ONA TILI VA DABIYOTI
1. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so`z mavjud?
A) Shoir she’rlarida ma’naviy-axloqiy mavzular ustivorligi yaqqol ko`zga tashlanadi
B) Maqollar zahmatkash xalqning hayotiy tajribasi,donishmandligi natijasida maydonga keladi.
C) Muassasa xodimlari bu haqda hali bir qarorga kelishgani yo`q
D) Bobolarning hikmati hayotga yorug’ yo`ldir
2. Unga uchragani yuragi dov bermadi,yig`lab uyiga keldi. Ushbu gap tarkibida nechta fonetik o`zgarish ro`y bergan?
A) 2ta B) 3ta C)1ta D) 4ta
3. Qaysi gap tarkibida ochiq bo`g`inlar soni boshqalarinikiga nisbatan ko`proq?
A) Elmurod shunday o`ylar selida g`arq bo`lib,uyqusi qochdi
B) Kanalning ikki yoqasi bo`ylab qurilgan uylar juda ko`rkam edi
C) Tolib og`zi qulog`iga yetib uydan otilib chiqdi.
D) Ota radioning qulog`ini burab qo’ydi
4. Ma’nosi sifat so`z turkumiga teng bo’lgan iboralar qatorni toping.
A) Aravani quruq olib qochmoq, ko`ziga cho`p solmoq
B) Teppa sochi tikka bo`lmoq, soyasiga ko`rpacha solmoq
C) Misi chiqmoq, do`ppisi yarimta
D) O`g`zi qulog`ida bo`lmoq, yerga ursa ko`kka sakraydi
5. Ushbu gapda qanday ma’no ko`chish turi(lari) sodir bo`lgan? Har yili bir keladigan bahor sevinchi yana ko’ngillarni qitiqlay boshladi.
A) Sinekdoxa, metafora B) Metafora C) Metonimiya D) Metafora, metonimiya
6. Gapdagi soda yasama so`zlar sonini aniqlang. Hukmdor tortinchoq qora ko’zlari hamisha mungli boqadigan qizini juda e’zozlar, doim holidan xabar olardi.
A) 4 ta B) 5 ta C)3ta D) 6 ta
7. Qaysi qatorda ham ot, ham sifat yasovchi omonim qo`shimchalar berilgan?
A) –boz, -dor, -k, - lik, -chi B) –do`z, -gi, - ma, chan
C) –q, -in, -kor, - don, -dosh D) –a, -gar, -ch, -kash, -i
8. Dadamlar burchakda kursida o`tirgan ekanlar.Biz kirishimiz bilan dik etib o`rinlaridan turdilar. Ushbu gapdagi yasama so`zlar qaysi so`z turkumiga mansub?
A) ot,olmosh B) ot,fe’l C) sifat, fe’l D) ot,olmosh, fe’l
9. Ushbu gaplardan qaysi birida ega ravish bilan ifodalangan?
A) Ko`plar majlisga qatnashdi B) Qimirlagan qir oshar
C) Hafsalasi bir bo`lgani sezilib turardi D) Bor boricha, yo`q holicha gapiradi
10. Baxtga qarshi, ular musobaqada g`alaba qozonishdi. Ajratib ko`rsatilgan so`z haqida to`g`ri hukmni aniqlang.
A) Undalma B) uyushiq bo`lak C) ajratilgan bo`lak D) kirish so`z
11. Quyidagi sinonimik qatordan qaysi biri vaqtning juda qisqa darajasini bildiradi? Vaqt, payt, zamon , fursat, mahal, palla, muddat, dam, on, lahza, mavrid, chog`, kez, palla.
A) muddat, dam B) mavrid, kez C) lahza,on D) palla, lahza, dam
12. Nutqning boyligini ta’minlashda qaysi til vositalari alohida o`rin tutadi?
A) leksik, semantik, grammatik, intonatsion B) intonatsion, semantik, morfologik
C) semantik, leksik, morfologik D) sintaktik,intonatsion, Grammatik
13. Qo`shimcha yuklamalar berilgan qatorni toping?
A) hatto, ham, -oq, -yoq, nahotki B) go`yo, go`yoki, xuddi, naq,
C) sira, na…na, hech, naq D) –gina, -mi, -chi, -oq, yoq
14. Ilg`orlarga mukofot topshirildi. Ushbu gapda otlashgan so`zning sintaktik vazifasini aniqlang.
A) ega B) vositali to`ldiruvchi C) vositasiz
ONA TILI VA ADABIYOTI
1. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so`z mavjud?
A) Universitet faoliyati to`g`risidagi tashviqot ishlarini olib borishda faol qatnashdik
B) Sarvar juda qo`rqib ketganidan voqeaning butun tafsilotini unga birma-bir gapirib berdi
C) Har doim onam tayyorlagan shirin-shirin taomlarni tanavvul qilish xush yoqadi
D) Bugungi ko`rik-tanlovda qatnashish uchun litseydan uchta o`quvchi tavsiya etilgan
2. Qaysi qatordagi undalma tarkibida lablangan unli ishtirok etmagan?
A) Yoshlik, seni kuylamagan kim?
B) Ey gul, ne uchun qoshingda men xor o`ldum?
C) Nimalar haqida surasan xayol, so`yla, majnuntol?
D) Yonib yasha to tanda jon bor, Quyosh bo`lgin, azizim, Quyosh
3. Ajratilgan bo`lak ishtirok etgan gapni aniqlang.
A) Mening o`z muhabbatim bor — toza, musaffo!
B) Soy bo`yidagi choyxonada Azimjon uchradi.
C) Uylar, daraxtlar, ko`chalar — hammasi qorong`ulik qa’riga cho`mdi.
D) Bugun tushdan keyin boramiz.
4. Sifatdosh ega vazifasida kelgan gapni aniqlang.
A) O`qigan odam o`qdan o`zar, o`qimagan odam turtkidan shoshar
B) O`qish jafoli, oqibati vafoli.
C) Vatanini e’zozlamagan qadr topmaydi
D) Ikkalasi ham chiqib ketishdi
5. Muzaffar, qo`li og`riyotgan bo`lsa kerak, ingraydi. Ajratib ko`rsatilgan so`z haqidagito`g`ri hukmni aniqlang.
A) undalma B) ajratilgan bo`lak C) uyushiq bo`lak D) kiritma
6. Qaysi gapda kompozitsion usul bilan yasalgan sifat yasama so`zga tobelangan?
A) Siyrak daraxtli ikkinchi bir tepalikda bir necha kishilarning: ayol va erkaklarning qorasi ko`rindi
B) Tog` etaklarida ko`m-ko`k maysalar uzra nafis gullar, turli xushbo`y o`simliklarning hidlari anqiydi
C) Nodon, kaltafahm odamdan yaxshilik chiqmaydi
D) Toshbag`ir insonlardan yaxshilik kutmang
7. old, ost, orqa, ro`para, ust. Vazifadosh ko`makchilari qaysi so`z turkum(lar)idan o`tgan
A) ravishdan B) otdan C) modal so`zdan D) ot va ravishdan
8. Berilgan qo‘shimchalarning qaysilari ot so‘z turkumiga xos bo'lib, ham so‘z yasovchi, ham lug‘aviy shakl yasovchi qo'shimcha sifatida qo'llanishi mumkin?
A) -choq, -chak, -loq B) -cha, -zor C) -ma, -xon D) -loq, -xon
9. Faqat iymon bulog'idan suv ichgan baxt daraxtigina shirin meva berishini hamma ham anglamaydi. Ushbu gapda nechta so’zda tovush o'zgarishi kuzatilgan?
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
10. Ko'chirma gap o’zlashtirma gapga aylantirilganda kirish so'z va undalmalarda bo’ladigan o'zgarish haqidagi to'g'ri hukmni toping.
A) undalma va kirish so’zlar tushib qoladi
B) undalma to'ldiruvchiga, kirish so'z qaratqich-aniqlovchiga aylantiriladi
C) undalma to'ldiruvchiga aylantiriladi, kirish so'z tushib qoladi
D) undalma egaga aylantiriladi, kirish so'z o'zgarishsiz qoldiriladi
11. O'zi gulday o‘g‘lonlarin saylab berib
,Nomlarini ro‘yxatlarga joylab berib,
Cho’lponlarin o'zi itday boylab berib
Izlaridan o'zi giryon yurt edi bu.
Ushbu parchada nechta ko'makchi fe’lli so‘z qo'shilmasi bor
A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 1 ta
12. Ushbu qolipga mos tushuvchi qo`shma gapni aniqlang.
A) Yozi bilan mehnat qildik, shu sababli mo`l hosil oldik
B) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan
C) Kim harakat qilsa u baraka topadi
D) Agar boshingga qilich kelsa ham, to`g`ri gapir
13. Quyidagilardan qaysi biri yuklama?
1) balki; 2) nahotki; 3) nihoyat; 4) axir; 5) agar; 6) hech; 7) sira.
A) 2, 3, 4, 7 B) 2, 3, 5, 6 C) 1, 2, 4, 7 D) 2, 4, 6, 7
14. Qaysi javobdagi birlik qo`shma so`z hisoblanmaydi?
A) isyon ko`tardi B) mazax qildi C) kasbini sharafladi D) javob berdi
15. Qaysi zamon shakli umumzamon ma’nosini ham ifodalaydi.
A) hozirgi zamon shakli B) o`tgan zamon shakli
C) kelasi zamon shakli D) hech qaysi zamon shakli umuzamon ma’nosini ifodalamaydi
16. Yaxshiga ham, yomonga ham birdek yaxshi ko`rinishga urinadigan odam eng xavfli odamdir. Ushbu gapda sifatlar hokim so`zga qaysi usul(lar) bilan birikkan?
A) faqat boshqaruv B) boshqaruv, bitishuv
C) faqat bitishuv D) bitishuv, moslashuv
17. BALO, usta, ustamon, bilag'on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon.
Ushbu sinonimlar qatoridagi qaysi so'z salbiy bo'yoqqa ega?
A) chechan B) ustamon C) bilarmon D) balo
18. Mazkur gaplarning hammasi ustoz Abdulla Qahhor qalamiga mansub. Ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi ma’no ko`chish turini hosil qilgan?
A) metonimiya B) metafora C) sinekdoxa D) vazifadoshlik
19. chidamliligidan so‘zida so‘zga yangi ma‘no beruvchi nechta morfema bor?
A) 1ta C) 3ta B) 2ta D) 4ta
20. Kurashda bir tabiat qonuni bor // polvon davrada mag`lub bo`lsa, taqdirga tan berib ketmaydi. // Belgisi o`rniga qaysi tinish belgisi qo`yilishi kerak.
A) ikki nuqta B) vergul C) tire D) nuqtali vergul
21. E. A’zamovning asarlari berilgan qatorni belgilang
A) “Bir toychoqning xuni ”, “Galatepaga qaytish”
B) “Yozning yolg`iz yodgori”, “Ko`ngil ozodadur”
C) “Otoyining tug`ilgan yili”, “Javob”
D) “Bir toychoqning xuni”, “Ko`ngil ozodadur”
22. “Haq saqlasa, balo yo`q, Haq qarg`asa, davo yo`q” Ushbu misralar qaysi dostondan olingan?
A) “Go`ro`g`lining tug`ilishi” B) “Rustamxon” C) “Alpomish” D) “Kuntug`mish”
23. Qaysi shoir zulmni yonib turgan o`tga, adolatni esa oqib turgan suvga o`xshatadi?
A) Mahmud Qoshg`ariy B) Yusuf Xos Hojib C) Sa’diy Sheroziy D) Rudakiy
24. Qaysi qatorda O`tkir Hoshimovning qissasi berilmagan?
A) “Bahor qaytmaydi” B) “Shamol esaveradi” C) “Muhabbat" D) “Odamlar nima derkin”
25. “Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dog`i saxovaticha bor erdi, xushxulq va harrof (tez gapiradigan, so`zamol) va fasih (yoqimli) va shirin zabon kishi erdi, shujo` (shijoatli) va mardona kishi edi” “Boburnoma”dan olingan parchada kim ta’riflanmoqda?
A) tog`asi Toshkent hokimi Mahmud B) Xisravshoh
C) otasi Umarshayx mirzo D) Husayn Boyqaro
26. “Zulm naqadar kuchaysa, uning umri shuncha qisqa bo`ladi” Ushbu parcha qaysi qahramon tilidan aytilgan?
A) “Mehrobdan chayon” Anvar B) “O`tkan kunlar” Otabek
C) “Mehrobdan chayon” Ra’no D) “O`tkan kunlar” Yusufbek hoji
27. “Hadiqat us-suado” (Baxtiyorlar bog`i) asari muallifini aniqlang?
A) Alisher Navoiy B) Imom al-Buxoriy C) Fuzuliy D) Ogahiy
28. “Navoiy” romanida Husayn Boyqaro kimga “Pahlavoni olam” laqabini qo`ygan?
A) Islim Barlos B) Zunnun Arg`unbek C) Shirim qorovul D) Muhammad Sayid
29. Harimi iffat ichra shoh ul ermish,
Sipehri ismat uzra moh ul ermish. Berilgan baytda qo`llangan she’riy san’atni aniqlang?
A) tazod B) husni ta’lil C) tasbe D) tashbih
30. “O‘tkan kunlar” romanida qipchoqlarga qarshi bo‘lgan qora choponlar tarafdori sifatida ko‘rsatilib tuhmat bilan qamalgan qahramonlar nomi qaysi javobda keltirilgan?
A) Yusufbek hoji, Otabek, Hasanali
B) Otabek, Mirzakarim qutidor, Ziyo Shohichi, Rahmat
C) Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Hasanali
D) Yusufbek hoji, Mirzakarim qutidor, Ziyo Shohichi, Rahmat
to`ldiruvchi D) Sifatlovchi aniqlovchi
15. Kompozitsiya usulida yasalgan so`z qaysi qatorda berilgan?
A) odamgarchilik B) to’kin-sochin C) balandparvoz D) oshpaz
16. Xalq bunday yalinishlarga quloq solmadi, chunki g`isht qolipdan ko`chib bo`lgan edi.
Ushbu gapda ergashtiruvchi bog`lovchining qaysi turi qatnashgan?
A) sabab bog`lovchisiB) aniqlov bog`lovchisi
C) shart bog`lovchis D) aniqlov va sabab bog`lovchisi
17. To`satdan eshik sharaqlab ochildi va ostonada Qalandarov paydo bo`ldi. Ushbu gap…
A) ergashgan qo`shma gap B) bog`langan qoshma gap
C) bog`lovchisiz qo`shma gap D) aralash qo`shma gap
18. O`zgalarga rohat-u, menga azob. Ushbu misrada qanday badiiy san’at qo`llangan?
A) Sifatlash B) mubolag`a C) qarshilantirish C) o`xshatish
19. “Aslo g`am yema. Shu og`illaringning menda haqqi ko`p.Sening tuzingni men ko`p yeganman. Katta o`g`ling meni ko`p parvarish qilardi.Endi shuning arvohi uchun ertaga maydonga kiraman”. Ushbu parcha qaysi dostondan olingan?
A) “Alpomish” B) “Ravshan" C) “Rustamxon” D) “Go`ro`g`li”
20. Mirkarim Osimning dastalbki asarini aniqlang?
A) “Astrobod” B) “Badarg`a” C) “Yangi ariq” D) “O`tror”
21. “Zilzila” asarining janrining aniqlang.
A) roman B) qissa C) hikoya D) pyesa
22. Novvoy oilasida tug`ilgan ijodkorlar berilgan qatorni aniqlang.
A) Muqumiy, Janni Rodari B) Zavqiy, Muqumiy
C) Janni Rodari, X.To`xtaboyev D) Oybek, Abdulla Avloniy
23. “Ha, shunaqa bolam. Ota-oan dunyoga mo`rt keladi.Endi bitta ona topsang bo`ldi. Ota o`z oyog` bilan keladi.” Ushbu parcha qaysi asardan olingan?
A) Sariq devni minib B) “Shum bola” C) “Yetti zog`ora qissasi” D) “Yulduzlar mangu yonadi”
24. “Tanasidan qon oldirgan bemor” ushbu ibora muallifini aniqlang.
A) Abdulla Qahhor B) Cho`lpon C) Hamza Hakimzoda Niyoziy D) Abdulla Avloniy
25. “O`tkan kunlar” romanida Otabekning ma’naviy otasi kim edi?
A) Yusufbek Hoji B) Hasanali C) Mirzakarim Qutidor D) Shokir
26. “Qoraxat” to`rtligining muallifini aniqlang?
A) Maqsud Shayxzoda B) Asqad Muxtor C) Oybek D) Usmon Nosir
27. Kimsan, Robiya, Muzaffar qaysi asar qahramonlari hisoblanadi?
A) “Ikki eshik orasi” B) “Dunyoning ishlari" C) “Yulduzlar mangu yonadi” D) “O`tkan kunlar”
28. Men she`r yozsam, endi uni qog`ozga emas,Anov yal-yal yonayotgan o’tga yozaman.
Ushbu misralar muallifining asari berilgan qatorni toping.
A) “Yonayotgan daraxt” B) “Yuragimning og`riq nuqtalari”
C) “Gullayotgan tosh” D) “Ochiq kunlar’
29. Kimning ijodida bir xil nomdagi qissa va hikoyalar to’plami mavjud?
A) O`tkir Hoshimov B) Odil Yoqubov C) Mirmuhsin D) O`lmas Umarbekov
30. “Bizning oilamizda hech kim san’at va adabiyot bilan shug`ullanmagan. Ota-onam oddiy xizmatchi bo’lishgan”. Ushbu parcha kimning hayotidan olingan?
A) Sharof Boshbekov B) Shavkat Rahmon C) Halima Xudoyberdiyeva D) Omon Matjon
Do'stlaringiz bilan baham: |