30. Qaysi javobda birgalik nisbatidagi fe’llar keltirilgan.
A) Kelishdi, terildi.
B) Kelindi, kiyindi.
C) Yozishda, boqishdi.
D) Hidladi, pishibdi.
E) O‘qingiz, yozsinlar.
31. Juft so‘zlar qatorini aniqlang.
A) Apil-tapil, g‘ala-g‘ovur.
B) Opa-singil, so‘m,po‘m.
C) Achchiq-chuchuk, ota-ona.
D) O‘qib-chiqib, mo‘l-po‘l.
E) Mo‘l-ko‘l, sut-put.
32. Asl sifatlar qatorini toping.
A) Sho‘x, quvnoq, buyuk.
B) Bilimli, chiroyli, eski.
C) Zim-ziyo, qop-qorong‘i.
D) Oqish, qoramtir.
E) Yaxshiroq, oq, qora.
33. Faqat ozaytirma sifatlar berilgan qatorni toping.
A) Dum-dumaloq, oqish.
B) Ko‘kimtir, ixchamgina.
C) Kap-katta, och sariq.
D) Yap-yangi, nim yashil.
E) Tim qora, nim pushti.
34. Shakl-ko‘rinish bildiruvchi sifatlar qatorini toping.
A) Chiroyli, bexato.
B) Katta, baland.
C) Qora, qizil.
D) Buyuk, ulkan.
E) Puchuq, yumaloq.
Do'stlaringiz bilan baham: |