14. Ko'l baqasi (a) va qur (b) ga tegishli ma'lumotlarni aniqlang.
1) issiq qonli organizm; 2) kekirdakka ega; 3) ilik suyagi
mavjud; 4) sovuqqonli; 5) miyachada burmalari mavjud;
6) yuragi bir qorinchali; 7) rezanatorlari bor.
A) a-1, 3; b-6, 7
B) a-2, 3; b-4, 6
C) a-4, 5; b-2, 6
D) a-6, 7; b-2, 5
15. Chittak (a) va agama (b) ga tegishli ma'lumotlarni aniqlang.
1) issiq qonli organizm; 2) kekirdakka ega; 3) ilik suyagi
mavjud; 4) sovuqqonli; 5) miyachada burmalari mavjud;
6) kloaka ega; 7) ovoz kuchaytiruvchi rezanatorlari bor.
A) a-1, 2; b-4, 6
B) a-2, 3; b-4, 5
C) a-4, 5; b-2, 6
D) a-6, 7; b-2, 5
16. Siydik yo‘li kloaka bo'shlig'iga ochiladigan ilik suyakli
organizmlarni aniqlang.
1) qizilto'sh; 2) salamandra; 3) kaptar; 4) agama; 5) bedana;
6) tuvaloq; 7) turna
A) 1, 3, 4 B) 2, 5, 7 C) 3, 5, 6 D) 3, 4, 6
17. Siydik yo‘li kloaka bo'shlig'iga ochiladigan tovon suyakli
organizmlarni aniqlang.
1) qarqara; 2) salamandra; 3) kaptar; 4) agama; 5) baqa;
6) triton; 7) turna
A) 1, 3, 7 B) 2, 5, 6 C) 3, 5, 6 D) 3, 5, 6
18. Siydik yo‘li kloaka bo'shlig'iga ochiladigan tishlari
rivojlanmagan organizmlarni aniqlang.
1) qarqara; 2) karqur; 3) kaptar; 4) terili toshbaqa;
5) baqa; 6) triton; 7) turna
A) 2, 4, 7 B) 1, 3, 5 C) 3, 5, 6 D) 1, 2, 6
19. Qushlar bilan bo'g'liq to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang.
1) qorayaloq ayrim so‘zlar va hatto iboralarni eslab qolib,
takrorlashi mumkin; 2) qarqaralar jufti uzoq yillar
davomida saqlanib qoladi; 3) qirg'ovulning tuxumdan
chiqqan jo‘jalarining ko‘zi yumuq, quloq teshigi yopiq
bo'ladi; 4) chug‘urchuqlar dushmanini sezganida ovozining
boricha shovqin soladi; 5) protoavis arxeopteriksdan bir
necha million yil keyin yashagan.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 2, 3, 4
20. Qushlar bilan bo'g'liq to'g'ri ma'lumotlarni aniqlang.
1) so‘fito‘rg‘ay yil davomida bir joyda yashaydi;
2) qarqaralar jufti faqat bir mavsum saqlanib qoladi;
3) zog'cha yil fasllariga qarab joyini o‘zgartirib turadi;
4) turna daraxtlarning kovagiga uya quradi; 5) kayra
yalang‘och qoyaga tuxum qo‘yib, uni bosib yotadi.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 2, 3, 5
21. Qushlar bilan bo'g'liq noto'g'ri ma'lumotlarni aniqlang.
1) qaldirg'och tuxumidan chiqqan jo‘jalarining tanasi par
bilan qoplangan va ko‘zi ochiq bo‘ladi; 2) qarqaralar jufti
faqat bir mavsum saqlanib qoladi; 3) arxeopteriks
tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining
qanotga aylanganligi bilan qushlarga o‘xshaydi; 4) turna
daraxtlarning kovagiga uya quradi; 5) hozirgi qushlarning
ajdodi protoavis hisoblanadi.
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 5 C) 1, 2, 5 D) 3, 5
22. Har bir oldingi oyoqlari uch (a), to'rt (b) va besh (c)
barmoqli organizmlarni aniqlang.
1) urchuqsimon kaltakesak; 2) gekkon; 3) gavial;
4) triton; 5) salamandra; 6) karqur; 7) qarqara; 8) qizilto'sh
A) a-6, 7, 8; b-4, 5; c-1, 2, 3 B) a-3, 6, 8; b-4, 5; c-2, 7
C) a-7 ,8; b-4, 5; c-2, 3 D) a-6, 7, 8; b-3, 4, 5; c-1, 2
23. Har bir oldingi oyoqlari uch (a), to'rt (b) va besh (c)
barmoqli organizmlarni aniqlang.
1) agama; 2) gekkon; 3) alligator; 4) baqa; 5) salamandra;
6) ko'rgalak; 7) oqqush; 8) kaptar
A) a-6, 7, 8; b-4, 5; c-1, 2, 3 B) a-3, 6, 8; b-4, 5; c-2, 7
C) a-7, 8; b-4, 5; c-2, 3, 6 D) a-6, 7, 8; b-3, 4, 5; c-1, 2
24. Har bir orqa oyoqlari to'rt (a) va besh (b) barmoqli
organizmlarni aniqlang.
1) terili toshbaqa; 2) gekkon; 3) qizilto'sh; 4) baqa;
5) salamandra; 6) ko'rgalak; 7) oqqush; 8) kaptar
A) a - 3, 6; b - 1, 8
B) a - 6, 8; b - 2, 4
C) a - 4, 5; b - 1, 2
D) a - 3, 8; b - 1, 8
25. Har bir orqa oyoqlari to'rt (a) va besh (b) barmoqli kloakali
organizmlarni aniqlang.
1) agama; 2) alligator; 3) karqur; 4) qurbaqa;
5) salamandra; 6) qarqara; 7) kaklik; 8) chittak
A) a - 3, 6; b - 1, 8
B) a - 3, 8; b - 1, 8
C) a - 4, 5; b - 1, 2
D) a - 6, 8; b - 2, 4
26. Jish bola ochadigan, o’troq qushlarni aniqlang?
1) g'oz; 2) qarg’a; 3) musicha; 4) karqur; 5) qaldirg’och;
6) kaptar; 7) chittak; 8) zog’cha; 9) laylak; 10) bedana
A) 2, 3, 7, 10 B) 3, 6, 7 C) 1, 4, 8, 9 D) 5, 6, 8
27. Uch juft nev tuguni (a) uch juft yurish oyqlar (b) uch juft
chanoq suyagi (c) ga ega hayvonlarni ko'rsating?
1) perlovitsa; 2) qiziltosh; 3) zorka; 4) temirchak;
5) ustritsa; 6) kakku; 7) midiya; 8) triton; 9) falanga;10) biy.
A) a-1, 5, 7; b-3, 9, 10; c-2, 6 B) a-9, 10; b-3, 4; c-6, 8
C) a-1, 5, 7; b-3, 4; c-2, 6
D) a-3, 9, 10; b-1, 4; c-2, 6, 8
28. Haqiqiy qovoqlari bo'lmaydigan tishli hayvonlar (a) haqiqiy
qovoqlari bo'ladigan tishsiz (b) hayvonlarni toping?
1) qalqontumshuq; 2) zog'cha; 3) kit akula; 4) laqqa;
5) kapcha; 6) okun; 7) karqur; 8) triton.
A) a-1, 5; b-2, 7
B) a-1, 4, 5; b-3
C) a-3, 4, 7; b-6, 8 D) a-1, 5, 7; b-3
29. Kayra tanasining qaysi qismlarida CO
2
gazining
konsentratsiyasi past bo'ladi?
1) o'ng bo'lmachadigi qon tarkibida; 2) o'ng bo'lmachaga
keluvchi vena qon tomirida; 3) chap bo'lmachaga keluvchi
vena qon tomirida; 4) miyyadan qon olib ketuvchi qon
tomirida; 5) kichik qon aylanish doirasining arteriya qon
tomirida; 6) chap qorinchadagi qon tarkibida; 7) tana
muskullariga qon olib boruvchi arteriya qon tomirlarida
A) 1, 4, 5 B) 3, 6, 7 C) 2, 4, 7 D) 3, 5, 6
30. Ko’k kaptar skeletiga xos bo’lgan xususiyatlarni aniqlang?
1) pastki jag’i harakatchan birikkan; 2) ko’krak
umurtqalari harakatsiz birikkan; 3) miya qutisi bosh
miyasida burmalar ko’pligi sababli yirik bo'ladi;
4) qovurg’alari to'sh bilan harakatchan birikkan; 5) bel
umurtqalari harakatchan birikkan; 6) bel va dumg’aza
chanoq bilan tutashgan; 7) o’mrov suyagi yelka kamarini
hosil qiladi; 8) oyoq kamari uch juft chanoqdan iborat;
9) bir nechta panjasidagi ilik suyagi tanasini dast ko’tarib
turadi; 10) ikkitadan ko’krak tirgak suyagi rivojlangan,
A) 1, 2, 6, 7, 9 B) 1, 3, 8, 9 C) 1, 3, 5, 8 D) 1, 4, 6, 10
Do'stlaringiz bilan baham: |