Tolqin zarbasi. Yadro aslahasining asosiy shikastlantiruvchi faktorlardan biri hisoblanadi. Tolqin zarbasi deganda yuqori xaroratli, tovush tezligidan yuqori tezlikka ega bolgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurolni portlatilgan muhitiga qarab, u havodagi, suvdagi va erdagi tolqin zarbalariga bolinadi.
Havodagi tolqin zarbasining kuchi portlatish ochogidan uzoqlashishi bilan kuchsizlanib boradi. Masalan, 1000 m. ga 1,4 soniyada, 2000 m. ga 4 soniyada, 3000 m ga 7 soniyada, 5000 m ga 12 soniyada etib keladi.
Demak, bulardan korinadiki, yadro qurolini portlash belgisini korgan har bir fuqaro tolqin zarbasi faktori kelguncha bekinuvchi inshoatlarga etib borib, saqlanishlari mumkin. Tolqin zarbasining shikastlantiruvchi tasirining asosiy korsatkichi uning tasir yolida ortiqcha bosimni hosil bolishidir. Ortiqcha bosim ΔR-to‘lqin zarbasining ta’sir etish yo‘lidagi maksimal bosimi bilan me’yoriy atmosfera bosimi ayirmasiga teng bo‘lgan ko‘rsatkichi bo‘lib, u Paskal (Pa)da o‘lchanadi. 100 Pa=1kgs/sm2 (1 sm yuzaga 1 kg kuch bilan ta’siri tushuniladi). Yuqori bosim va katta energiyaga ega bolgan tolqin zarbasi odamga urilganda, uning bosimi keskin ortib ketib, siqadi va tasodifan berilgan kuchni eslatadi. Yani bamaylixotir turgan odamga juda qisqa vaqt mobaynida 100 kg li bolga bilan tosatdan urgandagi holatga oxshatish mumkin. Mana bunday tasir etishidan tolqin zarbasi odamlarni, inshoatlarni, harbiy texnikalarni va obektlarni shikastlantiradi. Tolqin zarbasi faktorida odamlar bevosita shu faktorning tasiridan hamda bilvosita tasirlardan jarohat oladilar. Bilvosita tasirlar natijasida inshoatlarni buzilgan qismlari, toshlar, singan oynalarni, daraxtlarni va boshqa materiallarni odamlarga kelib tushishidan zararlanadilar. Tolqin zarbasining bevosita tasiridan odamlar turli darajadagi jarohatlar, kontuziyalanish va olim bilan tugaydigan jarohat olish mumkin.
Shuning uchun tolqin zarbasi tasiridan engil, ortacha, ogir va juda ogir jarohat xillari kuzatiladi.
Engil jarohat ΔRτ=20-40 KPA (0,2-0,4 kg•s/sm2) bosimda kuzatilib, bunda
odam engil kontuziyaga uchraydi, vaqtincha gapira olmaslik, et uzilish alomatlari kuzatiladi.
O‘rtacha jarohat ΔRτ=40-60 KPA (0,4-0,6 kg•s/sm2) kuzatilib, bunda og‘izburundan qon ketishi, yuqori miya kontuziyasi, gapira olmaslik va suyaklarning bir-biridan chiqishi kuzatiladi.
Og‘ir jarohat ΔRτ= 60-100 KPA (0,6-1,0 kg•s/sm2) bosimda bo‘lib, og‘izburundan qon ketishi, odam uzoq vaqt behush yotishi, suyaklarlarning bir-biridan chiqishi va ichki organlarga qon ketishi kuzatiladi.
Juda og‘ir jarohat ortiqcha bosim ΔRτ> 100KPA (>1,0kg•s/sm2)da kuzatilib, bunda ichki organlarni uzilishi, ichki organlarga qon quyilishi, suyaklarning bir-biridan chiqib ketishi va boshqa dardlar kuzatiladi.
Agar to‘lqin zarbasida ΔRτ< 10 KPA bo‘lsa, u xavfsiz hisoblanib, odam me’yoriy faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlariga ega hisoblanadi.
Xuddi shularga o‘xshab to‘lqin zarabasi ta’siridan, inshoatlar hamda har xil darajada shikastlanishi mumkin. Albatta bunda er ustiga qurilgan inshoatlar er tagiga qaraganda ko‘proq shikastlanadi. Bunda agar ΔRτ > 40-60 KPA da bo‘lsa to‘liq, ΔRτ> 20-40KPA kuchli, ΔR> 10-20 KPA o‘rtacha va ΔRτ>8-10KPA da kuchsiz jarohatlanishi ro‘y beradi.
Havodagi to‘lqin zarbasi faktori ta’sirida o‘rmon massivlari ham shikastlanadi. Agar ortiqcha bosim 50 KPA ortiq bo‘lgana o‘rmondagi bitta ham daraxt qolmay ag‘anaydi, ya’ni batamom vayron bo‘ladi, agar 30-50-KPA bo‘lganda daraxtning 60 foizi shikastlanadi.
ΔRτ>30-10 KPA bo‘lgan holda esa zonada 30 foiz daraxtlar yoq bolib ketadi.
Shuning uchun tolqin zarbasi faktoridan saqlanishning ishonchli omili ximoya inshoati (boshpana) hisoblanadi. Mabodo bunday inshoatlar bolmasa, u holda radiatsiyadan saqlovchi boshpanalardan va tabiiy chuqurliklardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |