1. Qaysi qatordagi javob to’g’ri berilgan?



Download 20,45 Kb.
Sana25.07.2021
Hajmi20,45 Kb.
#128119
Bog'liq
7-jahon 1-bob


1. Qaysi qatordagi javob to’g’ri berilgan?

A) Kiyev Rusi aholisi Vizantiyadan xristianlikning pravoslaviye mazhabini qabul qilgan. Yangi dinning joriy etilishi diniy kitoblarga ehtiyoj tug‘dirib, yunon tilini o’rganish ehtiyojiga sabab bo’lgan.

B) Xristian diniga oid san’atning maqsadi o‘lgandan keyin jannatning rohat-farog‘atiga qanday erishish

yo‘l-yo‘rig‘ini dindorlarga targ‘ib qilishdan iborat edi.

C) Arxeologlar slavyanlarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganliklarini qazishmalardan topilgan mehnat qurollari, kulolchilik buyumlari, oltin va kumushdan yasalgan zeb-ziynatlar orqali aniqlashgan.

D) Slavyanlar yo‘lboshchilari – konunglar faqat o‘z hududlarini himoya qilibgina qolmay, qo‘shni o‘lkalarga yurishlar ham uyushtirishgan.

2. Qaysi hukm noto‘g‘ri?

A) Rim imperiyasi Britaniya orollarini istilo qilganida orol janubida kelt, britt, shimolida – hozirgi Irlandiya va Shotlandiyada – skot, pikt qabilalari yashagan.

B) Xristian katolik cherkovi homiyligida bo‘lgani uchun Muqaddas Rim Imperiyasiga “muqaddas” nomi berilgan

C) Kanstantinopol shahri o‘rnidagi yunonlarning Megara shahri koloniyasi Vizantiy nomidan

ko‘pincha Vizantiya deb ham atashgan.

D) Xalqlarning buyuk ko‘chishlari davrida Itil (Volga) daryosi havzasida yashagan turkiy bulg‘or qabilasi janubga ko‘chib, hozirgi Bolqon yarimorolidagi Bolgariyaga borib joylashgan

3. Quyidagi javoblarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring?

1. Franklarning chek yerlari dehqon oilasining sotishi yoki in’om etishi mumkin bo’lgan mulkka aylandi

2. Yevropada feodal jamiyatga o’tish boshlandi

3. Vizantiyaga slavyan qabilalalari kelib o’rnasha boshladi

4. Vestgot qirolligi tashkil topdi

A) 3,4,2,1 B) 2,4,3,1 C) 4,2,3,1 D) 4,3,2,1

4. Quyidagi javoblar qaysi xalqlarga tegishli ekanini aniqlang?

1. Arpa va tariq ekkanlar

2. Soliq tartiblarini rimliklardan qabul qilishgan

3. O’z davlatlarini qadimgi rimning davomchisi deb hisoblashgan

4. Ular qadimgi rimliklar singari imperiyaning barcha fuqarolari tug’ilishidan teng huquqli deb hisoblashgan

a) German b) Vizantiya c) Slavyan d) Frank

A) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b

C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d D) 1-c, 2-b, 3-a, 4-d

5. Hozirgi Fransiya davlatining nomiga asos solingan(1), “Grek olovi” ixtiro qilingan (2) davrni aniqlang?

A) X asrda(1), VII asr(2) B) IX asrda(1), VII asr(2)

C) X asrda(1), VIII asr(2) C) IX asrda(1), VIII asr(2)

6. Rim mahalliy zadagonlarining papa Lev III ga qarshi isyon ko’tarishgan yildan yuz yil o’tib …

A) Otton I ning hukmronligi tugadi

B) Vatslavning hukmronligi tugadi

C) Simeonning hukmronligi tugadi

D) Buyuk Alfredning hukmronligi tugadi

7. Buyuk Karl faoliyatiga aloqador ma’lumotni aniqlang.

1. Buyuk Karl Pireneya yarim orollining arablardan tortib olingan hududlarida Ispan markasini tuzib, franklar davlatining chegara viloyatiga aylantiradi.

2. Buyuk Karl Franklar qirolligi (800-yildan imperiya) ni 46 yil boshqargan

3. Unga «Buyuk» unvoni tarixchilar tomonidan berilgan

4. U ko’plab harbiy yurishga boshchilik qilib yirik saltanat tuzgan

5. «Korol», ya’ni «qirol» unvoni uning ismidan kelib chiqqan

6. Unga «Buyuk» unvoni sulolasidan meros qolgan

A) 1,2,3,4,5,6 B) 1,2,3,4,5 C) 1,2,3,4 D) 1,2,3

8. Qaysi hukm noto'g'ri?

A) Vizantiyalik tarixchilar tomonidan «slavyanlar» atamasi VI asrdan boshlab ishlatilgan

B) Yunon-rim tarixchilari asarlarida «slavyanlar» atamasi miloddan avvalgi II-I asrlarda tilga olingan

C) Ruslar, ukrainlar, belaruslar sharqiy slavyanlardir

D) Bolgariya podsholigi IX asr oxirida yirik davlatga aylandi

9. Quyidagi qaysi javobda xatolikka yo’l qo’yilgan?

A) Konung — qabila boshlig‘i, zodagonlarning oliy vakili. Normand qabilasida – harbiy yo‘lboshchi

B) Alemann, got, franklar – germanlarning eng yirik qabilalari

C) Germanlarda hunarmandchilikning to‘qimachilik, yog‘ochsozlik (xususan, qayiq yasash), zargarlik, teri-ko‘nchilik sohalari taraqqiy etgan

D) Germanlar don va dukkakli ekinlardan tashqari poliz mahsulotlari, sabzavotlar, shu jumladan, karam yetishtirishgan

10. Qaysi hukmdor boshchiligidagi qo'shinlar qisqa muddatga Kiyevni egallaydi?

A) Meshko I B) Simeon C) Boleslav Jasur D) Vatslav

11. VIII asrning 2-yarmida Italiya yerlari qaysi davlatga qo'shib olingan?

A) Vizantiya imperiyasiga B) Frank qirolligiga

C) Germaniya qirolligiga D) G’arbiy Rim imperiyasi

12. Kiyev knyazi Svyatoslav olib borgan urushlar to’g’ri ko’rsatilgan javobni aniqlang.

1. Xazar xonligiga 2. Drevlyan qabilalariga

3. Bolgariyaga 4. Bijanaklarga

5. Qipchaqlarga 6. Vizantiyaga

A) 2,3,4,5 B) 1,4,5,6 C) 1,3,4,6 D) 1,2,3,4

13. Vizantiyadan Suriya va Misrni qaysi davlat tortib oladi?

A) Arab xalifaligi B) Bolgariya

C) Saljuqiylar D) Frank qirolligi

14. O'rta asrlarda Vizantiyaga shuhrat keltirgan qanday san'at sirlari antik davrlardan saqlanib kelgan?

1. Shishasozlik 2. Qurolsozlik 3. Bo'yoq tayyorlash

4. Kulolchilik 5. Me'morchilik

A) 1,2,3 B) 1,3,4 C) 2,3,5 D) 1,3,5

15. Quyidagi javoblarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring.

1. Yutlar Kent viloyatini bosib oldi

2. Slavyanlar yashagan hududdagi ilk davlat vujudga keldi

3. Vizantiyaliklar Suriya va Misrni boy berdi

4. Feodallar yerlarida o’z erkinligini yo’qotgan franklar ham ishlay boshladi

A) 1,3,4,2 B) 1,4,3,2 C) 1,4,2,3 D) 1,2,3,4

16. Franklarda qirol tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar ...ni mustahkamlab borgan?

A) Xususiy mulkchilik va qulchilik

B) Xususiy mulkchilik va tengsizlik

C) Jamoa mulkchiligi va tenglik

D) Erkinlik va mulkiy daxlsizlik

17. Qaysi xalq aholisi orasida jinlar, suv parilari va boshqa afsonaviy siymolarga e’tiqod ham saqlanib qolgan?

A) Yunon B) Skandinaviya

C) Germanlar D) Slavyan

18. Quyidagi shaxslarni yashagan davriga ko’ra ketma-ketlikda joylashtiring?

1. Gerbert 2. Lev III 3. Velisariy 4. Asparux

A) 4,3,2,1 B) 1,4,2,3 C) 3,4,1,2 D) 3,4,2,1

19. Quyidagi qaysi javob noto’g’ri

A) Ritsar-nemischa ritter-otliq

B) Sakslar Reyn daryosi so’l sohilida yashagan

C) Slavyanlar sharqda Visla, g’arbda Elbaga qadar hududlarda yashaganlar

D) Mavrikiyning yozishicha Slavyanlar ko’proq arpa va tariq ekishgan

20. Buyuk Alfred davrida yangi qo`shinning paydo bo`lishi bilan jamiyatda qanday o`zgarish sodir bo`ldi?

A) Zodagonlar, erkin kishilar, yarim ozod kishilar toifalari shakllandi

B) Jamoalar boylar va kambag`allarga ajrala boshlaydi

C) Jamiyatda mulkiy tengsizlik kuchaydi

D) Jamiyat professional jangchilar va ziroatchilarga bo`linadi

21. Quyidagilardan qaysi biri xalqlarning buyuk ko`chishlari jarayoniga sabab bo`lgan omillar qatoriga kirmaydi?

A) Xunnlarning IV asrdan Sharqdan hujumlari ko`plab varvar qabilalarini o`z makonlaridan siljishga majbur etadi

B) German qabilalarida aholi sonining ko`payib borishi natijasida yangi yerlarga bo`lgan talabning oshishi va mulkiy tabaqalanishning kuchayishi ularni yangi hududlarni egallashga undaydi

C) Ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi qabilalarning o`troq hayot tarziga o`tishining kuchayishi natijasida ularda yangi yerlarga bo`lgan talabning kuchayishi

D) Yevropada II asrdan iqlimning soviy boshlashi V asrga kelib ekinzorlarni qo`riqqa, suv havzalari va ularga yaqin yerlarni esa botqoqliklarga aylantiradi

22. Vizantiya vasilevsi Yustinian I sarkarda Velisariy boshchiligida Shimoliy Afrikadagi vandallar qirolligini bosib olish uchun qo`shin yuborganidan 127 yil avval …

A) Rim legionlari Britaniya orollarini tashlab Italiyaga qaytishdi.

B) Xitoyda Suy sulolasi tashkil topdi.

C) Shimoliy Galliyada tashkil topgan Frank qirolligi tomonidan Burgundiya istilo qilindi.

D) Muhammad (s.a.v.) o`z tarafdorlari bilan Makka-dan Madinaga hijrat qildi.

23. Nima sababdan Franklar qiroli Xlodvig birinchilardan bo‘lib xristian dinini qabul qilgan edi?

A) Xristian dinining haqligiga e‘tiqod qo‘yganligi uchun

B) Rim cherkovi uning sodiq ittifoqchisi bo‘lishi mumkinligini anglaganligi uchun

C) German qabilalarining ko‘pchiligi xristian dinini qabul qilganligi sababli ularning qo‘llab-quvvatlashiga erishish maqsadida

D) Rim imperatori taxtiga faqat xristian hukmdorlargina chiqishi mumkinligi uchun

24. Muqaddas Rim imperiyasi vujudga kelganda uning tarkibiga qaysi hududlar kirgan?

A) German hududlari va Shimoliy Italiya yerlari

B) German hududlari, Janubiy Galliya va Shimoliy Italiya yerlari

C) German hududlari va butun Italiya hududlari

D) German hududlari va Italiya, Chexiya yerlari

25. Qaysi javobda xatolik mavjud?

A) Genrix I va Buyuk Alfred o’z davlatida himoyalanish uchun burglar qurdirishgan

B) Graf o‘z hududlarini qirol nomidan boshqarib, aholidan soliqlarni yig‘ib olish, harbiy qo‘shinga boshchilik qilish, sud qilish kabi ishlarni bajargan

C) Allod (lotincha) – yerga to‘la egalik qilish

D) Franklar germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham bo‘ysundirib, ularni har yili o‘lpon to‘lashga majbur etadilar

26. Qaysi javob to’g’ri berilgan?

A) Rim papasiga qarshi og‘ir kurashda unga yordam bergan chex knyaziga german imperatori XI asr boshlarida qirol unvonini taqdim etgan

B) Sharqiy slavyan qabilalari: drevlyanlar, rodimichlar, tiverlar, dregovichlar, vyatichlar, sevoryanlar va hokazolar ilk o‘rta asrlarda Don daryosi havzasida yashaganlar

C) Vizantiyada VIII asrda yozilgan “Ziroatchilik qonunlari”ga ko‘ra, qishloq jamoasining a’zolari – erkin dehqonlarning yerlari alohida bo‘lib, ular bug‘doy, tariq, arpa va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar

D) Rohib olimlar – Kirill va Mefodiy – IX asr o‘rtalarida yunon alifbosi asosida slavyan yozuvini yaratib, sharqiy slavyanlar orasida xristianlikni keng targ‘ib etishgan.

27. Kiyev Rusi knyazi Vladimir qaysi hududda yashagan bulg’orlarga qarshi yurish uyushtirgan?

A) Dnepr daryosining quyi oqimida

B) Don daryosi qirg`oqlarida

C) Dunay daryosi bo`ylarida

D) Vltava daryosi havzasida.

28. Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirgan hududlarni aniqlang ?

1. Kavkaz 2. Kichik Osiyo 3. Bolqon yarimoroli

4. Suriya 5. Falastin 6. Krit va Kipr 7. Misr

8. Mesopotamiya

A) 1,2,3,4 B) 1,2,3,4,5

C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,3,4,5,6,7,8

29. Quyidagi qaysi javobda xronologik xatolikka yo’l qo’yilmagan?

A) Avliyo Sofiya ibodatxonasi Kanstantinopolda VIII asrda qurilgan

B) Afina akademiyasiga IV asrda asos solingan

C) VI asr o’rtalaridan Vizantiyaga slavyanlar o’rnasha boshladi

D) XI asrda Germaniya aholisi imperatorga nisbatan o’z gersoglarining gapiga ko’proq quloq solishgan

30. Qaysi omil angl-sakslar tomonidan VI asrning oxiri-VII asr boshlarida Britan orollarining katta qismi bosib olinishiga imkon beradi?

A) Amvrosiy Avreliandan so’ng brittlarda monosib yo’lboshchining bo‘lmasligi

B) Britt va kelt davlatlari o‘rtasidagi doimiy nizolar

C) Bosqinchilarni Rim Papasi faol qo’llab-quvvatlashi

D) Buyuk Alfred o‘limidan so‘ng davlatning o‘zaro nizolardan kuchsizlanib qolishi

31. Kirill va Mefodiylar yunon tilidagi diniy asarlarni keyinchalik «kirillitsa» deb nom olgan yozuv orqali slavyan tiliga tarjima qilishgan. Ushbu yozuv qaysi davlatdagi Rus yerlariga tarqalgan.

A) Bolgariya B) Ukraina C) Polsha D) Rossiya

32. X asrning so‘nggi choragiga kelganda...

A) Normannlar Londonni bosib oldilar

B) Buyuk Alfred daniyaliklar bilan tinchlik sulhini tuzadi

C) Daniya qiroli ingliz sohiliga qo'shin tushirgan

D) Angliya qirolligi Daniya qonunlari viloyatini qo'shib oladi

33. Xazar xoqonligini mag'lub etib, ularning poytaxti Itil shahrini egallagan Kiyev Rusi knyazi kim?

A) Knyaz Igor B) Knyaz Svyatoslav

C) Knyaz Yaroslav D) Knyaz Vladimir

34. Buуuк Alfred daniyaliklar bilan imzolangan tinchlik sulhidan yangi kuchli qo'shin tuzish uchun foydalandi. Yangi qoidaga binoan, besh kishi oltinchisini nimalar bilan ta’minlagan?

A) Dubulg'a, qilich va jang boltasi.

B) Sovut, ot va qurolbardor.

C) Ot, dubulg’a va kamon.

D) Qilich, kamon va dubulg’a.

35. Quyidagi qaysi javoblar to’g’ri?

1. IV asrda germanlarda mulkiy tengsizlik kuchayib, jamoalar boylar va kambag‘allarga ajrala boshladi va zodagonlar, erkin kishilar va yarim ozod kishilar toifalari shakllangan

2. Dastlabki varvarlar davlati — Ostgotlar davlatidir

3. Numisma – Vizantiya kumush puli

4. Bolgariya davlati Vizantiya tomonidan bosib olingan

5. Vizantiyaga ikki bor yurish qilgan hukmdor Svyatoslavning otasidir

6. Armorika - Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan

A) 1,4,5 B) 1,3,5 C) 2,3,6 D) 1,5,6

36. Germanlar qo’shnilari Rimliklardan qanday mahsulotlar olishgan?

1. Nafis gazlama 2. Qul 3. Zeb-ziynat buyumlari 4.Vino 5. Teri 6. Sopol idish 7. G’alla 8. Metall

A) 1,3,6,7 B) 1,3,4,6 C) 2,5,7,8 D) 2,3,5,6

37. Boleslav qo‘shinlari Polsha mustaqilligini saqlab qolish uchun qaysi hukmdorga qarshi kurash olib boradi?

A) Vizantiya imperatoriga B) Bolgariya qiroliga

C) Frank qiroliga D) German imperatoriga

38. Qaysi rus knyazi Kiyev Rusi chegaralarida yangi mudofaa qal’alarini qurdiradi?

A) Oleg B) Svyatoslav C) Vladimir D) Yaraslav

39. Vizantiyada XI asr o’rtalarida …

A) Magnavr oliy maktabi ochildi

B) Universitet ochildi

C) Tibbiyot maktabi tashkil qilindi

D) O’rtasi xoch gumbazli ibodatxonalar barpo qilina boshlandi

40. Germaniyadagi roman uslubida qurilgan binoni aniqlang.

A) Axen B) Puate C) Arl D) Klyuni

41. O’rta asrlarda Yevropada quyi martabadagi ruhoniylar tayyorlaydigan maktablarda nimalar o’rgatilgan?

A) Dunyoviy ilmlar, yunon tili, ibodat qilish, duolar o’qish tartiblari

B) Xattotlik, yunon tili, ibodat qilish, xattotlik sirlari

C) Lotin tili, ibodat qilish, duolar o’qish tartiblari

D) Lotin tili, yunon tili, xattotlik sirlari

42. O’rta asr maktablari o’quvchilari kvadriumda nimalarni o’rganganlar?

A) Ritorika, dialektika, musiqa va astronomiya

B) Mantiq, grammatika, musiqa va astronomiya

C) Arifmetika, geometriya, musiqa va astronomiya

D) Arifmetika, dialektika, musiqa va astronomiya

43. Kiyev Rusi davlatining hukmdori Vladimirning buyuk xizmatlari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javob variantini aniqlang.

1. Uning davrida Rus savdogarlari Vizantiyada bojsiz savdo qiladigan bo’lishdi

2. Mustahkam chegara qal’alarini qurdirdi

3. Bolgariya va Xazar podsholiklarini yengdi

4. Mahalliy knyazlar sulolalarini tugatib, o’rniga o’g’illarini noiblikka tayinlagan

5. Vizantiya imperiyasiga qarshi urush olib bordi

6) Kiyev Rusida xristian dinini joriy etdi.

A) 1,3,6 B) 2,4,6 C) 1,2,5 D) 3,4,5

44. VII asr oxirida Bolqon yarim orolida qaysi davlat tashkil topgan va uning asoschisi kim?

A) Chexiya knyazligi va uning asoschisi Bratislav II

B) Xorvatiya knyazligi va uning asoschisi Buyuk Simon

C) Serbiya podsholigi va uning asoschisi knyaz Boleslav

D) Bolgariya podsholigi va uning asoschisi Asparux

45. Quyidagi qaysi javobdagi son boshqalariga nisbatan kichik?

A) Vladimir … yil hukmdorlik qilgan

B) Vladimir Monamax … yil hukmdorlik qilgan

C) Ruslar Xristianlikni qabul qilishi va Silvestr III papaligi boshlanishi orasidagi yil

D) Buyuk Karl imperatorilgi boshlanishi va Verden shartnomasi imzolanishi orasidagi yil

46. Slavyan qabilalari VI - VII asrlarda janubda qaysi daryoga qadar cho’zilgan hududlarda yashaganlar?

A) Elba daryosi B) Dunay daryosi

C) Visla daryosi D) Dnepr daryosi

47. Ko’chmanchi qipchoq qabilalari XI asrning o’rtalarida qayerlarni egallaydilar?

A) Itil daryosidan Dongacha

B) Itil daryosidan Dunaygacha

C) Yoyiq daryosidan Dongacha

D) Yoyiq daryosidan Dunaygacha

48. Germaniyaning qaysi imperatori Rimda ko’plab yepiskoplar ishtirokida o’zi yoqtirmagan papalardan birining ustidan sud jarayonini uyushtirib, uni tahqirli holatda vazifasidan chetlangan ?

A) Otton I. B) Genrix I.

C) Otton III. D) Genrix IV.

49. Kiyev Rusi knyazi Oleg va keyingi knyazlarning asosiy vazifalari nimalar bo’ladi ?

1. Xazar xoqonligi hukmidan ozod bo’lish.

2. Boyarlar hokimiyatiga chek qo’yish.

3. Sharqiy slavyan qabilalarini birlashtirishni davom ettirish.

4. Xristian dinini qabul qilish.

5. Tashqi dushmanlardan davlat chegaralarini asrash

6. Mo’g’ullarga o’lpon to’lashni to’xtatish.

7. Vizantiya bilan manfaatli savdo munosabatlarini o’rnatish.

8. Germaniyani tor-mor etish.

A) 1-2-3-4. B) 5-6-7-8. C) 1-3-5-7. D) 2-4-6-8.

50. Quyidagi qaysi javobda xatolik mavjud emas?

A) Yoraslav davrida Rusning Yevropa davlatlari bilan munosabatlari rivojlangan

B) Rus haqiqatidagi ko’pchilik moddalarda o’lim jazosi ko’zda tutilgan

C) Xattotlik san’ati markazlari bo’lgan Irland monastirlari daniyaliklar tomonidan yondirilgan



D) Alkuin ”mehnatsevar chumoli” deb atalgan

Download 20,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish