1 . qishloq xo’jaligi ning respublika iqtisodiyotidagi o’rni.
Qishloq xo‟jaligi asosiy maqsadiga erishishi uchun turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi, ishlar, xizmatlar bajariladi, ular talabni qondirish maqsadida taqsimlanadi, sotiladi. Korxonalar, birlashmalar, tarmoqlar (tuman, viloyat, respublika) miqyosida kechayotgan bu jarayonlar erkin bozor munosabatlari asosida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Ularni nazariy va amaliy jihatdan talab darajasida hal etish uchun respublikada tub islohotlarni amalga oshirish zarur. Ma‟muriy-buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejali boshqarilgan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‟tish sharoitida davlat ustuvorligida qishloq xo‟jaligida talabga javob beradigan, samarali huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi yaratilmoqda: mulkchilikning turli shakllari barpo etilmoqda, natijada erkin mulkiy munosabat vujudga kelmoqda, tadbirkorlikning har xil turlarini yaratish, ularni rivojlantirish yo‟lidan borilmoqda, yer-suv islohotlari amalga oshirilmoqda; tarmoqning cheklangan ishlab chiqarish resurslari (yer-suv, kapital, mehnat, tadbirkorlik qobiliyati)dan samarali foydalanish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish, daromad, foyda va ularning taqsimlanishi, investisiyalarni jalb etish, ulardan samarali foydalanish, tarmoq ishlab chiqarishini maqsadga muvofiq joylashtirish, ixtisoslashtirish hamda agrosanoat integrasiyasini xalqaro munosabatlar asosida tashkil etish va rivojlantirish bilan bog‟liq bo‟lgan iqtisodiy munosabatlar tizimi yaratilib, ular takomillashtirilmoqda, rivojlantirilmoqda. Yuqorida ta‟kidlangan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratishda xalqimiz hamda qishloq xo‟jaligining o‟ziga xos xususiyatlarini e‟tiborga olgan holda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy kategoriyalar talablaridan oqilona foydalanish taqazo etiladi. Yuqoridagilarga asoslanib, qishloq xo‟jaligining barqaror iqtisodiy asosini, takror ishlab chiqarish jarayoni rivojlantirilishini ta‟minlaydigan iqtisodiy munosabatlar tizimini yaratish va ularni hayotga joriy etish masalalarini, yo‟llarini, boshqaruvini o‟rgatish «Qishloq xo‟jaligida menejment» fanining ham predmeti, ham maqsadi hisoblanadi. «Qishloq xo‟jaligida menejment» fani predmeti (maqsadi)ni hal etish uchun quyidagi asosiy vazifalar yechimining nazariy, uslubiy asoslarini o‟rgatish lozim: - qishloq xo‟jaligining bosqichma-bosqich rivojlanishini, uning respublika iqtisodiyotidagi o‟rni, ahamiyati hamda o‟zgarish qonuniyatlarini aniqlashni; - tarmoqqa davlat rahbarligini, unda amalga oshirilayotgan agrar-iqtisodiy islohotlar mazmuni va mohiyatining holatini, ularni rivojlantirish yo‟llarini, masalalarini ko‟rsatish; - qishloq xo‟jaligida faoliyat ko‟rsatayotgan tadbirkorlik turlari, ularning faoliyatiga baho berish va takomillashtirish yo‟llari; - tarmoqning cheklangan yer-suv, mehnat resurslari, investisiyalar va ulardan tadbirkorlik bilan samarali foydalanish darajasiga iqtisodiy baho berish tartibini o‟rganish, ularni takomillashtirish va rivojlantirish yo‟llarini asoslab berish; - qishloq xo‟jaligida amalga oshirilayotgan doimiy va o‟zgaruvchan, o‟rtacha xarajatlarni, ularning tarkibi va kamaytirish yo‟llarini, etishtirilgan mahsulotning hajmini, sifatini, samarali taqsimlanishini hamda pul oqimlarini o‟rgatish; - tarmoqda iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda foydalanilayotgan baholarning tizimini, tarkibini, mazmunini, daromad va foydani aniqlash, ularni oqilona taqsimlash yo‟llarini ko‟rsatish; - qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishining qay darajada ixtisoslashganligini, joylashganligini hamda ichki va tashqi integrasiyalashganligini va boshqa masalalarini o‟rganish zarur. Ularni hal etishda boshqa fanlarga asoslanish maqsadga muvofiqdir. « Qishloq xo‟jaligida menejment» fani o‟zining maqsad va asosiy vazifalarini hal etishda barcha iqtisodiy munosabatlarni dialektik materializm ta‟limotlariga asoslanib, emperik holda tadqiq etadi. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy voqealarni induktiv hamda deduktiv usullarga asosan o‟rganib, iqtisodiy mushohada qilish hamda «analiz», «sintez» usullaridan keng ko‟lamda foydalaniladi. Jumladan, qishloq xo‟jaligi menejmenti bilan shug‟ullanuvchi boshqaruvchilar iqtisodiy muammolar hal etilishini ta‟minlaydigan siyosatning iqtisodiy prinsiplarini, mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslagan holda shakllantirib borishlari lozim. Buning uchun dastavval har bir muammoga taalluqli bo‟lgan ilmiy, uslubiy, statistik ma‟lumotlarni, misollarni to‟plab, ularni turli usullar yordamida tahlil qilishlari, shu asosda har bir iqtisodiy prinsipga, mexanizmga ta‟sir etuvchi omillarni real xo‟jaliklar, tarmoqlar miqyosida aniqlashlari kerak. Har qanday iqtisodiy prinsip va mexanizmning amal qilishini aniqlashda dastavval nazariy g‟oyalarga, so‟ngra ularning amal qilishiga asoslaniladi. Bu jarayon muammoni tadqiq etishning deduktiv usuli deb nomlangan. Yuqoridagi masalani tadqiq etishda, o‟rganishda dastavval ma‟lumotlar, voqyealar, faktlar
3
o‟rganiladi. Nazariy g‟oyalarni yaratish jarayoni esa induktiv tadqiq etish usuli deb nomlangan. Demak, qishloq xo‟jaligida amalga oshirilayotgan har qanday iqtisodiy muammoni avval uning nazariyasidan, ya‟ni g‟oyasidan amal qilishiga qarab o‟rganish yoki bu muammoning amaliyotga joriy etilishidan, ya‟ni amaliyotdagi holatiga asoslangan holda g‟oya yoki nazariyasini yaratishga qarab tadqiqot olib borish mumkin. Ikkala holatda ham iqtisodiy prinsiplarning, mexanizmlarning, muammolarning yechimi samarali aniqlanishi kerak. Iqtisodchilar o‟z g‟oyalariga, taxminlariga, ayrim voqyealarga, ma‟lumotlarga asoslangan holda yaratgan yoki shakllantirgan g‟oyalarini, taxminlarini gipoteza, ya‟ni asoslanmagan g‟oya, deb atashadi. Ilmiy yoki amaliy gipotezalar induktiv va deduktiv tadqiqot usullari yordamida shakllantirilishi mumkin. Yuqorida ta‟kidlangan tadqiq qilish, o‟rganish usullari qo‟llangan holda yaratilgan, shakllantirilgan prinsiplar, mexanizmlardan foydalanib, u yoki bu muammoni hal etishning iqtisodiy siyosati, strategiyasi belgilanadi. Yaratilgan iqtisodiy siyosatni joriy etish mexanizmlari va ularni amalga oshirish usullarini iqtisodchilar mukammal o‟rganishlari lozim. Masalan, respublika qishloq xo‟jaligida mulkning turli shakllarini barpo etish g‟oyasi bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardagi nazariy g‟oyalarga va ularning amaliyotda hal etilishiga asoslangan. Muammoni tarmoqda hal etishda respublika qishloq xo‟jaligi amaliyotidagi holatlar, misollar, ma‟lumotlar asos qilib olinib, bu jarayon tobora rivojantirilmoqda va chuqurlashtirilmoqda. «Qishloq xo‟jaligida menejment» fani tarmoqda amalga oshirilayotgan tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmuasining nazariy asoslarini, yo‟nalishlarini, samaradorligini mavjud tadqiqot usullari yordamida o‟rgatish orqali talabalarda tarmoq iqtisodiyoti bo‟yicha iqtisodiy mushohada qilish, uni rivojlantirishga oid muammolarni qo‟yish, hal etish, samaradorligini oshirish, yo‟nalishlarini belgilab berish qobiliyatini shakllantirib, bozor iqtisodi talablariga javob bera oladigan agrar-iqtisodchilar tayyorlashga ko‟maklashadi. O‟zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududida joylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli hisoblangan turli xildagi qishloq xo‟jalik mahsulotlari ishlab chiqarildi. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, Respublikada yillik samarali temperatura 26-30°Cni tashkil etib, quyoshli soat 3600 dan ortiq bo‟lib, bir yilda bir necha marta hosil olish imkonini beradi. O‟zbekistonning jami yer maydoni 44,4 mln. gektar bo‟lib, shundan 50,8 foizini turli xildagi qishloq xo‟jalik korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo‟jaliklari foydalanadilar: ularning yig‟indisi mamlakat qishloq xo‟jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste‟mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatini esa xomashyoga bo‟lgan talablarini qondirishdir. Buning uchun: - aholi birdaniga iste‟mol qiladigan sifatli qishloq xo‟jalik mahsulotlarini barcha talablarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish; -qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo‟jalik mahsulotlariga bo‟lgan talabini qondirishi lozim. Hozirgi davrda, bu tarmoqda aholi iste‟mol qilayotgan tovarlarning 95 foizidan ko‟prog‟i ishlab chiqarilmoqda. Ular o‟simlikchilik hamda chorvachilik mahsulotlaridan iboratdir. Mamlakatimiz qishloq xo„jaligida ham chuqur tarkibiy o„zgarishlar amalga oshirilmoqda. O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015-yilda ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo„ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo„nalishlariga bag„ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‟ruzasida Respublika qishloq xo‟jaligining natijalari haqida shunday ta‟kidlangan: “...Murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va omilkorligi tufayli o„tgan yili mo„l hosil yetishtirildi - 7 million 500 ming tonnadan ziyod g„alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi. Ta‟kidlash kerakki, bunday mo„l hosil asosan qishloq xo„jaligida ishlab chiqarishni jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g„o„za va boshoqli don ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni o„zlashtirish evaziga ta‟minlandi. Mamlakatimizda bug„doydan gektaridan o„rtacha 55 sentner hosil olingani, ayrim tumanlarda bu ko„rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz, fermerlarimizning ulkan yutug„idir. Shu bilan birga, qishloq xo„jaligining meva-sabzavotchilik, bog„dorchilik, uzumchilik va chorvachilik kabi tarmoqlari ham jadal sur‟atlarda rivojlandi. O„tgan yili 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva yetishtirildi. Qishloq xo„jaligi xomashyosini chuqur qayta ishlash, yetishtirilgan mahsulotlarni saqlash infratuzilmasini rivojlantirishga ham alohida e‟tibor qaratilmoqda. O„tgan yili qishloq xo„jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 ta korxona, 77 ming 800 tonna sig„imga ega bo„lgan 114 ta yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizatsiya qilindi. Mamlakatimizda meva-sabzavotlarni saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Bu esa, yil davomida narxlarning mavsumiy keskin oshib ketishiga yo„l qo„ymasdan, aholini asosiy turdagi qishloq xo„jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta‟minlash, ushbu mahsulotlarni eksport
qilishni kengaytirish, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.”1. Barcha turdagi qishloq xo‟jalik mahsulotlarni ishlab chiqarishda respublika iqtisodiyotida band bo‟lgan mehnat resurslarining 31 foizga yaqini qatnashgan. Lekin Respublika qishloqlarida jami aholining uchdan ikki qismi yashaydi. Ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar 26 mln. gektarga yaqin qishloq xo‟jalik yerlaridan olingan, shundan 3695,7 ming gektari ekinzor. Mamlakat dehqonchiligi sug‟orishga asoslanganligi uchun katta miqdordagi suv resurslarini talab yetadi. Lekin bu talab ichki suv resurslari bilan atigi 40 foizgagina qondirilmoqda. Bunday hol Amudaryo hamda Sirdaryo xavzalaridan katta miqdordagi suv resurslarini jalb etishni talab yetadi. Hozirgi davrda qishloq xo‟jaligida 42-46 mlrd m3 suv resurslaridan foydalanilmoqda. Tabiatda yer va suv resurslari cheklangan, ular takror ishlab chiqarilmaydigan resurslar hisoblanadi. Shuning uchun ularning har bir gektaridan, m3 dan tadbirkorlik bilan fan-texnika yutuqlarini joriy etib, yil davomida to‟liq va samarali foydalanish lozim. Qishloq xo‟jalik mahsulotlarini etishtirishda sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan ko‟plab qishloq xo‟jalik texnikalari, kimyoviy vositalar, yoqilg‟i, yonilg‟i, yog‟lovchi materiallar va boshqa vositalardan foydalanilmoqda. Masalan, tarmoqda 78,9 mingga yaqin turli xildagi traktorlar, 22,7 mingtadan ko‟proq yuk tashish mashinalari, 4,4 mingtaga yaqin g‟alla yig‟ishtiradigan, bir mingtaga yaqin paxta teradigan kambayinlar, ko‟plab boshqa texnikalardan foydalanilgan. Tarmoq miqyosida yerlarning unumdorligini, ekinlarning esa hosildorligini oshirish maqsadida 332,7 ming tonna mineral o‟g‟itlardan foydalanilgan. Qishloq xo‟jaligida ishlab chiqilayotgan mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarilishi natijasida O‟zbekistonning mavqei oshib bormoqda. Shuning bilan birgalikda O‟zbekiston jahon bozoriga nihoyatda sifatli bo‟lgan qorako‟l terisini, pillasini, sabzavot, poliz va bog‟dorchilik mahsulotlarini olib chiqib sotmoqda. Lekin Respublikaning bu boradagi salohiyatidan to‟liq foydalanilayotgani yo‟q. Uni ijobiy hal etish uchun tarmoqda etishtirilayotgan qishloq xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlab, jahon bozoriga tayyor mahsulotlarni chiqarish lozim. Bu borada so‟ngi yillarda chet el investitsiyalarini jalb etib katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ularni kelajakda jadal sur‟atlar bilan rivojlantirish siyosiy, iqtisodiy hamda ijtimoiy jihatdan maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda mamlakat aholisining qishloq xo‟jalik mahsulotlari bilan ta‟minlash darajasi yil sayin ortib bormoqda. respublika aholisining jon boshiga 160 kg.ga yaqin un mahsulotlari, 135 kg paxta xom ashyosi, 127 kg sabzavot mahsulotlari, 34 kg dan ko‟proq kartoshka, 38 kg. go‟sht, 164 kg sut hamda 72 donaga yaqin tuxum ishlab chiqarilgan. Demak, mamlakatda aholining unga va un mahsulotlariga bo‟lgan talabi qondirilgan. Kelajakda uning sifatini yaxshilashga alohida e‟tibor berish talab etiladi. Lekin boshqa mahsulotlar bo‟yicha xalqimizning medisina me‟yorlari bo‟yicha talabi to‟liq qondirilganicha yo‟q. Bunday xol O‟zbekistonda qishloq xo‟jaligini yanada jadal sur‟atlar bilan rivojlantirilishini taqozo yetadi. So‟ngi o‟n yillarda bu borada muayyan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, mamlakat qishloq xo‟jaligida erkin bozor iqtisodi talablariga mos iqtisodiy munosabatlarni shakllantirish imkoniyatini beradigan, huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy hamda ijtimoiy islohotlar bosqichma-bosqich qat‟iy ishonch bilan amalga oshirilishini ta‟minlab beradigan tadbirlar ishlab chiqilib, izchillik bilan hayotga joriy etilmoqda. Masalan, yer fuqarolarga umurbod meros qoldirish huquqi bilan bepul berilmoqda, fermer xo‟jaliklariga esa 30 yildan 50 yilgacha bo‟lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilmoqda. Qishloqda mulk islohoti natijasida mulkdorlar sinfi barqaror ravishda shakllanib, rivojlanmoqda. Barcha paxta, g‟alladan tashqari boshqa mahsulotlarni etishtirib, ularni sotishda erkinlik berildi. Tadbirkorlarga ishlab chiqarishini rivojlantirish uchun turli xildagi imtiyozli kreditlar berilgan. Lekin amalga oshirilayotgan tadbirlar o‟sib borayotgan talabni to‟liq qondira olmaydi. Shuning uchun qishloq xo‟jaligida amalga oshirilayotgan barcha turdagi islohotlarni erkinlashtirish, ularni yanada chuqurlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu kelajakda qishloq xo‟jaligining yuqori sur‟atlarda rivojlanishini ta‟minlab, uning ahamiyatini oshirib, respublika iqtisodiyotining yuksalishini ta‟minlaydi.
2. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining predmeti va vazifalari.
Yaxshi darajadagi boshqaruv istalgan tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatida hal qiluvchi omil sanaladi. Fermer xo‟jaliklari va dehqon xo‟jaliklari ham bundan mustasno emaslar. Muvaffaqiyatga erishishda fermer xo‟jaliklari va dehqon xo‟jaliklari boshqaruvchilari avval boshqaruvda ishlagan o‟z ota-onalariga nisbatan ko‟proq boshqaruv qobiliyatini shakllantirishlari va ko‟proq boshqaruv qarori Qabul qilish bo‟yicha vaqt sarflashlariga to‟g‟ri keladi2. Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar faoliyatini tasavvurga sig‟dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga bog‟liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada egallanganligi bilan o‟lchanadi. Shu nuqtai nazardan menejment so‟zi bizning hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog‟liq kirib kelgan so‟zlar qatoridan joy oldi. Menejment inglizcha («management») so‟z bo‟lib, u o‟zbek tilida - boshqarishni idora qilish, tashkil etish, rahbarlik qilish ma‟nolarini anglatadi. Bozor iqtisodiyotida korxonalarni boshqarish shakli hisoblanadi. Menejment inson hayotidagi iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni ishbilarmonlik asosida tashkil etish hamda boshqarishni bildiradi. Inglizcha «menejment» so‟zi, boshqaruv degan ma‟noni anglatsa-da, dastlab asov otlarni tushovlash ma‟nosini bildirgan. Keyinchalik bu atama ikki gildirakli aravaga nisbatan qo‟llanila boshlangan. Bugungi kunda esa gap odamlarni, jamoalarini boshqarish xususida boryapti. Bu o‟rinda odamlar mehnati, xohish irodasidan foydalanib mo‟ljaldagi maqsadlarga erishish tushuniladi. Lekin menejmentni faqat odamlarni boshqarish jarayoni deb tushunmaslik kerak. Ingliz tilida «Menejment» so‟zining ma‟nosi nihoyatda murakkab. Ingliz tilining fundamental Oksford lug‟atida bu so‟zning quyidagi talqinlarini uchratish mumkin: 1. odamlar bilan muomala qilish usuli, tarzi; 2. xokimiyat va boshqaruv san‟ati; 3. ishbilarmonlikning o‟ziga xos turi; 4. ma‟muriy vazifa. Shunday qilib, «Menejment» atamasi quyidagi ma‟nolarni anglatadi: • boshqaruv; • inson organidagi bilimlar sohasi: • boshqaruvni amalga oshirganlarning ijtimoiy qatlami. Menejment - bu professional faoliyatning mustaqil ko‟rinishi bo‟lib, bozor sharoitida firmaning ixtiyoriy xo‟jalik faoliyati natijasida moddiy va mehnat resurslardan unumli foydalanib mo'ljallangan maqsadga erishishdir. Bu maqsadga menejment iqtisodiy mexanizmining prinsiplari va usullari asosida erishiladi. Menejment deganda, bozor sharoitida bozor iqtisodiyotini boshqarish tushuniladi, ya‟ni: - firmani bozorning talabi va ehtiyojiga, aniq talabgorlarning ehtiyojiga yo'naltirish va shu asosda firmaga mo‟ljallanayotgan foydani keltiradigan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish; - optimal natijalarga erishgan holda minimal harajatlar bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doim intilish; - xo‟jalik faoliyatining mustaqilligi; - bozor holatini e‟tiborga olgan holda maqsad va rejalarni doimiy takomillashtirish; - bozorda, almashish jarayonida firmaning yoki uning xo‟jalik faoliyati mustaqil bo‟lgan bo‟lim va qismlarning yakuniy natijasi namoyon bo‟ladi; - asoslangan va optimal qarorlarni qabul qilishda ko‟p variantli hisob - kitoblarni amalga oshirish uchun hozirgi zamon ma‟lumotlar bazasi va kompyuterlardan keng foydalanish. Boshqarish so‟zi keng ma‟noda ishlatiladi, masalan: davlatni boshqarish, mashinani boshqarish, biron bir biologik jarayonni boshqarish va hokazo. Menejment so‟zi esa asosan firma darajasida bozor sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda ishlatiladi. Menejment har hil mustaqillikga ega bo‟lgan ishlovchilarni o‟z ichiga birlashtiradi, ya‟ni muhandislarni, loyihachilarni, iqtisodchilarni, statistlarni, psixologlarni, buxgalterlarni. Ana shularni hammasining faoliyatini menejer boshqaradi. Menejer ishlayotgan firmaning kapitaliga mulkdorlikdan erkin, demak u firmaning aksiyasiga ega bo‟lishi yoki ega bo‟lmasligi mumkin. Menejmentning ta‟rifini berganda firmaning xo‟jalik faoliyati quyidagilarda namoyon bo‟ladi: - iqtisodiyotning ixtiyoriy tarmog‟ida, ya‟ni sanoat korxonalarida, bankda, transportda va h.k. - firmaning ixtiyoriy faoliyat doirasida, ya‟ni ishlab chiqarishda, ilmiy izlanishda, moliyada, ta‟minotda va h.k. Firma xo‟jalik faoliyatining maqsadi ishlab chiqarish jarayonini kerakli bo‟lgan hamma resurslar bilan ta‟minlash va texnik davrni (siklni) tashkillashtirishdir, bu degani ilmiy izlanishlar natijalarini ishlab chiqarishga tadbik qilish, ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va takomillashtirish, mahsulotning sifat darajasini ko‟tarish, tijorat ishlarini amalga oshirish, tovar harakati amallarini bajarish, har hil hisob-kitoblarni amalga oshirish, ishlab chiqarish jarayonini moddiy texnik ta‟minlash, moliya resurslari bilan ta‟minlash va boshqalar. Menejmentning asosiy masalalaridan biri - firmaning maqsadlarini yaqin yoki uzoq kelajakga, ya‟ni istiqbolga mo‟ljallash. Buning uchun firmaning imkoniyatini baholash va resurslar bilan ta‟minlanganligini bilish zarur. Moddiy va mehnat resurslaridan rasional foydalanish natijasida minimal harajat va maksimal samaradorlik bilan boshqarish jarayonida o‟zaro hamkorlik qilayotgan kishilar yoki guruhlar maqsadga erishishi mumkin. Xo‟jalik faoliyati jarayonida paydo bo‟ladigan ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, ijtimoiy-psixologik masalalarni yechish uchun menejment o‟zining xususiy iqtisodiy mexanizmiga ega. Menejmentning ana shu iqtisodiy mexanizmi 3 qismdan iborat: - firma ichidagi boshqarish; - ishlab chiqarishni boshqarish; - xodimlarni boshqarish. Iqtisodiyotni boshqarish - bu muayyan doirada tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va firmalarni boshqarish tushuniladiki, bunda mehnat jamoasi, personal (xodimlar) va ishchilarni boshqarish o‟ziga xos muhimlikni bildiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning ana shunday muhim qismi menejment sohasi bilan bog‟liq. Menejment barcha turdagi resurslarni (ya‟ni tabiiy, mehnat, moliyaviy va hokazo.) samarali biriktib, foyda olishni bilish, uni ko‟paytirish bilan bog‟liq soha bo‟lganligi tufayli uchta jihat bo‟yicha to‟g‟ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilinishini talab etadi Xarajat - bu mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko‟rsatish, tovarni sotish va xodimlarga to‟lash uchun sarflanadigan mablag‟lardir. Uning tarkibiga: -mahsulot (yoki xizmat) tannarxi, -ma‟muriy xarajatlar, -ijara va foiz to‟lovlari, -ish haqi, -soliqlar kiradi. Naf - bu mahsulot yoki xizmatlarning iste‟molchilarga qanchalik darajada ijobiy natija keltirishidir. Haridornig harid qilish aniqligi tovarning naflilik darajasining qanchalik yuqoriligidan kelib chiqadi. Baho - bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita asosiy vazifani bajaradi: -resurslar iste‟molini cheklash imkonini beradi; -ishlab chiqarish uchun turtki bo‟lib xizmat qiladi. Foydaga ta‟sir etuvchi bu uch omilning mohiyatini tushungan boshqaruvchigina tanlovni to‟g‟ri amalga oshirishi va ishchan qarorni qabul qila olishi mumkin. Menejer xarajatlarni minimallashtirishga, mahsulotning naflilik darajasini belgilash bilan birga uning bahosini to‟g‟ri belgilashi lozim.
3. qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti va menejmenti fanining predmeti tadqiqot qilish o’rganish usullari.
Qishloq xo'jaligida mulk shakllarini quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin: - xususiy mulk egaligi (dehqon xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari mulki); - jamoa (shirkat) mulki (qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) mulki); - davlat mulki (davlat xo'jaliklariga, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalariga foydalanishga berilgan davlat mulki); - aralash mulk (qo'shma korxonalar mulki). Xususiy mulk egaligi o'z manfaatlari yo'lida biznesni mustaqil tashkil etish imkonini beradi. Uning afzalliklari quyidagilarda ko'rinadi: - xususiy mulk egaligiga asoslangan tadbirkorlikni tashkil etish nisbatan oson kechadi, ya‟ni ularni davlat ro'yxatidan o'tkazish va hisobga qo'yish hamda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi yengil; - xususiy mulk egasi o'z biznesiga o'zi xo'jayin va mustaqil xo'jaligi yuritish hamda qarorlar qabul qilish imkoniyatiga ega; - xususiy mulk egasi o'z mulkidan oqilona va samarali foydalanadi, uni asrab-avaylaydi. Ammo shu bilan birga uning nuqsonlari ham mavjud: - ko'p holatlarda xususiy korxonaning keyinchalik o'z biznesini kengaytirish va ko'proq daromad topish imkoniyatlari moliyaviy jihatdan cheklangan bo'ladi; - moliyaviy resurslarning cheklanganligi sababli tijorat banklari va boshqa moliyaviy muassasalar ko'p holatlarda xususiy tadbirkorlar bilan hamkorlik qilishga moyil bo'lmaydilar; - xususiy mulk egasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq barcha vazifalarni (xodimlarni yollash va boshqarish, moddiy ta‟minot, mahsulotni sotish, ishlab chiqarishning texnologik jarayonlarini tashkil etish, mablag'larni jalb etish, buxgalteriya hisobi va hisobot shakllarini yuritish va boshqa.) bir o'zi bajarishiga to'g'ri kelishi uning ko'p vaqtini band etadi; - xususiy tadbirkorlik sub‟yekti cheklanmagan javobgarlikka ega bo'ladi, ya‟ni noto'lovlar vujudga kelganda kreditorlar uning shaxsiy mulkiga ham da‟vo qo'zg'atishi mumkin. Xususiy mulkka asoslanib faoliyat ko'rsatuvchi korxonalar sirasiga dehqon va fermer xo'jaliklari kiradi. Jamoa mulki (hamkorlik) biznesni tashkil etishning xususiy tadbirkorlikka nisbatan mukammalroq shakli hisoblanadi. Hamkorlikda ikki yoki undan ortiq sheriklar korxona tashkil etish va uni birgalikda boshqarishga kelishib oladilar. Bunda ular korxonani ta‟sis etish jarayonida o'zlarining moliyaviy mablag'larini va ishbilarmonlik qobiliyatlarini ham birlashtiradilar. Shu bilan birga biznesni yuritish bilan bog'liq tadbirkorlik xatarlari hamda foyda yoki zararlarni o'zaro taqsimlaydilar. Korxonaning ustav kapitalida ishtirok etishiga ko'ra, hamkorlar turlicha mavqega ega bo'ladilar. Jamoa (shirkat) mulkiga asoslanib faoliyat ko'rsatuvchi korxonalar sirasiga qishloq xo'jaligi kooperativlari (shirkat xo'jaliklari) kiradi. Qishloq xo'jaligida davlat mulkidan foydalanib xo'jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi davlat korxonalari ham mavjud. Ular asosan urug' chilik-seleksiya, naslchilik va boshqa tajriba-sinov davlat xo'jaliklari, ilmiyishlab chiqarish birlashmalari shaklida faoliyat ko'rsatadi. O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga ko'ra, qishloq xo'jaligida tadbirkorlik faoliyati bilan jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida shug'ullanish mumkin. O'zbekiston Respublikasining “Fuqarolik Kodeksi”ga muvofiq fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda respublikamizning fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Fuqaro (jismoniy shaxs) yakka tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishga haqlidir. “Fuqarolik Kodyeksi”ning 39-moddasiga muvofiq: “O'z mulkida, xo'jaligi yuritishida yoki opyerativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo'lgan hamda o'z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob byeradigan, o'z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo'la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‟vogar va javobgar bo'la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi”. Ammo, yuridik shaxslarning faqatgina foyda olishni o'z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan turlari, ya‟ni tijoratchi tashkilotlar tadbirkorlik sub‟yektlari hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda qishloq xo'jaligida faoliyat olib borayotgan yakka tadbirkorlar va dehqon xo'jaliklarining yuridik shaxs sifatida davlat ro'yxatidan o'tmagan ko'pchilik qismi jismoniy shaxs maqomida faoliyat olib boradi. Davlat ro'yxatidan o'tgan dehqon xo'jaliklari, fermer xo'jaliklari, qishloq xo'jaligi koopyerativlari (shirkat xo'jaliklari), davlat xo'jaliklari va boshqa korxonalar yuridik shaxs maqomida faoliyat olib boradi. Qishloq xo'jaligi korxonalarida band bo'lgan xodimlarning o'rtacha yillik soniga ko'ra ularni kichik tadbirkorlik sub‟yektlari va yirik korxonalarga bo'lish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003yil 30-avgustdagi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9- apreldagi xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni yanada rag'batlantirish chora- tadbirlari to'g'risidagi Farmoniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida”gi PF-3305-sonli Farmoniga muvofiq 2004-yilning 1-yanvaridan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishda: - dehqon xo'jaliklari - yakka tadbirkorlik sifatida; - band bo'lgan xodimlarning o'rtacha yillik soni 20 kishidan oshmagan fermer xo'jaliklari - mikrofirmalar sifatida; - band bo'lgan xodimlarning o'rtacha yillik soni 50 kishidan oshmagan fermer xo'jaliklari - kichik korxonalar sifatida kichik tadbirkorlik (biznes) sub‟yektlari toifasiga kiritildi. O'zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga oid keng miqyosdagi davlat dasturlari amalga oshirilayotganligi tufayli, dehqon va fermer xo'jaliklari ham kichik tadbirkorlik sub‟yektlari sifatida bir qator iqtisodiy va huquqiy imtiyozlarga egadirlar. Qishloq xo‟jaligi korxonalarini boshqarish shakllari va usullarini belgilovchi quyidaga asosiy qoidalarga ahamiyat qaratish lozim: 1. Boshqarishning ilmiyligi. Hozirgi zamon sharoitida boshqarishning ilmiylik qoidasi tobora ko‟proq axamiyat kasb etib kelmoqda. Bu qoidani amalga oshirish ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini tobora to‟laroq bilib borishni va ulardan xo‟jalik yuritish amaliyotida borgan sari to‟laroq foydalanishni taqozo etadi. Ilmiy asosda boshqarish qoidasini amalga oshirish quyidagi shartlarning bajarilishini talab qiladi: a) ishlab chiqarishni boshqarishning ilmiy negizlarini butun choralar bilan rivojlantirish va uning turli muammolarini ishlab chiqaruvchi mahsus ilmiy-tadqiqot institutlarini barpo qilish; b) ishlab chiqarishni boshqarishning eng yaxshi va ilg‟or tajribalarini umumlashtirish va bilish. 2. Siyosiy va xo‟jalik rahbarligining birligi. Bu qoida iqtisodiyotga siyosat bilan chambarchas bog‟liq holda qarashga asoslanadi va o‟z ichiga quyidagilarni oladi: a) umumiy xo‟jalik vazifalari bilan iqtisodiy vazifalarni hal etishga siyosiy yondoshuvni; b) xalq xo‟jaligi, mexnat jamoalarini eng maqbul tarzda birga qo‟shishni ta‟minlash uchun ommani siyosiy tarbiyalash usullaridan foydalanishni; d) korxonalarni o‟zlarining aniq vazifalarini bajarishda umumdavlat maqsadlariga yo‟naltirishni. Agar bu qoida buzilsa, maqsad birligi yo‟qoladi va xo‟jalikka rahbarlik uslubi samarasiz bo‟lib qoladi. Bu esa faqat xo‟jaliklar manfaatiga emas, balki davlat manfaatlariga ham zarar keltiradi. 3. Tarmoq va hududlar bo‟yicha boshqarishni bog‟lab olib borish. Mehnatning tarmoqlararo va hududiy bo‟linishi ishlab chiqarishni tashkil qilish shakllaridan biridir. Har bir korxona bir tomondan muayyan tarmoqning tarkibiy qismi bo‟lsa, ikkinchi tomondan, biror ishlab chiqarish, hududiy teretorial majmuaning tumannning tarkibiy qismidir. Bu hol xo‟jaliklarga rahbarlik qilishda tarmoq va hudad bo‟yicha boshqarish qoidasini bog‟lab olib borishni va tarmok boshqaruvi bilan hududiy boshqaruv o‟rtasida umumiy boshqaruv vazifalarini to‟g‟ri taqsimlashni talab qiladi. 4. Boshqaruvni demokratiyalash qoidasi. Respublikamiz qishloq xo‟jaligi yuzlarcha, minglarcha kishilarning maslahatlashib va o‟zaro fikr almashib qilinadigan ishlarini yo‟lga solib turadigan bir majmuadan iborat bo‟lmog‟i lozim. Shu bilan birga boshqarishni demokratlashtirish mehnatkashlarni ishlab chiqarish boshqarishga keng ko‟lamda jalb qilish uchun yetarli imkoniyat yaratib beradi. Boshqaruv faoliyatida mehnatkashlarning bevosita qatnashishi partiya va kasaba uyushma tashkilotlari orqali amalga oshiriladi. Bunday tashkilot vakillari boshqaruv ishining ko‟pgina bosqichlarida qatnashadilar va tarmoq taraqqiyotida o‟z ulushlarini qo‟shadilar. 5. Rejalilik. Bu rejalashtirish vazifasining muhimligini va uni boshqarishning markaziy bo‟g‟iniga aylanishini belgilaydi. 6. Boshqaruvning yakka hokimlik qoidasi. Bunda xo‟jaliklar boshqaruvi yuqori organlar tomonidan tayinlangan ishonchli shaxs orqali bajariladi. Bu shaxsga korxonaning mol-mulki, pul vositalari, a‟zolar manfaati uchun ishchi mehnat xodimlari ishonib topshiriladi. Yakka hokimlik ishlab chikarishni boshqarilishida jiddiy tartib va mehnat intizomini ta‟minlaydi. Qishloq xo‟jaligi korxonalarining quyidagi o‟ziga xos xususiyatlari mavjud: 1. Tarmoqda yer-suv resurslari, o‟simlik va hayvonot dunyosi, tirik organizmlar va biologik mehnat vositalaridan foydalaniladi. Bunday sharoitda boshqarishning progressiv shakllarini amlaga oshirish talab qilinadi. Tarmoqda bosh ishlab chiqarish yer resurslari bilan bog‟liq. Mamlakatimizda yer bilan bog‟liq qonunchilik mavjud. Boshqaruvda bu qonunchilikdan chiqib ketmaslik talab etiladi. 3. Mahsulot ishlab chiqarish biologik davr bilan bog‟liq. 4. Ishlab chiqarishning tabiiy-iqlim sharoitiga ham bog‟liqligini hisobga olish kerak. 5. Tarmoqda ish vaqti bilan ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligi. 6. Tarmoq va hududlar bo‟yicha boshqaruvga rioya etish. Yuqorida keltirilgan qoidalar va xususiyatlardan kelib chiqqan holda, qishloq xo‟jaligi korxonalari boshqaruvchilari yakkaboshchilik asosida o‟zlari tuzgan boshkaruv tuzilmasi asosida boshqaruvni amalga oshiradilar. Fermer xo‟jaliklari, dehqon xo‟jaliklari va shu kabi kichik biznes sub‟yektlari o‟z faoliyatida muvaffaqiyat qozonishi va yashab ketishi uchun boshqaruvni talab etadi3. Qishloq xo‟jaligida menejment amaliy fanlar sirasiga kirib, nazariy fanlardan farqli ravishda doimiy o‟zgarmas ravishda bo‟lmagan o‟tmish, bugun va kelajak haqidagi o‟zgarishlarni muttasil hisobga olgan holda o‟rganib boradigan fan hisoblanadi. Har bir fanni o‟rganish chog‟ida aynan nimalarni o‟rganayotganimizni aniq bilish uchun fan ob‟yekti va predmetini bilmog‟imiz lozim. Fan ob‟yekti va sub‟yektini bilishdan oldin bu tushunchalarni nimani anglatishini qarab chiqsak. Adabiyotlarda ob‟yekt va predmet terminlariga aniq qilib ta‟rif berilganligini ko‟ramiz. Ob‟yekt - muammo vujudga kelgan va izlanish uchun tanlangan jarayon yoki qarash bo‟lsa, predmet - ob‟yekt chegarasida joylashgan barcha vositalar. Soddaroq qilib tushuntiradigan bo‟lsak, firma miqyosida obe‟kt firma binosi bo‟ladigan bo‟lsa, predmet bino ichidagi buyumlar hisoblanadi. Shahar miqyosida ob‟yekt - shahar bo‟ladigan bo‟lsa, predmet - shahardagi korxonalar (ofislar) hisoblanadi. Qishloq xo‟jaligida menejmentning predmeti qishloq xo‟jaligi korxonalarida amalga oshiriladigan boshqaruv jarayonlarining yig‟indisi hisoblanadi. Boshqacha aytganda, qishloq xo‟jaligida menejmentning predmeti ushbu tarmoqqa kiruvchi korxonalarning tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish, iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish borasidagi tadbirlarda menejment xizmatining amaliy hosil qiluvchi kuch ekanligini o‟rganishdan iborat. Qishloq xo‟jaligida menejment ilmiy o‟rganish va tahlil qilishning o‟z uslublari mavjud bo‟lib, ular hammasi yigindisi bitta uslubiyatga jamlanadi. Uslubiyat - jarayon va qarashlarni o‟rganish uslublari hisoblanadi. Uslubiyat asosiy masalani, ya‟ni qaysi ilmiy usul bilan u yoki bu tizimning haqiqiy faoliyatiga va uning kelajakdagi rivojiga baho bera olishga yordam beradi. Uslubiyatni bir necha asosiy yo‟nalishlarga bo‟lish mumkin: Sub‟yektiv yo‟nalish, bunda xo‟jalik yurituvchi sub‟yekt bir necha variantlarning ichidan tanlab olinadi; Emprik yo‟nalish, bunda bilim faqat tajriba natijasida olinadi, faqatgina kuzatish asosiy rol o‟ynaydi, ma‟lumotlar tahlil xam qilinmaydi, o‟zaro aloqadorlikda ko‟rib ham chikilmaydi; Pasionalistik yo‟nalish, bu yo‟nalish ishlab chiqarish va taqsimotni ko‟proq ishonchliroq tartibda solishga yordam beradigan qonunlar ochishni ustun qo‟yadi; Dialektik - materialistik yo‟nalish, bu yo‟nalish ko‟proq ilmiy xisoblanadi, chunki bu yo‟nalishda ob‟yektiv tahlil amalga oshiriladi, xaqiqatda mavjud karashlar va ularning rivojlanishi tavsiflanadi. Dialektik yo‟nalishning mohiyati, barcha jarayonlar va qarashlar doimo vujudga keladi, rivojlanadi va yo‟qoladi, ya‟ni hamma vaqt harakatda bo‟ladi. Qishloq xo‟jaligida menejmentda bir qancha uslublardan foydalaniladi: Kuzatish uslubi, bu uslub yordamida boshqaruvchi ob‟yekt to‟g‟risidagi barcha ma‟lumotlar rejali va ilmiy asosda kuzatilayotgan ob‟yektning faoliyatiga aralashmagan holda to‟planadi; Eksperimental tajriba uslubi, bu uslubda amalda qo‟llanilish mumkin bo‟lgan iqtisodiy jarayonlar dastlab ma‟lum bir hududlarda va xo‟jaliklarda namunaviy tajribadan o‟tkaziladi. Tajriba yakunlari bo‟yicha tegishli qo‟shimcha va o‟zgartirishlar kiritilib, tajriba ishlab chiqarishga joriy qilinadi. Masalan, shirkat xo‟jaliklari zarar ko‟rib ishlayotgan tumanlarda bu xo‟jaliklarni fermer xo‟jaliklariga aylantirib borish. Iqtisodiy matematik modellashtirish, ushbu usul yordamida optimal qarorlar qabul qilish maqsadida iqtisodiy jarayonlarning dinamikasi, bu bo‟yicha kerakli grafiklar va chizmalar tayyorlanib olinadi. Ushbu uslubning elektron hisoblash mashinalarida ham dasturlari yaratilgan. Ular jumlasiga, PER (paket ekonomicheskix raschyotov - iqtisodiy hisoblashlar paketi), XA, Excel- Solver, vorl_ru dasturlarini kiritish mumkin. Sosiologik kuzatuv usuli. Bunda boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida turli anketalar, so‟rovlar, suhbatlar, testlar va infratuzilmaviy tahlillar o‟tkaziladi. Integrasion. Vaziyatli yondoshuv. Qishloq xo‟jaligida menejment quyidagi funksiyalarni o‟z ob‟yektini o‟rganishda joriy qiladi: - Rejalashtirish; - Tashkil etish; - Aloqa funksiyasi; - Muvofiqlashtirish va tartibga solish; - Nazorat. Amalga oshirilgan o‟zgarishlar natijasida O‟zbekiston Respublikasida bir necha o‟zaro bog‟liq darajalardan tashkil topgan davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi yaratildi. Birinchi daraja - O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi. Ikkinchi daraja - vazirliklar va idoralar, avvalo: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat statistika qo‟mitasi, Davlat mulki qo‟mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qishloq va suv xo‟jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Kommunal xizmat ko‟rsatish agentligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‟mitasi, Qurilish va arxitektura bo‟yicha qo‟mita o‟zlarining hududiy bo‟linmalari orqali hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish muammolarini hal qilishda ishtirok etishadi. Uchinchi bo‟g‟in - mahalliy davlat hokimiyati organlari: □ viloyat, shahar va tuman hokimliklari (mahalliy ma‟muriyat) viloyat, shahar va tuman halq deputatlari kengashi □ (mahalliy kengashlar) hududiy boshqarmalar va vazirliklar bo‟linmalari. Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy darajada ijroiya hokimiyati negiziga aylandi va o‟tish davrida ijtimoiy barqarorlikni saqlash va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‟l qo‟ymaslikni ta‟minlay oldi. Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarini isloh qilish natijasida hududlarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishida kuzatilgan muayyan ijobiy o‟zgarishlar mavjudligiga qaramay hokimliklar faoliyatida quyidagi salbiy omillar saqlanib kelmoqda: - bozor iqtisodiyotining samarali faoliyatiga to‟sqinlik qiluvchi ma‟muriy boshqaruv usullaridan foydalanish; - xo‟jalik yurituvchi sub‟yektlar, eng avvalo xususiy tadbirkorlar va fermerlar faoliyatiga faol aralashish; - markaziy va mahalliy hokimiyat organlari orasida qat‟iy bo‟ysunishning saqlanganligi. Ushbu omillar yig‟indisi ko‟p jihatdan hududlar rivojlanishida mavjud bo‟lgan salbiy tendensiyalarga asos bo‟ladi: 1. Tarkibiy o‟zgarishlar sust kechadi va kutilgan natijani bermaydi, bu esa hududlar iqtisodiy salohiyatidan to‟liq foydalanmaslikni keltirib chiqaradi. Sanoatning mavjud tarkibi hududlarni isloh qilish vazifalariga javob bermaydi hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma rivojlanishiga sust ta‟sir ko‟rsatadi. Asosiy sanoat-ishlab chiqarish salohiyati Toshkent shahri, Farg‟ona, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida jamlangan. 2. Sanoat ishlab chiqarishining hududiy tarkibida 1991-2016 yy.da sanoatning kon qazish sohasi ulushi ko‟paydi, qayta ishlash sohasi esa - kamaydi, bu esa hududlar iqtisodiyotining xom ashyo yetishtirishga yo‟naltirilganligidan dalolat beradi. Qazib chiqarishga yo‟naltirilgan sohalarning aksariyati (82,9%) Qashqadaryo (20,5%), Navoiy (39,2%) va Toshkent (23,2%) viloyatlarida jamlangan. Viloyatlarda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sohalarning solishtirma salmog‟i yuqori texnologiyalarga asoslangan, raqobatbardosh ishlab chiqarishlar rivojlanmaganligi tufayli pastligicha qolmoqda. 3. Mamlakatimiz va xorijiy sarmoyalarni joylashtirishda nomutanosibliklar saqlanib qolmoqda. Davlat kapital qo‟yilmalarining aksariyat qismi respublikaning shaharlashgan hududlariga yo‟naltirilmoqda. Sarmoyalarning umumiy hajmidan Toshkent shahriga 24,0% ga yaqini va 16,0 % - Qashqadaryo viloyatiga yo‟naltirilgan edi, ayni paytda Sirdaryo viloyatiga -1,5 %, Jizzax viloyatiga - 2,3 %, Namangan viloyatiga -3,8% sarmoyalar yo‟naltirilgan. Xorijiy sarmoyalarning ko‟p qismi Toshkent shahriga (41,5%), Qashqadaryo viloyatiga (9,8%), Andijon (9,7%), Navoiy(8,2%), Toshkent (5,9%) va Farg‟ona (5,7%) viloyatlariga yo‟naltirilgan. 4. Mahalliy byudjetlarni shakllantirishning moliyaviy bazasi darajasi pastligicha qolmoqda. Hududlarning moliyaviy ko‟rsatkichlari tahlili shuni ko‟rsatmoqdaki, dotasiya olayotgan hududlar soni qisqarmayapti. 5. Ko‟plab viloyatlar yetarlicha mineral-xom ashyo va yoqilg‟i-energetik salohiyatga ega, biroq amalda ulardan yetarli darajada oqilona foydalanilmayapti. Qoraqalpog‟iston Respublikasida mineral-xom ashyo resurslarining 65,5 % dan, Qashqadaryo viloyatida - 63,5% dan, Farg‟ona viloyatida - 62 % dan Namangan va Toshkent viloyatlarida - 54 % dan ortig‟idan, Surxandaryo va Navoiy viloyatlarida - 50 % dan foydalanilmayapti. 6. Barcha hududlarda ham qishloq xo‟jaligi salohiyatidan unumli foydalanilmayapti. Barcha viloyatlarda qishloq xo‟jaligi rentabelligi pasayib bormoqda; qishloq xo‟jaligi ekinlari hosildorligi va chorva hamda parrandalarning mahsuldorligi kamayib bormoqda. Bu esa sug‟oriladigan yerlar hosildorligi va meliorativ holatining yomonlashuvi, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi natijasida ro‟y bermoqda. Qishloq xo‟jaligi ishlab chiqarishi samaradorligining pasayishi mehnat unumdorligining hamda qishloq joylarida aholi jon boshiga nisbatan daromadning pasayishini keltirib chiqaradi. Barcha viloyatlarda ham fermer xo‟jaliklarini rivojlantirishga va bu orqali mulkdorlar sinfini kengaytirishga jiddiy e‟tibor qaratilmagan. 7. Hududlararo iqtisodiy integrasiya deyarli rivojlanmagan; resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan birgalikda foydalanish, ekologik tanglikni yumshatish, hududlararo ijtimoiy- iqtisodiy muammolarni hal etish bo‟yicha qo‟shma loyihalar va shartnomalar mavjud emas. Respublika va mahaliy hokimiyat organlari tomonidan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid samarali mexanizmlar shakllantirilmagan. Prognozlar va investision dasturlarni tuzishda hal qiluvchi rol sohaviy yondashuvga va idoraviy manfaatlarga qaratiladi. Soha va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda alohida hududlarning o‟ziga xos xususiyatlari to‟liq e‟tiborga olinmaydi. Jumladan, Namangan va Xorazm viloyatlari bo‟yicha avval ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan dasturlar, shuningdek Qoraqalpog‟iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kichik biznesni rivojlantirish bo‟yicha imtiyozli sharoitlarni yaratish dasturi kutilgan natijalarni bermadi. 9. Hududlar rivojlanishini markazlashgan holda tartibga solish darajasi yuqoriligicha qolmoqda, bu esa Mahalliy Hokimiyat organlari (MHO) ga to‟liq faollik ko‟rsatish, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni shakllantirish bo‟yicha qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etish imkonini bermaydi. O‟zbekistonda ma‟muriy islohotlar boshlangan bo‟lib, ular quyidagilarga yo‟naltirilgan: - davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash, sobiq ma‟muriy - buyruqbozlik tizimidan meros bo‟lib qolgan elementlarni va markazlashgan boshqaruv shakllarini bartaraf etish, boshqaruv tarkibi va tizimini tubdan o‟zgartirish; - taqsimlash tizimini tugallash va moddiy resurslarni realizasiya qilishning bozor mexanizmlariga o‟tish; - jamiyat va davlat o‟zaro hamkorligining yangi mexanizmlarini shakllantirish, davlat boshqaruvi oshkoraligi va ochiqligini ta‟minlash. Mavjud MHO tarkibi iyerarxik tusga ega bo‟lib, viloyat, shahar, tumandan tashkil topadi. Hokimliklar tarkibi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‟ra belgilanadigan namunaviy (standart) tuzilmalarga asoslangan. Unga ko‟ra viloyat, tuman va hakozolar hajmiga ko‟ra tasniflanadi hamda qarorning ilovasida har bir guruh bo‟yicha namunaviy tuzilmalar keltiriladi. Hokimiyatning hozir amal qiluvchi tarkibi va shtati O‟zR VM ning 2004 yil 5 yanvardagi “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tarkibini takomillashtirish to‟g‟risida”gi qaroriga ko‟ra belgilangan. Ushbu qarorga ko‟ra viloyat hokimligining tashkiliy tuzilmasi quyidagi bo‟linmalardan tashkil topadi: • Axborot-tahlil guruhi (ATG), 5-6 mutaxassisdan iborat, tashkiliy-nazorat guruhi (TNG), 3-4 mutaxassisdan iborat, huquq-tartibot organlari faoliyati, harbiy majburiyat va favqulodda vaziyatlar masalalari bo‟yicha guruh - 3-4 mutaxassisdan iborat, yurist va voyaga yetmagan yoshlar ishlari bo‟yicha komissiyaning mas‟ul kotibi (1 nafardan mutaxassis). Ushbu bo‟linmalarning barchasi bevosita viloyat hokimiga bo‟ysunadi; • Kapital qurilish, kommunikasiyalar, kommunal xo‟jalik va ko‟kalamzorlashtirish masalalari bo‟yicha kotibiyat (QKKXKMK), 4-5 mutaxassisdan iborat, unga hokimning birinchi o‟rinbosari rahbarlik qiladi; • Qishloq va suv xo‟jaligi masalalari bo‟yicha kotibiyat (QSXMK), 3-4 mutaxassisdan iborat, unga hokim o‟rinbosari rahbarlik qiladi; • Iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‟yicha kotibiyat (IITMK) (iqtisodiyot, ma‟orif, sog‟likni saqlash, madaniyat), 3-4 mutaxassisdan iborat, unga hokim o‟rinbosari rahbarlik qiladi; • Xotin-qizlar ishlari bo‟yicha kotibiyat, 2 mutaxassisdan iborat bo‟lib, unga hokim o‟rinbosari - viloyat xotin-qizlar qo‟mitasi raisi rahbarlik qiladi; • Qator hokimliklarda jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‟yicha kotibiyat tashkil etilmoqda, unda 1 nafar mutaxassis ishlaydi va u hokim o‟rinbosariga bo‟ysunadi. Sanab o‟tilgan bo‟linmalar bilan bir qatorda hokimlik qoshida viloyat miqyosida markaziy vazirliklar va idoralarning bo‟linmalari tashkil etilgan. • Iqtisodiy sohada - iqtisodiyot bosh boshqarmasi, moliya boshqarmasi, soliq boshqarmasi, markaziy bankning bosh boshqarmasi, mehnat va aholini muhofaza qilish bo‟yicha boshqarmasi, davlat mulk qo‟mitasining hududiy boshqarmasi, tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi, monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‟llab - quvvatlash hududiy boshqarmasi, iqtisodiy nochor korxonalarni boshqarish boshqarmasi; • Ijtimoiy sohada - sog‟liqni saqlash boshqarmasi, xalq ta‟limi boshqarmasi, o‟rta mahsus va kasb-hunar ta‟limi boshqarmasi, madaniyat ishlari boshqarmasi, viloyat kasaba uyushmalari federasiyasi, sport va jismoniy tarbiya ishlari qo‟mitasi; • Qishloq xo‟jaligida - qishloq va suv xo‟jaligi boshqarmasi, yer resurslari boshqarmasi, “Qishloqxo‟jalikkimyo” AJ ning hududiy bo‟limi, fermer va dehqon xo‟jaliklarining viloyat birlashmasi, viloyatning ochiq MTP aksionerlik jamiyati, “Paxtasanoatsotish”, “Donmahsulot” OAJ viloyat bo‟linmalari, o‟rmon xo‟jaligi boshqarmasi, tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi; • Qurilish va kommunikasiyalarda - viloyat injiniring kompaniyasi, “Gazta‟minot” korxonasi, kommunal xo‟jalik viloyat birlashmasi, “Issiqlik manbai” kompaniyasining viloyat boshqarmasi. Shu tariqa, O‟zbekistondagi mavjud MHO tizimi viloyat va tuman boshqarmalarining hokimlik va mavjud vazirlikka ikkiyoqlama bo‟ysunishi bilan ajralib turadi. Viloyat miqyosida xizmat ko‟rsatish bo‟yicha barcha davlat tashkilotlari (maktablar va kasalxonalar kabi) hokimlik qoshida tashkil etilgan. Hokimlik farmonlar va qarorlarga muvofiq tegishli davlat dasturlarining ijrosi uchun mas‟ul bo‟lgan markaziy organlarning tegishli hududiy bo‟linmalari orqali muassasalar va tashkilotlarni boshqaradi. Ushbu mas‟uliyat hokim o‟rinbosarlari orasida taqsimlangan bo‟lib, ularning har biri sektor ishini yoki xizmatlar majmuasini muvofiqlashtiradi. Sektorlar yoki boshqarmalar boshlig‟i hokim tomonidan tegishli vazirlik bilan kelishilgan holda tayinlanadi hamda HDK tomonidan tasdiqlanadi.
4. qishloq xo’jalik iqtisodi va menejmenti fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Menejmentning mazmunini iqtisodiyotni boshqarishning, boshqarish tizimlari va uni tuzishning tashkiliy shakllari, xo‟jalik mexanizmi va boshqaruv uslublari, boshqaruv texnika va texnologiyasining nazariy va
metodologik asoslarini o‟rganish tashkil etadi. Menejment boshqaruv faoliyatining umumiy qonuniyatlari va tamoyillari, boshqaruv tizimiga ta‟ sir usullarini shakllantiradi, boshqaruv apparatining aniq vaziyatlardagi xarakatlari va o‟zini tutish xollarini umumlashtiradi. Iqtisodiyotni boshqarishning nazariy va amaliy tomonlarini o‟rganadi. Boshqaruv nazariyasi boshqaruv faoliyatining qirralarini butun bir majmua ko‟rinishida, nazariy taxlil va mantiqiy uslub asosida boshqarishning asosiy qonuniyatlari va usullarini ajratib o‟rganadi. Menejmentning amaliy tomonlari quyidagi aniq vazifalarni hal etishga: iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‟tishiga, foyda olishga, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, aholi ijtimoiy ximoyasini kuchaytirishga, kishilar ma‟naviy darajalarini o‟stirish va boshqalarga qaratilgandir. Menejmentning bu amaliy qismi boshqaruv tamoyillarini o‟zini emas, balki ularni boshqaruv amaliyotida qo‟llash qobiliyati, ya‟ni ulardan aniq ko‟rinishlaridan aniq vaziyatda, foydalana olish qobiliyatini o‟rganadi. Uning boshqarish nazariyasidan farqi u iqtisodiyotni boshqarish amaliyotida qonuniyatlar, tamoyillari va uslublaridan foydalanish namunalarini ishlab chiqarishdadir. Menejmentning asosiy vazifasi jamiyat rivojlanishining ob‟yektiv qonunlari talablarini hisobga olgan holda va iqtisodiyotni boshqarish amaliyotini umumlashtirish asosida iqtisodiyotni samarali boshqarish uchun zarur bir maqsadga yo‟naltirilgan xarakatlar tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat. Menejment mazkur mutaxassislikka o‟tilayotgan barcha fanlar bilan aloqador. Yuqori malakali menejer bo‟lish uchun Oliy ta‟limda o‟tiladigan barcha fanlardan xabardor bo‟lish lozim.
5. O’tish davrida qishloq xo’jaligida davlat raxbarligi.
Қишлоқ хўжалиги республика халқ хўжалигининг энг муҳим ва йирик тармоғидир. Шунинг учун ҳам бу тармоқда ўтиш даврида бозор иқтисоди талабларига жавоб берадиган муносабатлар тизимини барпо этиш объектив зарурият ҳисобланади. Чунки маъмурий-буйруқбозлик асосида марказдан режали бошқарилган иқтисодиёт шароитидаги қишлоқ хўжалигидаги давлат якка ҳокимлиги (қанча майдонга қандай экинлар экилиши, қандай маҳсулотларни, қанча миқдорда ишлаб чиқариш зарурлиги, уларни қатъий белгиланган баҳоларда сотиб олиш, ишлаб чиқариш воситалари билан таъминлаш, даромадни тақсимлаш, мулкий муносабатларда ва бошқаларда) тармоқда бозор иқтисоди муносабатларини талаб даражасида шакллантириш имкониятини бермайди. Дарҳақиқат, бозор иқтисоди аввалги иқтисоддан тубдан, шаклан ва мазмунан фарқ қилади. Бозор иқтисодига ўтишда, шунингдек, бозор иқтисоди шароитида қишлоқ хўжалигида маълум муносабатларни қонунлар доирасида ҳал этишда давлатнинг раҳбарлиги бўлиши лозим. Лекин у қишлоқ хўжалигидаги корхоналарнинг тўлиқ эркинлиги билан боғлиқ ҳолда амалга оширилиши зарур. Қишлоқ хўжалигига давлат раҳбарлигини асосан давлат бош ислоҳотчи сифатида муттасил амалга ошириши мақсадга мувофиқдир.
Шунга асосланган ҳолда давлат қишлоқ хўжалигида бозор иқтисоди муносабатларини барпо этиш мақсадида ислоҳотлар мажмуасини ишлаб чиқди ва уларнинг ҳуқуқий асосларини ҳам яратмоқда. Бунга республика Олий Мажлиси томонидан қабул қилинган қуйидаги қонунлар, Президентнинг фармонлари ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг қарорлари яққол мисол бўлади:
Ўзбекистон Республикасининг:
- «Корхоналар тўғрисида»ги;
- «Мулк тўғрисида» ги;
- «Ижара тўғрисида» ги;
- «Тадбиркорлик тўғрисида» ги;
- «Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисида» ги;
- «Инвестициялар тўғрисида» ги;
- «Чет эл инвестициялари тўғрисида» ги;
- «Аҳолини иш билан таъминлаш тўғрисида» ги;
- «Ер кодекси»;
- «Сув ва сувдан фойдаланиш тўғрисида» ги;
- «Меҳнат кодекси»;
- «Қишлоқ хўжалик корхоналарини санация қилиш тўғрисида» ги;
- «Қишлоқ хўжалик кооперативлари (ширкатлар) тўғрисида» ги;
- «Фермер хўжалиги тўғрисида» ги;
- «Қишлоқ хўжалиги корхоналарини санация қилиш тўғрисида» ги;
қонунлари, Вазирлар Маҳкамасининг «Қишлоқ хўжалик маҳсулотлари контрактация шартномаларини тузиш ва бажариш тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш тўғрисида»ги қарори, Республика Президентининг «Иқтисодий ислоҳотларни янада чуқурлаштириш, хусусий мулк манфаатларини ҳимоя қилиш ва тадбиркорликни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги ва бошқа фармонлари шулар жумласидандир. Мамлакатимизда давлат раҳбарлигида қишлоқ хўжалигини молиялаштириш, кредитлаш ҳамда солиқлар тизимлари ишлаб чиқилиб, улар ҳаётга босқичма-босқич татбиқ қилинмоқда. Давлат, шунингдек, фан, техника, илғор ва самарали технологиялар тизимларини тармоқ миқёсида ишлаб чиқишга ҳам, қишлоқ аҳолисини ижтимоий-иқтисодий ҳимоя қилишга ҳам раҳбарликни амалга оширмоқда.
Қишлоқ хўжалигида давлатнинг бевосита раҳбарлигида аграр ислоҳотларнинг негизи ҳисобланган ер ва мулк ислоҳотлари амалга оширилмоқда, давлат ва жамоа хўжаликлари негизида шаклланган ва мазмунан янги жамоа, ширкат, фермер, деҳқон хўжаликлари, қўшма корхоналар ташкил этилмоқда. Қишлоқ хўжалигидаги давлат корхоналарига давлатнинг раҳбарлик кўлами нодавлат хўжаликларга нисбатан кўпроқ. Шу билан биргаликда ўтиш даврида давлат талабини эътиборга олган ҳолда жамоа ва ширкат, фермер хўжаликларига ҳам қанча пахта, ғалла ва шоли маҳсулотлари етиштириш давлат буюртмаси шаклида белгилаб берилмоқда. Бу ҳол кейинчалик камайиб, уни эркин бозор қонунлари асосида шартномалар бўйича амалга ошириш таъминланади. Демак, келажакда қишлоқ хўжалигига давлатнинг раҳбарлиги янада такомиллаштирилади. Бунинг учун давлатнинг узоқ муддатга мўлжалланган дастурлари ишлаб чиқилади. Уларда томонларнинг манфаатларига алоҳида эътибор бериш мақсадга мувофиқдир. Дарҳақиқат, ишлаб чиқаришнинг равнақини фақат манфаат таъминлайди. У моддий,маънавий ва бошқа шаклларда амалга оширилади.
Давлат бу тармоқ билан боғлиқ бўлган тармоқларни ҳам (хизмат кўрсатувчи, қайта ишловчи, сотувчи) ислоҳ қилишга алоҳида эътибор берди. Натижада бу тармоқлардаги давлат корхоналари давлат акциядорлик корхоналарига, ташкилотларига айлантирилди. Масалан, пахта заводлари, ун,нон, ёғ-мой, гўшт комбинатлари,консерва заводлари
Натижада шу тармоқларда бозор муносабатларини эркин амалга ошириш имкониятига эга бўлган турли шаклдаги мустақил корхоналар, бирлашмалар, уюшмалар ташкил этилди. Уларнинг серқиррали фаолиятларини самарали бошқаришни таъминлаш қобилиятига эга бўлган тармоқ ташкилотлари ҳам давлатнинг бевосита раҳбарлигида ташкил этилиб, такомиллаштирилмоқда. Чунончи, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги Мелиорация ва сув хўжалиги вазирлиги билан уйғунлаштирилиб, ягона Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлигига айлантирилди. Унга 2001 йилда Ўрмон хўжалиги давлат қўмитаси ҳам қўшилди.2003 йилда шу вазирлик таркибига «Ўзгўштсутсаноати», «Ўзпаррандасаноат» акционерлик тармоқлари ҳам қўшиб юборилди.Натижада бу йирик вазирликнинг мақсади ва вазифаси тубдан ўзгартирилди. У ҳозирги даврда қишлоқ, сув ҳамда ўрмон хўжаликларида иқтисодий ислоҳотларнинг самарали тизимларини ишлаб чиқиш ва уларни амалиётга татбиқ этиш билан шуғулланмоқда.
Шу билан биргаликда «Ўзпахтасаноатсотиш» уюшмаси, «Ўздонмаҳсулот» давлат-акциядорлик корпорацияси, «Ўзқишлоқхўжаликтаъ-миноттузатиш» давлат кооператив қўмитаси, «Ўзмевасабзавотузумсаноат» холдинг компанияси, «Ўзқишлоқхўжаликкимё» давлат акциядорлик жамияти, Ер ресурслари қўмитаси, «Ўзагромашсервис» уюшмаси, «Ўзагросуғурта» давлат акциядорлик компанияси, «Ўзқишлоқхўжаликлизинг» акционерлик компанияси, Ўзбекистон деҳқон ва фермер хўжаликлари уюшмаси ташкил этилди. Ислоҳотлар фақат тармоқларда янги вазирликлар, концернлар, компаниялар ташкил этишгагина эмас, балки қишлоқ хўжалиги ва у билан боғлиқ бўлган хўжаликлар ва тармоқларнинг бошқарув тизимини бозор иқтисоди талабларига мослаштиришга қаратилмоқда. Давлат раҳбарлигида амалга оширилаётган ислоҳотлар тармоққа ички ҳамда чет эл инвестицияларини жалб этиш учун қулай шароитлар яратмоқда. Булар пировард натижада қишлоқ хўжалигининг янада ривожланишини, самарадорлиги ошишини таъминлайди.
6. yer islohoti uning amalga oshirilishi
Ер ислоҳотини ривожлантириш мақсадида Ўзбекистон Республикасининг «Ер Кодекси»га Олий мажлиснинг 2004 йилнинг 28-29 августида бўлиб ўтган сессиясида талайгина ўзгартиришлар киритилди. Жумладан, қишлоқ хўжалик кооперативларига (ширкатларига) ҳамда бошқа корхона ташкилотларига қишлоқ хўжалик ишлаб чиқариш мақсадида ерлардан тўлиқ ва самарали фойдаланиш учун ижарага ёки доимий фойдаланишга ерларни қўшимча имконияти берилган. Қишлоқ хўжалик ерларини қишлоқ хўжалик ширкатларига маълум муддатга ижарага бериш бошқа ташкилотларга доимий фойдаланишга бериш ҳуқуқига туман ҳоҳоши ёки вилоят ҳокими эга. Бундай ҳолатни шакллантирилиши бизнингча, ер ислоҳотини соддалашти-ришга эмас, балки мураккаблаштиришга, ноаниқликка олиб келиши мумкин. Чунки эндиликда ширкат хўжаликларининг раҳбарлари туман ҳокимидан ташқари яна вилоят ҳокимининг ҳам розилигини олиши зарур. Бу вақт ҳамда маблағ сарфини ошишига олиб келади. Шунинг билан биргаликда туман ҳокимларининг ролини ҳам пасайишига олиб келади. Бундай ҳолни олдини олиш учун аввалги тартибни сақлаган ҳолда интизомий жавобгарликни ҳамда маъсулиятни кучайтириш лозим.
2004 йилнинг сентябр ойидан бошлаб фермер хўжаликларига ерни ижрага бериш 30 йилдан 50 йилгача бўлган муддат белгиланади. Шу давргача эса энг ками 10 йил деб белгиланган эди. Эндиликда шу давргача чўзилган ижара муддатлари автоматик равишда 30 йилга ўзгартирилди. Масалан, фермер ерни 10,15,25 йилга ижарага олган бўлса, 2004 йилнинг сентбр ойидан бошлаб, уларнинг муддати 30 йил деб тан олинади. Агарда 30, 65, 40, 50 йилга ижарага олинган бўлса, бу муддатлар сақланиб қолинади.
Қишлоқ хўжалик кооперативларида (ширкатларида) қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етиштириш учун умумий йиғилишнинг қарорига биноан оилага 5 йил муддатга пудратга берилади. Шу муддат тугагач, пудратчи белгиланган шартларни бузмаган бўлса, шу ерларни унга пудратга бериш янги муддатга узайтирилади.
Республикамиз қишлоқ хўжалигини барқарор ривожлантиришда ер-сув ресурсларининг аҳамияти беқиёс. Чунки улар ёрдамида мамлакатимиз ички ялпи маҳсулотининг тўртдан уч қисми, халқимиз истеъмол қилаётган маҳсулотларнинг 95 фоизи етиштирилмоқда. Шундай экан, улардан келажакда янада тўлиқроқ, самаралироқ фойдаланиш долзарб муаммо ҳисобланади. Уни ҳал этиш мақсадида республика ҳукумати томонидан сиёсий, ҳуқуқий, ташкилий, иқтисодий ҳамда ижтимоий аҳамиятга эга бўлган чора-тадбирлар амалга оширилмоқда. Чунончи, ер, сув, мулк тўғрисидаги қонунлар, кодекслар қабул қилинди. Уларда республикамизда ерларга, сувларга эгалик қилиш, улардан мақсадга мувофиқ ҳамда самарали фойдаланиш борасидаги муносабатлар тизими ва уларни амалга ошириш тартиби кўрсатилган. Ер-сув ресурсларига эгалик қилишнинг ҳуқуқий асоси Ўзбекистон Конституциясининг 55-моддасида «Ер…сув…умуммиллий бойликдир, улардан оқилона фойдаланиш зарур ва улар давлат муҳофазасидадир»1 деб алоҳида таъкидланган.
Республикамиз жами ер майдонига умуммиллий бойлик, давлат мулки сифатида эгалик қилиш ҳуқуқи Ўзбекистон Олий Кенгаши зиммасига юклатилган. Олий Кенгаш ўз ваколатидаги ер муносабатларининг айрим масалаларини халқ депутатлари қишлоқ, шаҳар, посёлка, туман ҳамда вилоят кенгашлари ва уларнинг ижроия қўмиталари зиммасига юклаган. Улар юқорида келтирилган қонун талабларидан келиб чиққан ҳолда ерларни улардан оқилона, самарали фойдаланиш мақсадида фойдаланувчиларга маълум муддатга ҳақ тўлаш эвазига фойдаланиш учун бермоқдалар. Демак, улар ер ислоҳотини амалга оширишга маъсулдирлар. Чунки улар ерларни самарали фойдаланиш учун ҳақиқий эгасига бериш билан боғлиқ бўлган масалаларни ҳал этадилар.
Сўнгги йилларда ерлар қонунда белгиланган тартибда қишлоқ хўжалик корхоналарига турли муддатларга фойдаланиш учун ҳақ тўлаш эвазига (ер солиғи) ижарага берилмоқда.
Шу билан биргаликда республика фуқароларига шахсий ёрдамчи хўжаликларини, жамоа боғдорчилигини, узумчилигини яратиш ҳамда якка тартибдаги уй-жой қурилиши ва уни ободонлаштириш учун мерос қилиб қолдириш шарти ва умрбод эгалик қилиш ҳуқуқи билан белгиланган миқдорда ер берилмоқда. Демак, шу қоидага мувофиқ ерни авлоддан-авлодга мерос қилиб қолдириш таъминланган. Яъни шу ерларга эгалик қилиш ҳамда улардан фойдаланиш ҳуқуқи фуқароларга умрбод берилган. Бу республикамиз ер ислоҳотидаги энг муҳим ютуқ ҳисобланади. Лекин фуқаролар қонунларда кўрсатилган шартларни бузсалар, уларнинг ерга меросхўр сифатида эгалик қилиш ҳуқуқи юқоридаги ташкилотлар томонидан бекор этилиши ҳам кўрсатилган. Ислоҳот натижасида республика қишлоқ ҳудудларида 2018 йилда 20 та туманда 156 минг гектар майдонда 15 та кластер ташкил қилинган бўлса, 2019 йилга келиб 86 та туманда 677 минг гектарда 77 та кластер, 2020 йилга келиб эса 112 та туманда 908 минг гектар майдонда 95 та кластерлар фаолият юритмоқда.
Кластерларда 2020-2021-йилларда қўшимча қиймат занжирининг I босқичи бўлган пахта тозалаш заводларида қиймати 251 млн. долларлик 28 та лойиҳа амалга оширилиб, 1178 минг тонна тола ишлаб чиқилади.
Занжирнинг II босқичи бўлган ип калава ишлаб чиқариш учун қиймати 727 миллион долларлик 43 та лойихани амалга ошириш натижасида 473 минг тонна ип калава ишлаб чиқарилади.
Занжирни III босқичи бўлган мато ишлаб чиқариш ва бўяш ишлари босқичида қиймати 172 млн.долларлик 26 та лойиха орқали қиймати 180 минг тонна мато ишлаб чиқилади.
Зажирнинг IV босқичи бўлган трикотаж (тикув) ишлари учун қиймати 313 млн.долларлик 22 лойиха орқали 396 минг енгил саноат маҳсулотлари ишлаб чиқилади. . Таъкидлаш керакки, ерларни юридик шахсларга узоқ муддат фойдаланиш учун ижарага бериш жараёнида маълум қийинчиликлар келиб чиқмоқда. Масалан, мустақил фаолият кўрсатиш ҳуқуқига эга бўлган фермер хўжаликлари фойдаланиш учун ер сўраб, ўзи жойлашган ҳудуддаги туман ҳокимлигига ҳамда хўжаликнинг раҳбарига ёзма равишда мурожаат этмоқдалар. Лекин бу масала айрим ҳолларда белгиланган 1 ой муддатда ҳал этилмаётир. Бунинг бир қанча сабаблари мавжуд. Дарҳол ер бериш учун туман халқ депутатлари ижроия қўмиталарининг ихтиёрида бўш ерлар йўқ. Демак, улар сўзсиз хўжалик раҳбарларига мурожаат этадилар. Хўжалик раҳбарлари эса ўз ихтиёрларидаги ерларни осонликча беришмайди. Чунки уларнинг зиммасида давлат буюртмалари бор, қолаверса, шу ерлардан маълум миқдорда фойда оладилар. Шундай экан, хўжаликлар ихтиёридаги ерларни мустақил фермер, деҳқон хўжаликларига олиб беришда юқорида кўрсатилган масалаларнинг ҳал этилишига алоҳида эътибор бериш зарур. Шу билан биргаликда мустақил фермер ва деҳқон хўжаликларига ерларни қишлоқ хўжалик йили бошланмасдан ҳамда кузги дон экинлари ҳосили йиғиштириб олингандан сўнг берилишини таъминлаш мақсадга мувофиқдир.
Ўзбекистонда ер муносабатларини ривожлантириш мақсадида биринчи Президент И.А. Каримов томонидан 1994 йил май ойида «Ерлардан фойдаланишни яхшилаш тўғрисида» махсус фармон имзоланган. Шу фармонга кўра, маълум миқдордаги ер майдонларини хусусий мулк сифатида «ким ошди» савдоларида сотишга рухсат этилган. Улкан сиёсий аҳамиятга молик тадбирдир. Шундай экан, сотилиши белгиланган ер майдонининг дастлабки баҳосини белгилаш билан боғлиқ бўлган илмий-тадқиқот ишларини ташкил этиш лозим. Унда қандай ерлар сотилаётганлиги, уларнинг қандай жойда жойлашганлиги, коммуникациялар тизимининг ривожланганлиги, олинаётган фойда миқдори, инфляция коэффициенти ва бошқа масалалар эътиборга олиниши лозим.
Ерлардан фойдаланганлик учун ягона ер солиғининг 1999 йил 1 январдан жорий этилиши муносабати билан янги муаммо шаклланмоқда. Чунки аввал ер солиғи тўлиқ маҳаллий бюджетга ўтказилар эди. Эндиликда эса бу масала тўлиқ ҳал этилмаган. Чунки ҳозирги ягона ер солиғи таркиби бир нечта солиқлардан ташкил топган. Лекин уларнинг қандай тақсимланиши тўлиқ кўрсатилмаган. Оқибатда маҳаллий бюджет эвазига ерларнинг сифатини яхшилаш билан боғлиқ бўлган маблағлар миқдори қисқариши ерларнинг иқтисодий унумдорлигига салбий таъсир кўрсатиши мумкин. Таъкидланган масалаларнинг ижобий ҳал этилиши ер муносабатлари такомиллашишини таъминлайди.
7. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.
Марказдан режали бошқарилган иқтисодиёт йилларида қишлоқ хўжалигида: а) давлат мулки; б) колхоз-кооператив мулки; в) шахсий мулк шакллари мавжуд эди. Қишлоқ аҳолисининг шахсий мулки эса жуда ҳам кам эди. Бундай ҳол бозор иқтисоди талабларига жавоб бермайди. Бозор иқтисоди шароитида мулкчиликнинг турли шакллари ва эркин мулк муносабатлари мавжуд бўлиши, бунда хусусий мулкчиликни ривожлантиришга алоҳида эътибор берилиши лозим. Бу масалани ҳал этиш учун ҳуқуқий асослар яратилди: «Мулк тўғрисида», «Ижара тўғрисида», «Давлат тасарруфидан чиқариш ва хусусийлаштириш тўғрисида»ги қонунлар ва қарорлар, фармонлар қабул қилинди. Шуларга асосланган ҳолда тармоқда босқичма-босқич мулкчиликнинг қуйидаги турлари ташкил этилмоқда: а) чекланган миқдорда давлат мулки сақланмоқда; б) жамоа мулки, унинг турлари кенг миқёсда ташкил этилмоқда; в) хусусий, шахсий мулк ҳам ривожлантирилмоқда; г) аралаш (қўшма) мулкнинг ташкил этилишига имконият яратилмоқда.
Юқорида қайд этилган мулкчилик шаклларининг ҳажми қишлоқ хўжалигида ҳам босқичма-босқич ўзгариб бормоқда. Давлат мулкининг ҳажми, салмоғи қисқариши ҳисобига жамоа, шахсий, қўшма ва хусусий мулк шаклларининг миқдори ҳамда салмоғи ошмоқда. Шунинг натижасида шахсий мулк барпо этилмоқда. Давлат мулки кейинчалик сотиш шарти билан ижарага берилиши натижасида ижара мулкига айлантирилмоқда; ишчи-хизматчиларнинг хўжаликлардан олаётган даромадлари, ўз маблағлари ҳисобига давлат мулкининг маълум қисмини (акцияларини) сотиб олишлари натижасида ҳиссадорлик жамиятлари ташкил этилмоқда. Қишлоқ хўжалиги корхоналари ихтиёридаги мулкни аҳолига сотиб, улардан ўзлари, шунингдек, ёлланган меҳнатдан фойдаланиш натижасида хусусий, шахсий мулк ташкил этилиб, ривожлантирилмоқда. Хусусий мулкчиликни ривожлантиришда давлат иқтисодий ёрдам бермоқда.
Қишлоқ хўжалиги корхоналари ихтиёридаги чорвачилик фермаларини сотиб олишда давлат сотиб олувчиларга имтиёзли (фоизсиз) кредитлар ҳам берди. Натижада қишлоқда мулкдорлар синфи вужудга келиб, уларни давлат ўз ҳимоясига олган. Мулкни давлат тасарруфдан чиқариш ва хусусийлаштириш жараёни келажакда ҳам ривожлантирилиши, такомил лаштирилиши зарур.
Қишлоқ хўжалигида мавжуд бўлган мулкдорларнинг уйғунлашишлари (мулк тармоғидаги салмоғи бўйича) натижасида қўшма мулк барпо этилмоқда. Қўшма мулкчиликни ривожлантиришда чет эл юридик ҳамда жисмоний шахслари ҳам қатнашишлари мумкин. Қишлоқ хўжалигида мулкни давлат тасарруфидан чиқариш, хусусийлаштириш натижасида нодавлат мулкнинг салмоғи ортиб бормоқда. 2003 йилнинг бошига келиб, қишлоқ хўжалигида нодавлат мулкнинг салмоғи 99 фоизни ташкил этган. Нодавлат мулкчиликка асосланган хўжаликларнинг фаолияти юксалмоқда. Уларда экилаётган экинларнинг ҳосилдорлиги, чорва ҳайвонларининг маҳсулдорлиги ошиши ҳисобига фойда кўпайиб, рентабеллик даражаси юксалмоқда. Бу, албатта, мулк ислоҳотининг натижасидир. Юқоридагиларни эътиборга олган ҳолда келажакда қишлоқларда хусусий ва шахсий мулкчиликни ривожлантиришга алоҳида эътибор бериш мақсадга мувофиқдир. Чунки ҳақиқий мулк эгасига айланган қишлоқ аҳли ундан оқилона ҳамда самарали фойдаланиши табиий.
8. moliya, kredit, soliq va baxolar islohoti
2004 йилда қишлоқ хўжалигида иқтисодий муносабатларни чуқурлаштириш мақсадида ширкат ҳамда фермер хўжаликларидан етиштирилаётган маҳсулотларни давлат буюртмаларига биноан сотиб олишда аввал ўрнатилган траншлар ўрнига эксперимент тариқасида бевосита имтиёзли банк кредитларининг суммаси сотиб олинадиган маҳсулотни етиштириш учун технологик карталарга биноан қилинадиган харажатар суммасидан кам бўлмаслиги керак. Лекин бевосита банк кредитлари бўйича бериладиган маблағ яна аввалги траншдагидек минерал ўғитларни, ёқилғи ва ёғлаш материалларини ҳамда эҳтиёит қисмлар сотиб олиш мақсад қилиб қўйилган. Бундай тартиб қишлоқ хўжалик корхоналарига олаётган кредит маблағларини ўзларини ҳоҳишлари бўйича эркин, мустақил сарфлаш имкониятини бермайди. Шунинг оқибатида олинаётган кредит маблағлари доим ҳам самара келтирмайди. Чунки кўпчилик ҳолларда қишлоқ хўжалик корхоналари ишлаб чиқариш йилнинг дастлабки ойларида кўпроқ маблағни ерни ҳайдашга, уни экишга тайёрлашга, арииқ - зовурларнинг техник ҳолатини яхшилашга сарфлаши лозим. Лекин бевосита кредитдаги маблағ уларни таъминлаш қобилиятига эга эмас. Яъни харажатлар кредит маблағлари билан таъминланмаган. Шундай ҳолат минерал ўғитларни сарфлаш жараёнида ҳам содир бўлмоқда. Шунинг учун бевосита берилаётган кредит маблағларини сарфлаш эркинлиги корхоналарга берилиши мақсадга мувофиқдир. 2004 йилда ҳам давлат буюртмалари бўйича сотиб олинган пахта хом-ашёсининг нархи билан унинг чигит уруғи қишлоқ хўжалик техникаларининг эркин нархлари ўртасида номутаносиблик сақланиб қолган.
Жаҳондаги иқтисодий жиҳатдан энг бақувват ҳисобланган АҚШда рақобатга асосланган эркин бозор иқтисодий муносабатлари ниҳоятда такомиллашган. Улар мамлакатдаги барча субъектларнинг иқтисодиётини юксалишини таъминламоқдалар. Жумладан, 2,5 млнга яқин фермер хўжаликлари АҚШ фермерлари томонидан яратилаётган қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари эркин бозор муносабатлари асосида сотилмоқда. Масалан, мамлакатда етиштирилаётган буғдойни сотиш билан асосан «АҚШ буғдой ассоциацияси» шуғулланади. Бу ассоциация қишлоқ хўжалиги вазирлиги томонидан бюджетдан ҳамда фермерларнинг ажратаётган маблағлари эвазига фаолият кўрсатади. Униг асосий мақсади мамлакатда етиштирилаётган буғдой донини ички ва ташқи бозорда самарали сотиш. Мақсадни ҳал этш учун ассоциация таркибида 27 та «буғдой комиссияси» ташкил этилган. Шундан 13 таси мамлакатнинг ички бозорида, 14 таси эса чет элларда, АҚШ да мавжуд бўлган ҳамда етиштирилиши мумкин бўлган буғдойни сотиш билан шуғулланадилар. Уларнинг кўпчилигида юқори малакали ходимлар уддабуронлик билан фаолият кўрсатмоқдалар. Улар аввал фермерлар билан биргаликда қанча миқдорда, қандай сифатли буғдой донини етиштириш имкониятларини Аниқлаб олишиб, сўнг истеъмолчилар билан боғланишадилар. Шундан сўнг буғдой сотувчи фермерларни уни олувчи билан боғлаб, олди-сотди шартномаларини тузадилар. Буғдой донини сотаётган ҳар бир фермер ассциацияси ходими томонидан сотилган ҳар бир бушель буғдой дони учун ярим исит миқдорида шу комиссиянинг жамғармасига ажратадилар.
Ассоциация жамғармасининг бойитиш мақсадида унинг ходимлари кўпроқ маҳсулотларни олувчиларни топишга ҳаракат қилишади. Шундай қилиб, улар буғдой донини ишлаб чиқарувчи фермерларга маҳсулотларини вақтида сотиш бўйича хизмат кўрсатадилар. Фермерлар эса асосан бозор талабини эътиборга олган тарзда сифатли маҳсулот етиштириш билан шуғулланадилар.
АҚШ фермерлари давлат сиёсатини ички ва таҳқи бозор талабларини эътиборга олган ҳолда ҳам сифатли қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини етишитиришга киришадилар. Жумладан, улар фан, Янги техникаларни, самарали техгологияларни изчиллик билан ўзларининг барча фаолиятларига жорий этишга ҳаракат қиладилар. Шу мақсадда, аксарият фермерлар илмий ташкилотлар билан яқин алоқада бўлишади. Шу жараёнда илмий ташкилотларнинг ходимлари ҳам фаол ҳаракатда бўладилар. Улар ўзларидаги фан, техника ҳамда технологик янгиликлар билан фермерларни бевосита хабардор этиб, ўзларининг таклифларини фермерлар ишлаб чиқаришига жорий этишда фаол иштирок этадилар. Бу муносабат томонларнинг келишган ҳолда тузилган шартномаларида батафсил акс эттирилади. Фермерлар илғор Ван, Янги техника ва технологияларнинг самарали деб ҳисоблашгач, илмий муассасалар бўлган муносабатларини янада ривожлантиришга интиладилар. Бир мисол, АҚШ да энг кўп боғдой етиштирадиган штатлардан бири Монтана штати ҳисобланади. У ерда 1 млн. гектардан ошиқроқ майдонга буғдой экилади. Ҳар бир гектар майдонда сўнгги йилларда 18-20 центнердан буғдой ҳосили олинган. Шу штатда Лес Ауер деган фермер 600 га яқин майдонни шудгор қилиб, ўғитлардан фойдаланган ҳолда буғдой экади.
У қишлоқ хўжалик институтларинингилмий ходимларининг таклифларини ўз фермер хўжалиги ишлаб чиқаришига жорий этиш мақсадида шартнома тузган. Олимларнинг таклифларига кўра, кўрашудгорлаш ўрнига ерларни культивация қилишга, ўғитларни ишлатиш ўрнига гербицидлардан фойдаланишга ўтган. Шуларнинг натижасида ҳар бир бушель ғалла экиш харажатларини камайтириб, буғдойнинг шосилдорлигини оширишга эришган. Натижада хўжаликда меҳнат унумдорлиги ҳамда фойда суммаси сезирарли даражада ошган. Олимлар ҳам ўз меҳнатлари учун етарли миқдорда маблағ олганлар. Хуллас, Янги агротехник тадбир томонлар учун манфаатли бўлган.
Олимларнинг буғдой етиштириш соҳасидаги агротехник тадбирларни такомиллаштиришга оид самарали таклифларини ўз хўжалиги фаолиятида синаб юқори натижага эришган Лес Ауер буғдой экиладиган майдонини икки маротаба кенгайтиришни режалаштирган. Бундай мисоллар АҚШ фермер хўжаликлари фаолиятида талайгина.
Голландияда жаҳонга тарқалган чиройли, нафис гулларнинг Уруғларини етиштириш билан шуғулланадиган фермерлар ўз фаолиятларни олимлар билан чамбарчас боғлаганлар. Иқтисодиёти ривожланган давлатларда ҳар қандай корхонани самарали фаолият кўрсатишига катта эътибор берилади. Бунинг учун бўлажак бошқарувчиларни тайёрлашга ҳаракат қилинади.шу мақсадда, АҚШ мактабларида 10 га тўлган ўқувчилардан бошлаб бара субъектлар фаолиятини бошқариш билан боғлиқ бўлган билимларни босқичма-босқич ўқитишни йўлга қўядилар. Улар мактабда олган билимларини келажакда институт ва университетларда янада теранлаштириб борадилар. Малакали, уддабурон баошқарвчиларни тайёрлашда корхоналар ҳам катта роль ўйнайди. Шу мақсадда, корхоналарнинг раҳбарлари, эгалари билим масканларига боришиб иқтидорли, билимли талабаларни танлаб олиб, уларни тайёрлаш билан боғлиқ бўлган харажатларни молиялаштирадилар. Уларни ўқишни битирганларидан кейин иш билан таъминлайдилар. Ёш мутахассислар шу корхона олдидаги бурчини бажаришга ҳаракат қиладилар. Бундан томонлар ҳар томонлама манфаатдор. Юқорида келтирилган ва маърузада айтиладиган айрим чет эл тажрибаларини Республика қишлоқ хўжалигидаги кичик корхона ҳисобланган фермер хўжаликларининг серқиррали фаолиятида қўллаш мақсадга мувофиқдир. Бунинг учун биринчидан, фермерларнинг ўзлари баркамол, етук, билимдон, тадбиркор раҳбар бўлишлари керак. Иккинчидан эса, корхоналар, ташкилотлар, олимлар, мутахассислар ўзларининг хизматларини фермерларга кўрсатиш мақсадида улар билан алоқаларни ривожлантиришлари зарур. Хуллас, томонлар ўртасидаги муносабатларни ўзаро манфаатли тарзда ривожлантиришга эришишлари шарт. Шундагина кичик корхона ҳисобланган фермер хўжаликларининг ёнида бошқалрнинг иқтисодити ривожланади.
Бу ҳолатни XII мавзуни ўрганишда ҳам фойдаланиш лозим.
Қишлоқ хўжалигида эркин бозор муносабатларини шакллантириш мақсадида молия, солиқ, кредит ҳамда баҳолар тизимини ислоҳ этиш объектив зарурият ҳисобланади. Чунки давлат мулкчилигига асосланган корхоналарнинг фаолиятини молиялаштириш, уларга вақтинча фойдаланиш учун бўш бўлган маблағларни кредит шаклида бериш, етиштирилаётган маҳсулотларнинг харид қилиш баҳолари давлат томонидан марказдан режали тарзда амалга оширилар эди. Эркин бозор иқтисодиёти шароитида эса корхоналар ишлаб чиқариши учун зарур бўлган маблағларни энг аввало ўзлари ишлаб топишлари керак. Маблағ етишмаган ҳолларда уни четдан ўзаро манфаатли тарзда олишга, ишлаб чиқарган маҳсулотларини эса бозор талаблари асосида сотишга ҳаракат қилишлари лозим. Шундай экан, бозор иқтисодиётига босқичма-босқич давлат раҳбарлигида ўтилаётган даврда республикамиз қишлоқ хўжалигида молия, кредит, солиқ ҳамда баҳолар ислоҳоти қай тарзда амалга оширилмоқда?
Бу ўринда таъкидлаш керакки, қишлоқ хўжалик ерларига, йирик ирригация-мелиорация иншоотларига нисбатан давлат мулкчилиги сақланиб қолганлиги туфайли янги ерларни комплекс ўзлаштириш, фойдаланилаётган ерларнинг унумдорлигини ошириш мақсадида амалга оширилаётган ирригация ва мелиорация тадбирлари, йирик ирригация-мелиорация иншоотларини қуриш, таъмирлаш ва улардан фойдаланиш учун давлат бюджетидан маблағ ажратилмоқда. Қишлоқ ҳудудларида экологик муҳитни соғломлаштириш билан боғлиқ бўлган тадбирларга ҳам, қишлоқ хўжалигидаги уруғчилик, селекция, наслчилик, ветеринария соҳаларига ҳам маблағлар бюджетдан берилмоқда. Бундан ташқари тармоқдаги давлат ташкилотларининг фаолиятлари ҳам бюджетдан ажратилаётган маблағлар эвазига молиялаштирмоқда. Ширкат, фермер, мустақил деҳқон хўжаликлари эса ишлаб чиқариши учун талаб этилган маблағларнинг асосий қисмини ўз ҳисобларидан сарфламоқдалар.
Улар ишлаб чиқариш воситаларини ўз фойдалари, амортизация фонди ҳамда асосий воситаларни тугатишдан олаётган маблағлари ҳисобидан харид қилмоқдалар. Бундай маблағлар етишмаган ҳолларда четдан вақтинча бўш бўлган маблағларни манфаатли равишда жалб этишга ҳаракат қилмоқдалар.
Шунингдек, бу жараёнда ҳомийларнинг ажратмалари, турли хилдаги кредит институтларининг вақтинча бўш бўлган маблағлари, барча инвесторларнинг сармоялари жалб этилмоқда. Бунда ўзаро манфаатлар эътиборга олинмоқда. Қишлоқ хўжалик корхоналари акционерлик-тижорат банкларидан асосий воситалар учун узоқ, айланма воситалар учун эса қисқа муддатли кредитлар оладилар. Уларни олишда кредит ставкаларининг фоиз даражасига ҳамда қайтариб бериш вақтининг бошланишига алоҳида эътибор беришлари лозим. Лекин ҳозирги даврда қишлоқ хўжалик корхоналари кам фойда олаётганлиги, рентабеллиги пастлиги учун кредит институтлари уларга жуда ҳам оз миқдорда кредит маблағлари бермоқдалар. Бу уларнинг талабларини мутлақо қондира олмаяпти. Шунинг учун қишлоқ хўжалик корхоналари банклардан кредит олиш учун етиштираётган маҳсулотларини ва оладиган даромадларини ҳам гаровга қўйишлари керак.
Ўтиш даврининг ҳозирги босқичида давлат эҳтиёжлари учун талаб этилмаган миқдордаги пахта, ғалла, шоли маҳсулотлари етиштиришни давлат бюджетидан махсус фондлар орқали молиялаштириш амалга оширилмоқда. Лекин бу маблағ қишлоқ хўжалик ишлаб чиқариши учун зарур бўлган ёқилғи, ёнилғи, минерал ўғитлар, эҳтиёт қисмлар сотиб олиш учун сарфланмоқда. Қишлоқ хўжалик корхоналари бундай маблағларнинг атиги 7 фоизинигина иш ҳақи сифатида сарфлаши мумкин. 93 фоизи юқоридаги йўналишлар учун сарфланади. Бу борада хўжаликлар учун эркинлик берилмаган. Келажакда бу жараённи қисман бўлса ҳам такомиллаштириш, яъни корхоналарга бундай маблағларни сарфлашда эркинлик бериш мақсадга мувофиқдир. Қишлоқ хўжалигига ички ва ташқи инвестицияларни жалб этишга алоҳида эътибор бериш лозим. Унинг ҳуқуқий асослари яратилган. Чунончи, «Инвестицион фаолият тўғрисида», «Чет эл инвестициялари тўғрисида»ги қонунлар қабул қилинган. Демак, эндиликда корхоналар ҳамкорлар қидириб топишга ҳаракат қилишлари керак. Шунингдек, давлат каналлари орқали келаётган инвестицияларнинг бир қисмини қишлоқ хўжалигига йўналтириш ҳам фойдадан холи эмас.
Ўтиш даврида қишлоқ хўжалик корхоналаридан олинаётган солиқлар тизими ҳам такомиллаштирилмоқда. 1999 йилгача улар даромад, ер, сув, мулк, акциз ва бошқа турдаги солиқларни,тўловларни тўлар эдилар. 1999 йилнинг 1 январидан бошлаб корхоналардан ягона ер солиғи олинмоқда. Унинг миқдори ер унумдорлигига(ернинг бал бонитет классларига) қараб белгиланади. Лекин ягона ер солиғи миқдорини (ставкасини) аниқлаш тартибини хўжаликлар билмайдилар. Улар туман солиқ инспекциялари томонидан берилган ставкалар бўйича солиқ суммасини аниқлаб, белгиланган муддатларда маҳаллий бюджетга ўтказадилар.
Ягона ер солиғининг жорий этилиши хўжаликлар учун анча қулайлик туғдирди. Чунки 10 та солиқ тури бўйича ҳисоб-китоб қилгандан кўра, ягона солиқни ҳисоблаш анча енгил. Лекин ягона ер солиғи жорий этилиши билан бюджетга тўланаётган сумма қисқариш ўрнига ошди. Бу ҳол хўжаликларни анча ўйлантирмоқда. Шунинг учун унинг ставкаларини кўриб чиқиш ҳозирги вақтда хўжаликлар учун энг муҳим масала ҳисобланади. Чунки сўнгги йилларда тупроқ унумдорлигининг пасайиш тенденцияси кузатилмоқда. 1992 йилдан қишлоқ хўжалик корхоналари етиштираётган барча маҳсулотларини эркин сотиш имкониятларига эга бўла бошладилар.Бу тармоқда баҳолар ислоҳоти амалга оширилаётганлигидан далолат беради.
Ҳозирги даврда хўжаликлар етиштираётган маҳсулотларини бир қанча турдаги нархларда сотмоқдалар. Жумладан:
- давлат эҳтиёжига керак бўлган пахта, буғдой, шолининг режалаштирилган ҳосилга нисбатан 30 фоизини давлат харид нархларида;
- етиштирилган ҳослининг давлат буюрмаларидан ортиғини ҳамда давлат эҳтиёжи учун олиш маҳсулотларни олувчилар билан тузилган шартномаларда кўрсатилган келишилган баҳоларда (уларни шартнома баҳолари ҳам деб аташади);
- эркин сотиладиган маҳсулотларни эркин баҳоларда сотмоқдалар;
- хўжалик ичида истеъмол қилинадиган ёки фойдаланиладиган маҳсулотларни эса уларнинг таннархларида ўтказмоқдалар.
Булар бозор иқтисодиёти талабларига тўлиқ жавоб бермайди. Шунинг учун уни келажакда янада такомиллаштириш талаб этилади.
9. agrosanoat majmuasining zarurligi, maqsadi, vazifalari va tarkibi.
Ўзбекистон Ркеспубликаси Президентининг «2004-2006 йилларда фермер хўжаиклариин ривожлантириш концепцияси тўғрисида» ги Фармойишини қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқиришга жорий этиш натижасида фермер хўжаликлар фаолиятини қўллаб-қувватлаш мақсадида жойларда инфратузилма объектлари, жумладан 2004 йилнинг 1-ярим йилида 196 банк, ёқилғи-мойлаш материаллари билин таъминлаш бўйича 236 пункт, минерал ўғитлар билан таъмнлаш бўйича 205 пункт, 267 муқобил машина-трактор парки, 222 сувдан фойдаланувчилар уюшмаси ташкил этилди. Уларнинг ташкил этилиши билан агросаноат мажмуасининг учинчи бўғини - қшлоқ хўжалиги тармоқларига хизмат кўрсатувчи «4 лар» тизимининг таркиби янада ривожлантирилиши таъминланади. Улар қишлоқ хўжалиги тармоғидаги корхоналарга, фуқароларга банк хизматларини кўрсатишда, хўжаликларни минерал ўғитлар, ёқилғи ва мойлаш материаллари билан таъминлашда, маҳсулот ишлаб чиқариш жараёнида бажариладиган экин майдонларини ҳайдаш, уларга ишлов бериш ҳамда етиштирилган ҳосилотни териб олиш билан боғлиқ бўлган ишларни сифатли бажаришда ўз хизматларини кўрсатмоқдалар. Шунинг натижасида айниқса, фермер ва деҳқон хўжаликларининг раҳбарлариин вақтларини тежаш имкониятини яратиб бермоқдалар. Бу тадбирлар келажакда ҳам янада ривожлантирилиши лозим. Чунки ҳозирги даврдаги фаолият кўрсатаётган инфратузилма бўғинларида хўжалик субъектлари талабни тўлиқ қондираётгани йўқ. Муқобил машина-трактор паркларини ташкил этишда мол-мулкни тақсимлаш, муқобил МТП га кириш бадалларини аниқлашда фермер хўжалигини балл – гектарларига муносиб равишда ҳисоблаш таклиф этилган. Бу тартиб бизнинг талабга тўлиқ жавоб бермайди. Чунки бунда экин турларининг майдонлари эътиборга олинмаган. Буни қуйидаги мисол билан исботлаш мумкин. Иккита ҳар бир 30 гектар ерга эга бўлган фермерлар мавжуд. Уларнинг ерларини бонитет балли ҳам бир хил яъни 60 балл. Шунда уларнинг балл гектари бир хилда 1800 балл гектарга тенг бўлади. Лекин биринчи фермерда 10 га майдонга буғдой, 20 га га эса пахта экилади. Иккинчисида эса аксинча. Шунда биринчи фермер муқобил машина – трактор паркига, иккинчи фермер нисбатан кўпроқ мурожаат этади. Чунки унда пахта майдони кўпроқ бўлаганлиги учун техникалар ёрдамиди бажариладиган ишларнинг хажми кўп. Шунинг учун юқоридаги масалани ҳал этишда экин турларининг майдонини ҳам эътиборга оиш мақсадга мувофиқдир.
Республикамиз эркин бозор иқтисодиётига босқичма-босқич ўтиши таъминланаётган йилларда мамлакат аҳолисининг ўртача сони бир йилда 310-320 минг нафарга ёки 1,3 фоизга ўсмоқда. Шу билан бирга саноат корхоналари сони ва ишлаб чиқариш қувватлари ҳам йил сайин ошиб бормоқда. Бу ҳолат республикада хомашё, озиқ-овқат маҳсулотлари ва халқ истеъмоли моллари ишлаб чиқариш ривожлантирилишини тақозо этмоқда. Бу муаммоларни ечиш учун энг аввало қишлоқ хўжалик ишлаб чиқариши ва у билан узвий боғлиқ бўлган хизмат кўрсатиш ҳамда қайта ишлаш тармоқларининг мутаносиб равишда ривожланишини таъминлашга эришиш, сўнгра тайёр озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарувчи ва уларни истеъмолчиларга етказувчи тармоқларнинг ташкилий, техникавий, технологик, иқтисодий ва ижтимоий боғланишини таъминлаш лозим.
Кўриниб турибдики, қишлоқ хўжалигини барқарор равишда ривожлантириш, самарадорлигини юксалтириш учун уни янги қишлоқ хўжалик машиналари, техникалари, транспорт ва кимёвий воситалар, минерал ўғитлар, ёқилғи ҳамда ёғловчи материаллар, қурилиш материаллари, озуқа моддалари билан тўлиқ ва мутаносиб равишда таъминлаб, мустаҳкам моддий-техника базасини барпо этиш керак. Демак, қишлоқ хўжалигининг келажакдаги ривожи даставвал унинг учун зарур бўлган ишлаб чиқариш воситалари ишлаб чиқарувчи саноат тармоқлари фаолиятига бевосита, шунингдек, аграр соҳанинг равнақи унга хизмат кўрсатувчи, яъни қишлоқ хўжалиги корхоаналарини ишлаб чиқариш воситалари билан таъминловчи, тармоқдаги машина-трактор ва бошқа техникаларни таъмирловчи, хўжалик объектларини қурувчи, ирригация-мелиорация ва кимёвий, транспорт хизматларини бажарувчи тармоқлар фаолиятига ҳам боғлиқдир.
Қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши самарадорлиги эса тармоқда етиштирилган хомашёлардан аҳолининг барча талабларини тўлиқ ва сифатли қондира оладиган озиқ-овқат, газлама, кийим-бош, оёқ кийим ва бошқа маҳсулотлар ишлаб чиқарувчи саноат тармоқларининг серқиррали фаолиятига ҳам боғлиқ.
Юқоридагилардан маълум бўлишича, республика фуқароларининг тайёр озиқ-овқат ва ноозиқ-овқат маҳсулотларига бўлган талабининг тўлиқ қондирилиши бу муаммо ҳал этилишини таъминлашда қатнашувчи барча тармоқларга турли хилдаги ишлаб чиқариш воситаларини ишлаб чиқардагиан саноат тармоқлари, қишлоқ хўжалиги, унга хизмат кўрсатувчи, қишлоқ хўжалик маҳсулотларини қайта ишлаб, тайёр маҳсулот даражасига етказувчи ва уларни истеъмолчиларга етказиб берувчи барча тармоқларнинг техникавий, технологик, иқтисодий ҳамда ижтимоий боғланишини объектив ҳолда тақозо этади. Шунинг учун улар мақсадга мувофиқ равишда жойлаштирилиб, ихтисослаштирилиб, халқ хўжалиги миқёсида меҳнат тақсимоти амалга оширилишини таъминлашлари зарур. Юқорида таъкидланган тармоқлар ягона мақсад йўлида ўзаро боғланиши натижасида республика агросаноат мажмуаси шаклланади. Мамлакат агросаноат мажмуасининг асосий мақсади – аҳолини сифатли озиқ-овқат ва халқ истеъмоли товарлари билан талаб даражасида таъминлашдир. Бу муаммо улкан сиёсий, иқтисодий ва ижтимоий аҳамиятга эга бўлиб, унинг талаб даражасида ҳал этилиши аҳоли турмуш даражасини юксалтиради, фаровон яшашини таъминлайди. Шунинг учун ҳам бу масалага Республика ҳукумати томонидан алоҳида эътирбор берилмоқда, яъни агросаноат мажмуасига кирувчи барча тармоқларни ривожлантириш билан боғлиқ бўлган чора-тадбирлар ишлаб чиқилиб, ҳаётга босқичма-босқич жорий этилмоқда.
Республика агросаноат мажмуасида мақсадга эришиш қуйидаги асосий вазифалар ечилишини тақозо этади:
- агросаноат мажмуаси таркибидаги барча тармоқлар мақсадга мувофиқ ҳолда ташкилий, технологик, техникавий, иқтисодий ва ижтимоий жиҳатдан ўзаро узвий боғланишини таъминлаш;
- мажмуа таркибидаги корхоналарни барча омилларни эътиборга олган холда мақсадга мувофиқ оқилона жойлаштириш;
- уларнинг ихтисослаштирилиши ва интеграциялашувини таъминлаш;
- самарали фаолият кўрсатишини таъминлаш мақсадида барча корхоналарни замонавий техникалар билан жиҳозлаш, уларда илғор технологияларни жорий этиш;
- агросаноат мажмуаси таркибидаги корхоналар ихтиёридаги барча ресурслардан (табиий, капитал, меҳнат) тадбиркорлик билан оқилона фойдаланиб, ишлаб чиқариш жараёнларини автоматлаштириш, механиза-циялаш, электрлаштириш ва кимёлаштириш орқали доимий ва ўзгарувчан харажатларни камайтириб, экологик талабларга жавоб берадиган маҳсулотларни зарур миқдорда ишлаб чиқариш, уларни истеъмолчиларга етказиб бериб, кўпроқ фойда олишни таъминлаш;
- агросаноат мажмуаси таркибидаги корхоналар ўртасида улар маҳсулотларини ўзаро самарали айрибошлаши таъминланадиган нархларнинг мақсадга мувофиқ миқдорини маълум муддатларга белгилаш;
- мажмуада фаолият кўрсатаётган раҳбар, ишчи ва хизматчиларнинг малакаларини ошириш, улар меҳнатларининг миқдорига, пировард натижасига кўра рағбатлантирилишини ривожлантириш ва бошқалар.
Агросаноат мажмуаси мақсад ҳамда вазифаларидан келиб чиққан ҳолда унинг таркиби қуйидаги 4 та бўғиндан ташкил топиши мумкин:
1-бўғин – агросаноат мажмуаси таркибидаги корхоналар учун ишлаб чиқариш воситаларини ишлаб чиқарувчи саноат тармоқлари. Улар таркибан қишлоқ хўжалик машинасозлик, тракторсозлик саноати; кимё саноати; нефть маҳсулотлари саноати, микробиология саноати; озиқ-овқат машинасозлик, станоксозлик саноати; қурилиш материаллари саноати ва бошқалардан ташкил топади. Уларнинг кўлами, айниқса, машинасозлик ва станоксозлик саноати тармоқларининг кўлами республикадаги барча омилларни эътиборга олган ҳолда чекланган.
Шу бўғиндаги тармоқларнинг асосий мақсади – агросаноат мажмуаси таркибидаги, хусусан, қишлоқ хўжалиги ва унга ирригация-мелиорация, техника таъминоти ва таъмирлаш, кимёлаштириш, зооветеринария, электрлаштириш хизматларини кўрсатувчи ҳамда қишлоқ хўжалик маҳсулотларини қайта ишловчи пахта тозалаш саноати, дон маҳсулотлари, мева, сабзавот, узум саноати, гўшт-сут саноати, енгил ва озиқ-овқат саноати корхоналарини ва ниҳоят, тайёр маҳсулотларни етказиб беришда зарур бўлган ишлаб чиқариш воситалари (машина, трактор, станок, кимёвий воситалар, ёқилғилар, озуқа моддалари) билан таъминлашдир. Демак, биринчи бўғин таркибидаги тармоқлар ривожланишни таъминлайдиган моддий-техника базасини барпо этишга улкан ҳисса қўшади. Уларнинг моддий-техника базаси талаб даражасида шакллантирилиши натижасида ишлаб чиқариш жараёнлари автоматлаштирилиб, механизациялаштирилиб, электрлаштирилиб, жонли меҳнат сарфи қисқартирилиб, меҳнат унумдорлигининг юксалиши таъминланади. Улар шу тармоқлардаги меҳнат характерининг ўзгаришига таъсир этади, яъни оддий меҳнат индустрлашган меҳнатга айланиб боради. Бу соҳа тармоқларида минглаб корхона фаолият кўрсатиб, жами ички маҳсулотнинг 65-70 фоизи яратилмоқда.
2 – бўғин – агросаноат мажмуасининг асосий тармоғи ҳисобланган қишлоқ хўжалигидан ташкил топади. Унинг барча тармоқлари–ўсимликчилик ҳамда чорвачилик тармоқларида саноат тармоқлари учун хомашёлар (пахта хомашёси, бошоқли донлар, каноп, зиғир, қанд лавлаги, жун, тери, кунжут, узум), аҳоли истеъмоли учун эса гўшт, сут, сабзавот, полиз, мева маҳсулотлари етиштирилади.
Тармоқда 2003 йилнинг 1 январига 1877 та ширкат, 80 мингга яқин мустақил фермер, 100 тага яқин давлат хўжаликлари, 3,5 млн. га яқин оилавий-деҳқон хўжалиги ҳамда хўжалик ҳисобидаги 18 та корхона, 24 та бюджет ташкилоти ва инвестицион маблағлардан молиялаштириладиган 1 та ташкилот фаолият кўрсатмоқда. Қишлоқ хўжалигидаги барча хўжаликлар 2002 йили 5,2 млн.тонна дон маҳсулотлари етиштиришга эришдилар. Шундан 58,7 фоизи йирик товар ишлаб чиқарувчи ҳисобланган ширкат ҳамда давлат хўжаликлари ҳиссасига, 27,2 фоизи фермер хўжаликлари ва 14,1 фоизи оилавий-деҳқон хўжаликлари улушига тўғри келади. Барча хўжаликлар 773 минг тонна картошка етиштирган. Шундан 7,2 фоизи жамоа, ширкат ва давлат, 3,7 фоизи фермер ва 89,1 фоизи оилавий-деҳқон хўжаликларида етиштирилган. Шу йили етиштирилган қишлоқ хўжалиги маҳсулотларининг 9,9 фоизи фермер, 65,5 фоизи оилавий-деҳқон хўжаликлари, қолган қисми йирик товар ишлаб чиқарувчилар улушидир.
Пахта хомашёсини етиштириш билан асосан йирик товар ишлаб чиқарувчи ҳисобланган жамоа, ширкат ва давлат хўжаликлари шуғуллан-моқдалар. Чунки улар шу соҳага ихтисослашган. Уларда пахта хомашёсини етиштириш учун зарур бўлган тадбиркорлик билан бирга, барча турдаги зарур ишлаб чиқариш воситалари мавжуд. Бу ўринда эслатиб ўтиш керакки, пахта хомашёсини етиштириш билан фермер хўжаликлари ҳам шуғулланмоқдалар. Бироқ республикада етиштирилган пахта ялпи ҳосили салмоғида уларнинг ҳиссаси унчалик катта эмас.
Қишлоқ хўжалиги агросаноат мажмуасининг асосий, яъни марказий тармоғи ҳисобланади. Унинг барқарор ривожланиши ишлаб чиқариш воситаларини ишлаб чиқарувчи, қишлоқ хўжалигига хизмат кўрсатувчи, етиштирилган қишлоқ хўжалик маҳсулотларини қайта ишловчи, сақловчи ҳамда истеъмолчиларга етказиб берувчи барча тармоқлар фаолиятига боғлиқ. Чунончи, улар қишлоқ хўжалик корхоналарини талаб этилган барча турдаги техникалар, кимёвий воситалар, ёқилғи-ёнилғи, қурилиш материаллари, станоклар билан ўз вақтида таъминлаб, мавжуд қишлоқ хўжалик техникаларини арзон ва сифатли таъмирлаб, тармоқнинг ривожланишини таъминлайдиган хизматларни кўрсатиб, унда етиштирилган маҳсулотларни йиғиб-териб, қайта ишлаб, истеъмолчиларга сифатли ҳолда етказиб берсалар, қишлоқ хўжалигининг ривожланишига катта ҳисса қўшган бўладилар. Қишлоқ хўжалиги ривожланиши натижасида мажмуа таркибидаги тармоқларнинг ҳам юксалиши таъминланади. Масалан, тармоқнинг кўлами кенгайса, ишлаб чиқариш воситаларига бўлган талаб ортади. Бу талабни қондириш учун саноат тармоқлари интенсив фаолият кўрсатиш билан ҳажман кенгайишга ҳам эришишлари лозим. Тармоқда қишлоқ хўжалик маҳсулотлари ҳажмининг барқарор равишда ўсиши уларни қайта ишловчи тармоқлар самарали фаолият кўрсатишини талаб этади. Демак, агросаноат мажмуаси таркибидаги барча тармоқлар қишлоқ хўжалиги билан бевосита боғлиқ. Шунинг учун республика қишлоқ хўжалигини мақсадга мувофиқ ташкил этиш ва замон талаби асосида бошқаришга алоҳида эътибор бериш лозим. Бу муаммони ҳал этишда тармоқнинг мақсад ва вазифаларидан келиб чиқиш зарур. 2003 йилнинг бошига тармоқни ташкил этиш ва бошқариш билан Республика қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги шуғулланмоқда.
Унинг таркибида:
• қишлоқ хўжалик ишлаб чиқариши;
• сув хўжалиги тармоқлари;
• ўрмон хўжалиги тармоқлари мужассамлашган.
Вазирликнинг мақсади ва фаолият кўрсатиш йўналишлари қилиб Ўзекистон Республикаси Вазирлар Маҳкасмаси томонидан қуйидагилар белгиланган:
• қишлоқ ва сув хўжалиги бўйича илм-фаннинг барча йўналишларини жаҳон андозаларига мослаштирган ҳолда ривожлантириш;
• фан-техника тараққиётини эътиборга олган ҳолда ягона фан-техника сиёсатини ва мониторингини амалга ошириш;
• селекция, уруғчилик ва наслчилик билан шуғулланадиган фанларни тартибга солиш ҳамда ривожлантириш;
• қишлоқ ва сув хўжалигида амалга оширилаётган аграр-иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш жараёнини тартибга солиш, унинг мониторингини амалга ошириш;
• деҳқончилик, чорвачилик тизимларини такомиллаштириш, ривожлантириш, уларнинг ҳаётга татбиқ этилишини таъминлайдиган машиналар тизимини, технологияларни барпо этиш;
• эркин бозор талабини эътиборга олган ҳолда экинларни алмашлаб экиш сиёсатини амалга ошириш, уни таъминлайдиган даражада экинларни мақсадга мувофиқ жойлаштиришга эришиш ҳамда мониторингини бажариш;
• наслчиликни, уруғчиликни ташкил этиш;
• чорвачилик учун барча сервис хизматларини ташкил этиш, уларнинг амалга оширилишини таъминлаш;
• давлат сув кадастрини юритиш, сув ресурсларидан самарали фойдаланишни таъминлаш, сув хўжалиги объектларидан тўлиқ фойдаланиш, ерларнинг мелиоратив ҳолатини яхшилашга оид тадбирларни амалга ошириш;
• ўрмон хўжалигини ривожлантириш, ўрмонларни назорат қилиш ва улардан самарали фойдаланиш;
• тармоқ талабини қондирадиган кадрларни тайёрлаш, қайта тайёрлаш ва малакасини ошириш, уларни оқилона, самарали рағбатлантириш ва бошқалар.
3-бўғин. У қишлоқ хўжалигини ташкил этиш ҳамда унинг ривожланишига хизмат кўрсатадиган тармоқлар, жумладан, экинларни, чорва ҳайвонларини сув билан таъминлайдиган, ерларнинг мелиоратив ҳолати яхшиланишини таъмин этувчи чора-тадбирлар тизимини амалга оширадиган сув хўжалиги тармоғи; қишлоқ хўжалигида фойдаланилаётган барча техникаларга сервис хизмати кўрсатадиган тармоқ; тармоқда йирик бино-иншоотларни қурувчи, мавжудларини таъмирловчи тармоқ; тармоққа зооветеринария хизмати, шунингдек, ҳашаротларга, зараркурандаларга, бегона ўтларга қарши курашиш мақсадида кимёвий хизмат кўрсатадиган соҳаларни ўз ичига олади.
Қишлоқ хўжалигини ёқилги, ёнилғи ва ёғловчи материаллар ҳамда электроэнергия билан таъминлайдиган тармоқлар ҳам шу соҳа таркибига киради.
Юқорида таъкидланган тармоқлар қишлоқ хўжалигига барча турдаги ишларни, хизматларни ўз вақтида, сифатли кўрсатишлари натижасида турли хилдаги қишлоқ хўжалик маҳсулотлари етиштиришга улкан ҳисса қўшадилар. Жумладан, улар техникаларни таъмирлаб, экинлар экиладиган майдонларни агротехник муддатларда сифатли ҳайдаб, экишга тайёрлаб, экиб, униб чиққан ўсимликларга ишлов бериб, етиштирилган ҳосилни белгиланган муддатларда сифатли йиғиб олиш натижасида қишлоқ хўжалик маҳсулотларининг миқдорини оширишга, уларнинг сифатини яхшилашга бевосита таъсир кўрсатадилар. Уларни оқилона ҳамда уддабуронлик билан сотиш натижасида эса қишлоқ хўжалик корхоналари фойда массасини кўпайтиришга эришишлари мумкин.
Бу тармоқлар юқори унумли техникалар ёрдамида барча турдаги иш ва хизматлар механизациялаштирилишини, автоматлаштирилишини, электрлаштирилишини ҳамда кимёлаштирилишини таъминлашга кўмаклашиб, жонли меҳнат сарфи камайтирилиши эвазига меҳнат унумдорлиги даражаси ошишига муайян ҳисса қўшадилар. Бу соҳадаги тармоқларнинг асосий мақсади – қишлоқ хўжалик корхоналарига барча турдаги хизматларни, ишларни муддатида, сифатли бажаришдир.
4-бўғин. Унга қишлоқ хўжалик маҳсулотларини қайта ишловчи, сақловчи ва истеъмолчиларга етказиб берувчи тармоқлар, жумладан, пахта тозалаш, донни, канопни, қанд лавлагини, гўшт ва сутни, тамакини, сабзавот ва полиз маҳсулотларини, мева, узумни қайта ишлаш, енгил ва бошқа саноат тармоқлари; бозор талабини эътиборга олган ҳолда тайёр маҳсулотларни улгуржи ва чакана ҳолда етказиб берадиган савдо тармоқлари киради. Республика агросаноат мажмуаси таркибига кирувчи барча тармоқларни 1-чизмадан кўриш мумкин. Бундай туркумлаштириш маълум даражада шартли ҳам ҳисобланади. Ҳозирги даврда мамлакат агросаноат мажмуасига 2210 га яқин корхона киради. Буларга фермер хўжаликлари ҳам қўшилса, унда уларнинг умумий миқдори 85 мингдан ошади.
Республика агросаноат мажмуасини барқарор ривожлантиришда мамлакатда мавжуд бўлган иқтисодий ҳамда ижтимоий инфратузилмаларнинг ҳам аҳамияти, таъсири улкан. Улар агросаноат мажмуаси таркибидаги барча тармоқларнинг ривожланишини таъминлаш мақсадида банк, суғурта, инвестиция, солиқ, лизинг, соғлиқни сақлаш, таълим-тарбия, маънавий, маданий, санат, коммунал хизматларни амалга оширадилар. Шунинг учун барча мажмуалар ўртасидаги муносабатлар ўзаро манфаатли ҳолда амалга оширилгани маъқул.
10. Agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o’rtasidagi munosabatlar.
Қишлоқ хўжилиги корхоналарига хизмат кўрсатувчи инфратузилма субъектларини ташкил этилиши билан улар ўртасидаги муносабатлар ҳам ривожлантирилиши, самарали бўлиши керак эди. Афсуски, ҳозирча унчалик, яъни талаб даражасижа эмас. Чунки улар кўрсатаётган хизматларнинг нархлари асосланмаган ҳолда юқори. Масалан, 2004 йилда 1 гектар майдонидаги пахта ҳосилини «Кейс - 2022» русумли комбайн ёрдамида териб олиш учун ўртача 100614 сўм миқдорида хизмат ҳақи белгиланган, бир гектар буғдой ҳосилини «Кейс – 2166, 2366» русумли комбайнда йиғиштириб олиш учун эса 43198 сўм нарх белгиланган. Бундай нархлар ҳозирги даврда фаолит кўрсатаётган фермер хўжаликлари учун жуда юқори ҳисобланади. Шуинг учун кўпчилик фермерлар хўжаликлар муқобил машина – паркларига эмас, бошқаларга шу ишларни бериш учун мурожаат этмоқдалар. Шунинг натижасида муқобил машина-трактор паркларидатехникалардан фойдаланишнинг самарадорлиги юқори эмас. Шунинг учун бу масалани қайта кўриб чиқиш мақсадга мувофиқ.
Агросаноат мажмуаси таркибида агросаноат корхоналарини ташкил этиш вақти келди. Унинг таркиби қуйидагича бўлши мумкин. Туман ёки туманлараро миқёсда шундай агросаноат корхонаси тузилса, бир қанча масалаларни ижобий ҳат этилиши таъминланади:
- қишлоқ ҳудудларидаги ишсизларни ш билан таъминлаш;
- тайёр бозорбоп маҳсулотларни кўпроқ ишлаб чиқариш;
- чиқимсиз технологияларни жорий этилиши;
- хўжаликларнинг пул тушумларини кўпайиши ва бошқалар.
Минтақа (ҳудуд) агросаноат корхинасининг таркиби ва
уларнинг алоқалари
Агросаноат мажмуасининг мақсадидан келиб чиққан ҳолда унинг ишлаб чиқариш жараёнида ўзаро узвий боғланган қуйидаги босқичлар мавжуд:
• агросаноат мажмуаси таркибидаги тармоқлар учун ишлаб чиқариш воситалари ишлаб чиқариш;
• қишлоқ хўжалик маҳсулотлари ишлаб чиқариш;
• мажмуа такрор ишлаб чиқариш жараёнида ишлаб чиқариш, техникавий ва технологик хизматларни амалга ошириш;
• қишлоқ хўжалик маҳсулотларидан озиқ-овқат ҳамда истеъмол товарлари ишлаб чиқариш;
• озиқ-овқат ҳамда халқ истеъмоли товарларини истеъмолчиларга етказиб бериш.
Масалани тўғри ва самарали ҳал этиш учун барча босқичлар ўртасидаги муносабатлар ҳамма турдаги қонунлар асосида самарали амалга оширилишини таъминлаш лозим. Бу муносабатларни уларнинг мазмун ҳамда шаклини эътиборга олган ҳолда қуйидагича гуруҳлаштириш мумкин: ҳуқуқий, ташкилий, техникавий, технологик, иқтисодий ва ижтимоий.
Бозор иқтисодиёти шароитида барча турдаги эркин муносабатларнинг ҳуқуқий асоси яратилиши зарур. Шунинг учун ҳам республикамизда бу масалага алоҳида эътибор берилмоқда. Бунга мамлакат Олий Мажлиси томонидан қонунлар босқичма-босқич қабул этилаётганлиги яққол далил бўлади. Уларга агросаноат мажмуаси таркибидаги барча хўжаликлар, албатта, риоя этишлари лозим. Шунинг учун улардаги раҳбар ва мутахассислар барча қонунларнинг мазмунини ҳамда уларни амалга ошириш йўлларини яхши билишлари керак. Лекин ҳаётда доимо ҳам шундай эмас. Чунончи, бир корхона иккинчисидан зарур бўлган маҳсулотни шартнома асосида сотиб олиб, унинг ҳақини вақтида тўламайди.
Бундай ҳол қонун талаби тўлиқ бажарилмаётганлигидан далолат беради. Ҳуқуқий давлатда қонун устуворлиги таъминланиши керак.
Қишлоқ хўжалик корхоналари ўз ишлаб чиқаришларининг ривожланишини ва самарадорлиги юксалишини таъминлаш мақсадида сифатли, арзон, экологияга салбий таъсир кўрсатмайдиган зарур қишлоқ хўжалик машиналарини, кимёвий воситаларни, ёқилғи, ёнилғи материалларини бевосита саноат тармоқларидан сотиб олиш учун шартнома тузадилар. Улар шунингдек, техникаларини таъмирлатиш, ерларини ҳайдатиш, ҳосилни йиғиб-териб олиш мақсадида ихтисослашган машина-трактор парклари билан, ҳашаротларга ҳамда зараркурандаларга қарши кураш мақсадида эса кимёвий хизматларни амалга оширадиган ташкилотлар билан, экинларнинг сувга бўлган талабини қондириш учун сув хўжалиги ташкилотлари билан шартномаларни расмийлаштирадилар. Шартномаларнинг шартилари бажарилишини томонлар, албатта, таъминлашлари керак. Шунда буюртмачининг ҳам, бажарувчининг ҳам фаолияти самарали бўлиб, яхши натижаларга эришилади. Лекин амалиётда буюртмани бажарувчилар шартномада кўрсатилган муддатда техникаларни, минерал ўғитларни, кимёвий воситаларни, ёқилғини, озуқа моддаларини истеъмолчиларга етказиб бермаяптилар, уларни сув билан тўлиқ таъминламаяптилар. Бундай камчиликлар аксарият ҳолларда шу тадбирлар тўғри ташкил этилмаганлиги оқибатида юз бермоқда. Мажмуадаги муносабатлар мақсадга мувофиқ ташкил этилмаганлиги етиштирилаётган маҳсулот миқдорига, унинг сифатига салбий таъсир этади. Чунончи, талаб этилган сув экинга вақтида берилмаслиги оқибатида аввало, унинг ўсиши сусайиб, ҳосил тўплаши камаяди, талаб этилган техника вақтида бориб, ҳосилни териб олмаса, ҳосил салмоғи камайиб, сифати пасаяди.
1-чизмаРеспублика агросаноат мажмуаси таркибига кирувчи тармоқлароширилишини таъминлайдиган барча чора-тадбирларни кўриш мақсадга мувофиқдир. Бунинг учун томонлар жуда интизомли, масъулиятли, бир бирига ҳурматда, маданиятли бўлишлари керак. Бу бозор иқтисоди муносабатларининг энг муҳим талабидир.
Бозор иқтисодиёти шароитида хўжаликлар фаолиятининг ривожланиши ва самарали бўлиши иқтисодий муносабатлар амалга оширилишига ҳам бевосита боғлиқ. Масалан, мажмуа таркибидаги тармоқлар ўртасида товар айирбошлаш жараёнида пул-товар муносабатларини амалга оширишда эквивалентликни, яъни мутаносибликни сақлашга алоҳида эътибор бериш лозим. Гап бу ерда баҳо ҳақида бормоқда. Бунда талаб ва таклиф қонунларининг талаблари ҳам инкор этилмаслиги шарт.
Демак, баҳолар талаб ва таклифдан келиб чиққан ҳолда ўзаро мутаносиб бўлиши мақсадга мувофиқдир. Лекин агросаноат мажмуасида бундай мутаносиблик, афсуски, тўлиқ таъминлангани йўқ. Айниқса, қишлоқ хўжалик маҳсулотларининг баҳолари билан қишлоқ хўжалигида фойдаланилаётган саноат корхоналари маҳсулотларининг баҳоларини белгилаш масаласи доимо саноат тармоқлари фойдасига ҳал этилмоқда. Жумладан, 1991-2002 йилларда
унинг учун шартномада кўрсатилган шартлар муддатида, сифатли амалга
қишлоқ хўжалик маҳсулотларининг баҳоси уларнинг турлари бўйича 70-90 марта ошган бўлса, саноат маҳсулотларининг баҳолари эса 700-900 мартага ўсган. Улар ўртасидаги ўсиш фарқи 1 га 10 ни ташкил этган. Яъни қишлоқ хўжалик маҳсулотларининг баҳоси 1 марта ошган бўлса, шу тармоқда фойдаланилаётган, саноат маҳсулоти ҳисобланган ишлаб чиқариш воситаларининг баҳолари 10 мартага ошган. Қишлоқ хўжалиги ҳамда саноат тармоқлари маҳсулотларининг баҳолари ўртасидаги номутаносибликни яна қуйидаги маълумотлардан ҳам кўриш мумкин:
1991 йилда бир дона «ТТЗ-80» маркали тракторни сотиб олиш учун 3,7 тонна пахта хомашёсини сотишдан олинган пул етган бўлса, 2002 йилда шу тракторни сотиб олиш учун эса 89,7 тонна пахта хомашёсини сотиш керак бўлган. Бу борадаги мутаносиблик 1991 йилда 1:3,7 бўлган бўлса, 2002 йилда 1:89,7 бўлган, яъни фарқ 24,2 мартани ташкил этган.
Шунингдек, хизмат кўрсатувчи корхоналар бажараётган хизматлар учун нархлар асосланмаган ҳолда юқори даражада эканлигига ҳам алоҳида эътибор бериш зарур. Жумладан, 2002 йилда туманларда барпо этилган машина-трактор парклари 1 гектар шоли майдонидаги ҳосилни ўриб, янчиб берганлиги учун 38 минг сўмдан (Қорақалпоғистон Республикасида) 78 минг сўмгача (Тошкент вилояти хўжаликларида) ҳақ олганлар. Республика ҳудудида фаолият кўрсатаётган машина-трактор парклари қишлоқ хўжалик корхонапларига ерларни ҳайдаш, ғалла, пахта ҳосилини йиғиб- териб бериш учун ҳам юқори нархлар қўймоқдалар. Бундай ҳоллар техника-таъмирлаш хизматини кўрсатувчи корхоналар фаолиятида ҳам мавжуд.
Бунинг объектив ва субъектив сабаблари бор. Саноат корхоналари давлат тасарруфидан чиқарилиб, акционерлик корхоналарига айлантирилиши натижасида тўлиқ иқтисодий эркинликка эгадирлар. Шунинг учун улар талаб ва таклифни ҳамда ўзларининг бозордаги ўрнини эътиборга олган ҳолда маҳсулотларига эркин баҳоларни белгиламоқдалар. Қишлоқ хўжалик корхоналари эса давлат мулки ҳисобланган ерларда маҳсулот етиштирмоқдалар, шунингдек, етиштирилаётган асосий маҳсулотлар (пахта, ғалла, шоли)га давлат буюртмаси мавжудлиги туфайли бу маҳсулотларнинг харид нархлари давлат томонидан белгиланмоқда. Бу масалани келажакда қишлоқ хўжалигига оид давлат дастурлари ишлаб чиқилиши билан алмаштиришга босқичма- босқич ўтиш натижасида ҳал этиш имкониятларини шакллантириш мақсадга мувофиқдир.
Давлат қишлоқ хўжалик ишлаб чиқаришининг мавсумийлигини эътиборга олган ҳолда корхоналар фаолияти бир меъёрда амалга оширилиши ни таъминлаш мақсадида йилнинг биринчи чорагидаёқ давлат эҳтиёжлари учун зарур бўлган маҳсулотлар қийматининг 50 фоизи миқдоридаги маблағни қишлоқ хўжалик корхоналарига ўтказиб бермоқда. Бунинг учун Республика Молия Вазирлиги қошида давлат буюртмаларига керак бўлган маҳсулотларни сотиб олиш мақсадида махсус фонд ташкил этилган. Бу фонддан ўтказилган маблағ эвазига қишлоқ хўжалик корхоналари ёқилғи, ёнилғи, ёғловчи материаллар, минерал ўғитлар, кимёвий воситалар ҳамда қишлоқ хўжалик техникалари учун бутловчи материаллар сотиб олишлари керак. Чунки бу маблағ айнан шундай харажатлар учун сарфланиши қатъий белгиланган, уни хўжаликлар бошқа мақсадларга сарфлай олмайди. Буни махсус банк назорат қилади. Республикада шу масала билан асосан акциядорлик- тижорат «Пахтабанк»и ва «галлабанк»и шуғулланмоқда.
Бу соҳада ҳам иқтисодиётни эркинлаштириш жараёнини чуқурлашти-ришга оид тадбирлар ишлаб чиқиб, уларнинг амалиётга жорий этилишини таъминлашга ҳаракат қилиш зарур. Бундан ташқари қишлоқ хўжалик корхоналари етиштираётган маҳсулотларининг сифатини яхшилаб, уларни ички ва ташқи эркин бозорга чиқариб, сотиш йўлларини қидиришлари керак. Бунинг ҳуқуқий асослари яратилган. Улардан фойдаланиш учун маҳсулот сотувчилар савдо-сотиқ билан боғлиқ бўлган барча ташкилий, иқтисодий муносабатларни яхши ўзлаштириб олишлари керак.
Агросаноат таркибидаги корхоналар ўртасида пул-товар муносабатла-рини амалга ошириш жараёнида ҳам узилишлар юз бермоқда. Жумладан, қишлоқ хўжалик корхоналари саноат корхоналаридан пахта териш машиналарини, ҳайдов ва чопиқ тракторларини, минеарл ўғитларни, кимёвий воситаларни, ёнилғи, ёқилғи материалларини олиб, уларнинг ҳақини белгиланган муддатда тўлай олмаётирлар. Худди шундай ҳолат хизмат кўрсатувчи корхоналарининг бажарган ишларига, хизматларига ҳақ тўлаш борасида ҳам содир бўлмоқда. Қайта ишлаш саноати корхоналари эса қишлоқ
1-жадвал
Республика агросаноат мажмуаси таркибидаги айрим тармоқлар корхоналари ўртасидаги ўзаро қарзларнинг ўзгариши (млн.сўм)
№ 1998 йил 2001 йил 2002 йил
деби
торлик креди
торлик деби
торлик креди
торлик деби
торлик креди
торлик
1. «Ўзпахтасаноат» уюшмаси 4759,2 4821,65 35594,3 2855,1 747,9 59,2
2. «Ўзмевасабзавотузумсаноат» холдинг компанияси 263,9 264,99 521,45 215,3 197,6 81,25
3. «Ўзгўштсутсаноат» уюшмаси 310,5 142,2 896,4 287,4 288,7 202,1
4. «Ўздонмаҳсулот» корпорацияси 762,1 6145,63 535,3 9314,3 70,2 151,6
5. «Ўзбексавдо» 186,3 309,45 302,1 655,1 162,2 211,7
6. «Ўзёғмойтамакисаноат» 254,8 985,7 1165,0 1919,0 457,2 194,7
7. «Ўзенгилсаноат» 207,7 75,64 90,8 320,5 43,7 423,7
8. «Ўзавтотранс» 52,2 1671,3 416,6 4886,6 798,1 292,4
9. «Ўзқишлоқхўжаликтаъминот-тузатиш» қўмитаси 1456,8 7982,35 2033,3 23987,9 139,6 300,5
10. «Ўзбекнефтгаз» 181,6 1370,9 958,4 676,6 527,7 49,4
11. Энергия назорати 53,97 2498,1 605,7 2342,3 1122,3 93,8
12. «Ўзозиқовқатсаноат» 73,5 303,8 232,2 653,2 315,9 215,0
13. «Ўзқишлоқхўжаликкимё» 95,14 13640,6 1485,1 15924,5 1561,0 116,7
14. «Ўзжамоақурилиш» 133,6 924,9 298,65 1269,66 223,5 137,3
15. «Ўзагроводоканал» 19,8 487,5 53,1 772,6 268,2 158,5
16. «Ўзагрокоммуналхизмат» 31,8 396,1 57,0 245,8 179,2 62,0
17. Хусусий чорва фермалари 673,6 174,0 664,0 216,8 98,6 124,6
18. Деҳқон хўжаликлари 1498,0 941,2 6779,4 2402,3 452,6 255,2
19. Жамоа-ширкат хўжаликлар 20954 101610,3 51029,9 189206,2 243,5 186,2
* Республика Макроиқтисодиёт ва статистика вазирлиги ҳамда Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги маълумотлари асосида тузилган.
хўжалик корхоналаридан пахта хомашёсини, дон маҳсулотларини, сабзавот-полиз, боғдорчилик ҳамда чорвачилик маҳсулотларини шартномлар асосида сотиб оламоқдалар. Афсуски уларнинг ҳақини белгиланган муддатларда тўлай олмаётирлар. Бундай ҳоллар мажмуа таркибидаги корхоналарнинг иқтисодий беқарорлиги шаклланишига маълум даражада сабаб бўлмоқда. Чунки уларнинг ўзаро қарзлари ортиб бормоқда. Бундай ҳолни қуйидаги маълумотлардан кўриш мумкин (1-жадвал).
Жадвалдаги маълумотларнинг далолат беришича, дебиторлик ва кредиторлик қарзлар барча тармоқларда мавжуд, лекин энг кўп кредиторлик ҳамда дебиторлик қарзлари жамоа ва ширкат хўжаликларига тўғри келмоқда. Агарда улар 1998 йилгача барча сотган қишлоқ хўжалик маҳсулотлари учун 101,6 млрд. сўмлик ҳақни қайта ишлаш корхоналаридан олишолмаган бўлса, 2002 йилнинг бошига келиб, бу кўрсаткич 189,2 млрд. сўмга етган ёки унинг умумий миқдори шу йиллар ичида 86,2 фоизга ўсган. Бу маблағларни вақтида тўламаган корхоналар «Ўзмевасабзавотузумсаноат» холдинг компанияси, «Ўзпахтасаноат», «Ўзгўштсутсаноат» уюшмалари, «Ўздонмаҳсулот» компанияси ва бошқа тармоқлар таркибидадир.
Қишлоқ хўжалик корхоналари сотган маҳсулотлари учун маблағларини вақтида олаолмаганликлари сабабли улар ҳам «Ўзқишлоқхўжаликтаъминот-тузатиш» қўмитаси, «Ўзқишлоқхўжаликкимё», автотранспорт, энергетика ва бошқа тармоқларнинг маҳсулотлари, хизматлари учун тўланадиган маблағларни вақтида бера олмаётирлар. Булар шу тармоқлар ўртасидаги иқтисодий муносабатлар бузилаётганлигидан далолат бермоқда. Натижада корхоналар ўртасида ўзаро ишончсизлик муҳити ривожланмоқда. Корхоналар қарз маблағларини қонун йўли билан ундириш учун хўжалик суждларига мурожаат этмоқдалар, улар эса тушган даъволарни кўриб, тегишли қарорлар чиқармоқдалар. Шунинг натижасида вақтдан ютқазиб, маблағларини ола оламётганликлари оқибатида мажмуа таркибидаги корхоналарнинг ишлаб чиқариши талаб даражасида ривожланмаяпти.
Демак, келажакда агросаноат мажмуаси таркибидаги корхоналар ўртасидаги иқтисодий муносабатларнинг пул-товар муносабатлари асосида йўлга қўйилишини таъминлашга алоҳида эътибор бериш керак.
11. Agrosanoat majmuasining holati, iqtisodiy- ijtimoiy samaradorlik darajasi.
Республика агросаноат мажмуаси таркибидаги тармоқларнинг ташкилий, техникавий, технологик, иқтисодий ҳамда ижтимоий ўзаро боғланиши, яъни интеграциялашуви натижасида меҳнат тақсимоти амалга оширилмоқда. Бу ҳол агросаноат мажмуаси ихтиёридаги барча ресурслардан, шу жумладан, чекланганларидан ҳам самарали фойдаланилишини таъминлашга, техника ва технологияларни ривожлантиришга, ишлаб чиқариш жараёнларини механи-зациялаштиришга, автоматлаштиришга, электрлаштиришга, компьютерлаш тиришга ҳамда тармоқларни бошқаришни такомиллаштиришга қаратилган. Улар талаб даражасида амалга оширилиши натижасида харидоргир, рақобат бардош озиқ-овқат ҳамда халқ истеъмоли моллари ишлаб чиқариш ҳажми ортади. Улар истеъмолчиларга сифатли ва қулай усуллар билан етказиб борилиши натижасида аҳолининг шу маҳсулотлар билан таъминланиши даражаси ортиб, мажмуа таркибидаги тармоқларнинг фойдалари кўпаяди. Натижада агросаноат мажмуасининг иқтисодий самарадорлиги юксалади.
Агросаноат мажмуасининг иқтисодий самарадорлик даражасини қатор кўрсаткичлар ёрдамида аниқлаш мумкин.
Жумладан, Республика агросаноат мажмуасининг ялпи маҳсулоти. У мажмуа таркибидаги тармоқлар корхоналари бир йил мобайнида ишлаб чиқарган тайёр маҳсулот ва кўрсатган хизматлар миқдоридан ташкил топади. Ялпи маҳсулотнинг миқдори ҳар бир тармоқ бўйича абсолют, яъни натурал кўрсаткичлар ёрдамида ҳисобланади (тонна, дона, банка, литр, шиша идишда, тонна.км, эт.гектар.). Бу кўрсаткич ёрдамида агросаноат мажмуасидаги тармоқлар ялпи маҳсулотининг миқдори алоҳида- алоҳида аниқланиб, аввалги йиллардаги рақамлар билан таққосланиб, тармоқларнинг қандай ҳолатдалиги аниқланади. Масалан, қишлоқ хўжалик машинасозлиги корхоналари 1997 йилда 2852 дона трактор, 1049 дона пахта териш машиналари ишлаб чиқарган бўлса, 2000 йилда тегишлича 954,337 донадан ишлаб чиқарган. Бу рақамлар шу муддатда тармоқ маҳсулотларининг камайиб бораётганлигини исботлайди. Шу йилларда қишлоқ хўжалигида ғалла етиштириш 2,1 млн. тоннадан 5,2 млн. тоннага етгани унинг ҳажми 2,5 мартага ошганлигини кўрсатади. Натижада нон ва нон маҳсулотлари ишлаб чиқариш сезиларли даражада кўпайди. Пахта хомашёси етиштириш ҳажми 1991-2002 йилларда 4,1 млн. тоннадан 3,2 млн. тоннага тушган, яъни 20 фоизга камайган. Шунинг натижасида пахта толасининг миқдори ҳам 1,2 млн.тоннадан 1,05 млн. тоннага тушган ёки 12,5 фоизга камайган. Бундай ҳол ўсимлик ёғи, совун ишлаб чиқариш ҳажмининг камайишига олиб келган. Шу йилларда спиртли ичимликлар ишлаб чиқариш нисбатан ошган.
Лекин бу натурал кўрсаткичлар агросаноат мажмуасининг умумий ҳолатини ифодалай олмайди. Бунинг учун агросаноат мажмуаси ялпи маҳсулотининг қийматини аниқлаш лозим. Ялпи маҳсулот қиймати мажмуа таркибидаги барча корхоналар бир йилда ишлаб чиқарган тайёр маҳсулотларнинг, кўрсатган хизматларнинг бозор баҳоларидаги қийматидан иборат. Айрим корхоналарда ишлаб чиқарилган баъзи маҳсулотларнинг маълум бир қисмидан корхона ишлаб чиқаришини ривожлантириш учун фойдаланилади, маълум миқдордагиси эса шу йилнинг ўзида сотилмай қолади.
Ялпи маҳсулот қийматини ҳисоблашда маҳсулотларнинг бир неча марта ҳисобга олинишини бартараф этиш мақсадида, агросаноат мажмуасининг барча тармоқларида яратилган қўшилган қиймат суммасини ҳисобга олиш мақсадга мувофиқдир. Чунки қўшилган қиймат – бу, корхона томонидан ишлаб чиқарилган маҳсулот қийматидан етказиб берувчилардан сотиб олинган ва истеъмол қилинган хомашё ва материаллар қиймати (амортизация суммасидан ташқари) чиқариб ташланганидан сўнг қолган қисмининг бозор баҳоларидаги қийматидир. Мажмуа ялпи маҳсулотининг ҳақиқий баҳолардаги қийматини республика ялпи миллий маҳсулоти таркибидаги салмоғини аниқлаб, унинг мамлакат иқтисодиётидаги улуши ва ўзгаришини ҳам аниқлаш мумкин. Агарда агросаноат мажмуаси ялпи маҳсулотининг республика ялпи миллий маҳсулотидаги салмоғи ўсаётган бўлса, ялпи миллий маҳсулот ошган ҳолда мажмуанинг мамлакат иқтисодиётидаги ўрни юксалаётганлигидан далолат беради. Агросаноат мажмуаси ялпи маҳсулотининг ҳақиқий баҳоларда ҳисобланган қийматидан шу йилдаги асосий иқтисодий кўрсаткичларни, жумладан, ишлаб чиқаришнинг рентабеллик даражасини, меҳнат унумдорлигини, фондлар қайтимини аниқлашда фойдаланиш мумкин. Агросаноат мажмуаси иқтисодиётининг қатор йиллардаги ўзгаришини аниқлаш учун унинг ялпи маҳсулоти қийматини ўзгармас, яъни қиёсий баҳоларда аниқлаш мақсадга мувофиқдир. Ҳозирги даврда қиёсий баҳо сифатида 1996 йилдаги ўртача баҳолар олинмоқда. Шу тартибда ялпи маҳсулотнинг қиймати аниқланиб, уни аввалги йиллардаги рақамлар билан таққослаш орқали агросаноат мажмуаси ялпи маҳсулоти қийматининг ўзгаришини аниқлаш мумкин. Шундай қилиб, ялпи маҳсулот қийматига ва бошқа кўрсаткичлар даражасига баҳолар ўсишининг таъсири бартараф этилади. Агросаноат мажмуаси ялпи маҳсулотининг 1996 йил баҳоларидаги қиймати мажмуанинг реал ялпи маҳсулоти эканлигидан далолат беради. Шу реал ялпи маҳсулот қиймати кўрсаткичидан фойдаланган ҳолда агросаноат мажмуасида қатор йиллардаги меҳнат унумдорлиги, фондлар қайтими, сиғими каби кўрсаткичлар даражасини аниқлаб, уларнинг ўзгаришини ҳам билиб олиш, бу кўрсаткичларни мажмуа таркибидаги тармоқлар миқёсида аниқлаб, уларнинг ўзгаришини таҳлил қилиш мумкин.
Агросаноат мажмуасининг тармоқлари бўйича мамлакат экспортидаги, яъни валюта тушумидаги салоҳияти, яъни улуши. Уни билиш учун агросаноат мажмуаси тармоқларидаги корхоналарнинг экспорт қилган маҳсулотларига, хизматларига олинган валюта шаклидаги ҳақ тушумларининг бир йиллик йиғиндисини аниқлаш зарур. Уни ягона валюта бирлигида кўрсатиш учун АҚШ долларига давлат курсига биноан аниқлаш лозим, келажакда ўз мавқесини ошириб бораётган еврода ҳам ҳисоблаш мақсадга мувофиқдир.
Агросаноат мажмуаси барча валюта тушумининг республика жами валюта тушумига нисбати билан мажмуанинг салмоғини аниқлаш мумкин. Ҳозирги даврда бу кўрсаткичнинг салмоғи 60 фоизга яқинлашб қолган. Шундан 24-26 фоизини пахта толасини сотишдан олинаётган валюта ташкил этмоқда.
Ҳозиргача ишлаб чиқарилаётган пахта толасининг 95,3 фоизи четга экспорт қилинмоқда. Шунинг натижасида сезиларли миқдордаги валюта республикага олиб келинмоқда. Агарда 1992 йилда ишлаб чиқарилган 1250,8 минг тонна пахта толасидан 1066,9 минг тоннаси четга экспорт қилиниб, 890,4 млн. АҚШ доллари миқдоридаги чет эл валютаси олинган бўлса, 2001 йили ишлаб чиқарилган 1250,8 минг тонна пахта толасининг 829,4 минг тоннаси четга сотилиб, 912,4 млн. АҚШ доллари миқдоридаги чет эл валютаси республикага тушган. Ҳар бир тонна пахта толаси 1100 АҚШ долларига сотилган. Шу билан бирга маълум миқдордаги озиқ- овқат маҳсулотлари ҳам четга сотилмоқда. Уларни сотиш натижасида олинган валюта 2000 йилда 76,2 млн., 2001 йили 58,2 млн. АҚШ долларини ташкил этган (2-жадвал).
2-жадвал
Айрим агросаноат маҳсулотлари экспорти натижалари
Ўлч. бирл. Йиллар
1992 1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999 2000 2001
Ишлаб чиқарилган пахта толаси Минг тонна 1250,8 1356,0 1253,2 1254,0 1175,0 1141,9 1147,1 1021,6 1025,2 957,1
Шундан:
Экспорт қилингани Минг тонна 1066,9 1184,5 1187,6 1025,3 1077,7 980,3 908,6 1118,7 778,3 829,4
Экспортдан тушган валюта Млн. АҚШ доллар 890,4 1211,6 1516,7 1798,9 1748,3 1579,4 1361,0 906,2 897,1 912,4
Экспорт қилинган агро озиқ-овқат маҳсулотлари эвазига олинган валюта Млн. АҚШ доллари 30,9 60,0 33,3 62,2 76,2 58,2
*Макроиқтисодиёт ва статистика вазирлиги маълумотлари асосида тузилган.
Демак, мамлакат экспорт салоҳиятини белгиловчи муҳим кўрсаткич бўйича қишлоқ хўжалиги билан «Ўзпахтасаноат» уюшмасининг салмоғи катта. Бу яхши, лекин келажакда пахта толасини четга сотишнинг мақсадга мувофиқ миқдорини сақлаган ҳолда уни қайта ишлаб, истеъмол учун тайёр ҳисобланган халқ истеъмоли товарлари экспортга чиқарилишини ривожлантиришга алоҳида эътибор қаратиш лозим. Шу билан бирга қишлоқ хўжалигида сабзавот, полиз ҳамда боғдорчилик, чорвачилик маҳсулотларини қайта ишлаш соҳаларини ривожлантириб, олинган сифатли, экологик жиҳатдан тоза ҳисобланган тайёр маҳсулотларни ҳам чет элларга сотишни ривожлантиришга алоҳида эътибор бериш вақти келди.
Бу муаммони ҳал этиш жараёнида республикада қайта ишлаш тармоқларининг ривожланиши, янги иш жойларининг ташкил этилиши, савдо соҳаларининг тараққиёти таъминланади. Натижада нафақат иқтисодий, балки аҳолини иш билан таъминлашдек ижтимоий аҳамиятга молик бўлган муаммо ҳам маълум даражада ҳал этилади.
Аҳолининг озиқ - овқат ва халқ истеъмоли товарлари билан таъминланганлик даражаси. Бу кўрсаткичнинг мутлақ даражасини аниқлаш учун агросаноат мажмуасида ишлаб чиқарилиб, истеъмолчиларга сотилган маҳсулотлар (турлари бўйича) миқдорини республика аҳолсининг умумий сонига тақсимлаш лозим. Шунда жон бошига тўғри келадиган маҳсулот миқдори аниқланади. Агарда унинг миқдори йил сайин ортиб, тиббиёт меъёрларига яқинлашса, у ҳолда бу аҳолининг яшаш шароити юксалаётганлигидан, халқнинг фаровон ҳаёт кечириши таъминланаётганидан далолатдир.
Агросаноат мажмуаси, тармоқлари ва корхоналарида фойдаланилаётган, сарфланаётган ишлаб чиқариш фондларининг, қилинаётган харажатларнинг самарадорлиги. Бу кўрсаткичларни аниқлаш учун агросаноат мажмуасининг ялпи маҳсулотини, миллий маҳсулотини ҳамда соф фойда суммасини ишлаб чиқариш фондларига, харажатлар суммасига тақсимлаш зарур. Шунда 1 сўмлик ишлаб чиқариш фондлари, харажатлари эвазига олинган ялпи маҳсулот, миллий маҳсулот ҳамда соф фойда суммаси аниқланади. Агарда бу кўрсаткичларнинг мутлақ (абсолют) миқдори ошиб борса, у ҳолда бу фондларнинг, харажатларнинг иқтисодий самрадорлиги ошаётганлигидан далолат беради.
Агросаноат мажмуаси тармоқларининг, корхоналарининг рентабеллик даражаси. Уни аниқлаш учун тармоқларнинг, корхоналарнинг соф фойдасини жами харажатлар суммасига тақсимлаб, натижани 100 га кўпайтириш лозим. Чунки бу кўрсаткич фоизда аниқланади. Шу билан биргаликда агросаноат мажмуасининг ижтимоий самарадорлигини аниқлашда бир қанча қўшимча кўрсаткичлардан, жумладан, тармоқлар бўйича бир кишининг ўртача ойлиги, кадрларнинг билимлилик салмоғи, аҳоли жон бошига кўрсатилаётган хизматлар миқдори ва бошқалардан ҳам фойдаланиш мумкин.
Сўнгги йилларда республика агросаноат мажмуасида ижобий ўзгаришларга эришилмоқда. Агарда 1993 йилда республика қишлоқ хўжалигида 2,2 млн.тонна дон маҳсулотлари етиштирилган бўлса, 2002 йилга келиб, бу миқдор 4,7 млн. тоннани ташкил этди. Натижада нон ва нон маҳсулотлари ишлаб чиқариш 1993 йилдаги 506 минг тоннадан 2000 йилга
3-жадвал
Республика агросаноат мажмуасида ишлаб чиқарилаётган айрим маҳсулотлар миқдори*
Маҳсулот номи Ўлчов бирлиги Йиллар
1993 1994 1995 1996 1997 1998 1999 2000
Дон маҳсулоти Минг тонна 2142,4 2466,9 3215,2 3562,0 3775,6 4147,7 3600 3002
Пахта толаси Минг тонна 1356,0 1253,2 1254,0 1175,0 1141,9 147,1 1021,6 1025,2
Нон ва нон маҳсулотлари Минг тонна 506 618,4 571,3 486,6 545,2 717,2 739,0 749,4
Озуқабоп ем Минг тонна 1287 533,8 730,3 688,6 726,3 767,4 665,2
Этил спирти (озуқа) Минг дал 977 1037 1705 2251 3379 4049 3818 3572
Гўшт ва гўшт маҳсулотлари Минг тонна 78,3 57,3 38,2 22,9 30,1 44,3 125,4 121,6
Узум виноси Минг дал 8,3 6,9 6,6 7,7 7,7 6,1 6,4 5,6
Ўсимлик ёғи Минг тонна 290,4 301,7 230,7 232 234,6 189,3 195,9 2113
*Республика Макроиқтисодиёт ва Статистика вазирлиги маълумотлари асосида тузилган.
келиб 750 минг тонна етди ёки 48,2 фоиз ошди. Бу аҳолининг нон ва нон маҳсулотлари билан таъминланиш даражаси юксалишига олиб келди.
Шу йиллар ичида кондитер маҳсулотлари ишлаб чиқариш 6,7 фоизга, этил спирти (пишевой) ишлаб чиқариш 3,6 мартага кўпайди (3-жадвал).
Эслатиб ўтиш керакки, республикада гўшт ва сут маҳсулотларини ишлаб чиқариш ўтиш босқичининг дастлабки йилларида анчага қисқарган эди. Лекин 1999 йилдан бошлаб бу соҳада ҳам ўзгаришлар бўлмоқда. Умуман олганда, агросаноат мажмуасининг фаолияти аста - секин ривожланиб бормоқда. Натижада айрим соҳаларининг иқтисодий самарадорлиги юксалмоқда.
12 . Oziq- ovqat va xalq istemoli mollari majmuasi.
Республика ҳукуматининг энг муҳм вазифаларидан бири аҳолининг истеъмол товарларига нисбатан ўсиб бораётган талабини қондиришдир. Чунончи, аҳоли озиқ-овқат ҳамда ноозиқ-овқат маҳсулотлари билан тўлиқ таъминланиши натижасида уларнинг фаровон ҳаёт кечиришлари учун асос яратилади. Бу муаммони агросаноат мажмуаси ҳал этади. Агросаноат мажмуасида барча тармоқлар ўзаро уйғунлашиши (интеграциялашуви) ҳамда ихтисослашиши натижасида аҳолининг икки хил эҳтиёжини қондирадиган маҳсулотлар ишлаб чиқарилиб, истеъмолчиларга етказиб берилиши зарур.
Улардан биринчиси озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқариш. У озиқ-овқат маҳсулотлари мажмуасиини ташкил этади. Унга нон ва нон маҳсулотлари, қандолат, шакар, гўшт ва гўшт маҳсулотлари, чой, узум виноси, конъяк, ароқ, турли хилдаги консервалар ва бошқа маҳсулотлар киради. Бу озиқ-овқат маҳсулотлари инсон организми учун зарур моддаларни бериб, унинг соғлом ўсишини таъминлайди.
Шу билан бирга агросаноат мажмуаси аҳоли учун ҳаёт кечириш жараёнида фойдаланиладиган товарлар ишлаб чиқаради. У халқ истеъмоли моллари мажмуасини ташкил этади. Унда оёқ кийими, кийим-бош, газламалар, саноат спирти, техника ёғлари ва бошқа маҳсулотлар ишлаб чиқарилади. Шу мажмуа ривожланиши билан аҳолининг яшаш шароити ўзгаради. Бу ерда аҳолининг зарур бўлган бошқа буюмлар, воситалар, шунингдек, уй-жой билан таъминланиши, унга турли хидаги хизматлар кўрсатилиши ва бошқалар ҳам эътиборга олиниши керак.
Аҳолининг озиқ-овқат маҳсулотлари билан таъминланиши давлатнинг озиқ-овқат хавфсизлигига ҳам боғлиқ. Чунки мамлакат миқёсида озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқариш ҳажми унга бўлган мамлакат эҳтиёжини ташқи омилларга (чет эл давлатларига) боғланмаган ҳолда таъминлаши лозим. Шунинг натижасида мамлакат миқёсида сиёсий-иқтисодий ҳамда ижтимоий барқарорлик таъминланади. Ўзбекистон Республикаси собиқ СССР таркибида бўлган даврда унинг ун ва ун маҳсулотларига бўлган талаби асосан республикага четдан келтириладиган маҳсулотлар эвазига қондириларди. Бу ҳолатни республика мустақиллиги даврида сақлаб қолиш мутлақо мақсадга мувофиқ эмас эди. Шунинг учун ҳам республика ҳукумати ўтиш даврининг биринчи йилларидан бошлаб ғалла мустақиллиги сиёсатини изчиллик билан амалга ошириб келмоқда. Бунга эришиш учун самарали ҳисобланган пахта хомашёси ишлаб чиқариш ҳажмини камайтиришга ҳаракат қилинди. Натижада «иккинчи нон» ҳисобланган картошка етиштириш ҳам ривожлантирилди. Ҳозирги даврда маҳсулотнинг бу тури чет элдан сотиб олинаётгани йўқ, чунончи, бу борада ҳам давлат хавфсизигига эришилмоқда, лекин ҳозирги даврда республика аҳолсининг гўшт ва гўшт маҳсулотлари, сут ва сут маҳсулотлари, ёғ маҳсулотлари билан таъминланиш даражаси тиббиёт нормативига нисбатан анча паст. Бу масалани ҳал этиш мақсадида агросаноат мажмуаси марказий бўғини ҳисобланган қишлоқ хўжалигининг барча тармоқларини интенсив ривожлантиришга алоҳида эътибор берилмоқда. Бунда чорвачилик тармоқларини устувор суръатларда ривожлантиришга ҳаракат қилинмоқда. Жумладан, паррандачиликни саноат негизида ривожлантиришга алоҳида аҳамият берилмоқда. Қорамолчилик, қўйчилик билан шуғулланадиган нодавлат корхоналари учун ҳар томонлама иқтисодий имкониятлар яратилмоқда. Уларни молиявий маблағлар билан барқарор равишда таъминлаш мақсадида имтиёзли кредитлар бериш йўлга қўйилмоқда, солиқ имтиёзлари берилмоқда, уларнинг ишлаб чиқаришлари учун зарур бўлган, чет эллардан келтирилаётган воситалар божхона тўловларидан озод этилмоқда. Буларнинг ҳаммаси халқ истеъмоли моллари миқдорини кўпайтиришга йўналтирилган тадбирлар ҳисобланади.
Аҳолининг озиқ-овқат ва халқ истеъмоли товарлари билан таъминланишини юксалтириш учун энг аввало, агросаноат мажмуаси таркибидаги барча тармоқларнинг моддий-техника базаси мустаҳкамлани-шини, фан-техника янгиликлари ҳамда илғор, самарали технологиялар ишлаб чиқаришга изчил жорий этилишини ўзаро боғлиқ ҳолда таъминлаш зарур. Шу билан бирга мажмуа таркибидаги қайта ишлаш тармоқлари кўламини кенгайтириб, ишлаб чиқарилаётган маҳсулотлар ассортиментини кўпайтириб, уларнинг рақобатбардошлигини таъминлаб, сифатли сақлаб, аҳолига ўз вақтида етказиб берилишига эришиш лозим.
Юқорида таъкидланган муаммоларни ҳозирги замон талаби даражасида ҳал этиш учун:
агросаноат мажмуаси таркибидаги машинасозлик, нефть, кимё ва бошқа саноат тармоқлари қишлоқ хўжалигини ва унинг маҳсулотларини қайта ишловчи тармоқларни арзонроқ, сифатли, унумдор ишлаб чиқариш воситалари билан таъминлашлари;
қишлоқ хўжалик тармоқлари мавжуд бўлган барча ишлаб чиқариш воситаларидан оқилона фойдаланган ҳолда талабни қондирадиган миқдорда сифатли маҳсулотларни ишлаб чиқаришлари;
қишлоқ хўжалиги тармоқларининг ривожланишини таъминлаш мақсадида уларга турли хилдаги хизматларни вақтида, сифатли ва арзон нархларда амалга ошириш, жумладан, экинларни сув билан, техникалар, кимёвий воситалар, ўғитлар, озуқа-ем, ёқилғи, ёнилғилар билан, техникаларни таъмирлаш ва хизматлар кўрсатиш;
қишлоқ хўжалигида етиштирилган маҳсулотларни нобуд этмасдан вақтида, сифатли тайёрлаб, қайта ишлаб, тайёр маҳсулотлар истеъмолчиларга етказиб берилишини таъминлаш лозим. Бунда маҳсулотларни сотиб олиб, қайта ишлаш корхоналари кўламини ривожлантиришга алоҳида эътибор бериш, республика Президенти И.Каримов таъкидлаганларидек, қишлоққа саноатни олиб бориш керак. Шу билан тармоқдаги аҳолининг иш билан таъминланиши, реал даромад олиши учун катта имконият яратилади;
республика агросаноат мажмуаси таркибидаги тармоқлар ўртасидаги барча ўзаро муносабатларни (баҳолар, солиқлар, тўловлар) такомиллаштиришга ва уларни эркинлаштиришга қаратилган тадбирларни ҳамма бўғинларда ишлаб чиқиб, уларнинг ҳаётга татбиқ этилишини таъминлашга эришиш керак.
Бу тадбирлар туфайли аҳолининг озиқ-овқат ҳамда истеъмол товарлари билан тиббиёт меъёрлари даражасида таъминланишига эришилади. Бу ҳол давлатнинг озиқ-овқат хавфсизлиги таъминланганлигидан далолат беради.
13.Давлатнинг озиқ-овқат хавфсизлиги
Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti kelganini taʼkidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari barchani oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yoʻlida ham qishloq xoʻjaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanadi.
Nega bashariyat farovonligi va kelajagiga xizmat qiluvchi mana shunday nufuzli tashkilot bu boradagi nuqtayi nazarlarni yangilash gʻoyasini ilgari surmoqda?
Sababi, bugungi kunda tabiatga befarq munosabat, unga antropogen taʼsirning kuchayib borishi, isrofgarchilik, ilgʻor va rivojlanayotgan davlatlar oʻrtasidagi oziq-ovqat balansi boʻyicha farqning oʻsayotgani, iqlim oʻzgarishlari qator salbiy omillarni keltirib chiqaryapti. Noz-neʼmatlarimiz, chuchuk suv, ummonlar, oʻrmonlar, biologik xilma-xillik keskin surʼatlarda kamayib bormoqda, yer unumdorligi pasayib, tuproq degradatsiyaga uchrayotir.
Oqibatda, BMT maʼlumotlariga koʻra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan boʻlsa, 2050-yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi oʻlimning 45 foizi aynan toʻyib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan koʻz yummoqda.
Qolaversa, sayyoramizdagi har toʻrt bolaning bir nafari oʻz yoshiga nisbatan oʻsmay qolgani aniqlangan. Maktab yoshidagi 66 mln. oʻgʻil-qiz darslarga beixtiyor och keladi. Shulardan 23 mln.i Afrikada istiqomat qiladi.
Masalaning yana bir tomoni. Qishloq xoʻjaligi dunyodagi eng katta ish beruvchi tarmoqdir. Bugun kurrai zamin aholisining 40 foizi aynan shu soha orqali tirikchilik qiladi. Bu qashshoq qishloqlardagi oilalar uchun daromad keltiruvchi va bandlikni taʼminlovchi asosiy manbadir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda asosan lalmi boʻlgan besh million kichik fermer xoʻjaliklari oziq-ovqatning 80 foizini yetkazib beradi. Shunday ekan, mazkur jabhaga investitsiya kiritish aholi qatlamlari oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash qatorida mahalliy va tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish boʻyicha mamlakat imkoniyatlarini oshiradi.
Yaqinda BMT tomonidan sohada yana bir tashabbusga qoʻl urildi. Yaʼni oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga qarshi kurashish boʻyicha global kampaniya eʼlon qilindi. Bu ham aynan oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladi. Ushbu tuzilmaning Atrof-muhit boʻyicha tashkiloti(YUNEP) maʼlumotiga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 1,3 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari tashlab yuborilar ekan.(Bunga qaysidir maʼnoda oʻzimiz ham toʻylarimizdagi isrofgarchiliklar orqali “hissa“ qoʻshmoqdamiz. Bejizga bunday tadbirlarni ixchamlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmayapti). Neʼmatlarning bunday isrof qilinishidek mantiqsiz holatga barham berish uchun birinchi navbatda ularni saqlash sharoitlarini oʻzgartirish taklif etilyapti.
“Qotgan non? Bir yogʻi chirigan olma? Mogʻor bosgan pishloq? Bunday mahsulotlar bilan nima qilish kerak? Koʻpchilik ularni tashlab yuboradi. Dunyodagi oziq-ovqat mahsulotlarining uchdan bir qismi chiqindi idishlarida yotadi. Jahon iqtisodiyoti bundan har yili qariyb trillion dollar zarar koʻryapti”, - deb yozadi BMT.
Tashkilot statistikasiga koʻra, dunyoda har yili qariyb toʻrt mlrd. tonna oziq-ovqat ishlab chiqariladi, agar ulardan oqilona foydalanilib, taqsimlansa,bu aslida sayyora ahlining barchasiga yetgan boʻlardi. Yuqoridagi kabi omillar tufayli dunyo oziq-ovqat bozorlarida narx-navo koʻtarilib boryapti. Oxirgi oʻn yilda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi esa mazkur muammoning keskin tus olishiga sabab boʻldi. Uning asoratlari hamon sezilyapti.
Zero, oziq-ovqat xavfsizligi mamlakat aholisini shu kabi asosiy mahsulotlar bilan oʻzini oʻzi, mustaqil taʼminlashga qodirligini ifodalaydi. Shuningdek, oziq-ovqat importiga oʻta bogʻliqlikdan xalos boʻlganligini anglatadi.
Davlatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash siyosati qachon samara beradi? Qachonki, mahsulot ishlab chiqarish va import qilish darajalari oqilona uygʻunlashtirilsa, bu borada aholi uchun kafolatlangan imkoniyatlar yaratilsa, xalqaro pragmatik hamkorlik aloqalarni rivojlantirilsa, davriy ravishda yangilanib turadigan oziq-ovqat zaxirasini yaratishga ham qaratilgan boʻlsa.
Shunday ekan, oziq-ovqat xavfsizligini masalasi barcha davlatlar qatori Oʻzbekistonning ham mustaqilligi, ijtimoiy-iktisodiy va siyosiy barqarorligini taʼminlash garovi hisoblanadi. Yurtimizda bu muammo hamon oʻz dolzarbligini yoʻqotmagan. Zero, ayni paytda oziq-ovqat mahcylotlapiga boʻlgan talab oshyapti, aholi coni oʻsishi asnosida jon boshiga icteʼmol koʻpaymoqda.
Binobarin, soʻnggi uch yilda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirishga boʻlgan yondashuv mutlaqo oʻzgardi, davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirildi.
Maʼlumki, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi sanaladi. Unda 3,6 million kishi, yaʼni iqtisodiyotda band boʻlganlarning 27 foizi ishlaydi. YAIMda tarmoq ulushi 32 foizga teng boʻlsa, sohada foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinayotgani diqqatga sazovor albatta. Yana bir eʼtiborli jihati, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yoʻlga qoʻyilib, u keng quloch yozyapti. Ular bilan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining 62 foizi paxta-toʻqimachilikda, 8 foizi chorvachilikda va 7,5 foizi meva-sabzavotchilikda qamrab olingani buning tasdigʻidir.
Shular qatorida sohani yanada rivojlantirish, fermerlar daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash hamda tabiiy resurslardan barqaror foydalanish borasida foydalanilmayotgan bir qator imkoniyatlar mavjud. Davlat rahbarining 2018-yil 16-yanvardagi “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va ayni paytda ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga moʻljallangan strategiyasi shu nuqtai-nazardan dolzarbdir.
Masalan, strategiyada Oʻzbekistonda 2018-yil holatiga koʻra aholi oʻrtasida umumiy toʻyib ovqatlanmaydiganlarning ulushi 6,3 foizni tashkil etishi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu ulushni 2021-yilgacha 5, 2025-yilga kelib 3 foizgacha kamaytirish, 2030-yilga borib nol darajaga tushirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Xoʻsh, buning uchun nima qilish kerak?
Sir emaski, yurtimizda eksport-import operatsiyalarini tartibga solish,ehtiyoj katta boʻlgan oziq-ovqat tovarlarini import qilishdagi toʻsiqlar, nosogʻlom raqobat, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan import mahsulotlarining monopollashtirilishi, narx-navoning sunʼiy oshirilishi, taqchillikning yuzaga kelishi kabi bir qator muammolar hamon uchrab turibdi.
Bunday holatlar sohadagi ishchanlik muhiti, mamlakat investitsiyaviy imkoniyati va jahon bozoridagi obroʻsiga jiddiy ziyon yetkazishi tabiiydir. Binobarin, yuqoridagi Farmonning hayotga tatbiq etilishi yurtimiz bozorlarini sifatli, arzon va xavfsiz oziq-ovqatlar bilan toʻldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirish imkonini beradi.
Koʻpchilikka maʼlumki, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarga oziq-ovqat tovarlarini xorijdan import qilish boʻyicha bir qator individual bojxona, soliq va boshqa imtiyozlari, preferensiyalar berilgan edi. Natijada davlatimizning milliard soʻmlab mablagʻlari sarflanardi. Lekin bu amaliyot oʻzini oqlamadi. Oziq-ovqat mahsulotlari importi ayrim subyektlar tomonidan monopoliyaga aylantirildi. Xorijdan keltirilayotgan shakar, qand, oʻsimlik yogʻlari va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ichki bozorda koʻpayishi hamda narx-navo pasayishi oʻrniga, aksi boʻlib qoldi. Farmonga koʻra, 2018-yil 1-fevraldan boshlab oziq-ovqat tovarlari importi uchun beriladigan barcha imtiyoz va preferensiyalar bekor qilindi. Pirovardida isteʼmol tovarlari respublika tovar xom ashyo birjalarida sotilmoqda. Shuningdek, birjalarning ochiq elektron savdolarida sotish uchun (sotib olish) litsenziya talab qilinmaydi. Ilgarigi, ulgurji savdoga litsenziya olishda eng kam ish haqining 3,500 baravari va pul mablagʻi 1,200 baravardan kam boʻlmagan ustav fondi mavjudligi haqidagi talab ham bekor qilindi.
Ichki isteʼmol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yuqoridagi mahsulotlar importi tovar-xom ashyo birjalari va xorijiy birjalar elektron savdolari tizimi orqali amalga oshirilyapti. Oziq-ovqat mahsulotlarining xaridi, jamgʻarma tushumi va xarajatlari yagona portalda eʼlon qilib borilmoqda. Xullas, xorijdan olib kelinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi shaffof holda amalga oshirilyapti. Eng muhimi, ushbu Farmon asosida sohaga doir qonunchilik va normativ baza takomillashtirilyapti.
Muxtasar aytganda, mamlakatda oziq-ovqat mahsulotlari narxini pasaytirish, sifat va xavfsizligini taʼminlash, chayqovchilik holatlariga chek qoʻyish, byurokratiyani bartaraf etish, xorijiy investorlar va hamkorlar bilan muntazam muloqot va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish borasidagi barcha muammo va sunʼiy gʻovlarga chek qoʻyilmoqda.
Binobarin, mutaxassislar sifatida, Oʻzbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun quyidagilarni taklif etmoqchimiz:
- qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan unumli, samarali foydalanishni taʼminlashga qaratilgan qonunchilikni yanada mustahkamlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari ulushining yuqori boʻlishiga erishish;
- qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarining zarur hajmlarda yetishtirilishi yoʻlida suvdan foydalanish tizimini takomillashtirish.
Jumladan, qoʻshni davlatlar tomonidan gidroenergetika sohasida nazarda tutilgan loyihalar amalga oshirilgan va suv taʼminoti tegishlicha qisqargan taqdirda 2025-yilda suv taqchilligini qoplash uchun sugʻoriladigan yerlarda tomchilatib sugʻorishni joriy etish talab etiladi. Bu katta miqdordagi investitsiyalarni taqozo qiladi, albatta. Ammo tomchilatib sugʻorish qoʻllaniladigan mineral oʻgʻitlar hajmini maʼlum darajada qisqartirish imkonini berishini ham unutmaslik lozim. Bu yetishtirilayotgan oziq-ovqat tannarxini pasaytirish va yer sifati yomonlashishi muammosini hal etishga koʻmaklashdi. Demak, hosildorlik va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning qoʻshimcha hajmlaridan olinadigan foyda ham oshadi.
Ayni chogʻda dehqonchilik mahsulotlari hosildorligi va chorvachilikda mahsuldorlikni oshirish vazifalarini hal etish uchun zamonaviy agrotexnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish va tayyorlash, taqsimlash, qayta ishlash va sotishning samarali tizimini yaratish ham muhim. Xususan, butun yil mobaynida ham oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlaydigan, ham narxlarning mavsumiy oʻzgarib turishini pasaytiradigan mexanizm yaratish lozim.
Shu nuqtayi nazardan yangi va qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashning samarali usullarini tatbiq etish davr talabidir.
Boisi 2025-yilga borib Oʻzbekiston oʻrtacha darajadan yuqori daromad oladigan mamlakatlar guruhiga oʻtishi maqsad qilingan. Bu turmush tarzi, xulq-atvor andozalari, ovqatlanish tarkibini tegishli tarzda oʻzgarishiga olib keladi. Shularni eʼtiborga olgan holda bir qancha tovarlar boʻyicha qayta ishlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari ulushi oʻsishini taʼminlash zarur boʻladi. Qolaversa, ovqatlanish standartlari va meʼyorlarini joriy etish (shu jumladan, mikroelementlar va zarur nutriyentlar mavjud boʻlishi, zararli moddalar, turli qoʻshimchalar, boʻyoqlar, taʼm beruvchilar, emulgatorlarni nazorat qilish, tayyorlash, tashish texnologiyalariga rioya qilishni nazorat qilish), shuningdek, ovqatlanish sifati ustidan nazorat qilish mexanizmini yanada rivojlantirish lozim. Aholining ovqatlanish modelini yaxshilash maqsadida sogʻlom ovqatlanish toʻgʻrisidagi zarur axborotni tarqatish, bu borada tibbiyot muassasalari faolligini oshirish lozim.
Zotan, Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻlikni taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. Qishloq xoʻjaligidagi islohotlardan maqsad – iqtisodiy foyda koʻrish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur”.
14.Мулк ва тадбиркорлик ҳақида тушунча, унинг иқтисодий негизи, шакллари
Barcha ko'rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo'yicha. Bulardan ayrimlarini ko'rib chiqamiz. Turi yoki qoʻllanilishi bo'yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo'linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat koʻrsatishi mumkin.
Mulkchilik shakli bo'yicha korxona mulki xususiy, davlat, munitsipal bo'lishi shuningdek, Jamoa birlashmalari (tashkilotlarl) Ixtiyorida bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik qilish huquqini belgilashda, mulkni xususiy, davlat, munitsipal yoki jamoa ixtiyorida ekanligidan qatiy nazar turli cheklamalarga yoki Imtiyozlarga davlat tomonidan ko'rsatma berilishiga yo'l qo'yilmaydi.
Mulkdorlar soni bo'yicha tadbirkorlik faoliyati yakka tartibli yoki jamoa shaklida bo'ladi. Yakka tartibli tadbirkorlikda mulk bir jismoniy shaxsga tegishli bo'ladi. Jamoa tadbirkorligida esa mulk bir necha subyektga tegishli bo'lib, ularning mulkka egalik hissalari aniqlangan yoki aniqlanmagan bo'lishi mumkin. Bu borada mulkka egalik, undan foydalanish va ishlatish barcha mulkka egalik qiluvchilarning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Mulk va tadbirkorlik haqida tushuncha, uning iqtisodiy
negizi, shakllari
• Qishloq xo’jaligi o`zining asosiy maqsadiga erishish uchun
tarmoqda tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirilishini
taqozo etadi. Tadbirkorlik -mulkchilik sub'ektlarining qishloq
xo’jalik mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va
sotish hamda xizmatlar ko’rsatish natijasida foyda yoki
daromad olishga qaratilgan tashabbuskorlik bilan faoliyat
ko’rsatishidir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik
qishloq xo’jaligida ham yuridik, ham jismoniy shaxslar
tomonidan amalga oshiriladi. Bu jarayonda ular O’zbekiston
Respublikasining «Mulk to’g`risida»gi, «Korxonalar
to’g`risida»gi hamda «Tadbirkorlik to’g`risida»gi va boshqa
qonunlari talablariga qat'iy rioya etishlari zarur.
• Qishloq xo’jaligidagi tadbirkorlarning mulkiy huquq ob'ektlari
quyidagilar hisoblanadi:
• - bino va inshootlar, uy-joylar;
• - kuch va ishchi mashinalar, jihozlar;
• - transport vositalari, asbob-uskunalar;
• - hisoblash, kompyutyer texnikalari;
• - ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari;
• - ishchi va mahsuldor hayvonlar;
• - ko’p yillik daraxtlar (bog`lar, toklar, tutlar);
• - yyetishtirilgan barcha turdagi mahsulotlar;
• - pul mablag`lari, qimmatli qog`ozlar;
• - yonilg`i, yoqilg`i va yog`lovchi materiallar;
• - mahalliy va mineral o’g`itlar, kimyoviy vositalar;
• - yem-xashak, ozuqa, ko’chat, urug`liklar;
• - ishchi-xizmatchilarning intelektual qobiliyatlari…
Tadbirkorlikni shakllari bo'yicha: tashkiliy-huquqiy va tashkiliy iqtisodiy turlarga boʻlish mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik jumlasiga shirkatlar, jamiyatlar, kooperativlar kiradi.
Shirkatlar - tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tashkil etilgan shaxslar uyushmasidir. Shirkatlar korxonani tashkil etilishida ikki yoki undan ortiq shaxslar ishtirok etgan taqdirda tuziladi. Shirkat uyushmalarining afzalligi shundaki, ularda qo'shimcha kapitalni jalb etish imkoniyati mavjuddir.
Bundan tashqari, mulk egasining bir nechta ekanligi, korxona ichida,
egadorlaming biliml, tajribasiga qarab, bir necha ixtisoslashgan sohani tashkil. etish imkonini beradi. Lekin tadbirkorlikning bunday tashkiliy-huquqiy shakli kamchiliklarga ega bo'lib, ular quyidagilarda namoyon bo'ladi: har bir shirkat ishtirokchisi o'zining qo'shgan hissasidan qatiy nazar. bir xil javobgarlikka ega. Bundan tashqari bir sherikning harakati qolgan sheriklar uchun, agar ular bunga qarshi bo'lsalarda, majburiy bo'lishi mumkin.
Shirkatlar mas'uliyati cheklanmagan va mas'uliyati cheklangan ikki guruhga boʻlinadi. Jamiyatlar, kamida ikki fuqaro yoki huquqiy shaxs tomonidan, ularning mablag'larini birlashtirish orqali (pul yoki natura ko'rinishida) xo'jalik yuritish faoliyatini amalga oshirish maqsadida tuziladi. Mas'uliyati cheklangan Jamiyat a'zolari uning majburiyatlari boʻyicha javobgar hisoblanmaydi. Ular faqat o'zlari qo'shgan hissalari qiymati doirasida javobgardirlar. Bulardan farqli o'laroq, qo'shimcha masuliyatli jamiyat a'zolari o'zlarining barcha mulklari bo'yicha Javobgar hisoblanadilar.
Tadbirkorlikning eng ko'p tarqalgan ko'rinishi aksiyadorlik ja-miyatidir. Ularning farqi shundaki, ularga qimmatli qog'oz - aksiya chiqarish yo'li bilan zarur mablag'ni ishlab chiqarishga jalb etish huquqi berilgan. Bu borada aksiyadorlik Jamiyati a'zolari jamiyat faoliyati yakunlari bo'yicha, o'zlari egalik qilayotgan aksiyalar qiymati chegarasida javobgar hisoblanadilar.
Ishlab chiqarish yokl boshqa xo'jalik yuritish faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida shaxslar guruhi tomonidan tuzilgan korxona kooperativ korxona deb ataladi.
Kooperativ a'zolari uchun, ulaming shaxsan mehnat qilishlari yoki kooperativ faoliyatida qatnashishpari, shuningdek ular tomonidan badallarni birlashtirishi majburiydir.
Tadbirkorlikning asosiy tashkiliy-iqtisodiy shakllariga kon-sernlarni, assotsiatsiyalami, konsorsiumlarni, sindikatlami, kartellami, moliyaviy-sanoat
guruhlami kiritish mumkin. IV Konser - ko'p tarmoqli aksiyadorlik jamiyati boʻlib, korxona-lari qatnashishi tizimi orqali nazorat qiladi. Konsern tarmoqlanib chiqqan sho'ba kompaniyalarning aksiyalari nazorat paketlariga egalik qiladi. O'z navbatida sho'ba kompaniyalar ham boshqa aksiyadorlik kompaniyalar (jumladan chet ellardagi) aksiyalari nazorat paketlariga egalik qilishi mumkin. Assotsiatsiya — Iqtisodiy jihatdan mustaqil boʻlgan korxonalar, tashkilotlarning ixtiyoriy birlashmasidir. Assotsiatsiyaga birlashgan korxona va tashkilotlar ayni paytda boshqa tuzilmalar tarkibiga ham kirishi mumkin. Odatda, assotsiatsiya tarkibiga bir hududda joylashgan, bir sohaga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar kiradi. Assotsiatsiyaga birlashishdan asosiy maqsad - ilmiy-texnika, ishlabchiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa muammolarni birgalikda hal etishdir. Konsorsium - yirik moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida tuzilgan tadbirkorlarning uyushmasidir. Tadbirkorlarning bunday uyushmasi yirik loyihalarga mablag' sarflash imkoniga ega bo'lib, bunda tavakkalchilik bir muncha kamayadi, chunki javobgarlik ko'plab qatnashchilar o'rtasida taqsimlanadi. Sindikat - ortiqcha raqobatchilikni cheklash maqsadida, mahsulot sotish uchun tuzilgan bir tarmoqdagi korxonalar birlashmasidir. Kartel – bir sohadagi korxonalaming mahsulot, xizmat narxlari, bozorni taqsimlanishi, umumiy ishlab chiqarish hajmidagi qissasi va boshqalar bo'yicha kelishuvidir. Tadbirkorlikning yangi tashkiliy - iqtisodiy shakli moliya-sanoat guruhidir (MSG). Ular sanoat, bank, sug'urta va savdo kapitalining shuningdek, korxona va tashkilotlarning intellektual potensiallari birlashmasini tashkil etadi. Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda tijorat korxonalarining asosiy shakllari
Bularga xususiy tadbirkorlik firmalari, hamkorlik korxonalari, kooperatsiyalar kiradi. «Firma deganda xo'jalik mustaqilligiga ega bo'lgan, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat yurituvchi iqtisodiy subyekt tushuniladi. Xususiy tadbirkorlik firma - shunday korxonaki, uning egasi o'z manfaatlari yo'lida mustaqil ish olib boradi. U firmani boshqaradi, olingan barcha daromadga egalik qiladi, firmaning barcha majburiyatlari bo'yicha javobgar hisoblanadi.
Firma egasi ishchilarni ishga yollash va ishdan bo'shatish huquqiga ega, shartnomalar tuzadi. Fimmaning afzalligi shundaki, uning boshqaruvi sodda, xarakat faoliyati erkin iqtisodiy mazmuni yetarlicha kuchli hisoblanadi (bir kishi barcha foydaning egasidir). Kamchiliklari esa quyidagilardan iborat: moliyaviy va moddiy resurslarning cheklanganligi, rivojlangan ichki ishlab chiqarish ixtisoslashuvining va takomillashgan boshqaruv tizimining yo'qligi, javobgarlikning cheklanmaganligi. Hamkorlik korxonalar - hamkorlikda egalik qiluvchi va boshqaruvchi bir necha shaxslar tomonidan tashkil etilgan firma yoki korxonadir. Bunda barcha hamkorlarga muhim huquqlar beriladi, biroq hamkorlik mas'uliyati cheklangan bo'lib, bu borada firma faoliyati bo'yicha to'liq javob beruvchi asosiy hamkorlar bilan bir qatorda, faqat ishga qo'shgan hissalari bilan javobgar bo'luvchi hamkorlar (masuliyati cheklangan hamkorlar) ham bo'ladi. Hamkorlik sharoitida moliyaviy masalalarini hal etish nisbatan osondir. Bunday firmada, xususiy tadbirkorlik firmadan farqli ravishda mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va boshqaruvni ixtisoslashtirilishidan foydalanish mumkin. hamkorlikning kamchiligi funksiyalar taqsimoti bo'lib, buning natijasida faoliyat yuritilishida kelishmovchiliklar va xatto manfaatlarning mos kelmasligi hollari yuzaga kelishi mumkin. Natijada kelishmovchiliklar sababli bir yoki bir necha hamkorning ishdan chiqib ketishi, hamkorlikning barbod bo'lishi havfini tug'diradi.
Korporatsiya deganda huquqiy shaxs shaklidagi yoki korxona tushu-niladi. Bunda har bir mulkdorning javobgarligi mazkur korxonaga hissasi chegarasida cheklanadi. Korporatsiya - paychilik asosidagi jamiyatdir. Jamiyatning aksiya-larini sotib olar ekan, alohida shaxslar koorporatsiya mulkdorlari qatoridan joy oladi. Shu tariqa Jamiyatga ko'p miqdordagi aholining moliyaviy mablag'lari jalb qilinadi. Aksiya egalari foydaning bir qismini dividend sifatida oladilar. Ular faqat aksiya sotib olishda sarflangan mablagʻlari boʻyicha tavakkal qiladilar. Korporatsiya aksiyalaregalariga bog'liq holda mavjuddir. Shu boisdan korporatsiyalar nisbatan mustaqkam, ishonchli korxona hisoblanadi. Korporatsiyaning kamchiliklaridan biri turli suiiste'molchilik harakatlari uchun imkoniyat mavjudligi, shuningdek mayda va oʻrtahol aksiya egalari tomonidan korporatsiya faoliyatini nazorat qilish imkonining yo'qligidir. Amerika Qo'shma Shtatlarida kapital tadbirkorlik assotsiatsiya-larida to'plangan bo'lib, ularning eng ko'p tarqalgani tarmoq assotsia-siyalaridir. Assotsiatsiyalar kompaniyalarga alohida biznesmenlarga, korporatsiyalarga, firmalarga) moliyaviy hisobotlar qilishda, budjetni rejalashtirishda yordam ko'rsatadilar: narx tashkil bo'lishini o'rganadi, bozor konyukturasini tekshiradi, tijorat-reklama samaradorligini oshirishning yangi yoʻllarini izlaydi. AQShda franchayzing deb ataluvchi yirik korxonalarining kichik korxonalar bilan imtiyozli hamkorligi keng taraqqiy etgan. Franchayzingni asosiy maqsadi kichik biznesni rivojlanishi uchun moliyaviy, moddiy, axborot va ishchi kuchi resurslaridan keng ko'lamda foydalanishdir.. Barcha asosiy koʻrsatkichlar bo'yicha Yaponiyada jamoa koʻrinishida guruhlashgan tadbirkorlar oldinda turadilar. Yaponiyada boshqaruvchilar va boshqa ishchi-xizmatchilar o'zlai xizmat qilayotgan firmani juda e'zozlaydilar. Notanish kim saga o'zlarini tanishtirar ekanlar avval firma nomini, so'ngra oʻz ism
shariflarini aytadilar. Yaponlar jamiyatida qadimdan rusum boʻlib kelgan boshliqlar unga bo'ysunuvchilar o'rtasidagi norasmiy, yumshoq muomala, mehnat munosabatlari Yaponiya korporatsiyalarida tadbirkorlikning guruqlashgan shaklini yuqori darajada rivojlanishiga sabab boʻldi. Bu borada, odatda, muhim tadbirkorlikka oid qarorlar (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish) har doim oliy boshqaruvchilar tomonidan qabul qilinsada, bu quyi guruhlar albatta, ishtirok etadi.
3. Tijorat tadbirkorligi Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug'ullanuvchilarning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog'liqdir.
Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko'rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan boʻladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar. Tovar birjasining maqsadi erkin raqobatni boshqarish mexanizmini tashkil etib, uning yordamida, talab va taklifning o'zgarishini hisobga olgan holda, haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birja muntazam {faoliyat koʻrsatuvchi standartlar bo'yicha sotiluvchi ulgurji tovarlar g'alla, koʻmir, metal, neft, yoqoch va hk) bozorining rivojlangan shaklidir. Bunday birjalar koʻp yillardan buyon barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlarda faoliyat ko'rsatmoqda. Misol tariqasida Pondon (rangli metallar), Liverpul (paxta) Singapur (kauchuk) va boshqa birjalarni ko'rsatish mumkin.
Haqiqatda tovar yetkazib beruvchilar bilan qilinadigan oddiy oldi-sotdi bilan bir qatorda, tovar birjalarida fyuchers muomalalari deb nomlanuvchi
operatsiyalar bo'yicha shartnomalar tuzilishi mumkin. Bunday muomalalarda ko'zda tutilishicha, shartnomada koʻrsatilgan narxlarda pul to'lash, shartnoma tuzishgandon so'ng ma'lum muddat o'tgach amalga osriladi.
Tovar birjalari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: - savdo kelishuvlarining tuzilishida vositachilik qiladi;
- tovar savdosini tartibga soladi, savdo operatsiyalarini boshqaruvi va kelishmovchiliklarni hal qiladi; XIV
- narxlar 10'g'risida va ularga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida ma'lumotlarni yig'adi va e'lon qiladi.
Tovar birjalari ishining ko'p qismini naqd tovarlar oldi-sotdisi (kassa muomalasi) emas, balki endi olinadigan tovar yoki shartnoma bo'yicha qo'yiladigan tovar (muddatli kelishuv) oldi-sotdisi tashkil qiladi. Tovar birjalari yopiq yoki ochiq bo'lishi mumkin. Yopiq tovar birjalarida faqat brokerlar. sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi birja vositachilarigina qatnashishi mumkin, ochiq tovar birjalarida esa, birjaga tashrif buyurganlar ham oldi-sotdida ishtirok etishlari mumkin. Birja operatsiyalari bo'yicha birjalar qaqiqiy (real) tovar va fyuchers birjalariga boʻlinadi..
Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini oldi-sotdi bo'yicha kelishuvlar va operatsiyalar boshqacha aytganda tovarlar va qayta sotish operatsiyalari tashkil qiladi. Tijorat tadbirkorlikning umumiy sxemasi, ma'lum darajada ishlab chiqarish tadbirkorlik sxemasiga o'xshab ketadi. Ammo bundan farqli raviida material resurslari o'rniga tayyor tovarlar sotib olinadi. Shu tariqa, mahsulot ishlab chiqarish o'rniga tayyor mahsulot olish keladi
Tijorat bitimini tuzishdan avval bozorni marketing tahlilini qilish zarurdir
Umumiy holda marketing deganda, tijorat korxonasi, firmaning xo'jalik faoliyatini har tomondan boshqarish va tashkil qilish tizimi tushuniladi. Marketing savdo korxonasining faoliyatiga komlleks yondoshuvga asoslanadi. Marketing
yordamida savdo korxonasining barcha muhim sikllari, ya'ni, bozorni oʻrganish, tovami iste'molchiga boʻlgan harakati, moliyaviy ta'minlash va foyda olish amalga oshiriladi.
Bu borada savdo korxonasiga ikkita o'zaro bogʻliq talab qo'yiladi: iste'molchi tabiatining o'zgarishiga iloji boricha ko'proq ko'rinish va raqobat sharoitida yashovchanlikni saqlab qolish.
Savdo faoliyatida marketingning amalga oshirilishini muhim sharti uni rejalashtirilishi hisoblanadi. Marketing rejasi natura va pul koʻrinishida sotish hajmini belgilashning asosini bildiradi. Bu borada tovarlar talab harakteri bo'yicha quyidagilarga bo'linadi: birinchi guruh - bozomi egallab ulgurmagan tovarlar; ikkinchi guruh - muhim talabga ega bo'lgan an'anaviy tovarlar.
Tezkor boshqaruv ishidan tashqari marketing tarkibi o'z ichiga bozorni o'rganish, holatni baholash, oldindan ko'rish, rejalashtirish bu haqda yuqorida soʻz yuritildi) kabi funksiyalar va bu funksiyalarni amalda bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish kiradi.
Agar bozorni oldindan qilingan tahlili va istiqboli tijorat bitimi olib borishni maqbul ekanligini bildirsa, tadbirkorga biznes-reja ishlab chiqishga to'g'ri keladi. Biznes-reja harakat fooliyati va qilinadigan sarf-harajatlar, kutilayotgan natijalar hisobi aks ettiriladi
Umumiy ko'rinishda har qanday tijorat bitimi dasturi oʻziga quyidagilarni mujassamlantiradi:
- savdo-vosita xizmatlarini bajarish uchun ishchilarni yollash (tovar sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini yuritish zarur qujatlarni rasmiylashtirish);
- tovarni saqlash va sotish uchun zarur binolar, omborlar, bazalar, savdo shaxobchalarini sotib olish yoki ijaraga olish
- keyinchalik sotishni ko'zlagan holda tovarlar sotib olish;
- bitimni amalga oshirish uchun kredit olish va keyinchalik kreditni va undan foydalanganlik evaziga foizlari bilan qaytarish;
- vositachilik ishlarini bajarib bergan chet korxonalar va shaxslar bilan hisob-kitob qilish;
bitimni rejalashtirish, rasmiylashtirish va boshqarish uchun zarur bo'lgan axborot olish: ARXIV.UZ
xaridorga tovarlarni sotish va pul tushirish;
- bitimni ro'yxatdan o'tkazish, soliq va moliya organlariga to'lovlarni to'lash.
Nihoyat biznes-reja va harakatni muvofiqlashtirish rejasi ishlab chiqariladi. Agar bitim yirik va uzoq muddatli boʻlsa muddatlari ko'rsatilgan holda reja-grafik Ishlab chiqilishi tavsiya etiladi. IV.
Yuqorida aytilgan masalalar yuzasidan respublikamizda tadbirkorlikning ichki xo'jalik mexanizmi quyidagicha olib borilyapti,
Agrar islohotlar maqsadi qishloq xo'jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mavjud salohiyattardan tejamli foydalanish asosida sifatli va arzon mahsulotlar ishlab chiqarib xalk turmush farovonligini oshirishdir. Tadbirkorlik iqtisodiy o'sishning omil sifatida bozor munosabatlarining shakllanishiga, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar va ulaming o'zaro munosabatlari mexanizmini tarkib topishiga olib keladi. Yirik qishloq xo'jalik korxonalarid (ilgarigi jamoa va davlat xo'jaliklari) tadbirkorlikni yuzaga chiqarish uchun uning ichki mexanizmini bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zarurati tugʻiladi.
Xorijiy mamlakatlardagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishning nazariy va amaliy jihatlarini hamda mamlakatimiz qishloq xo'jaligida mavjud
korxonalar faoliyatining ichki iqtisodiy munosabatlarini o'rgangan holda uning tarkibiy elementlarini biznes-reja orqali amalga oshirgan ma'qul. Taklif qilinayotgan biznes-reja bilan amalga oshiriladigan ichki xo'jalik mexanizmi quyidagilardan iborat:
1. Bozomi tahlil qilish. Agrosanoat majmui korxonalarining rivojlanish tendensiyalari, potensial raqobatbardoshlar, potensial isge'molchilar.
Tadbirkorlik loyihasining mohiyati. qishloq xo'jalik mahsulotlari va xizmat turlari, ma'muriy va ishlab chiqarish personali, tadbirkor va uning sheriklari haqida ma'lumotlar
3. Ishlab chiqarish rejasi. qishloq xo'jalik ekinlari agro texnikasi, pudratchilar xizmati, yer va suv resurslari, ishlab chiqarish obyektlari va ishlab chiqarish salohiyati, qishloq xo'jalik texnikasi, ehtiyot qismlar, yoqilgi-moylash materiallari, o'g'it va boshqa materiallar yetkazib beruvchilar
4. Marketing rejasi. Narxlar, sotish kanallari, realizatsiya muddatlari, yangi mahsulot prognozi, maqsadli ko'rsatkichlar.
5. Tashkiliy reja. Mulk shakli, mulk va yer paylari, korxona muassislari va ishtirokchilari, boshqaruv organlari, ularning funksiyalari va soni, tashkiliy struktura, mehnatni tashkil etish va unga haq to'lash shakli, ichki xo'jalik bo'linmalari va ularning o'zaro munosabatlari.
6. Xavf-xatami baholash. Korxonaning ojiz tomonlari, muqobil strategiyalar.
7. Moliya rejasi. Daromadlar va harajatlar, pul tushumlari va chiqimlar, balans, o'z-o'zini qoplash nuqtasi, mablag'lar manbalari va ulardan foydalanish
SHeriklar mulkining shakllanishi tadbirkorlik munosabatlari rivojlanishining asosiy harakatga keltiruvchi usullardan biridir. Bu yuqori mas'uliyat, mustaqillik, xoʻjayinlik hissi, moddiy manfaatdorlikka imkon yaratadi.
Yangi xoʻjalik mexanizmida qishloq xoʻjalik korxonasini tadbirkorlik
asosida qayta tahkil etish natijasida olingan mulk va yer paylari amalda qo'llaniladi. Bu paylaming egalari korxonaning qayta tashkil etgan tadbirkor sheriklar bilan shartnoma tuzadilar. Bunda sheriklar pay egalariga ijara haqi va ulushlaridan daromad to'laydilar.
Taklif qilinayotgan tadbirkorlik tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asosiy Ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish bo'linmalarining bozor munosabatlari shartlariga asoslangan oʻzaro hamkorlikni nazarda tutadi. Ichki xo'jalik jamoalari munosabatlari tashkiliy-huquqiy shakllarda ham tovar va xizmatlarga oldindan belgilangan narxlar bo'yicha shartnoma asosida tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Shartnoma tizimi mulkiy munosabatlar tizimini oʻzgartirishga imkon beradi. Asosan ular uchta tipdagi shartnomalar bilan tartibga solinadi: yer ulushi, ijarasi, mulk payi badali, ishchi bilan mehnat shartnomasi bo'yicha.
Bu shartnomalarning har biri alohida tuziladi va inkor etiladi. Yer ulushini ijaraga berib, lekin korxonada ishlamaslik va uning a'zosi bo'lmasligi mumkin. Ishchi mehnat shartnomasini buzishi, lekin ijara shartnomasi yoki korxona a'zoligini saqlab qolishi mumkin. Shartnoma tizimi bir tomondan sheriklar tanlashga, boshqa tomondan sheriklarga tadbirkomi tanlashga imkon beradi. Kimdir tadbirkor bilan ishlashni hohlamasa ulushini o'zi olishi yoki boshqaga berishi mumkin.
Ushbu mexanizm orqali korxona hajmi optimallashtiriladi. Chunki hozirgi qishloq xo'jalik korxonalari davlat mulki sharoitida shakllangan. Agar xo'jalikda pul yo'q bo'lsa ham oylik o'z vaqtida berilgan va davlat bunga pul ajratgan. Rahbarlar korxonani davlat nomidan boshqargan. Endilikda esa korxona rahbari - tadbirkor o'z shaxsly imkoniyati va qobiliyatidan kelib chiqib, ishni tashkillashtirssh va barcha oqibatlar bo'yicha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi talab qilinadi.
Yuqoridagi mexanizmining amalga oshishi birinchi navbatda tadbirkorning moliya, iqtisod, texnologiya va bozor sohalarida qanchalik bilimga ega ekanligiga koʻp jihatdan bogʻliq bo'ladi. U qanday va qaysi yo'nalishlar bo'yicha o'z bilim saviyasini oshirishi va maslaxatlar uchun kimga murojaat qilishni avvaldan rejalashtirishi lozim. Har bir tadbirkoming ixtiyorida uchta resurs - moliyaviy, moddiy-texnik va ishchi kuchi boʻlishi lozim.
Keyingi muammo (aga mablag' bo'lsa) xo'jalik yuritish uchun zarur resurslarni qayerdan va qanchaga sotib olishdir. Servis xizmati tizimining shakllanib ulgurmaganligi texnika, o'g'it, qurilish materiallari, yoqilg'i va boshqalarni sotish) tadbirkorlaming samarali faoliyat ko'rsatishiga salbiy ta'sir koʻrsatmoqda. Tashkiliy-iqtisodiy mexanizm orqali resurslar bilan ta'minlashning muqobil yoʻllari tanlab olinadi.
Tadbirkorlik ichki xoʻjalik mexanizmi faoliyatida sotish va marketingni yo'lga qo'yish ushbu mexanizmining yanada samarali ishlashini ta'minlaydi. Masalan, AQShda bitta fermerga beshta, mahsulotni qabul qilib oladigan, tozalaydigan, saqlaydigan, sotadigan hamkorlar to'g'ri keladi. Lekin bizda bu ishni korxonaning o'zida o'z ishchilari orqali yo'lga qo'yish maqsadga muvofiqdir
Qishloq xo'jalik mahsulotlarining harakat qilish tizimi iqtisodiy samarali kanallarni tanlashi hamda uning bevosita taqsimotini o'z ichiga oladi. Realizatsiya qilish tarmogʻi tovarning ishlab chiqaruvchidan, oxirgi iste'molchiga yetkazishda mahsulotni xaridorga yetkazuvchi yoki unga egalik qilish huquqini olishda qatnashuvchi korxonalar, tashkilotlar va firmalar yigimidir.
Korxona rahbariyati uchun chiqarilgan mahsulotni taqsimlash kanalini tanlash murakkab va muhim masaladir. Korxona tomonidan tanlangan kanallar marketing sohasidagi boshqa barcha qarorlarga: baho siyosatiga, vositachilar tanlashga, marketing faoliyati uchun xodimlar tayyorlashga, avtotransport va boshqa aralash tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish sharti va muddatiga bevositata'sir qiladi.
Optimal tashqi qilingan taqsimot kanali tufayli mulkka egalik qilish huquqini olishdagi, mulkning joylashishi vaqtidagi uzoq muddatli uzilishlar bartaraf qilinadi.
Tadbirkorlikning ichki xoʻjalik mexanizmi ancha murakkab boʻlib, u butun xo'jalik yuritish jarayonini qamrab oladi. Mulkdorlarga, ya'ni korxona egalariga o'z mulkiy huquqidan foydalanishga imkon yaratadi, korxonadagi ichki munosabatlarni o'zaro foydali holga keltirib ixchamtashtiradi, korxonani tashqi muhitga moslaydi. Sotish va marketing faoliyatini tadbirkorlikning muhim elementi sifatida amalga oshirilishiga olib keladi.
4. Moliyaviy tadbirkorlik
Tijorat banklari. Yuqorida biz tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchilar tljorat banklari va fond birjalari bilan bog'liq holda ish olib boradilar degan edik. Bozorning bu institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki — pul omonatlarini (depozit) qabul qilish va mijozlar topshirigiga ko'ra boshqa hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish ishlari bilan shug'ullanuvchi, asosan tijorat tashkilotlariga haq toʻlash asosida kredit beruvchi aksiyadorlik ko'rinishidagi moliya-kredit muassasadir. Tijorat bankining daromad manbal - depozit va qarz mablag'larning foiz stavkalari o'rtasidagi farqdir.
Tijorat banklar operatsiyasi uch guruhga boʻlinadi: passiv (mablag' jalb etish), aktiv (mablag' joylashtirish), tijorat - vosita (mijoz topshirig'iga ko'ra turli operatsiyalarni amalga oshirish) operatsiyalaridir
Bu banklar tijorat harakteridagi tavakkalchilik bilan ish olib boradilar. Chunki ular o'e mijozlariga avval belgilangan muddatlarda foizlarini qoʻshib pul berishga majburdir. U yoki bu sabablarga koʻra mijozlar talab qilgan paytlarda pul bera olmaslik ehtimolini oldini olish uchun tijorat banklari ma'lum miqdorda pul zahirasiga ega bo'lishi lozim.
Respublikamizda bunday banklar koʻpaymoqda. Yana kelajakda, yaqin kunlarda xurmali Prezidentimiz I. A. Karimovning tashabbuslari va ko'rsatmalariga asosan endi xususiy bankla ham ko'payib boradi.
Fond birjalari. Moliyaviy tadbirkorlikning yana bir elementi, bozor instituti fond birjalaridir.
Fond birjasi, deyilganda - kapital harakatini tezlatuvchi va aktivlarni qaqiqiy qiymatini aniqlashga yordam beruvchi, tashkilotchilik bilan rasmiylashtirilgan, muntazam faoliyat ko'rsatuvchi qimmatli qoqozlar bozori tushuniladi. Fond birjasining faoliyati tamoyillari talab va taklifni tezkor boshhariluviga asoslanadi. Fond birjasida k,im/atpi k,oqozparni aylanishi, muomalada bo'lishi (kotirovkasi) ta'minlanadi. Buning uchun birjaning muomala bo'limi mutaxassislari tomonidan birjadan o guvchi barcha qimmatli qogozlarni sotib oluvchilar kurslari va sotuvchilar kurslariga muntazam ravishda baxo berib boriladi. Bu borada Joriy kurslar doimiy ravishda tabloda koʻrsatib turiladi va maxsus byulletenlarda e'lon qilib boriladi. Joriy kurslar ayni vaqtda qaysi birjada ma'lum aksiyalarni qanday baxolarda sotib olish mumkinligini ko'rsatadi. Bu narxlar, maxsus formulalar orhali qisoblanib, birja faoliyati indekslarini olishda asos-iqtisodiy aqvolni belgilovchi oʻziga xos barometr qisoblanadi.
Firma va korxonalar chet elda birjalarda ishtirok etmaydilar. Odatda ular birjalarda bank, birjaning yoki xolding brokerlik kompaniyalari orhali qatnashadilar. Bunday a'zolar soni boshhariladi va ularning obro'-e'tibori benuqson boʻlishi shart. Bundan tashhari bunday a'zolik pul talab qiladi. Masalan, Nyu-York fond birjasida xar bir o'rinning narxi 450 dan 6000 dollargacha o'zgarib, turadi, a'zolar soni esa 1469 nafar bo'liboʻzgarmaydi.
Shu bilan bir qatorda kapitalizmning davlat-monopoliya sharoitida qimmatli qog‘ozlar savdosi birjalarining roli bir muncha kamaydi. Buning asosiy
sababi qimmatli qoqozlar savdosining katta qismini birjalar vositachiligisiz o'z qo'li ostiga olgan, quvvatli kredit-moliyaviy institutlarning vujudga kelganligidir. Shuningdek qimmatli qoqozlar savdosi birja rolining pasayishiga davlat tomonidan chiharilayotgan zayomlar xajmini ortib borayotganligi ham o'z tasirini ko'rsatmoqda.
5. Konsultativ tadbirkorlik
Konsultativ xizmat moqiyati va bosqichlari. «Konsultant lotincha so'z bo'lib, maslahat beruvchi ma'nosini anglatadi. Bu soʻz orqali ma'lum soha bo'yicha maslaxat beruvchi mutaxassis tushuniladi. Chet el amaliyotida boshqaruv masalalari bo'yicha pulli maslahat berish konsalting deb nomlanadi. Iqtisodiyot va boshharuv Yevropa Federatsiyasi konsultantlar Assotsiatsiasining ta'biricha:
Menejment - konsalting mohiyati boshqaruv masalalari bo'yicha mustaqil maslahatlar berish va yordam ko'rsatish bo'lib, o'z ichiga muammolar va imkoniyatlarga baho berishda, zarur tadbirlar borasida tavsiyalar berishda va ularning bajarilishida yordam ko'rsatishda mujassamlangan.
Sanoati rivojlangan davlatlarda konsultativ xizmatlar shaklida intellektual kapitalga mablag sarflash samaradorligi, yalpi qurilmalar va ilgor texnologiyalarga mablag' sarflanishidan kam boʻlmaydi.
Germaniyadagi taniqli «Porshe» avtomobil ishlab chiqarish firmasl 1991 yilga kelib, inqiroz qolatiga tushib qoldi. Korxona rahbariyati Yaponiyadagi «Sin gidzyutsu» deb nomlanuvchi konsalting firmasiga murojaat qildi. «Sin gidzyutsu» («Yangi texnologigya» ma'nosini anglatadi) firmasi Yaponiyadagi mashhur
Toyota» firmasining sobiq xizmatchilarini yig'ib olib ish boshladi. Yaponiyalik konsultantlar ahvolni chuqur o'rganib chiqdilar va barcha ishlab chiqarish boʻlinmalaridagi sarf-harajatlami eng kam miqdorga tushirishni ko'zlagan holda "Porshe"da, ishlab chiqarishda uzluksiz Yaoniya tizimini joriy qila boshladilar. Mahalliy xususiyatlar, tajriba va an'analari hisobga olgan holda eski tizimga
tuzatishlar kiritishdan voz kechdilar: tizim to'la zanjir bo'yicha ishlaydi yoki umuman ishlamasligi kerak, degan tushuncha bilan ish boshladilar.
Uch yil vaqt o'tgandan keyin yaponchasiga qayta qurilgan «Porshe oʻzining natijalarini bera boshladi. Kompaniya kam harajatlar qilgan holda koʻp avtomobil ishlab chiqara boshladi. Ishlovchilar sonini 19 % ga qisqartirgan holda, Ish tezroq va sifatliroq bajarila boshlandi. Yaponiyalik mutaxassislar tavsiyasiga koʻra yiqish konveyyeri qisqardi, koʻplab yordamchi binolar yo'q qilindi, natijada zavod hududi 30 % ga kichraydi. Sifatsiz mahsulot ishlab chiqarish ikki barobar qisqardi. Avtomobillarni yig'ish sur'ati 40 % ga oshdi. Bularning hammasi ilgari mavjud bo'lgan qurilma, Jihozlar, oʻsha ishchi va muhandislar yordamida amalga oshirildi. Ratsionalizatorlik taklifi berishga qiziquvchanligi ortgan zavod ishchilari va mutaxassislari oyiga ikki yarim , mingdan ortiq taklif kiritmoqdalar. Shunday qilib bir guruh yapon pensionerlari nemislarga yaponchasiga ishlashni o'rgatib qo'ydilar.
Konsalting xizmati bir marotabalik ogʻzaki maslahatlar ko'rinishida berilishi mumkin. Lekin ko'p hollarda bu maslahatlar konsalting loyihalari koʻrinishida berilib, oʻzida quyidagi bosqichlari aks ettiradi
- muammolarni aniqlash (diagnostika); - qaror va loyihalar ishlab chiqish; - qaror va loyihalarni amalga oshirish
Loyihaning hajmiga qarab, yakuniy bosqich bir necha kundan boshlab bir necha oyni o'z ichiga olishi mumkin. Ayrim hollarda mijozlar bilan ishlash ko'p yillarga cho'ziladi.
Konsultatsiya berish usullari. Bu usullar turlicha boʻlishi mumkin. Eng ko'p tarqalgani ekspert, Jarayon va o'qitish usulidir Ekspert konsultatsiyasi-konsaltingning nisbatan passiv shaklidir. Bu yerda konsultant diagnostikani qaror va tavsiyalarni ishlab chiqishni oʻzi mustaqi allalga oshiradi. Mijoz esa konsultantni zarur axborotlar bilan ta'minlaydi xolos. Jarayonli konsultatsiyada esa konsalting firmasining mutaxassislari loyihani ishlab chiqishning barcha bosqichlarida mijozlar bilan faol munosabatda ish olib borib, ularning gʻoya va takliflarini hisobga oladi, konsultantlar mijozlar bilan birgalikda muammolarni tahlil qiladi, takliflami ishlab chiqadi, o'qitish konsultatsiyasida esa mutaxassislarning asosiy vazifasi g'oyalar kelib chiqishiga zamin yaratishdir. Shu maqsadda ular mijozlar uchun ma'ruzalar qiladilar, seminarlar o'tkazadilar, mijozlar uchun o'quv qo'llanmalari ishlab chiqadilar va shu tariqa nazariy va amaliy axborot bilan ta'minlaydilar.
Amaliyotda yuqorida ko'rib chiqilgan usullaming birortasi ham alohida qo'llanilmaydi, balki ularning uchalasi aralash holda qo'llaniladi.
Sanoati rivojlangan xorijiy davlatlarda konsultatsiya xizmatlari ko'p yillardan buyon bozor iqtisodiyotining eng muhim elementi sifatida qabul qilingan. Statistika tomonidan konsalting aloqida tarmoq sifatida tan olingan. AQShda bu tarmoqqa 700 mingga yaqin aholi xizmat qiladi, yillik ish hajmi esa deyarli 50 mlrd. dollari tashkil qiladi. Konsalting xizmati turli-tumandir. Konsultantlarning Yevropa ma'lumotnoma-koʻrsatkichida hozirgi paytda, 84 turdagi konsalting xizmatlari ko'rsatilgan boʻlib, ular sakkiz guruhni tashkil qiladi: umumiy boshqaruy, ma'muriyatlashtirish. moliyaviy boshqaruv, xodimlar boshqarmasi, marketing, Ishlab chiqarish, axborot texnologiyasi, ixtisoslashgan xizmatlar
Konsultatsion loyihalarni amalga oshirilishini tashkil qilish. Firma-mijoz bilan aloqa vujudga kelishi bilan taklifni ishlab chiqarishga qirishiladi. Bu mijoz bilan konsultant hallkorlik loyiqani muqokama qilishdan boshlanadi. Dastavval firma-mijoz to'g'risida yetarli axborot to'planishi kerak bo'ladi. Konsultant firma to'g'risida quyidagilarni bilishi shart: V.U Z
Firma nima ishlab chiharadi va nima bilan shug'ullanadi; ishlovchilar soni
va ularning mutaxassisligi; boshkaruv apparat xodimlari hissasi, ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar hajmi, harajatlar tarkibi, daromad miqdori va uning manbalari, firmaning moliyaviy ahvoli, shartnollalar soni sheriklarining ishonchliligi. Shundan keyingina ahvol oʻrganiladi, uning oʻzgarish dinamikasi va muammolar mohiyati tekshiriladi. Keyin bajariladigan ishlaming reja-grafigi tuziladi va zarur yuridik hujjatlar rasdiylashtiriladi. Reja-grafik tuzilishiga muhim e'tibor qaratilishi va uning bajarilish muddatlari aniq belgilanishi lozim. Belgilangan muddatlarga rioya qilish yoki ishlarni muddatidan oldin bajarish konsultant obro'yl saqlab qolinishining muhim jihati hisoblanadi
Ishni qay shaklda yakunlash, ya'ni bu xizmat bo'ladimi yoki aniq natijaga erishiladimi, oldindan belgilar qo'yilishi shart. Bularning barchasi reja-grafikda aks ettiriladi. Buyurtmani bajarish jarayonida firma-mijozning psixologiyasi hisobga olinishi lozim. Ishning borishi davomida qiziqishi susayib boradi, shuning uchun uning qiziqishini kuchaytirib borish choralari koʻrilishi kerak bo'ladi. Buning uchun mijoz qiziqishi eng yuqori bo'lgan davrda qandaydir oraliq variantni amalga oshirish lozim. Bu firma-buyurtmachi rahbariyati uchun aniq taklif, xizmat yig'ilishida konsultant taklifini ko'rib chiqish, alohida takliflami amalga oshirish borasida buyruqlar tayyorlash koʻrinishda bo'lishi mumkin. Ish yakunida yozma hisobot yoki loyihani amalga oshirish borasida reja-tadbirlar, tavsiyalar ro'yxati rasmiylashtiriladi
6.Konsalting firma tomonidan mijozlarni jalb etish usullari Konsalting xizmati bozorining o'ziga xos xususiyati shundaki, tadbirkorlikning bu turi bilan shug'ullanuvchi firma «O'z tovarining namunasini, xizmat namunasini ko'rsatish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun bunday firmalar oldida turgan, mijozlarni jalb etish masalasi, o'ta muhimdir. Mijozlarni jalb etish usullari turlichadir. Bularga oʻz imkoniyatlarini reklama qilish, mijozlari vositachilar orqali jalb etish, oldingi buyurtmachilar tavsiyasidanfoydalanish kabilar kirishi mumkin. IV.UZEng oddiy va keng qo'llaniladi gali reklamadir. Firma turli reklama ma'lumotlarini tarqatadi, reklama e'lonlarini beradi, bu reklamalarda konsultatsiya berish soqasidagi narxi, muvaffaqiyatli bajarilgan loyihalarga ishoralar aks ettiriladi. Mijozlarni jalb etishning yana bir keng tarqalgan usuli vositachilardan foydalanishdir. Vositachilar-firma mijozlari, rahbariyat ishonchini qozongan xodimlari bo'lishi mumkin. RXIV.UZ G'arb mamlakatlarida bunday vositachilami topishning maxsus uslubiyati ishlab chiqilgan. Bu maqsad uchun maxsus mablag'lar ajratiladi. Albatta, firma-konsultant shon-shuhratini belgilashda hal qiluvchi omil uning muvaffaqiyatli yakunlangan avvalgi faoliyati hisoblanadi. Yirik yoki xatto o'rta mijozlarning ijobiy bahosi eng yaxshi reklamadir. Vizit kartochkalari, prospektning mavjudligi, ofisdagi tartib-intizom, tashqi koʻrinish, xodimlarning o'zini tuta bilishi, kiyinishi, muomalasi buyurtmachilarni firma konsultant bilan hamkorlikda ish olib borishiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Umuman olganda firma - konsultantlar kerakmi? Iqtisodiyotning hozirgi rivojlanish bosqichida, ya'ni ayrim korxonalarning iqtisodiy ahvoli va faoliyati oʻzgarib borayotgan, yangidan yangi muammolar chiqayotgan sharoitda yuqoridagi savolga faqat «ha», «zarur» deb javob bermoq tabiiydir. Lekin aksariyat firmalar moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, konsultantlar asosan korxonani muammolarini muhimligi darajasini belgilab berish uchun taklif qilinadi.
15. Қишлоқ хўжалигидаги давлат корхоналари
Qishloq xo’jaligidagi davlat korxonalari, ularning
rivojlanishi.• Respublika qishloq xo’jaligida 1991 yildan boshlab siyosiy, iqt isodiy ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan tub agrar-iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat bosh islohotchi bo`lgan bu jarayonda tarmoqdagi davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish negizida nodavlat mulkchilikni va shunga asoslangan nodavlat xo’jaliklarini tashkil etishga asosiy e'tibor qaratilmoqda. Bunda yerga umummilliy boylik sifatidagi davlat umumxalq mulkchiligi saqlab qolinmoqda.
• davlat korxonalari asosan davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag`lar evaziga qishloq xo’jaligining rivojlanishini ta'minlaydigan quyidagi ilmiy g`oyalarni yaratish, sinash asosida qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug`ullanmoqdalar:
• urug`chilik, naslchilik, ko’chatchilik, yangi, sermahsul,
tezpishar navlarni yaratish, ularni rivojlantirish g`oyalari,
muammolari;
• irrigatsiya-melioratsiya ishlarini rivojlantirish muammolari;
• iqtisodiyotda erkin bozor iqtisodi munosabatlarini
yaratish va ularni chuqurlashtirish muammolari;
• yangi texnika, ilg`or texnologiyalarni yaratish,
agrotexnika tadbirlarini rivojlantirish hamda
takomillashtirish muammolari va boshqalar.
• 3. Jamoa va shirkat xo’jaliklari, ularning rivojlanishi
• Qishloq xo’jaligida o`tgan asrning 80-yillari oxiri 90-yillari boshida jamoa xo’jaliklari hisoblangan 887 ta kolxoz faoliyat ko’rsatib, respublikada yyetishtirilayotgan yalpi qishloq xo’jalik mahsulotining 35 foizini berardi. Ularning iqtisodiy negizini jamoa mulki tashkil etardi. Lekin mulkchilikning bu shakli uning haqiqiy mazmuni, mohiyatiga mos emasdi. Chunki amaliyotda ular davlat tasarufida edi. Bunday hol bozor iqtisodi talablariga to’g`ri kelmasdi. Shu bois bozor iqtisodiga o’tish munosabati bilan tarmoqdagi davlat xo’jaliklari negizida shakllantirilgan jamoa xo’jaliklari bosqichma-bosqich qayta tashkil etila boshlandi. • 2008-yilda pahtachilik, g`allachilik sabzovotchilik bilan shug`illanayotgan barcha shirkat xo`jaliklari o`z faoliyatini to`xtatdi. Ularning negizida fermer xo`jaliklari tashkil etila boshlandi. Hozirgi davrda shirkat xo`jaliklari qishloq xo`jaligining chorvachilik sohasida ya’ni qorako`lchilikda faoliyat ko`rsatmoqda
16.Фермер хўжалиги ҳақида тушунча, унинг мақсад ва вазифалари.
Fermer xo’jaligi tushunchasi va faoliyatining qisqacha ta’rifi
Fermerlar – agrar islohat tizimining birinchi qaldirg’ochlari. Ularning qanotini sindirmaylik. Ularni asrash, avaylash, parvarish qilish kerak. Fermerlarimizga ko’rsatilgan bir yaxshilikka ming yaxshilik bilan javob qaytishiga iymonim komil.
Do'stlaringiz bilan baham: |