.6. Kompleks qo‘shimchalar.
Qo‘shimchalarni ko‘p turi beton yoki beton qorishmalarni bir xususiyatlarini yaxshilasa boshqa xususiyatini o‘zgartirmaydi. Tibbiyot ishchisi buni «yondosh effekti» qo‘llanishi deb aytardi. Yondosh effektlarni bartaraf etish uchun kompleks qo‘shimchalarni qo‘llashida bir nechta mustaqil komponentlardan iborat (masalan, superplastifikator kremnezem bilan). Kompleks qo‘shimchalar ko‘p funksional bo‘lib, beton va beton qorishmaga xos bir nechta xossasiga birdaniga ta’sir etish qobiliyatiga ega. Kompleks qo‘shimchalarni tarkibi shunday loyixalash mumkinki, ularni komponentlari har bir effektni ta’sirini kuchaytiradi. Kompleks qo‘shimchalarni qo‘llanishi har xil sementlarda tayyorlangan har xil tarkibli beton va beton qorishmalarida ta’sir etish kuchini universalanishini mumkinligi. Hamma kompleks qo‘shimchalar shartli ravishda 3 guruhga bo‘linadi.
Elektrolitlar qorishmasi.
Satxi-yuza faol moddalar qorishmasi.
Elektrolitlar va satxi-yuza faol moddalar qorishmasi.
Kompleks qo‘shimcha tanlaganda va dozasini aniqlaganda yarim funksional modifikatorda xar bir komponentini rolini aniq aniqlash zarur. Birinchi guruh qo‘shimchani asosiy vazifasi armatura va betonga alohida komponentni yashirin ta’sirini bartaraf etish; keng intervalda tutib qolish va qotish muddatlarini boshqarish, sementni moddiy va mineralogik tarkibini betonlar va beton qorishmalarni xossalarini o‘zgarishi. Ko‘p xolatlarda ikkinchi guruh qo‘shimchalari plastik va yuqori harakatchan beton qorishmasidan tayyorlangan betonlarni sovuqqa chidamliligini oshirish uchun qo‘llanadi. Beton qorishmalarni tutib qolish muddatlarini uzaytirish, ayniqsa uzoq masofaga transport etishda va quruq, issiq iqlim sharoitida betonlashda qo‘llanadi. Uchinchi guruh kompleks qo‘shimchalari eng samarador modifikator deb hisoblanadi.
Elektrolitlar kiritilganda betonlarni strukturaviy mexanik xossalari yaxshilanadi va ularni qotish tezligi boshqariladi. Sirti-faol moddalar beton qorishmalarni harakatchanligini boshqaradi, ulardagi havo miqdori, betonlarga bakteriotsidlikni, gidrofoblikni va boshqa xossalariga ega bo‘lishini ta’minlaydi. Qo‘shimchani alohida komponentlarini ta’siri ko‘p holatlarda mustaqil, ammo boshqa holatlarda elektrolitlar sirti-aktiv moddalarni fizik-kimyoviy xossalarini ularni ta’sir etish effektligini o‘zgartiradi.
Vaqti-vaqti bilan kompleks qo‘shimchalarni ishlatishda ulardagi komponentlarini bir-biriga moslanish muammosi vujudga keladi. Bu hollarda alohida komponentlar beton qorishmalarini bir nechta bosqichda aralashtirish bilan birga alohida kiritiladi. Bu muammoni hal qilish uchun yuklanishida va saqlashda o‘zlarini xossalarini o‘zgartirmaydigan tayyor tovar mahsulot sifatida kompleks qo‘shimchalar yaratilishi kerak. Qo‘shimchani beton qorishmasini tayyorlash texnologiyasi va konstruksiyalarni, buyumlarni ishlab chiqarish beton qorishmasini va betonni xossalariga qo‘shimchalarni ta’sir etishini xisobga olgan holda tanlash kerak. Betonlar uchun qo‘shimcha tanlashda ularga sovuqqa, yemirilishiga chidamligi, suv o‘tkazmasligi bo‘yicha maxsus talablar qo‘yiladi. Qo‘shimcha tanlashni agressiv ta’siri bo‘yicha amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |