1. Qaysi qatorda kishilik olmoshining ega vazifasida kelishi berilgan?



Download 14,65 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi14,65 Kb.
#711218
Bog'liq
7 ona tili 70 test


1. Qaysi qatorda kishilik olmoshining ega vazifasida kelishi berilgan?
A) Meni ko’rib qolishdi.
B) Shubhasiz, bu - sizning yutug'ingiz
C) Ular birga ishlamoqda
D) Parizod bo'lgan voqeani unga aytdi
2. Maqsad holi qatnashgan gapni toping.
A) Quvvatsizligidan tez charchadi
B) Arzimagan narsa uchun janjal ko'tardi
C) Hammani kuldirish uchun shunday kiyindi
D) Go'lligi sababli hamma joyda kaltak yeydi
3. Jo'nalish kelishigidagi so'zlardan qaysi biri to'ldiruvchi vazifasida qo'llangan?
A) Kechqurun Saodat uyga qaytdi
B) U yuksakka uchmoq uchun dadil chog'langan
C) Shu kiyimdan bugun singlimga sotib olaman
D) O'rtog'im kelganiga suyundim
4. Hol qatnashmagan gapni toping.
A) Nodonga yuz aytsang ham, befoyda
B) To'g'ri yursang, murodingga oson yetarsan
C) Chaqmoqning yalt-yultidan bola qo'rqdi
D) Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat
5. Oyqiz dalada kechgacha ishladi. Ushbu gapda holning qaysi turi ishtirok etgan?
A) o'rin va sabab holi
B) o'rin va payt holi
C) faqat o'rin holi
D) o'rin va ravish holi
6. Ertalab atayin siz bilan xayrlashmay ketibdi. Ushbu gapda holning qaysi turlari mavjud?
A) payt va sabab holi
B) payt va maqsad holi
C) payt, maqsad va ravish holi
D) payt, sabab va ravish holi

7. Yurgan - daryo, o'tirgan - bo'yra. Ushbu maqol qanday gap bo'laklaridan tashkil topgan?


A) ega, kesim, ega, kesim
B) aniqlovchi, kesim, aniqlovchi, kesim
C) aniqlovchi, ega, aniqlovchi, ega
D) kesim, aniqlovchi, kesim, aniqlovchi
8. Osmon tiniq, qalin qor bilan qoplangan dalalar ustida yulduzlar- ning oltin g'o'zalari yorqin chaqnaydi. Mazkur gapdagi sifatlovchi aniqlovchilar to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping.
A) tiniq, qalin, dalalar
B) qalin, qoplangan, yorqin
C) qalin, oltin, yorqin
D) qalin, qoplangan, oltin
9. Buvimning hikoyasini zavq bilan tinglardik. Zavq bilan qanday gap bo'lagi vazifasida qo'llangan?
A) to'ldiruvchi
B) aniqlovchi
C) sabab holi
D) ravish holi
10. Sabab holi qatnashmagan gapni toping.
A) Quvvatsizligidan tez charchardi
B) Go'lligi sababli har joyda kaltak yeydi
C) Siz bilan suhbatlashgani keldim
D) Arzimagan narsa uchun janjal ko'tarardi
11. Pishiqchilik faslining ilk ne'mati – tut. Bu gapidagi gap bo'laklari to'g'ri berilgan qatorni toping.
A) hol, hol, aniqlovchi, ega, kesim
B) ega, aniqlovchi, hol, ega, kesim
C) hol, aniqlovchi, aniqlovchi, ega, ega
D) aniqlovchi, aniqlovchi, aniqlovchi, ega, kesim
12. Belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan gap bo'lagi...
A) vositali to'ldiruvchi
B) vositasiz to'ldiruvchi
C) aniqlovchi
D) o'rin holi

13. To'ldiruvchi qatnashmagan gapni toping.


A) Yurgan daryo, o'tirgan bo'yra deydilar
B) Kelinlari aytadi alia, qo'shiqchisi kuylaydi yalla
C) O'tirganlarotning dupur-dupurini baralla eshitishdi
D) Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat
14. Otlashgan undov so'z bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping.
A) Birni kessang, o'nni ek
B) O'tirganlar otning dupur-dupurini baralla eshitishdi
C) Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud qiling
D) Yaxshini yomondan farqlang
15. Harakat nomi bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping.
A) Yashashni istasang, ishlashni o'rgan
B) O'tirganlar otning dupur-dupurini baralla eshitishdi
C) Bechoraning oh-u dodini tinglang, uni xushnud qiling
D) Yaxshini yomondan farqlang
16. Chiqish kelishigi shaklidagi so'zning to'ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan?
A) Anvar bolalikdan otlarni sevgan
B) G'ulomjon uydan erta chiqib ketgan ekan
C) Sultonovning gapini chin yurakdan qarshiladi
D) U ham muhabbat zavqidan bahramand bo'ldi
17. Qaysi gapda ikkita maqsad holi ishtirok etgan?
A) Bog'dan chiqish uchun bir necha odim yurgach ishkom ichida suyanib turgan qizga ko'zi tushdi; 29
B) Do'stining dov-daragini surishtirish uchun ataylab sizni izlab kelishdi
C) Nasiba uyga vazifani bajarmagani uchun ataylab mashg'ulotga kech keldi
D) O'quvchilar yozda dala shiyponiga dam olishga keldilar
18. Vositali to'ldiruvchi qatnashmagan gapni toping.
A) Azamat - futbolchilarimizga alodor
B) Chizmani kitobdan daftarga ko'chirdim
C) Ochko'z - molga qul, saxiy elga hokim
D) hammasida qatnashgan
19. Ko'pni yomonlagan ko'muvsiz qolar. Ushbu maqoldagi gap bo'laklari tartibi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping.
A) to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol, kesim
B) to'ldiruvchi, aniqlovchi, kesim
C) to'ldiruvchi, ega, hol, kesim
D) to'ldiruvchi, ega, kesim
20. O'rin-payt kelishigi shaklidagi so'zning to'ldiruvchi vazifasida kelishi qaysi qatorda berilgan? A) Yozda qilingan mehnat o'z natijasini berdi B) Birlashma idorasi uch qavatli binoda edi C) Katta chinni kosada suv olib chiqdi D) Nemis do'stlarimizni Buxoroda uchratdik
21. Hayot go'zal, yashash maroqli. Ushbu gapda qaysi gap bo'laklari mavjud? A) aniqlovchi, kesim B) ega, kesim C) to'ldiruvchi, kesim D) hol, kesim
22. O'zgargan tartib qaysi qatorda qo'llangan? A) Kasbning yaxshi-yomoni bo'lmas B) Do'stlar, yaxshilarni avaylab saqlang C) Tarbiyachi unvoni juda ulug' va muqaddasdir D) Hayotning zavqidan ko'pdir tashvishi
23. Gap bo'laklarinirig odatdagi tartibi qaysi qatorda berilgan? A) Ko'm-ko'k maysalarda yaltirar shabnam B) Ko'k palaklar ichida pishib yotar handalak C) Gumon do'stni do'stdan ajratadi D) Bunda sayr etadi keksalar, yoshlar
24. Modal so'z bilan ifodalangan vositasiz to’ldiruvchini toping. A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi C) Bilmagandan bilgan yaxshi D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
25. Maqsad ravishdoshi bilan ifodalangan hol qaysi qatorda berilgan? A) U o'qish uchun shaharga keldi B) Tog' shabadasi g'ir-g'ir esmoqda C) Ikkovi do'stlarcha xayrlashdi D) Siz bilan suhbatlashgani keldik
26. Sabab holi qo'llangan gapni toping. A) Biz dars tayyorlagani keldik B) U sevinganidan qiqirlab yubordi C) Yaproqlar sekin shitirladi D) Siddiqov mehmonlarni kutib olgani shoshildi
27. Otlashgan son bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping. A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas B) Beshni beshga qo'shsak, o'n bo'ladi C) Bilmagandan bilgan yaxshi D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
28. Otlashgan sifat bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping. A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi C) Bilmagandan bilgan yaxshi D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
29. Otlashgan taqlid so'z bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping. A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi C) Bilmagandan bilgan yaxshi D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
30. Otlashgan sifatdosh bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping. A) Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas B) Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi C) Bilmagandan bilgan yaxshi D) Taqir-tuquringni yig'ishtir
31. Qaysi gapda izohlovchi qo'llangan? A) U buloqning suvidan ham tiniqroq B) Xursandchilik insonning hayotga muhabbatini oshiradi C) Qish faslining manzaralari zavqli bo'ladi D) Rassom Alisher Mahbubaning sevimli farzandi bo'ladi
32. Hol qaysi gapda qo'llangan? A) Insonning go'zalligi, ulug'ligi mehnat tufayli B) Qiz-yigitlar mehnat zavqini yurakdan kuylar C) Hamma uning nimalardir gapirishini kutardi D) O'qituvchilar butun insoniyatning kelajagini tarbiyalaydilar
33. Ko'p bilgan oz so'zlar. Ushbu gapda qatnashgan holning ifodalanishi haqidagi to'g'ri hukmni toping. A) ot bilan B) son bilan C) ravish bilan D) sifat bilan
34. Qaysi gapda aniqlovchi egaga bog'langan? A) Chiroyli gulni sotib oldim. B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi C) Ilg'or ishchilarga mukofotlar topshirildi D) Salimjon - a'lochi o'quvchi
35. Qaysi gapda aniqlovchi ot-kesimga bog'langan? A) Mehnat faxriylari bilan yangi bog'da uchrashdik B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi C) Ilg'or ishchilarga mukofotlar topshirildi D) Salimjon - a'lochi o'quvchi 30 36. Qaysi gapda aniqlovchi to'ldiruvchiga bog'langan? A) Mehnat faxriylari bilan yangi bog'da uchrashdik B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi C) Ilg'or ishchilarga mukofotla D) Salimjon - a'lochi o'quvchi 37. Qaysi gapda aniqlovchi holga bog'langan? A) Navqiron Samarqandga yetib keldik. B) Bahaybat samolyot yerga ohista qo'ndi C) Ilg'or ishchilarga mukofotlar topshirildi D) Salimjon - a'lochi o'quvchi 38. Qaratqich va qaralmish belgisiz qo'llangan qatorni toping. A) daraxtning bargi B) direktor xonasi C) bizning qishloq D) daftar varaq 39. Qaratqich va qaralmish belgili qo'llangan qatorni toping. A) daraxtning bargi B) direktor xonasi C) bizning qishloq D) daftar varaq 40. Qaratqich belgili, qaralmish belgisiz qo'llangan qatorni toping. A) daraxtning bargi B) direktor xonasi C) bizning qishloq D) daftar varaq 41. Qaysi qatorda izohlovchi ishtirok etgan? A) professorning nevarasi B) professorona tashxis C) professor Nosirov D) professor o'g'li 42. Aravani quruq olib qochish sizga yarashmaydi. Ushbu gapda murakkab bo’lak qanday ifodalangan? A) takror so'z bilan B) ibora bilan C) so'z birikma bilan D) kengaygan birikma bilan 43. O'g'lining to'yini ko'rolmadi bechora, dunyodan ko'zi ochiq ketdi. Ushbu gapda murakkab hol qanday kelgan? A) takror so'z bilan B) ibora bilan C) so'z birikma bilan D) kengaygan birikma bilan 44. Sal o'tmay Shirinoy daladan qaytib keldi. Ushbu gapda holning qaysi turlari qatnashgan? A) o'rin holi B) o'rin va payt holi C) payt holi D) o'rin, payt va ravish holi 45. U o'ychan ko'zlari bilan Botirga tushib sekin gapirdi. Ushbu gapda holni qaysi turlari qatnashgan? A) o'rin holi, ravish holi B) o'rin va payt holi C) ravish holi D) o'rin, payt va ravish holi 46. Hamdam ikkovini ham bilmadi, piqillab yig'laganicha narigi uygа kirib ketdi. Ushbu gapda holning qaysi turlari qatnashgan? A) o'rin holi, ravish holi B) o'rin va payt holi C) payt holi D) o'rin, payt va ravish holi 47. Qaysi gapda vositali va vositasiz to'ldiruvchi fe'l-kesimga bog'langan? A) Sizni xafa qilishdan cho'chidim B) Sizni kutib olishga keldim C) Oyni etak bilan yopib bo'lmas D) Bola bir guruh jangchilarni botqoqlikdan xatarsiz o'tkazib qo'yganini aytdi 48. O'ylayverib boshi qotgan Toshpo'lat aka Qutbinisa bilan maslahatlashdi. Ushbu gapdagi iboraning sintaktik vazifasini toping. A) ega B) aniqlovchi C) to'ldiruvchi D) hol 49. Qaysi qatorda gap bo'laklarining me'yoriy tartibi ko'rsatilgan? A) hol va to'ldiruvchi kesimdan keyin, aniqlovchi egadan keyin keladi B) hol va to'ldiruvchi kesimdan oldin, aniqlovchi egadan oldin joylashadi C) hol, to'ldiruvchi va aniqlovchi kesimdan keyin D) ega kesimdan oldin, to'ldiruvchi kesimdan keyin 50. Xiyobonning chap tomonida kutubxona joylashgan. Ushbu gap bo'laklarining tartibi to'g'ri ko'rsatilgan qatorni toping. A) aniqlovchi, ega, hol, kesim B) aniqlovchi, hol, hol, ega, kesim C) aniqlovchi, to'ldiruvchi, hol, kesim D) aniqlovchi, hol, ega, kesim 51. Shaxsi noma'lum gapni toping. A) Yaxshilikni minnat uchun qilmaydilar B) Boshingga qilich kelsa ham, rost gapir C) Derazadan ko'chaga termilaman D) O'ylamay berilgan buyruqni bajarish shart emas 52. To'ldiruvchining qaysi gap bo'lagiga bog'lanishi haqidagi hukmlarning to'g'risini toping. 1. Vositali to'ldiruvchi o'timli fe'lga bog'lanadi. 2. Vositasiz to'ldiruvchi o'timsiz fe'lga bog'lanadi. 3. Vositali to'ldiruvchi o'timsiz fe'lga bog'lanadi. 4. Vositasiz to'ldiruvchi o'timli fe'lga bog'lanadi. A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 3,4 D) 2, 3,4 53. Qaysi qatorda vositasiz to'ldiruvchi berilmagan? A) Bu daftarni senga oldim B) Dangasaning non yeyishini ko'r C) Mehringni qo'yib gul terding kimga? D) Singlim javob berdi: - O'qituvchimga 54. Ot bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qaysi qatorda berilgan? A) Bir azobning bir rohati bor B) Supada qator o'tiribmiz C) Shu paytda uy eshigi ochildi D) Zumrad bahorni kim sevmaydi? 55. Kesimi modal so'z bilan ifodalangan gap berilgan qatorni aniqlang. A) Xonadagi jihozlar barcha qulayliklarga ega B) Bugun sen bilan dars tayyorlashga vaqtim yo'q C) Nizomjon qoldirib ketgan narsalarning barchasi - shu D) Sizga aytadigan gaplarim ko'p 56. Qaysi gapda to'ldiruvchi faqat shaxs otlari bilan ifodalangan? A) U bir otasiga bir Avazga, bir onasiga qarardi B) Men onam, otam va opam bilan xayrlashdim C) Maxdum bo'ychan, istarasi issiq bir domla edi D) Bu bola dushmanlar keltirgan ochlik va boshqa kulfatlarni kattalar qatori boshdan kechirdi 31 57. Qaysi gapda ega shaxs oti bilan ifodalangan? A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o'g'li Otabek B) Aravakash mo'mingina, muloyim, kamtar kishi C) Rashidboy ertasi kuni qassobning mashinasida tog' ortiga jo'nadi D) «Qo'shiq aytolsa, demak, cho'ponlikka yaraydi», - debdi Qurbon cho'lig'iga 58. Aniqlovchi qo'llangan gapni toping. A) Mehmon izzati bilan ulug' B) Qo'shiqni zavq bilan tingladik C) Eshik to'satdan qattiq taqilladi D) Oltindan sariq olxo'rilar tagiga to'kilib yotibdi 59. «Men undan so'radim: Mehringni qo'yib bunchalar saralab gul terding kimga? Gulidan ko'zini uzmayin singlim Asta javob berdi: - O’qituvchimga». Ushbu gapda nechta to'ldiruvchi qatnashgan? A) 4 та В) 5 та С) 6 та D)7та 60. Qaysi qatorda sabab ravishi bilan ifodalangan sabab holi bor? A) U o'sha qo'rqoqligi tufayli ko'chaga chiqmasdi B) Xayrulla shu shartga noiloj ko'ndi C) Behuda sarflamasligi uchun ko’nishi kerak D) U qah-qah urib yuborishdan o'zini arang tiydi 61. Ibora bilan ifodalangan to'ldiruvchini toping? A) Adashganni yo'lga sol B) Yerini aldagan och qolar C) U burnini osmonga ko'tarishga o'rgangan edi D) Qo'rqoqqa hurmat yo'q 62. Qaysi gapda ikkita payt holi va bitta o'rin holi qo'llangan? A) Kecha Salimalarnikiga bordim, ko'pdan beri bormagandim B) Avtobus qosh qorayganda shaharga kirib keldi C) Chiroq hamon lipillar, tepamda Komil engashib turardi D) Ertalab tog'ning etagiga kelib bir choyxona yonida to'xtadik 63. . Karima derazadan boshini chiqarib ularga qarab qo'ydi.Ushbu gapdagi ravish holini aniqlang. A) ularga B) qarab C) derazadan D) boshini chiqarib 64. Qaysi gapda sifat aniqlovchi vazifasida qo'llangan? A) To'g'ri yursang, murodingga oson yetarsan B) U sochlari parishon holda ko'chaga otildi C) U sabzavot solingan xaltasini olib kelayotgandi D) Har narsaga qiziqish - biz uchun eski odat 65. Ravish bilan ifodalangan holni toping. A) Uy ichida odam ko'p edi B) Shodmonbek zarbdan ko'zi tinib hushdan ketdi C) Yig'lab-yig'lab marza olsang, o'ynab-o'ynab sug'orasan D) U o'ychan ko'zlari bilan Botirga qarab sekin gapirdi 66. Joni halqumiga kelgan Sattor alamidan baqirib yig'lab yubordi. Gap qanday gap bo'laklardan iborat? A) ega, kesim, ikkita ravish holidan B) ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi, sabab va ravish holidan C) ega, kesim, ikkita ravish holi va bitta sabab holidan D) ega, kesim, sifatlovchi aniqlovchi va ikkita ravish holidan 67. Ega + aniqlovchi + aniqlovchi + to'ldiruvchi + hol + kesim qolipidagi gapni aniqlang. A) Zebi onasining beradigan javobini ilgaridan bilardi B) Bog'bon ko'm-ko'k ajriq ustida o'tirib hordiq chiqardi C) Dadasi mehribon odamlarning suhbatlashishidan zavqlanar edi D) A'zam tizzasidagi mahsini hafsala bilan pishiq tikadi 68. Faqat ravish holi bilan kengaygan gapni toping. A) U sekin minbarga chiqdi va yaxshi gapirdi B) U epchillik bilan turdi, qisqa va lo'nda gapirdi C) Tiniq suvdan hovuch-hovuch oldi, qonib-qonib ichdi D) Quvvatsizligidan tez charchardi 69. Harakat nomi bilan ifodalangan vositasiz to'ldiruvchi qo'llangan gapni toping. A) Uning kulib boqishlarini unutmayman B) O'quvchilar dam olishga kelishdi C) Mening borishimdan sizga nima foyda? D) So'rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal 70. Bir xil mazmun-munosabatni bildirgan hollar qaysi gapda qatnashgan? A) U kecha to'satdan biznikiga kirib keldi B) U mavzuni jiddiy so'radi C) Chumchuqlar daraxtlarda tinimsiz chirqillaydi D) Dadam zavq bilan xoxolab, yayrab kulardi
Download 14,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish