Dielektrik qutblanish turlari.
a) Elektron qutblanish. Dielektrik bir jinsli elektr maydoni (E) ichiga kiritilsa, bu Elektr maydon ta‟siri ostida dielektrik atomlaridagi elektronlar o‟z yadrolariga nisbatan, musbat zaryadlangan elektrod tomonga suriladi . Bunday elastik elektronlarning siljishi dielektrikning hamma atomlarida yuz beradi. Siljigan elektron musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan bog‟langan juftlikni hosil qiladi va uni elastik dipol deb ham yuritiladi. Dielektriklardaelastik dipol hosil bo‟lish jarayoniga dielektrikning elektron qutblanishi deyiladi, bu o‟z navbatida dielektriklarda elektr tokini hosil qiladi.
b) Dipol qutblanish. Bazi bir dielektriklar oldindan qutblangan bo‟ladi, ya‟ni
ularga elektr kuchlanish qo‟yilmasdan oldin mavjud bo‟ladi. Bunday
dielektriklardagi qutblangan molekulalar elektr rmaydoni ta‟sirida buriladilar va ma‟lum tartibda joylashib qoladilar.
Dielektriklarning muhim xususiyatlaridan biri tashqi elektr maydoni ta’sirida qutblanishidir. Qutblanish deganda, dielektriklarda elektr maydon ta’sirida zaryadangan zarralarning fazoviy joylashuvini o‘zgartirish holati tushuniladi. Elektr maydoni ta’sirida bo‘lgan dielektrik 2 vektor qiymat – elektr maydoni kuchlanganligi va qutblanganlik bilan ifodalanadi. Elektr maydon kuchlanganligi zaryadlangan jism yoki zarralarning elektr maydonidagi ta’sir kuchini ifodalaydi. Elektr maydon kuchlanganligi vektorining yo‘nalishi sifatida jism nuqtaviy zaryadining musbat kuch chizig‘i yo‘nalishi qabul qilingan. Qutblanganlik dielektrikning ma’lum bir nuqtasi uchun elektr maydon kuchlanganligiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi.
bu yerda dielektrik qabulchanlik; - absolyut dielektrik qabulchanlik. P va Ye vektor kattaliklardan tashqari, elektr siljish yoki elektr induksiya dielektrikning berilgan nuqtasida elektr maydoni Ye vektorining elektr doimiysiga ko‘paytmasi bilan shu nuqta qutblanish vektorining geometrik yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
(4.5)
Elektr siljish va elektr maydon kuchlanganligi orasida quyidagicha bog‘lanish bor:
(4.6)
(4.4) va (4.5) taqqoslanib dielektrik singdiruvchanlik va dielektrik qabulchanlik orasidagi bog‘lanish topiladi:
(4.7)
Elektr maydonda joylashgan dielektrikning sifati uning qutblanish mobaynida aniqlanadigan dielektrik singdiruvchanligi qiymati bilan ifodalanadi. Dielektrik qutblanish xususiyatining qiziq tomoni, uning sig‘im qiymatini ifodalashidadir. Agar vakuumli kondensator qoplamalariga kuchlanish bersak, u zaryadlanadi. Bu zaryad qiymati kuchlanish bilan birga kondensator o‘lchamiga, qoplama yuzi va ular orasidagi masofaga bog‘liq bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |