18. Undalmali gapni aniqlang.
A) Qizim bu yil maktabga bordi-da-a?
B) Afsuski bu noto‘g‘ri.
C) Sobir akang o‘qishga kirdimi?
D) Ehtiyot bo‘l, o‘g‘lim.
E) Afsus, endi iloji yo‘q, ming qilsang ham.
19. Ma’no ko‘chish (semantik usul) yo‘li bilan yangi so‘z hosil qilish usuli bilan yasalgan birikmalar qatorini toping.
A) Po‘lat sovut, oq olma.
B) Temir odam, oq yo‘l.
C) Kumush qoshiq, moviy osmon.
D) Moviy samo, oltin kosa.
E) Kumush qish, temir iroda.
20. Grammatik ma’no yordamchi so‘z bilan ifodalangan qatorni toping.
A) Baxt va boylik.
B) Sinf xonasiga kirish.
C) Maktabdan tashqari.
D) Ketmon bilan yer chopish.
E) Ertalab turish.
21. O‘zakdosh so‘zlar qatorini toping.
A) Ishq, oshiq; ilm, olim.
B) Tinish, tiniq, tintuv.
C) Mehr, mohir. mahorat.
D) Yoshlik, yasha, yosh-qari.
E) Ozg‘in, ozay, ozroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |