1.Qaysi gapdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z uslubiy jihatdan noto‘g‘ri qo‘llangan?
A)Shunda qayerdandir juda tanish ovoz eshitildi, birdan
siyrak tortdim. B) Men ming jafolardan, qirg‘inlardan,
talafotlardan omon chiqqan, o‘zbek xalqiga vafodor o‘zbek tiliman.
C)Aqlli, ziyrak, zehnli har bir farzand ota-onaning
hurmatini joyiga qo‘yadi, o‘z farzandlik burchini to‘laqonli bajaradi.
D)Agar kishi o‘z hislaridan ustun tura olsa, o‘zidagi bor
nuqsonlarni yaxshi sifatlarga aylantira oladi.
2.To‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) xalol, bepayon B)mayus, marifat
C)afzal, da’vat D)hatar, mutola
3.Imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlar qatorini toping. A) jasorot, bemolol B)ta’ziya, na’muna
C)xislat, xayosiz D)naql, umitvor
4.Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llanmagan?
A)Yelkasida ortib kelayotgan
og‘ir xaltani yerga qo‘ydi-yu, sekin uf tortib qo‘ydi.
B)Kimki ilmga
tashna bo‘lsa, uning qalbida yaxshilik guli barq uradi.
C)Agar bu
sovuq odam bo‘lmasa edi, qizning qalbi bu qadar ozorlanmas edi.
D)Asta-sekin turli gazetalarda uning ham ancha
pishiq maqolalari chop etila boshladi.
5.Berilgan qaysi gapda tushum kelishigi qo‘shimchasining noo‘rin qo‘llanishi uchraydi?
A) Men seni esladim entikib, yonib, Men seni izladim baridan tonib. B) Oldingi notiqlarni ham yo‘lda qoldirib aravani shunday olib qochdiki, haligi odamni tanib bo‘lmay qoldi.
C) Bo‘ron ko‘kka bo‘y cho‘zgan daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlay boshladi. D) Abduqodir Hayitmetov Alisher Navoiy otlig‘ bog‘ni bog‘boni edi, bir umr shu muhtasham bog‘da sayr qildi.
6.Qaysi gapdagi barcha tinish belgilari to‘g‘ri qo‘llangan?
A)U hamma narsani; daftarni ham, kitobni ham, qalamni ham, unutgan edi.
B)Yaxshi, bolam, yaxshi! Ko‘pning – nazaridan qolma.
C)Kimki samimiy va pokdil bo‘lsa, uning ishlari – o‘ngidan kelaveradi. D) Yurtim, dalalaring bebaho, tuprog‘ing tabarruk.
7.Qaysi qatorda miqdor-daraja ravishlari berilgan? A) jindak, ko‘p, xiyol B)birpasda, jim, xiyla
C)biroz, behad, majburan
D)yayov, ancha, astoydil
8.Qo‘shib yoziladigan so‘zlar qatorini aniqlang.
A)qochdi//ketdi, jon//kuyar B)yangidan//yangi, ochiqdan//ochiq C)beshik//tervatar, boy//chechak
D)borgan//sari, yakkama//yakka
9.Chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar qatorini belgilang. A) qo‘zi//qorin, tekindan//tekin
B)tog‘ma//tog‘, eski//tuski
C)nano//texnologiya, kino//yulduz
D)mehmon//xona, omma//bop
10.Qaysi gapdagi ajratib ko‘rsatilgan birlik to‘ldiruvchi vazifasini bajargan? A) Biz shaharning ko‘zga ko‘ringan joylarini tomosha qildik.
B)Toshkentda yashaydigan opasinikiga borib turar edi.
C)Bu
oromgohga avval ham kelgan edim.
D)Bu
kitobni bir o‘qib chiqishni rejalashtirdi.
11.Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik kuzatiladi? A) Har kim o‘z aql-zakovati bilan, o‘z qalbining amriga ko‘ra, qudrati yetgab darajada Vatan va el-yurt manfaati uchun xizmat qiladi.
B)Hozirgi obodongarchilik ishlariga yordam berayotgan, bolalar uylariga beminnat ko‘mak berayotgan odamlar soni ko‘payib bormoqda.
C)Savob ishlar hech qachon avvaldan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha, birovlarning ko‘rsatmasi bilan qilinmaydi.
D)Biz takror-takror ishlatadigan bir mashhur ibora bor: “Savob ishni har kim qilmog‘i, har kuni qilmog‘i lozim”.
12.Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas?
A)U o‘z do‘stlaridan ortta qolmaslik uchun harakat qilardi.
B)U ukasini kiyintirib olgancha chiqib ketti.
C)U og‘ir o‘tgan bolalik yillari haqida so‘zlab berdi.
D)Har bir boskan qadamingizni o‘ylab ko‘ring.
13.Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan sifat o‘ringa xos belgini ifodalab kelgan? A) Bahorning iliq shabadasi ko‘ngillarga rohat bag‘ishlaydi.
B)Ichki hovlining tartib-qoidalariga rioya etish har birining burchi ekanligini eslatib o‘tdi.
C)Biz juda
ahil edik, yig‘inlarimizda amakimning hurmat-izzatini o‘rniga qo‘yar edik.
D)Siz
tungi Toshkentni ko‘rganmisiz, shahar naqadar go‘zallashib ketishini bilasizmi?
14.Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A)Qalin kiyinib olganim uchun darrov isib ketdim.
B)Sirti ham
yaxshilab bo‘yalgan ekan. C) G‘aribning ko‘nglini ovlamoq –
savob.
D) Bu
sovuq xabarni eshitgach vujudi muzlab ketdi.
15.Qaysi gapda ko‘p nuqta o‘rnida “tez” so‘zini ham, “yaqin” so‘zini ham qo‘llash mumkin?
A)Qish ..., bolalarim, o‘tin g‘amlab qo‘yishimiz kerak.
B)Sodiqboy juda ..., odam, birpasda lovullab ketadi.
C)Bolalar ... orada yetib kelishadi, tayyor turaylik.
D)Fe’l-atvori tushunarsiz, bir qarasang, jahli ... ota, bir qarasang, yosh boladek sho‘x yigit.