1 qo'qon neftbazasi uk



Download 77,51 Kb.
bet2/10
Sana22.07.2022
Hajmi77,51 Kb.
#838788
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Neft baza

Neftni qayta ishlash -neftdan neft mahsulotlari (benzin, kerosin, dizel yonilgʻisi, mazut, moy, bitum, gudron, parafin va boshqalar) olishda qoʻllanadigan texnologik usullar majmui. Neftni qayta ishlashi.da avval neft tarkibidagi suv, tuz va mexanik aralashmalardan tozalanadi, keyin uni stabillashtirish, yuqori haroratda bugʻlatib haydash, distillyatlarni tozalash, qoʻshimchalar qoʻshish va boshqa bajariladi. Neftni haydash usuli miloddan avvalgi maʼlum edi. Bu usul neftdan dori-darmon tayyorlash maqsadida qoʻllangan. Qad. yunon tabibi Kassiy Feliks va Abu Ali ibn Sino neftni haydashga oid tajribalar oʻtka-zishgan. Xorazm geografi Bakron (13-asr) Boku neftini haydash haqida birinchi boʻlib eslatib oʻtadi. 18-asrga ke-lib neft konlarini qidirish va oʻrga-nish munosabati bilan neftni haydashga katta eʼtibor berildi. Neftni haydash lab. quriddi. 1823 yilda aka-uka Dubininlar Mozdok shahri yaqinida davriy ishlaydigan neftni haydash zavodiniqurdilar. Ular kubga quyilgan 40 chelak neftdan 16 chelak haydalgan neft olganlar. Shu tariqa neftni haydash zavodlari taraqqiy eta boshladi.
Suv va tuzlarni yoʻqotish. Neft tarkibida, odatda, minerallashgan burgʻi suvi, suvli 1 m3 neftda 30-50 g gacha tuz boʻladi. Ularni yoʻqotish uchun Neftni qayta ishlashi. zavodlarida elektr yordamida tuzeizlantirish qurilmalari ishlatiladi. Neftga deemulgator qoʻshilib, chuchuk suv bilan yuviladi. Hosil boʻlgan emulsiyani 100—140° gacha qizdirila-di va uzluksiz ishlaydigan elektr degidratoriga uzatiladi. Yukrri kuchla-nishli elektr maydoni, deemulgator va qizdirish taʼsirida emulsiya tezda parchalanadi, suv va unda erigan tuzlar chukadi va chikarib tashlanadi. Suv va tuzlardan tozalangan neft tarkibida 0,2% gacha suv va 0,5 mg/l gacha xloridlar (tuzlar) krladi.
Neftni stabillash . Neft tarkibida uglevodorodlarning butanpro-panli, qisman pentanli fraksiyalari buladi. Neftni tashish va saklashda eng zarur uglevodorodlarning yoʻqolishini kamaytirish, neftni haydash qurilmasiga kelayotgan neft buglari bosimini bir xil tutib turish uchun bu fraksiyalar ketkaziladi. Bu ish suvsizlantirish va tuzeizlantirish kurilmalari bilan birga qurilgan kompleks yoki maxsus qurilmalarda bajariladi. Stabillash natijasida ajratib olingan propanbutan fraksiyam neft-kimyo sanoati uchun muhim xom ashyo hisoblanadi.
Neft idishga quyilib qizdirilganda, uning harorati koʻtariladi va bir qismi hatto 30—40° dayoq bugʻlanib havoga koʻtarila boshlaydi. Nisbatan past temperaturalarda bugʻlangan uglevodorodlar neftning yengil qismi (fraksiyasi), idishda qolgan uglevodorodlar neftning ogʻirroq qismi hisoblanadi. Bugʻlangan neft sovitilsa, u yana suyuq xrlatga oʻtadi. Neftni bugʻlatib, keyin bugʻlangan uglevodorodlarni su-yuqlikka aylantirish jarayoni neftni toʻgʻri qaydash deb, olingan mahsulot distillyat deb ataladi.
Neftni haydash. Odatda neftdan quyidaga temperaturalar oraligʻida qaynab bugʻlanadigan distillyatlar olinadi: benzin 28—180°, ligroin 110—230°, kerosin 120—315°; gazoyil 230—330°; solyar 280—380°; moy 320—500°.
Neftni qayta ishlab yonilgʻi va moylar olishda uni toʻgʻri haydash birlamchi va asosiy jarayon hisoblanadi (sxema). Toʻgʻri haydash pech quvurlarida harakatda boʻlgan neftni qattiq qizdirib bugʻlatish, bugʻni rektifikatsiya ustuni (kolonnasi)da fraksiyalarga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Quvurli pechlarda neft 330—350° gacha qizdirilib, keyin rektifikatsiya us-tunining oʻrta qismiga yuboriladi. Neftning suyuq qoldiqlari ustunning devorlaridan pastga sizib tushadi, yengil uglevodorod bugʻlari esa ustunning tepa qismiga qarab intiladi va rektifikatsiya tarelkalariga urilib, kondensatga (suyuqlikka) aylanadi. Tarelkalar ustunning har xil balandliklarida joylashgan boʻlib, pastki tarelkalarda ogʻir uglevodorodlar, yuqoriroqdagi tarelkalarda yengilroq uglevodorodlar kondensatga aylanadi.
Neftni toʻgʻri haydashda rektifikatsiya ustunlaridagi bosim atmosfera bosimiga teng boʻladi. Rektifikatsiya ustunining tagida yigʻilgan mazut kreking quril-malarida qayta haydalishi yoki yoqilgʻi mazuti sifatida ishlatilishi mumkin. Mazutlarning ikkilamchi qayta ishla-nishi vakuum qurilmalarida bajariladi. Vakuum ustunlarining yuqori qismidan solyar frakiyalari kondensatlari, quyiroqda moy fraksiyalari, ustunning pastki qismida esa gudron yoki yarim gudron yigʻiladi.
Neftni tozalash. Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maksadida olingan distillyatlar tozalanadi. Distillyatlarni oltingugurt, azot, kislorod va toʻyinmagan uglevodorodlardan tozalash uchun gidro-tozalash jarayoni qoʻllanadi. Gidroto-zalash 350—420° da va 1,7—40 MPa bosimda katalizator yordamida amalga oshiriladi. Gidrotozalash, aso-san, dizel yonilgʻisi va moy distillyatlarini oltingugurtdan tozalashda va ayrim distillyatlarni ikkilamchi jarayonga tayyorlashda ishlatiladi.
Yonilgi distillyatlaridagi kislorod va oltingugurtli birikmalarni yoʻqotishda ishqor bilan tozalash usuli ham qoʻllanadi. Bu jarayonda tozalanayotgan mahsulotga ishqor va suv qoʻshilib, hosil boʻlgan birikmani mahsulotdan ajratib olinadi.
Yonilgi va moy distillyatlarining sovuq paytda qotib qolmasligini taʼminlash maqsadida ular parafinsizlantiriladi. Bunda tez quyuq/gasha-digan parafin uglevodorod distillyatlardan ajratib olinadi.
Neftni toʻgʻri haydalganda ajralib chiqqan benzin, kerosin va dizel yonilgʻisi fraksiyalarining jami ulushi neft hajmining 40—50%idan oshmaydi. Yonilgʻilarni ajratib olish ulushini oshirish va ularning sifat darajasini yanada koʻtarish maqsadida neftni kimyoviy qayta ishlash, yaʼni ikkilamchi jarayonlar qoʻllanadi. Ular orasida kreking jarayoni — uglevodorodlarni parchalash jarayoni keng tarqalgan. Benzinlarning detonatsiyaga turg-unligini oshirish maqsadida uglevodorodlarni alkillash va izomerlash jarayenlari ham qoʻllanishi mumkin.
Neft, tabiiy gaz va ularning mahsulotlari eng yuqori issiqlik berib yonadigan yoqilg’ilardir.
Masalan: neftning yonish issiqligi-41 mJ/kg, benzinniki-42mJ/kg, dizel yoqilg’isiniki-42,7 mJ/kg, toshko’mirniki-35 mJ/kg.
Neftning eng muhim ko’rsatkichlaridan biri-qaynash haroratidir. Bu esa neft tarkibiga kiruvchi uglevodorodning tuzilishiga bog’liq va 50-5500S ga yetadi.
Neft tarkibiga kiruvchi uglevodorodlarning qaynash haroratining har xilligi amalda neftni harorat fraksiyalariga ajratishda keng foydalaniladi.
Shunday qilib, neftni 180-2000C gacha qizdirilganda uglevodorodning benzinli fraksiyasi, 200-2500C da ligroinli fraksiyasi, 250-3050C da kerosin-gazolinli fraksiyasi, 315-5500C da yog’li fraksiyasi qaynaydi. Qoldiq asosan gidrondan iborat.
Neftning eng muhim xossalaridan biri - uglevodorod gazlarini eritishidir 1m3 neftda 400 m3 gaz erishi mumkin. Bu esa tabiiy gazning suvda eruvchanligidan 10 baravar ko’pdir.
Metan va uning gomologlarining o’zaro nisbatiga qarab tabiiy uglevodorod gazlar quruq va yog’liga bo’linadi. quruq gazda metan 98,8% gacha, yog’lida esa etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar-50% ni tashkil etadi.
Yog’li gaz neftda quruq gazga nisbatan yaxshi eriydi.
Agar gaz fazasining hajmi neft hajmiga nisbatan ortiqroq bo’lgan holda bosimning 20-25 % MPa ga, harorat 90-950C oshganda suyuq uglevodorodlar bug’simon holatga o’tishi mumkin va gazda eriydi.
Shuni aytish kerakki, gazni yer yuziga chiqarishda harorat va bosim keskin pasayadi va gaz aralashmasidan suyuq uglevodorod holatda kondensat yig’iladi.
Bu holat "teskari kondensasiya" deb ataladi.
Neft bug’simon holatda uchraydigan gaz uyumlarining erkin gazlarini to’yintiradi. Bunday holat "gaz kondensati" deb ataladi.
 Bunday uyumlarda kondensatning miqdori 50 dan 300-400 sm3 /m3 ga yetadi. Neftning nisbiy zichligi 0,85 gacha bo’lsa
yengil; 0,85-0,90 gacha o’rta; 0,90 ortiq bo’lsa og’ir neft hisoblanadi. 
Neftni qazib olishda va tashishda yopishqoqlik xossasi katta ahamiyatga ega. Yopishqoqlikning dinamik va kinematik turi ma'lum.
Neft o’zidan elektr tokini o’tkazmaydi va u dielektrik hisoblanadi.
Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.


Download 77,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish