samarqand, Toshkent, Farg'ona
c) Buxoro, Qashqadaryo, Farg'ona
d) Toshkent Buxoro, Xorazm
10. Qaysi voqea so'nggi paleolitga xos emas.
a) urug' jamoalari vujudga keldi b) turar joylar ixtiro qilindi
c) sun'iy olov kashf etiidi d) muzlik davri boshlandi
11. Qadimda qaysi omil dehqonchilikning rivojiga ta'sir qildi?
a) patriarxat davrining boshlanishi b) odamlarning o'troq turmush tarziga o'tishi
c) ziroatchilikning vujudga kelishi d) mehnat qurollarining temirdan yasalishi
12. Insoniyat hayotidagi o’zgarishlardan qaysi biri eneolit davriga oid?
1.Sharqda dastlabki shahar-davlatlar vujudga keldi; 2. Mikrolit qurollar yasala boshlandi; 3. Ko’p xonali uylar qurilishi boshlandi; 4. Ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tildi; 5. Kulolchilik xumdoni kashf etildi;
6. O’rta Osiyo janubida ziroatchilik xo’jaligi vujudga keldi.
a) 2.4.6. b) 1.3.5. c) 1.2.3.6. d) 1.3.5.6.
13. Quyidagi manzilgohlardan qaysi birida bronza ko’zgular topilgan ?
a) Sopollitepa b) Zamonbobo
c) Jarqo’ton d) Maykop
14.O’rta qadimgi tosh davri qaysi mingyilliklarni o’z ichiga oladi?
a)mil.avv 1mln-100ming yilliklar b)mil.avv 12-7 ming yilliklar
c)mil.avv 40-12 ming yilliklar d)mil.avv100-40 ming yilliklar
15. O'rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari - chopperlar qaysi manzilgohlardan topilgan?
a) Zamonbobo, Ko'lbuloq; b) Selung'ur, Ko'lbuloq; c) Teshiktosh, Zarautsoy ; d) Jarqo'ton, Sopollitepa.
16. O'rta Osiyodagi ko'hna qadamjolarni qazish chog'ida arxeologlar qadimgi qaysi davlatlar
hunarmandlari tomonidan tayyorlangan buyumlarni topishgan?
1. Misr; 2. Hindiston; 3. Xitoy; 4. Eron; 5. Mesopotamiya; 6. Xett.
a) 1.4.5.6. b) 2.4.5. c) 1.2.4.5. d) 2.3.4.
17. Marhumlar kо'milgan eng qadimgi qabrlar va diniy e'tiqod kurtaklari qaysi davrda vujudga kelgan?.
a) o'rta paleolit; b) so'nggi paleolit;
c) mezolit; d) neolit.
18. Temirdan yasalgan zeb-ziynat buyumlari topilgan eng qadimiy yodgorliklar qaysi hududlarda joylashganligini aniqlang?
a) Kichik Osiyo va Eronda; b) Mesopotamiya va Eronda;
c) Misr va Kavkazortida; d) Falastin va Hindistonda
19.Turar joylar qurilishi qaysi davr odamlarining muhim ixtirosi bo'lgan?
a) ilk paleolit; b) o’rta paleolit;
c) so'nggi paleolit; d) mezolit.
20. Teshiktosh g'oridan qanday topilmalar topilgan.
1. tosh qurollari; 2. sopol buyumlar; 3. Hayvon suyaklari; 4. dehqonchilik qurollari; 5. qoyatosh
rasmlari; 6. Inson suyaklari.
a) 2.3.5. b) 1.2.5. c) 3.4.6 d) 1.3.6.
21.Dastlabki diniy e'tiqod bilan bog'liq bo'lgan manzilgohni aniqlang?
a) Selung'ur b) Ko'lbuloq
c) Teshiktosh d) Zarautsoy
22. ………- Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich bo’lib, o’zida qadimgi odamlarning katta jamoasini
mujassam etgan?
a) Urug’; b) Hududiy qo’shnichilik jamoasi;
c) Qabila; d) Ibtidoiy to’da.
23.Ilon tasviri tushirilgan tosh tumor qaysi hududdan topilgan?
a) Toshkent b) Farg’ona
c) Xorazm d) Surxondaryo
24. Eng qadimgi tasviriy san'atning rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qilgan omilni aniqlang?
a) Buyuk muzlik davrining boshlanishi;
b) odamning o'zini qurshab turgan tevarak dunyoni tushunishga intilishi;
c) urug' jamoalarining paydo bo'lishi va qarindoshlik munosabatlari alohida ahamiyat kasb eta boshlashi;
d) Turar joylar qurilishi.
25. Qadimgi davrda qanday jarayon insonning fikrlash qobiliyatini va tafakkurini asta –sekin o'zgartirib bordi.
a) Tabiiy iqlimning o'zgarib borishi; va uning insonga ta'siri; b) Tabiat qoidalari va tabiat haqidagi tafakkurning
kengayib borishi;
c) Diniy e'tiqodlar shakllanishi bilan bog'liq rivojlanish jarayonlari; d) mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to'plangan bilimlar.
26.Qaysi davrdan O'rta Osiyoda sopol idishlar sirti turli naqshlar bilan bezatila boshlangan.
A)Neolit b) Eneolit c) Bronza d) Temir
27.Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik qaysi davrda vujudga kelgan?
a)songi paleolit b)mezolit c)eneolit d)bronza
28.Buyuk muzlik davri qachon boshlangan?
a)ilk palleolit b)songi paleolit c)mezolit d)o’rta paleolit
29.Pitekantrop turidagi odam suyaklari qaysi davlat hududidan topilgan?
a)xitoy b)germaniya c)filippin d)indoneziya
30.Makedoniyalik Aleksandr tarixi nomli asar kimga tegishli?
A)geradot b)kvint kursiy ruf c)arrian d)strabon
Do'stlaringiz bilan baham: |