2-chorak
1.Qaysi qatorda qo’shma fe’llar berilgan?
A)Sotib olmoq, olib kelmoq, borib kelmoq B)Bosh ko’tarmoq, ko’zi uchmoq, ketib qolmoq
C)Oppoq tong, ko’z yugurtmoq, shahar atrofi D)Oydin kecha, imtihomdan o’tmoq, onam uchun olmoq
2.Ravishdoshning holat ma’nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping?
A)Musiqa tingach,ko’rgani bormoq B)Qorong’i tushguncha,yugurib kelmoq
C)Qo’rqib kirmadi,qaynayvermagach kuchaytirdi D)Yig’lay-yig’lay uxlamoq,tikilgancha o’ylanib qolmoq
3.Ko’makchi fe’llarning belgilari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
A)O’z mustaqil ma’nolarini yo’qotgan fe’llar
B)Asosdan anglashilgan harakatning bosqichlarini va tarzini bildiradigan fe’llar
C)Ravishdoshning –a, -y, -(i)b, qo’shimchalariga qo’shiladigan fe’llar
D)Barchasi to’g’ri
4.Quyidagi fe’llarning qay biri ravishdan yasalgan?
1) tuzlamoq 2) dodlamoq 3) yangilamoq 4) tezlamoq 5) yaxshilamoq 6) varaqlamoq 7) to’g’rilamoq 8) sekinlamoq
9)ho’plamoq 10)qishlamoq A) 3,5,7 B) 5,7,8 C) 4,8 D) 4,5,10
5.Faqat ko’makchi fe’llarda qo’shiladigan qo’shimchalar berilgan javobni toping?
A)Zamon qo’shimchalari B)Shaxs-son C)Vazifa shakllari qo’shimchalari qo’shimchalari D)A,C javoblar to’g’ri
6.Ot,sifat,undov so’zlardan fe’l yasaydigan qo’shimchalar berilgan javobni toping?
A) –(a)y, -i, B) –la, -a C) –sa, -(a)r, D) illa, -ira
7.Taqlid so’zlardan fe’l yasaydigan qo’shimchalar berilgan javobni toping?
A) –(a)y, -i, B) –sa, -(a)r, C) –liia, -ira D) –la, -a
8.Fe’l yasovchi qaysi qo’shimcha qo’shilganda ikkinchi bo’g’indagi i tovushi tushib qoladi?
A) – a B) – ay C) – illa D) barchasi to’g’ri
9.Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma’nosini bildiradigan ko’makchi fe’l berilgan javobni toping?
A)Tashlamoq B)Olmoq C)Yurmoq D)Qo’ymoq
10.Harakatning davomliligini bildiradigan ko’makchi fe’l berilgan javobni toping?
A)Qo’ymoq B)Chiqmoq C)Turmoq D)Yubormoq
11.Harakatning tez va oson bajarilishini ifodalaydigan ko’makchi fe’l berilgan javobni toping?
A)Qo’ymoq B)Yotmoq C)Yurmoq D)Chiqmoq
12.Fe’lning qaysi shakli zamon, bo’lishli-bo’lishsizlik, nisbat ma’nolarini ifodalaydi?
A)Harakat nomi B)Ravishdosh C)Sifatdosh D)Harakat nomi ravishdosh
13.Hozirgi zamon sifatdoshi qaysi qo’shimcha orqali hosil qilinadi?
A) –ydigan B) –ar C) –(a)yotgan D) –gan
14.O’tgan zamon sifatdosh qaysi qo’shimcha orqali hosil qilinadi?
A) –ydigan B) –ar C) –(a)yotgan D) –gan
15.Sifatdoshning bo’lishsiz shakli qaysi qo’shimcha orqali hosil qilinadi?
A) –mas B) –ar C) –ma D) –maslik
16.Ravishdoshning –(i)b, -a(y) shakllari holat ma’nosidan tashqari ba’zan yana qanday manolarni ifodalashi mumkin?
A) Payt B)Sabab C)Maqsad D) A,B
17.Sodda yasama fe’lni toping?
A)Yangilamoq B)Tortqilamoq C)Tarbiya qilmoq D)Sotib olmoq
18.Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turi to’g’ri berilgan qatorni toping?
A)Sodda,qo’shma B)Sodda,qo’shma,juft C)Sodda,qo’shma,juft,takror D)Harakat,holat
19.Juft fe’llar qanday ma’no ifodalaydi?
A)Harakatni bajarishga imkoniyat B)Harakatning to’la bajarilganini
C)Harakatning to’la yakunlanganini D)Harakatning tez va kutilmaganda
20.Fe’l asoslariga qo’shilib, gapda kesim vazifasida qo’llanilishiga xoslovchi shakllar fe’llarning qaysi shakllari hisoblanadi?
A)Fe’llarning mayl shakllari B)Fe’llarning munosabat shakllari
C)Fe’llarning munosabat shakllari D)Fe’llarning vazifa shakllari
21.Fe’llarning munosabat shakllari ....
A)Nisbat,zamon,mayl B)Zamon,mayl,shaxs-son
C)O’timli-o’timsizlik,mayl,shaxs-son D)Bo’lishli-bo’lishsizlik,zamon,mayl
22.Fe’lning noaniq shakli berilgan qatorni toping?
A)Yurdik B)Yurmoq C)Yurib D)Yurmoqda
23. –di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni ifodalaydi?
A)So’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi
B)Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi
C)Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi
D)Harakatning doimiyligini ifodalaydi
24. –b (ib) qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no ifodalaydi?
A)So’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi
B)Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi
C)Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi
D)Harakatning doimiyligini ifodalaydi
25.Xabar mayli fe’l asosida qaysi qo’shimchani qo’shish orqali shakllanadi?
A)Nisbat, zamon B)Mayl, shaxs-son C)Zamon, shaxs-son D)Ravishdosh, zamon
Do'stlaringiz bilan baham: |