17. Qushlar tuxum hujayrasiga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) markazida suyuq sariqlik bor; 2) murtak doimo oqsil
qobiq sirtida joylashadi; 3) sariqlikni suyuq oqsil o'rab
turadi; 4) havo kamerasi mavjud; 5) sariqlik ikki
tomondagi kanopcha yordamida suyuq oqsilga osilib turadi;
6) po'choqosti pardasi mavjud
A) 1, 2, 6 B) 3, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 1, 2, 4
18. Qurga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) jufti saralanib tanlanadi; 2) chumchuqsimonlarga
mansub; 3) xo'rozlari ochiq maydonda o'zaro bahs qilish
uchun to'planadi; 4) jufti faqat bir mavsum saqlanib qoladi;
5) naysimon suyaklarining bo'shlig'i havo bilan to'lgan;
6) tovuqsimonlarga mansub
A) 1, 3, 4 B) 3, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 5, 6
19. Ko'k kaptarning o'pka venasida (a) va o'pka arteriyasida
(b) qaysi gazlarni konsentratsiyasi yuqori bo'ladi?
A) a - karbonat angidrid; b - kislorod
B) a - kislorod; b - karbonat angidrit
C) a - karbonat angidrid; b - karbonat angidrit
D) a - kislorod; b - kislorod
20. Qushlarning kuzda qishlov joylariga uchib ketishi (a) va
bahorda o'z vataniga uchib kelishiga (b) nima signal
beradi?
A) a - kun uzunligining uzayishi; b - ko'payish instinkti
B) a - suvning muzlashi; b - kun uzunligining qisqarishi
C) a - kun uzunligining qisqarishi; b - ko'payish instinkti
D) a - ko'payish instinkti; b - ozuqaning tugashi
21. Musichaga xos xususiyatlarni aniqlang.
1) ko'chib yuruvchi qush; 2) jish bola ochadi;
3) chumchuqsimonlarga mansub; 4) bir marta olgan
havosidan ikki marta nafas oladi; 5) juft bo'lib yashaydi;
6) yil davomida 5 marta ko'zi ochiq jo'ja ochadi
A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 5 C) 4, 5, 6 D) 2, 3, 4
22. Oldingi va orqa oyoqg'idagi barmoqlar soni teng bo'lmagan
issiqqonli (a) va sovuqqonli (b) organizmlarni aniqlang.
A) a - ko'rgalak; b - gekkon B) a - karkiddon; b - triton
C) a - karqur; b - baqa
D) a - qurbaqa; b - musicha
23. Qarqaraning dum patlariga xos belgilarni aniqlang.
1) kontur pat; 2) momiq pat; 3) uchganda gavdasini
yo'naltiradi; 4) ikkinchi tartib o'siqchalari bo'lmaydi;
5) ko'tarilish yuzasini hosil qiladi
A) 1, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 3, 5
24. Qushlarning sudralib yuruvchilarga o'xshashlik belgilarini
ajrating.
1) miyachasi kuchli rivojlangan; 2) kichik va katta qon
aylanish doirasining mavjudligi; 3) tana haroratini tashqi
muhit haroratiga bog'liq emasligi; 4) patlari, terisi muguzli;
5) tuxum qo'yib ko'payishi; 6) tana harorati doimiy;
7) embrioninig tashqi muhitda rivojlanishi; 8) bir marta
olgan havosidan ikki marta nafas oladi
A) 1, 2, 3, 6 B) 3, 4, 5, 7 C) 5, 6, 7, 8 D) 2, 4, 5, 7
25. Qushlar tinch holatda (I) va uchganida (II) necha marta
nafas oladi va yuragi qisqaradi?
a) 26; b) 400; c) 165; d) 550;
A) I-26, 400; II-165, 550
B) I-26, 165; II- 400, 550
C) I-165, 26; II- 550, 400 D) I-400,165; II- 26, 550
26. Faqat qushlar uchun xos bo'lgan suyak haqidagi to'g'ri
fikrlarni aniqlang,
1) pastki uchiga barmoq suyaklari kelib tutashgan;
2) bir necha mayda suyaklarning birikishidan hosil
bo'ladi; 3) son suyagi bilan bevosita tutashgan; 4) qush
tanasini yerdan dast ko'tarib turadi; 5) qo'nayotganda
tanaga beriladigan zarbani kuchaytiradi
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 4
27. Qarqara tanasining qaysi qismlarida O
2
gazining
konsentratsiyasi yuqori bo'ladi?
1) o'ng bo'lmachadagi qon tarkibida; 2) o'ng bo'lmachaga
keluvchi vena qon tomirida; 3) chap bo'lmachaga
keluvchi vena qon tomirida; 4) miyadan qon olib
ketuvchi qon tomirda; 5) o'pka arteriyasida; 6) chap
qorinchadagi qon tarkibida; 7) tana muskullariga qon
olib boruvchi arteriya qon tomirida.
A) 2, 4, 7
B) 3, 5, 6 C) 1, 4, 5
D) 3, 6, 7
28. Ko'rgalak uchun mos kelmaydigan ma'lumotlarni
toping.
1) tuxum qo'yish uchun uya quradi; 2) oldingi oyog'idagi
barmoqlar soni tritonning chanoq suyaklar soniga teng;
3) tanasi jun bilan qoplangan; 4) xordalilar tipiga kiradi;
5) kloakasi mavjud; 6) yupqa teri pardasi uchganda
ko'tarilish yuzasini hosil qiladi; 7) yuragi to'rt kamerali;
8) tana harorati doimiy; 9) to'sh tojiga ega emas; 10) bir
marta olgan havosidan ikki marta nafas oladi.
A) 6, 7, 8
В) 1, 2, 4 C) 3, 6, 9 D) 4, 5, 10
29. Quyida keltirilgan hayvonlarning organlarida arterial
(a) yoki venoz (b) qon oqishi to'g'ri juftlab ko'rsatilgan
javobni aniqlang.
1) bitiniyaning yuragiga kelayotgan qon tomirida;
2) karqurning o'pka arteriyasida; 3) katta sadafdorning
yuragida; 4) butli o'rgimchakning yuragida;
5) lansetnikning orqa aortasida; 6) langustning orqa qon
tomirida; 7) so'fito'rg'ayning o'pka venasida;
8) ilonboshning yurak bo'lmachasida; 9) turnaning
aortasida; 10) kakku yuragining chap bo'lmasida.
A) a-4, 5, 8, 10; b-2, 6, 7, 9
B) a-1, 5, 7, 10; b-2, 8
C) a-2, 4, 6, 7, 8, 10; b-2, 9
D) a-1, 3, 4, 5, 9, 10; b-2, 7, 8
30. Salamandra (a) va sofito'rg'ay (b) qon aylanish
tizimining qaysi qismlarida kislorodga to'yingan qon
uchraydi?
1) yurakning chap bo'lmachasi; 2) yurak chap
qorinchasi; 3) arteriyalar; 4) yurak o'ng bo'lmasi;
5) o'pka venasi; 6) aorta
A) a-1; b-5
B) a-1, 3, 6; b-1, 2, 6
C) a-1, 6; b-3, 6
D) a-3, 4; b-1, 2, 6
Do'stlaringiz bilan baham: |