Aytmaganning dasturxoniga borib qadrimni tushirmoqchi emasman.
A) faqat metafora B) metonimiya, metafora
C) sinekdoxa, metafora D) vazifadoshlik, metonimiya
15. Tabiat ishlariga qoʻpollik bilan aralashish tufayli paydo boʻlgan kasalliklarni farmatsevtika zavodlarida ishlangan dorilar bilan tuzatib boʻlmaydi. Ushbu gapdagi yordamchi soʻz turkum(lar)iga mansub birliklar hamda ular bilan shakllangan boʻlaklar haqida berilgan toʻgʻri fikrni aniqlang.
A) Yordamchi soʻzlar bilan shakllangan boʻlaklarning barchasi kesimga bevosita tobelangan.
B) Yordamchi soʻzlarning barchasi sof koʻmakchilar hisoblanadi.
C) Gapdagi yordamchi soʻzlarning barchasini kelishik qoʻshimchalari bilan almashtirish mumkin.
D) Yordamchi soʻzlar bir oʻrinda hol, ikki oʻrinda toʻldiruvchini shakllantirishga xizmat qilgan.
16. Farzandni kiydiradigan, yediradigan, voyage yetkazadigan va kelajagini porloq qilish uchun qaygʻuradiganlar ota-ona, opa-aka va yaqin qarindoshlaridir, yoʻgʻini yashiradigan, borini oshiradigan va obroʻ-e’tiborli qiladigan insonlar mahalladoshlari, tengdoshlari va doʻstlaridir. Ushbu qoʻshma gapdagi gap boʻlaklari haqida berilgan notoʻgʻri hukmni toping.
A) qoʻshma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham uyushiq egalar otlashgan soʻz bilan ifodalangan
B) qoʻshma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham sodda ot kesim uyushgan
C) qoʻshma gap tarkibidagi birinchi sodda gapda otlashgan soʻz bilan ifodalangan ega uyushgan
D) qoʻshma gap tarkibidagi ikkinchi sodda gapda uyushiq aniqlovchi qatnashgan
17. Quyida berilgan koʻchirma gapli qoʻshma gaplarning qaysi birida tinish belgilarining qoʻllanish qoidasiga rioya qilinmagan?
A) "Endi hamisha xonadon sohibining gapiga quloq solgaysiz, – dedi Bibixonim keliniga, – aytganlarini soʻzsiz bajargaysiz".
B) Guli dedi: "Gʻazaldan bahr topmagʻan kim?"
C) Ertoyevning gapini eshitmagan inobat birinchi unga yuzlanib: "Umarov uka, – dedi sekin, – unisiyam kerak, bunisiyam kerak".
D) Qaynonasi Bibixonim: "Biz in'omning teran ana'nasi bor, – dedi sirgʻalarini kelinining qulogʻiga taqib qoʻyar ekan".
18. Qaysi javobda berilgan barcha soʻzlar toʻgʻri yozilgan?
A) xalqum, xijolat, xandaq B) halqum, hijolat, handaq
C) halqum, xijolat, xandaq D) xalqum, hijolat, xandaq
19. Qaysi gaplarda qaratqich kelishigini belgisiz qoʻllash natijasida uslubiy gʻalizlik yuzaga kelgan?
1) Maktab bogʻida oʻtgan yili ekilgan koʻchatlar boʻy choʻzib qolgan edi.
2. Yaxshining har bir ishi chiroyli, har bir qadami goʻzal, yomonlar esa kundan kunga mung va alami ortadi.
3. Buyuk mutafakkir har bir asari oʻquvchini doimo chuqur oʻyga toldiradi.
4. Insoniyat tarixi oʻzligimizni anglatadigan bizning olis shajaramizni va insoniy qadr-qimmatimizni belgilaydigan moʻtabar va muqaddas voqelikdir.
A) 2, 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 3
20. Boʻlishsizlik shakli orqali tasdiq ma’nosi ifodalangan gapni aniqlang.
A) Oyqizning yuzlari qizarib ketdi, uyalganidan boshini quyi solib, indamay qoldi.
B) Sizlar boyligingizga, kuch-quvvatingizga magʻrur boʻlib, aysh-ishrat bilan mashgʻulsiz.
C) Ha, men u odamni baholaganimda yanglishmadim, toʻgʻri soʻzladim.
D) Yomonga yondoshgan yiqilmay qolmas, oxiri chuqurga tiqilmay qolmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |