O’ZBEKISTON TARIXI
21. Frada qo’zg’aloni haqida ma’lumotlar qaysi manbaada uchraydi?
A) ,,Tarix “ asarida B) ,,Geografiya” asarida
C) Behistun qoyalarida D) ,,Avesto”da
22. O’rta Osiyoga yunon-makedon istilosidan keyin qayerda yunon yozuvi,og’irlik o’lchov birliklari joriy etiladi?
A) So’g’diyonada B) Baqtriyada
D) Marg’iyonada D) Parfiyada
23. Arablar tomonidan bosib olingan hududlar va ularning yillari bilan muvofiq keluvchi javobni toping.
1) Marv; 2) Balx; 3) Buxoro; 4) Kesh;
5) Maymurg’; 6) Samarqand; 7) Naxshab;
8) Farg’ona; 9) Choch; 10) Xorazm
a) 711; b) 715; c) 713; d) 710; e) 712;
f) 709; g) 705; d) 651;
A) 2 b; 4 a; 6 e; 8 b B) 3 f; 4 d; 7 d; 10 a
C) 1 d; 6 a; 9 b; 10 e D) 2 b; 5 a; 8 d; 9 a
24. Abu Abdullohdan mantiq, falsafa, riyoziyot, fiqh ilmlarini o’rgangan o’rta asr allomasini toping.
A) Abu Rayhon Beruniy B) Al Farg’oniy
C) Abu Ali Ibn Sino D) Al Xorazmiy
25. Amir Temur davlatida ming kishilik harbiy bo’linma qanday atalgan?
A) hazora B) qo’shun
C) tuman D) ayl
26. Amir Temur bo’ysundirilgan shaharlarni ham qayta qurdirgan bo’lib, quyidagi javoblardan qaysi biri noto’g’ri berilgan?
A) Bag’dod B) Darband
C) Baylakon D) Sultoniya
27. ,,O’zbek ulusi “ deb nomlangan davlatning birinchi poytaxti berilgan javobni toping.
A) Sig’noq B) Suzoq
C) Tura D) Oqqo’rg’on
28. Quyidagi javoblardan Muhammad Amin Buxoriyning qalamiga mansub asarni belgilang.
A) ,, Abdullanoma” B) ,,Ubaydullanoma”
C) ,, Shayboniynoma” D) ,, Shoxnoma”
29. Quyidagi sulolalardan qaysi biri Buxoro amirligida hokimiyat tepasida o’tirmagan?
A) Qo’ng’irotlar B) Shayboniylar
C) Ashtarxoniylar D) Mang’itlar
30. Qachon Ichan qal’a butunjahon yodgorliklar ro’yxatiga kiritilgan?
A) 1961-yil B) 1969-yil
C) 1873-yil D) 1990-yil
BIOLOGIYA
31. Chittakda mitozning profaza (a) va ko‘k kitda anafaza (b) davri uchun xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlang.
1) xromosoma xromatidlarini birlashtirib turuvchi belbog‘ uziladi; 2) xromosomalar ekvator tekisligi tomon harakatlana boshlaydi; 3) xromatidlar mustaqil xromosomaga aylanadi; 4) ikkita sentriola hujayra qutblari tomon tarqala boshlaydi; 5) yadro shirasining yopishqoqligi kamayadi; 6) sitoplazmaning membranali qismidan yadro qobig‘i hosil bo‘ladi
A) a-5, 6; b-2, 3 B) a-4, 5; b-1, 3
C) a-1, 3; b-4, 6 D) a-1, 5; b-2, 3
32. Oshqozoni to‘rt bo‘lmali I tartib konsumentlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni toping.
1) zubr; 2) simental; 3) qulon; 4) xongul; 5) yaguar;
6) tapir; 7) los
A) 2, 3, 5 B) 1, 4, 7 C) 1, 5, 7 D) 2, 4, 6
33. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang.
Duplikatsiya . . .
A) genotipik o‘zgaruvchanlik, xromosoma mutatsiyasi B) fenotipik o‘zgaruvchanlik, genom mutatsiyasi
C) modifikatsion o‘zgaruvchanlik, gen mutatsiyasi D) ontogenetik o‘zgaruvchanlik, gen mutatsiyasi
34. Abiotik omil ta’sirini aniqlang.
A) o‘simliklarning zarpechak tomonidan zararlanishi B) termitlar ichagida bir hujayrali xivchinlilar yashashi
C) ultrabinafsha nurlar ta’sirida terida melanin
pigmentining sintezlanishi
D) o‘simliklarning asalarilar tomonidan changlanishi
35. Nuqtalar o‘rniga mos keluvchi javobni aniqlang. Ikki nuqtali tugmacha qo‘ng‘iz kolorado qo‘ng‘izi kabi . . . .
1) qattiqqanotlilar turkumiga mansub;
2) birlamchi mahsulot biomassasini hosil qiladi;
3) produtsent organizm;
4) hamma oyoqlari bir xilda tuzilgan;
5) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi
A) 1, 3 B) 2, 4 C) 2, 5 D) 1, 4
36. Quyida keltirilgan ma’lumot tabiiy tanlanishning qaysi shaklini ifodalaydi?
“Chug‘urchuq uyasiga eng ko‘pi bilan 5 ta tuxum qo‘yadi. Agar 5 tadan ortiq qo‘ysa, oziq yetishmasligi bolalarning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi”
A) harakatlantiruvchi B) dizruptiv
C) stabillashtiruvchi D) tur ichidagi kurash
37. Qaysi javobda hujayra nazariyasining asosiy qoidalari aks etmagan?
A) yangi hujayralar faqat avval mavjud bo‘lgan
hujayralarning bo‘linishi tufayli vujudga keladi B) barcha tirik organizmlarda hujayralar soni bir xil
C) organizmlarning hujayralardan tashkil topishi
ularning kelib chiqishi bir xil ekanligidan darak
beradi
D) hujayra tirik organizmlarning tuzilish va
funksional birligi hisoblanadi
38. Odam orgaizmi ko‘rish analizatoriga oid to‘g‘ri javobni aniqlang.
A) uzoqni aniq ko‘radigan odam yaqinga qaraganida
buyumning tasviri sariq dog‘dan oldinda hosil
bo‘ladi
B) yaqinni ko‘radigan odam uzoqqa qaraganida
buyumning tasviri sariq dog‘dan oldinda hosil
bo‘ladi
C) ko‘rish nervi atrofiyasi oilada otada uchraydi va
undan faqat o‘g‘il farzandlarga o‘tadi
D) tug‘ma yaqinni ko‘rish ko‘z kosasining qisqa
bo‘lishi bilan bog‘liq
39. Uglevodlarning energetik funksiyasi berilmagan qatorni aniqlang?
A) maltoza unayotgan urug’ uchun energiya manbayi
B) glukoza nafas olish jaroyoni uchun energiya
manbayi
C) kraxmal o’simlikda zaxira modda to’plash uchun
energiya manbayi
D) fruktoza organizmdagi ko’pchilik jarayonlar uchun
energiya manbayi
40. Qaysi javobda faqat atavizm hodisasi berilgan?
A) qisqarish faoliyatini yo‘qotgan dum muskullari va
uning bir juft nervi, dumli bola
B) odam tanasidagi tuklar, quloq suprasini
harakatlantiruvchi muskullar
C) quloq suprasini harakatlantiruvchi muskullar,
sherbashara odam, ko‘richakning
chuvalchangsimon o‘simtasi
D) sherbashara odam, dumli bola
41. Gametofiti ikki uyli (a) va bir uyli (b) bo`lgan o`simliklarni aniqlang.
1) sershox qirqbo`g`im; 2) zuxrasoch;
3) dala qirqbo`g`imi; 4) gazanda ; 5) suv qirqqulog`i;
A) a-1,4; b-4,5 B) a-2,3; b-1,5
C) a-3,5; b-2,4 D) a-1,3; b-2,5
42. Qaysi olim hayvonlarni sistemaga solishda nerv sistemasi tuzilishiga e’tiborni qaratish lozimligini aytgan?
A) J. Kyuve B) K. Linney C) J. B. Lamark D) K. Ber
43. Gultojibarglari beshta qo‘shilgan (a) va qo‘shilmagan (b) o‘simliklarni aniqlang. 1) karrak; 2) qovun; 3) bo‘znoch; 4) bo‘yimodaron;
5) tobulg‘i; 6) gulxayri; 7) g‘o‘za.
A) a - 1, 2, 4; b - 5, 6, 7 B) a - 3, 5, 7; b - 1, 4, 6
C) a - 1, 6, 7; b - 2, 4, 5 D) a - 2, 4, 6; b - 3, 5, 7
44. Shakli o‘zgargan barglarni aniqlang.
A) zirkning tikanlari; no‘xatning gajaklari;
akatsiyaning tikanlari
B) qulupnayning jingalagi; zirkning tikanlari;
Do'stlaringiz bilan baham: |