1. Qon sistemasi fiziologiyasi Qon guruhlari Qon bosimi


Qon iomirlari fiziologiyasi



Download 0,58 Mb.
bet4/7
Sana12.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#660186
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Qon sistemasi fiziologiyasi va qon shaklli elementlari

Qon iomirlari fiziologiyasi. Qon tomirlari tabiatan naycha, qon esa suyuqlik bo‘lgani uchun ham qonning tomirlar bo‘ylab oqishi (gemodinamika) suyuqliklarning naychalar bo‘ylab oqish qonuni - gidrodinamikaga bo‘ysunadi, demak, boshqa suyuqliklar kabi, qon ham, bosimi baland joydan bosimi past joyga tomon oqadi. Bunda uning oqish tezligi yo‘ishqoqligiga, tomirlar devori bilan qon zarrachalarning o‘zaro ishqalanishi tufayli hosil bo‘ladigan qarshilikka bog‘liq bo‘ladi. Biroq odam va hayvonlar organizmida qon murakkab biologik sharoitlarda harakat qiladi, bu esa organizmda ro‘y berib turadigan fizik hodisalarga o‘ziga xos xususiyat beradi. Yurak ritmik ravishda, muayan marom bilan ishlab, tomirlarga qonni bo‘lib-bo‘lib, alohida-alohida portsiyalar holida olib chiqarsada, qon tomirlarda to‘xtovsiz ravishda. uzluksiz oqim bo‘lib oqadi. Buning boisi shundaki, chap qorinchaning har bir sistolasida aortaga ma’lum miqdordagi qon ma’lum kuchli bosim ostida haydaladi. Bunda otilib chiqqan qon potensial energiyasining bir qismi tomirlar qarshiligini yengish, ularni tegishlicha kuchaytirish uchun, qolgan qismi esa qon zarrachalariga harakat bag‘ishlash uchun sarf bo‘ladi. Har bir sistolada otilib chiqqan qonning hammasi tomirlarni eng tor joylari - arteriola va kapillyarlardan navbatdagi sistolagacha o‘tib ulgurolmaydi. Natijada har bir sistolada otilib chiqqan qon potensial energiyasi navbatdagi sistolagacha qonga uzluksiz harakat berishga yetarli bo‘ladi. Ikkinchidan, qorinchalardan zarb bilan haydalgan qon ta’sirida tornirlar bir muncha kengaysa-da, ular elastikligi tufayli awalgi vaziyatini, holatini tiklashga, qisqarishga intiladi. Bu ham qonning uzluksiz oqishida yordam beradi. Qayd qilingan shart-sharoitlar qonning yirikroq arteriyalar bo‘ylab to‘lqinlanib, arteriola va kapillyarlar bo‘ylab esa bir maromda to‘lqinlanmasdan oqishini ta’minlaydi.
Qon bosimi. Yurakning ishlashi tufayli tomirlarga otilib chiqadigan qonning tomir devoriga bergan bosimiga qon bosimi deyiladi. U asosan yurak ishiga tomirlar devorining tonusiga bog‘liq bo‘ladi. Qorinchadan tomirga o‘tgan qon zarrachalari yurakdan uzoqlashib borgan sari, ularning tomir devoriga ko‘rsatadigan bosimi ham shuncha kamayib boradi. Tomir tarmoqlanib, diametri torayib borgan sari, lining oqayotgan qonga ko‘rsatadigan qarshiligi ham shuncha ortib boradi. Qayd qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, tomir diametri qancha kichik bo‘lsa qonning bosimi ham shuncha past bo‘ladi. Binobarin, eng baland bosim aortada kuzatiladi, arteriyalar, arteriolalar va kapillyarlarga o‘tilgan sayin bosim muntazam ravishda so‘na boradi.
Kichik diametrli venalarda bosim juda past bo‘lib, yirik venalarda yanada kamayadi. Oqibatda kovak venalarda bosim hatto manfiy bo‘lib qoladi ham.
Shunday qilib qon, qon tomirlari bo‘ylab aortaga va kovak venalar quyilish joylaridagi bosimning farqi tufayli oqadi. Qon bosimidagi farqlarning pasayishi qonning harakatini susaytiradi, bu farqni nolgacha tushib ketishi esa qon harakatini tamoman to‘xtatadi.
Qon bosimi ko‘rsatkichlariga, yurak ishidan tashqari tomirlarning qon bilan to‘lishi va qon tomirlar tizimidagi qarshilik ham ta’sir ko‘rsatadi.
Yurak bilan haydalayotgan qonning miqdori qon bosimi ko‘tarilis chaqiradi.
Har bir sistola paytida haydalayotgan qonning hajmi kamaymasa bunday hollarda yurak urishi tezligi ham qon bosimining ortishim chaqiradi.
O‘rtacha va mayda arteriyalarining - arteriolalarni muskulli devorlan tonusda, ya’ni biroz qisqargan holda bo‘ladi. Shu sababli arteriya va arteriolalar qarshilik ko‘rsatuvchi tomirlar deyiladi. Tomirlar tizimining qon bilan to‘lishi darajasi asosan arterial tomirlar devorining doimo bo‘lgan tonusi hisobiga tapmin etiladi. Bu tonusning tushib ketishi qon tashuvchi tomirlarning hajmini oshiradi va bir xildagi massaga ega bo4gan qon, tomirlar tizimining to‘lishi ni kamaytiradi, bu esa qon bosimining pasayishiga olib keladi.
Arterial tomirlarning faol qisqarishi paytida qon oqimiga qarshilik ortadi, bunday paytlarda qon bosimi ko‘tariladi.
Qon bosimining darajasiga umumiy qon massasining juda katta qismi oqib o‘tadigan qorin bo‘shlig‘idagi artcriolalarning torayishi yoki kengayishi aymqsa katta ta’sir ko‘rsatadi. Qon yo‘ishqoqligimng ortishi tomirlar devorlariga qonning ishqalanishini va ichki ishqalanishni oshiradi, ya’ni qarshilikni oshiradi, bu csa qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi.
Qon bosimini qonli usul bilan aniqlash ancha mushkul. Buning uchun hayvonga narkoz berish, uni harakatsizlantirish, qimirlamaydigan qilib bog‘lanadi va shularga uxshash boshqa choralarni ko‘rish kerak. So‘ngra esa hayvonni o‘eratsiya qilib, qon bosimi aniqlanadigan tomirni ochish va simob monometriga ulash zarur. Artetiyalarda qon bosimi aniqlanayot-ganda simobli, venalarda bosim past bo‘lganligi uchun suvli mono-metrlardan foydalaniladi. Kapillyarlardagi qon bosimi Krog usuli bilan o‘Ichanadi. Buning uchun kapillyarlarni mikrosko‘ ostida kuzatib turib (kapillyarosko‘iya), maxsus kamerada kapillyarlarda oqayotgan qonni to‘xtatish uchun zarur bo‘lgan bosim hosil qilinadi, bu ulardagi qon bosimiga teng bo‘ladi.
Qon bosimining o‘zgarishini yozib oladigan bo‘lsak, uch xil tartibdagi to‘lqinlar farqlanadi.
Birinchi tartibdagi to‘lqinlar yoki pulsli to‘lqinlar. Qon bosimi sistola paytida ko‘tarilsa, diastola paytida biroz tushadi. Sistola paytidagi bosim sistolik yoki maksimal, diastola paytidagi bosim diastolik yoki minimal bosim deb ataladi. Sistolik va diastolik bosimlar orasidagi farq puis bosimi deb ataladi. Bir xildagi sharoitlarda puis bosimi yurakning sistolik hajmiga bog‘liqdir. Yurakdan qancha uzoqlashsa puis bosimi shunchalik kam bo‘ladi. Mayda arteriyalar va kapillyarlarda puis to‘lqini yo‘q.
Ikkinchi tartibdagi to‘lqinlar - nafas to‘lqinlari. Nafas olishda Ko‘krak bo‘shlig‘ining so‘ruvchanlik harakatining ortishi tufayli bu paytda yurakka kelayotgan qon oqimining ko‘payishi kuzatiladi, natijada qon bosimi ortadi. Nafas chiqarishda esa qon bosimi pasayadi. Bu o‘zgarishlar Ko‘krak qafasining harakatlariga mos keladi va shu sababli ular puis bosimidan kamdir yoki sustdir. Chunki bir nafas to‘lqini vaqtida bir necha pulsli to‘lqinlar qayd qilinadi.
Uchinchi tartibdagi to‘lqinlar - tomirlar devorlari tonusining asab tizimi bilan boshqarilishining o‘zgarishi bilan bog‘liqdir, ya’ni tomirlar tonusining reflektor ortishi yoki kamayishi natijasida qon bosimining ko‘tarilishi yoki pasayishidir. Bu to‘lqinlar miyada kislorod taqchilligi paytida juda aniq namoyon bo‘ladi, ular nafasli to‘lqinlardan ham siyrak. Bitta uchinchi tartibdagi to‘lqinlarda bir necha ikkinchi tartibdagi to‘lqinlar namoyon bo‘ladi. Eng yuqori qon bosimi yurak bo‘shlig‘ida va aortada aniqlangan. Voyaga yetgan odamning yelka arteriyasida 20 yoshdan 40 yoshgacha to‘lig‘icha jismoniy va ruhiy tinchlik paytida sistolik bosim 110-125 mm.sim.ust., diastolik bosim esa 60-85 mm.sim.ust.teng bo‘lsa, ular orasidagi farq yoki puis bosimi 35-50 mm.sim.ust.teng bo‘ladi.
Yoshga bog‘liq holda, bo‘y va tana og‘irligining o‘sishi bilan ham qon bosimi orta boradi. 50-60 yoshda sistolik bosim 125-135 mm.sim.ust., diastolik bosim esa 80-90 mm.sim.ust.teng bo‘ladi. Yoshi o‘tgan ayollarda qon bosimi, yoshi o‘tgan erkaklardagidan yuqori bo‘ladi. Moddalar almashinuvining ortishi qon bosimining ko‘tarilishini keltirib chiqaradi.
Chap qorinchadan uzoqlashgan sari qon bosimi pasaya boradi, chunki aortada yurak ish energiyasi hosil qilgan bosim qon tomirlar tizimida qonning harakatiga ko‘rsatilayotgan qarshilikni yengish uchun sarflanadi. Katta va o‘rta arteriyalarda qon bosimi bor-yo‘gpi 10 % ga pasaysa, arteriolalar va kapillyarlarda esa 85 % ga pasayadi.
Odam aortasida bosim 120-140 mm.sim.ust., yo‘g‘on arteriyalarda -110-125 mm.sim.ust., mayda arteriyalarda -70-90, arteriolalarda -40-60, kapillyarlarda -20-40, yirik venalarda -10-15, kovak venalarda nafas olish davrida 2-5 mm.sim.ust.teng bo‘lsa, nafas chiqarish paytida Ko‘krak qafasini so‘ruvchanlik harakati tufayli bosim atmosfera bosimidan —3-7 mm.sim.ust., past bo‘ladi. Oyoqlarning pastki venalarida aksincha, nafas olishda bosim ko‘tariladi, nafas chiqarishda esa pasayadi.
Uzoq, qator kunlar davomida voyaga yetgan odamlarda sistolik bosimni 100 mm.sim.ust.past bo‘lishi gipotoiniya deb qayd qilinsa, 140 mm.sim.ust.dan yuqori bo‘lishi gipertoniya deb qayd qilinadi.
Qonning eng yuqori oqish tezligi aortadir, sistola paytida u 500-600 mm/s, diastola paytida 150-200 mm/s. ga teng. Arteriyalarda tezlik 150-200 mm/s.ga teng, arteriolalarda esa u keskin -5 mm/s pasayadi. Qonning eng sekin oqish tezligi - 0,5 mm/s kapillyarlarda kuzatiladi. O‘rtacha venalarda qonning oqish tezligi 60 dan 140 mm/s gacha ortadi, kovak venalarda esa - 200 mm/s gacha yetadi. Qon oqimini kapillyarlarda sekinlashishi qon bilan kapillyarlar devori orqali to‘qimalar orasida moddalar va gazlar almashinuvida katta ahamiyatga ega.
Qonning barcha qon aylanish doiralarini to‘lig‘icha aylanib chiqishi uchun kerak bo‘lgan eng kam vaqt -21-22 soniyani tashkil etadi. Odamlarda qonning to‘lig‘icha aylanish vaqti, ovqat hazm qilish va jismoniy ish bajarganida qisqaradi. Ovqat hazm qilish vaqtida qorin bo‘shlig‘i organlari orqali jismoniy ish bajarilganda esa - muskullar orqali qonning oqish tezligi tezlashadi.
Arteriya pulsi. Tomirlar devorining yurak faoliyati tufayli ritmik ravishda to‘lqinsimon harakat qilib mrishiga puis yoki tomir urishi deyiladi. Yurak aortaga qonni muayan ritmda, bo‘lib-bo‘lib haydaydi. Oqibatda uning devori haydalayotgan qon ritmiga mos ravishda kcngayib-torayib turadi. Aortaning ritm bilan kengayib-torayib turishi arteriya tomirlari bo‘ylab to‘lqinsimon tarqaladi. Bunga arteriya pulsi deyiladi. puis qonning oqish tezligiga qaraganda ancha tez tarqaladi. Jumladan, aortada qonning oqish tezligi 400-500mm/sek bo‘lgani holda, puis to‘lqini 7-9mm/sek tezlik bilan tarqaladi. Yurakdan uzoqlashgan sari puis to‘lqini so‘na borib kapillyarlarda bilinmay qoladi. Arteriya pulsini otlarda va qoramollarda tashqi jagp arteriyasidan, mayda hayvonlarda esa son arteriyasidan paypaslab aniqlash mumkin.
Arterial qon bosimi qonni haydaydigan chap qorincha arteriyadagi bosim to‘lqinni tashqi tasirni barmoq bilan paypaslab bilish mumkun. Biroq qon bosimi doimiy emas, o‘zgaruvchan, yani yurak qisqarganda maksimal darajada ortadi va yurak kengayganda minimal darajada pasayadi. Yuqori qon bosimi o‘rtacha taxminan o‘rtacha 120mm Hg, pastki qon bosimi esa mm Hg. 40 mm Hg farqi bosim deb aytiladi. Jismoniy zo‘riqish vaqtida yuqori qon bosimi 200mmHg gacha yetadi. Pastki qon bosimi 90 mm Hg yoki yuqori qon bosimi 140 mm Hg yuqori qon bosimi deb ataladi. Yani gioertoniya. Qon bosiming qiymati yurakdan chiqadigan qonning tomirlarda qarshilikka uchrashining natijasidir. Agar qon tomirlarining elastikligi zaiflashsa misol uchun devorlardagi depositlar orqali pastki qon bosimi birinchi ko‘tariladi.


Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish