1. Qirg‘in qurollar xaqida umumiy tushunch Yadroviy qurollar va ularning ta’sir xususiyatlari



Download 212 Kb.
bet18/19
Sana30.12.2021
Hajmi212 Kb.
#95159
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Abdikaxorov B fuqaro himoyasi MT

5. Oddiy xujumkor qurollar


«Oddiy xujum qilish vositalari» termini, yuqori jangovor xossalarga ega bo‘lgan yadroviy qurollar ishlab chiqarilgandan keyin paydo bo‘ldi. Hozirgi kunga kelib oddiy qurollarning ba’zi namunalari o‘zining samaradorligi bo‘yicha ommaviy qirg‘in qurollaridan qolishmaydi.

Oddiy xujum qurollari alohida yoki ommaviy qirg‘in qurollari bilan birgalikda dushmanning aholisini, texnikasini shikastlash uchun hamda ob’ektlarni buzish va yo‘q qilib yuborish maqsadida ishlatilishi mumkin.

Oddiy xujum vositalariga parchalanuvchi, fugas, kumulyativ, beton buzuvchi, yondiruvchi aslahalar, hajmiy portlash aslahalari va yuqori aniqlikdagi qurollar kiradi.

Parchalanuvchi aslahalar asosan odamlarga talofat etkazish uchun mo‘ljallangan. Parchalangan aslahalarning ichida eng samaralisi sharikli bombalar hisoblanadi. Sharikli bombalar samolyotlardan kassetalarda tashlanadi. Har bir kassetalarda 96 tadan 640 gacha bomba bo‘ladi. Bunday kasseta er ustida ochilib, bombalar har tarafga otilib chiqib 250 ming m2 maydonda portlaydi. Har bir bombaning parchalarini o‘ldirish kuchi 15 metr radiusda saqlanadi. Kassetali aslaxalar boshqacha ko‘rinishdagi bombalar bilan to‘ldirilishi mumkin.

Fugas aslaxalar asosan sanoat, turar joy va ma’muriy binolarni, temir yo‘llarni, avtomobil yo‘llarini buzish, texnika va odamlarga talofat etkazish uchun mo‘ljallangan. Fugas aslahalarining asosiy talofat omili zarb to‘lqini bo‘lib, uning kuchi aslahadagi portlovchi moddaning miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.

Parchalanuvchi va fugas aslahalarining talofat faktorlaridan saqlanish joylari, turli xil chuqurliklar xisoblanadi.

Kumulyativ aslahalar himoyalangan nishonlarni yo‘qotish uchun mo‘ljalangan. Bunday aslahalar qalinligi bir necha santimetrli ximoya qatlamini teshib, yong‘inlarni paydo qilishi mumkin. Chunki bunday aslahalar ishlatilganda 6-7 ming. gradus xarorati va juda katta bosim paydo bo‘ladi. Kumulyativ aslahadan himoyalanish uchun himoya qatlamini oldi qismida, 15-20 santimetr uzoqlikda turli xil materiallardan ekran o‘rnatiladi. Unda aslahaning kuchi ekranga sarf bo‘lib, himoya qatlami shikastlanmaydi.

Beton buzuvchi aslahalar yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan temirli, betonli inshoatlarni hamda aerodromlarni, uchish-qo‘nish yo‘llarini buzish uchun mo‘ljallangan.

Bunday aslahani asosiga ikkita kumulyativ va fugas zaryad va hamda ikkita detonator joylashtirilgan bo‘ladi. Beton buzuvchi aslaha to‘siqqa duch kelganda birinchi detonator kumulyativ zaryadni portlatadi. Bir necha daqiqadan keyin ikkincha detonator fugas zaryadni portlatadi va ob’ektni to‘liq buzilishiga olib keladi.

Yondiruvchi aslahalar odamlarni shikastlash uchun, binolarni va ishlab chiqarish ob’ektlarini va aholi yashaydigan maskanlarni, omborlarni, transport vositalarni yondirish, yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.

Yondiruvchi aslahalar to‘rt xil bo‘ladi:


  1. Tarkibida neft maxsulotlari, polistirol hamda naften va palmitin kislotalarining tuzlari bo‘lgan yondiruvchi aslahalar napalm deb atalib, ular gelsimon ko‘rinishda bo‘ladi va xo‘llangan sirtlarga yopishib qoladi. Napalm bo‘laklari 5-10 daqiqada yonib, xarorati 12000S gacha ko‘tariladi va zaharli gaz ajralib chiqadi. Yonayotgan napalm berkinish joylarini teshiklaridan kirib, odamlarni va texnikalarni shikastlashi mumkin.

  2. Tarkibida neft mahsulotlari va magniy yoki alyuminiy kukuni bo‘lgan yondiruvchi aslahalarni pirogel deyiladi. Bular yonganda 16000S dan ortiq issiqlik ajralib chiqib odamlarga va texnikalarga katta ziyon etkazadi.

  3. Metallarning kukuni (masalan, alyuminiy) va oksidlari (masalan, temir (11) oksidi) aralashmasidan tashkil topgan yondiruvchi qurollarni termit deyiladi.

Ular yonganda 30000S issiqlik ajralib chiqib, odamlarni va texnikani shikastlaydi.

  1. Oq fosfor havoda o‘z-o‘zidan yonib ketib, 9000S atrofida issiqlik ajralib chiqadi. Bunda hosil bo‘lgan fosfor oksidi odamlarni juda og‘ir jarohatlaydi.

Yondiruvchi qurollardan saqlanishning ishonchli omili - bu boshpanalar hisoblanadi.

Hajmiy portlash aslahasi (XPA) etilen oksid, diboran, sirka kislota peroksidi, propil nitrat aralashmasidan iborat. U ishlatilganda, havoda aralashmaning 15 metr radiusda va 2-3 metr qalinlikdagi yoqilg‘i-havo aralashmasining sferik buluti hosil bo‘ladi. Bu bulut detonator yordamida portlatiladi. Bunda bir necha o‘n mikrosoniya vaqt mobaynida 2500-30000S issiqlik ajralib chiqadi. XPA ning asosiy talofat omili zarb to‘lqini hisoblanadi. Uning portlash joyidan 100 metr uzoqlikda ortiqcha bosimi 100 KPA ga etishi mumkin. Quvvati jihatidan yadroviy qurolga yaqinlashib qoladi.



Yuqori aniqlikdagi qurollar asosan yaxshi himoya qilingan ob’ektlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Idora qilinadigan aviatsiya bombalari shu maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin. Bunday bombalar samolyotdan tashlanib, radio va televidenie tizimlari orqali nishonga etkaziladi.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish