1950-60 yillarning ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlar. yevropa davlatlarining Amerika masalalariga faol aralashishi Meksikaga nisbatan harbiy intervensiyani amalga oshirish bilan boshlandi. Ushbu mamlakatda 1854–1860 yillarda inqilob ro‘y bergandi. 1861 yilda Angliya, Fransiya va Ispaniya Meksikaning Atlantika soxillarini preventiv1 tarzda harbiy okkupatsiya qilish to‘g‘risida konvensiya tuzishdi. Ushbu xarkat Meksika qarzlarining to‘planishini ta'minlaydigan kafolat sifatida e'lon qilindi. 1861 yil dekabr oyida Meksika qirg‘oqlariga avval ispan, keyin esa ingliz va fransuz qo‘shinlari tushirildi. Biroq Napoleon III Meksikani Fransiya protektorati ostidagi “lotin imperiyasi”ning tayanch nuqtasiga aylantirish rejalariga ega edi. Lekin Fransiyaning Yangi Dunyoda kuchayishi Angliya va Ispaniyaning niyatlariga to‘g‘ri kelmasdi. 1862 yilning fevralida ular o‘z qo‘shinlarini Meksikadan olib chiqishdi va Xuares hukumati bilan qarzlarni to‘lanishini kechiktirish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdi. Ammo Fransiya Angliya va Ispaniyadan o‘rnak olmadi va uzoqqa cho‘zilgan Meksika avantyurasiga (hatarli, qaltis ish) aralashib ketdi. Natijada Fransiya 1867 yilda mag‘lubiyatga uchradi.
1862 yilda AQSh ga nisbatan qurollangan intervensiya tahdidi yuzaga keldi. Garchand Angliya 1861 yilda shimol va janub o‘rtasidagi urushga nisbatan o‘zining betarafligini e'lon qilgan bo‘lsa ham, amalda janubliklarni qo‘llab-quvvatladi, Konfederatsiya tomonida turib fuqarolar urushida bevosita qatnashishga tayyorgarlik ko‘rgan xolda. Fransiya ham Yangi Dunyo ishlariga qurol bilan aralashishga intilmoqda edi. Biroq Rossiya 1862 yilning noyabrida shimolliklarga qarshi intervensiyada qatnashishni rad etdi. Napoleon III ning shimolliklarga nisbatan bo‘lgan maqsadlari yevropa va Amerika demokratik jamoatchiligi orasida katta g‘azablanishni keltirib chiqardi. Bu xolat ham yuzaga kelgan vaziyatga o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Natijada yevropa davlatlarining AQSh ishlariga qurolli aralashish rejasi barbod bo‘ldi.
XIX asr 60 – yillarning oxirida Fransiya imperiyasi inqirozni boshidan kechirmoqda edi. Mamlakat ichkarisida respublikaning o‘rnatilishini talab qilgan muholifat kuchaymoqda edi. Napoleon III hokimiyati mustahkam emasdi. Ushbu sharoitda Fransiyaga g‘olibona urush zarur edi. Bismark ham tezroq urush bo‘lishni xohlardi. Chunki Germaniyaning g‘alabasi natijasida janubiy german yerlari o‘z ixtiyoriga ko‘ra Shimoliy Germaniya ittifoqiga, qo‘shilishi ya'ni Prussiyaga qo‘shilishi mumkin edi. Biroq kansler urushni Fransiya boshlashini xohlardi. Va Napoleon III Bismarkning ushbu tuzog‘iga tushdi.
AQSh da 60- yillardagi fuqarolar urushi tufayli Amerikada Fransiya va Angliya siyosatini faollashuvi xalqaro munosabatlarning rivojlanishida muhim omil bo‘ldi. Bir vaqtni o‘zida Polsha masalasi ham keskinlashdi: 1863 yilgi qo‘zg‘olon tufayli Angliyani va ayniqsa Fransiyani Polsha ishlariga aralashuvi Rossiyani AQSh bilan yaqinlashuviga majbur qildi. Rossiyani AQShga nisbatan xayrixoxlik betarafligi «shimolliklarni» diplomatik qurshovdan chiqishga xizmat qildi. Germaniya va Italiyada «Vena tizimi» uzil – kesil dafn etildi. Lekin, Germaniya (Janubiy german knyazliklari) va Italiyani (Rim masalasi) birlashish jarayoni 60- yillarning oxirida hali yakunlanmagan edi. Rim va janubiy Germaniya masalalarida Italiya va Prussiyaning asosiy dushmani Fransiya edi. Franko – Prussiya qarama – qarshiligi va Italiya – Fransiya o‘rtasidagi ziddiyat XIX asr 60- yillarining ikkinchi yarmida xalqaro munosabatlardagi asosiy omilga aylandi.
20-60 yillarda yevropa davlatlarining kolonial xukmronligi usullardan keskin farq qilar edi. Osiyoning kolonial ekspansiyaga aylantirilgan yangi xududlarida, yevropaliklar, iqtisodiy va harbiy jihatdan zaif bo‘lsa-da, lekin azal vaqtlardan o‘zining davlatchiligiga ega bo‘lgan qadimiy sivilizatsiyalar bilan (Xitoy, Yaponiya, Eron va b.d.) to‘qnashishdi. Shuning uchun, bu mamlaktalarga kirib kelish, masalan klassik kolonial talonchilik va kontinentni bo‘lib olish siyosati amalga oshirilgan yangi dunyoning mustamlakasidan farq qilar edi. XIX asrning 20-60- yillarida boshqa usullar ustunlik qilardi: «ta'sir doiralar» ni taqsimlash (Xitoy, Eron, Iroq), protektoratlarni o‘rnatish (kambodja) va ayniqsa nomigagina maxalliy knyazlar va monarxlarning xokimiyatini saqlab qolish bilan birga iqtisodiy bosqinchilik. Mustamlakalarning boshqarish prinspi o‘zgardi. Monopol savdo kompaniyalari vositasida ularni boshqarish va koloniyalarni ekspluatatsiya qilish tizimini o‘zi yo‘q bo‘ldi. Koloniyalarni boshqarish amallari davlatga o‘tar edi.
Koloniyalarni ekspluatatsiya qilishning iqtisodiy qoidalarida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi. Agar, ilgari kolonizatorlar oltin va kumush ekzotik o‘simliklar va ildizlar izlab hamda qullar savdosidan boylik orttirgan bo‘lsalar, endi esa asosiy diqqat, sanoat uchun xom ashyo – paxta, qazilma boyliklarga qaratilgan edi. Kolonizatorlar mustamlakalardan metropoliyalar sanoat mollarini sotish uchun bozor sifatida keng foydalanar edilar, ularning xo‘jalik hayotiga chuqurroq kirib borardilar (koloniyalar hududlarida temir yo‘llar, yo‘llar va shaxtalar qurar edilar).