5. Qaysi gapda hol sifatdoshning bo‘lishsiz shakli bilan ifodalangan?
A) O‘yin-kulgi yarim kechagacha davom etmadi.
B) Saida orqasiga qaramay jo‘nab ketdi.
C) Odil uyalmaganidan qizarmadi ham.
D) Darsni tayyorlamagani uchun “2” oldi.
E) Go‘yo suv oqmayotganday tuyuldi.
6. Ikkita bir xil unli ketma-ket kelgan so‘zlar qatorini toping.
A) Manfaat, matbaa.
B) Tabiat, shariat.
C) Shuur, aurum.
D) Tabiiy, qanoat.
E) Badia, hikoya.
7. Yasama so‘zlar qaysi qatorda to‘liq berilgan?
A) Achchiq-chuchuk, to‘qson.
B) Qattiq, sakson.
C) Suvli, mayli.
D) Yasha, osha, qo‘lqop.
E) Suvdon, xumdon, qattiq, kaltakesak, to‘qson.
8. Quyidagi antonimik birikmalardan o‘zaro grammatik antonimiya hosil qilgan qatorni toping.
A) Do‘st – dushman.
B) Badavlat – kambag‘al.
C) Besabr – matonatli.
D) Achchiq – mazali.
E) Qoloq – a’lochi.
Do'stlaringiz bilan baham: |