5-jadval Epidemiya jihatidan noqulay viloyatlar
Viloyatlar
|
Zararlanish turlari
|
Buxoro
|
Qrim gemoragik bezgagi
|
Qashqadaryo
|
Kuydirgi, qrim gemoragik bezgagi
|
Andijon
|
Kuydirgi
|
Namangan
|
Kuydirgi
|
Sirdaryo
|
Kuydirgi
|
Surxondaryo
|
Kuydirgi
|
Toshkent
|
Kuydirgi
|
Fargona
|
Kuydirgi
|
Xorazm
|
Kuydirgi
|
Qoraqalpogiston Respublikasi
|
Kuydirgi, kana entsefaliti
|
Bakteriologik qurollar ishlatilganda suyuq yoki kukun holda erga, osimliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt-qumursqalar tezlikda atrofga tarqatib, biologik qurolning zararlash miqyosi kengayishiga sabab boladi. Biologik qurollardan saqlanish va uni tarqatmaslik choralaridan biri bu zararlangan mintaqani karantin yoki observatsiya qilish hisoblanadi. Karantin degandan epidemiyaga qarshi rejimli chora-tadbirlarni otkazish (yani, yuqumli kasalliklarni tarqatmaslik) tushuniladi. Karantinda odamlar, hayvonlar va yuklar zararlangan mintaqadan tashqariga chiqarilmaydi, toki kasallik shikastlangan xududdan tashqariga yuqmaydigan holatga kelguncha.
Agar kasallik tarqatuvchi xavfli bolmasa, zararlangan xudud miqyosi kichik bolsa observatsiya omili qollaniladi.
Observatsiya omilida ham izolyatsiya hamda profilaktik-tuzatish ishlari olib borilib, bunda epidemiolog vrachning ruxsati bilan xududdan odamlarni chiqishi va u erdan mol-mulkni chiqarish amalga oshiriladi. Karantinda ham observatsiyada ham dezinfektsiya va dezinsektsiya omillari bajariladi.
Qishloq xojalik hayvonlarini zararlash uchun katta shoxli hayvonlar olati, sibir yarasi (kuydurgisi), sapa, oqsil va boshqa kasalliklarni tarqatuvchilar qollanilib, nafaqat hayvonot dunyosiga balki insoniyat hayotiga ham katta xavf soladi. Masalan: 2001 yilning dastlabki oylarida Buyuk Britaniyada qoramollarning oqsil kasalligi bilan kasallanishi keng miqiyosida tarqalib, bu xavf boshqa Evropa davlatlariga (Belgiya, Frantsiya, Germaniya, Gollandiya, Rossiya va boshqa davlatlarga), hatto Markaziy Osiyo davlatlariga (Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston Turkmaniston, Xitoy, Quriya davlatlariga) va Avstraliya qitasigacha tarqalganligi malum boldi. Bu kasallikni tarqatuvchisi filtrlanuvchi virus hisoblanadi va ular kasallangan mollar solagi, peshobi, axlati bilan tashqi muhitga chiqarib atrofdagi barcha narsalarni: hayvonlarni, buyumlarni, joylarni, fuqarolarni va ularning kiyim-kechaklarini bu kasallik viruslari bilan zararlaydi. Tashqariga chiqarilgan viruslar darhol nobud bolmay, balki uzoq vaqt tirik qoladi, uzoq masofalarga tarqaladi va osha erlardagi hayvonlarning kasallanishiga olib keladi.
Kasallik tarqalishining asosiy manbai: oqsil bilan kasallangan hayvonlar hamda zararlangan joylardan otgan hayvonlar va transport vositalari hisoblanadi.
Oqsil kasalligining boshlanish davrida hayvonlarning ishtahasi yoqola boshlaydi, ularning harorati kotariladi - 40-420S darajagacha chiqib ketadi, sigirlar beradigan sutini keskin kamaytiradi, mollarning ogzidan ipsimon solak oqadi, songra ularning ogzida, tilida va lablarida shishlar (aftalar) paydo boladi, ular bir-ikki kundan keyin yorila boshlaydi va yarachalarga aylanadi. Shu vaqtda hayvonlardan juda kop kopiksimon solak oqa boshlaydi. Oqsil kasalligiga qarshi muvaffaqiyatli kurashish uchun bu kasallik boyicha karantinga rioya qilish hamda kasallikka qarshi kurashish boyicha veterenariya-sanitariya qoidalarini bajarish kerak. Kasallangan mollarning: goshti, suti, terisi, yungini va boshqa xom-ashyolaridan foydalanish man etiladi. Shuning uchun ham oqsil bilan kasallangan mollar, yoqish yoki komish orqali yoq qilib yuboriladi. Zararlangan em-xashaklar, atrof muhit va joylarni dezinfektsiya omillarini qollash orqali epizootik vaziyatni tugatish imkoniyati yaratiladi.
Qishloq xojalik osmliklarini zararlashda esa kartoshka chirishi, zamburugli kasallik tarqatuvchilari, hamda qurt qumursqalar (Kollarado qongizi, Chigirtka va boshqalar) va boshqa vositalar orqali amalga oshirilib, epifitotik vaziyat vujudga keladi. Agar bu vaziyat tezda tugatilmasa, katta iqtisodiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin.
Demak, yuqorida aytilganlardan xulosa qiladigan bolsak, qirgin qurollarning hamma turlari nafaqat tirik mavjudotlarni jiddiy shikaslantiradi, balki tabiat, osimlik dunyosi, jamiyki moddiy resurslarni zararlaydi. Shuning uchun biz doimo unday qurollarni ishlatishdan ogoh bolib, uning tasirlariga qarshi barcha chora-tadbirlarni korib qoygan bolishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |