Z4 esa molekulasida 1 ta azot atomi mavjud bo‘lgan modda ekanligi ma’lum bo‘lsa, X2 va Z4 moddalarning nisbiy molekulyar massalari yig‘indisini aniqlang.
A) 149 B) 230 C) 138 D) 168
73. 17,6 g to‘yingan bir asosli karbon kislota tarkibida m(C +H)/m(O)=1,75 bo‘lsa, ushbu kislota na’munasi etanol bilan to‘liq ta’sirlashib (H+ ishtirokida) necha gramm murakkab efir hosil qiladi?
A) 25,5 B) 29,0 C) 20,4 D) 23,2
74. Metilsiklogeksan olish uchun necha xil digalogenli alkanga rux metali ta’sir qilinadi?
A) bir xil B) ikki xil
C) uch xil D) to‘rt xil
75. X mol CaC2 va 4,2 mol Ca dan iborat aralashma suvga solindi. Hosil bo‘lgan gazlar aralashmasi katalizator ishtirokida barcha gidrogenlanish reaksiyalari tugagunicha qizdirildi. Natijada noma’lum gaz va vodoroddan iborat (gazlar massalarining nisbati mos ravishda 10:1) gazlar aralashmasi hosil bo‘ldi.
CaC2 va Ca aralashmasining massasini (g) aniqlang.
A) 232 B) 347,2 C) 210,7 D) 244,8
76. Rasmda ko‘rsatilgan A moddaning metall nitratligini bilgan holda, hosil bo‘lgan B moddani aniqlang. (Moddalarning rangi va shakli tabiiy emas.)
A) kaliy gidroksid B) kaliy nitrit
C) kaliy oksidi D) kaliy peroksid
77. 40 g kaliy nitrat 360 g suvda eritilganda hosil bo‘lgan eritmaning konsentratsiyasini (%) toping.
A) 10 B) 20 C) 15 D) 5
78. CnH2n+2O formulaga mos keladigan moddalarni toping.
A) m-krezol, benzil spirt
B) izopropil spirt, metiletil efir
C) geksanal, 3-metilpentanon-2 D) etanal, dimetil efir
79. X+ kationidagi elektronlar soni Mn2+ kationidagi elektronlar sonidan 2,3 marta kam bo‘lsa, X elementni
aniqlang.
A) F B) Mg C) Al D) Na
80. Mol nisbati 4:3 bo’lgan Cu va Zn aralashmasining 90,2 g grammi 73 % HCl bilan ta’sirlashgandan keyin hosil bo’lgan qotishmadagi metallarning mol nisbati mos ravishda 8:1 bo’lsa, sarflangan eritma massasini aniqlang.
A) 100 B) 80 C) 25 D) 50
81. Fe3+ ioni tarkibida nechta +1/2 spinli elektron bor?
A) 12 B) 13 C) 14 D) 15
82. Bir xil massadagi mis bo’lakchalarini eritish uchun 21% li va 63% li HNO3 eritmalaridan qanday massa nisbatda olish kerak?
A) 2:1 B) 1:3 C) 3:2 D) 3:8
83. NH4NO2 tarkibida necha foiz kislorod bor?
A) 80 B) 16 C) 32 D) 50
84. Qaysi jarayon natijasida eritmaning pH
qiymati kamayadi?
1) suvda ammiak eritilganda;
2) ohakli suvga karbonat angidrid yuttirilganda;
3) ishqor eritmasi orqali vodorod xlorid o‘tkazilganda;
4) suvda metilamin eritilganda
A) 1, 4 B) 1, 3 C) 2, 4 D) 2, 3
85. PCl5(g) ⇆ PCl3(g) + Cl2(g) sistemada idish hajmi 2 ℓ. PCl5 ning dastlabкi miqdori 8 mol. Reaksiya unumi 40% bo`lganda muvozanat qaror topdi. Muvozanat konstantasini (Km) toping.
A) B) C) D)
86. 2 mol bariy digidrofosfat va 3 mol bariy gidroksid reaksiyasi natijasida qanday tuz(lar) hosil bo’ladi?
A) bariy fosfat
B) bariy gidrofosfat
C) bariy fosfat va bariy gidrofosfat
D) bariy gidroksofosfat
87.. X g 25% li eritmaga 140 g Y% li eritma qo‘shildi.
Bunda 32% li eritma hosil bo‘ldi. Agar X ning qiymati
Y ning qiymatidan 4 marta katta bo‘lsa, Y ning qiymatini aniqlang.
A) 44 B) 36 C) 50 D) 40
88. Berilgan tuzlarning gidroliz qismlari bilan moslang.
Do'stlaringiz bilan baham: |